4- MAVZU. ICHKI AUDITNI REJALASHTIRISH
REJA:
Ichki auditni o’tkazish bosqichlari
4.2. Ichki audit xizmati ishini rejalashtirish.
4.3. Audit jarayonini o’zkazish ketma-ketligi
4.4. Korxonaning ichki audit xizmati
Adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (o’zgartirishlar bilan).
2. Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit. Monografiya.–Toshkent: 2006. –120 b.
3. Евдокимова А.В., Пашкина И.Н. Внутренний аудит и контроль финансово-хозяйственной деятельности организации: Практическое пособие/. – М.: Издательстко-торговая корпорация «Дашков И К», 2010,-208с.
4. Пугачёв В.В. Внутренний аудит и контроль. Организация внутреннего аудита в условиях экономического кризиса: учебник. -М.: Дело и Сервис, 2010. – 224 с.
5. Сотникова Л.В. Внутренний контроль и аудит. Учебник. -М.: ЗАО «Финстатинформ», 2000. – 239 с.
6. Аудит: учебник / под ред. Булыги Р.П. –М.: “ЮНИТИ – ДАНА”, - 2009 г. – 431 стр.
7. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр.
8. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
9. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
10. Internet saytlari:
http://www.aicpa.org,
http://www.accountingweb.com,
http://www.gaap.ru,
http://www.auditinfo.ru
Ichki auditni o’tkazish bosqichlari
Ichki auditning asosiy jarayonlari: rejalashtirish, dalil to’plash, natijalarni umumlashtirish, berilgan tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat va nomuvofiq holatlarni to’g’rilash hisoblanadi. Ichki auditning asosiy xususiyatidan biri, uning oldindan puxta tuzilgan reja asosida olib borilishidir. Buning uchun korxona, tashkilotning zaruriyatini o’rganish va quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak bo’ladi:
Ichki auditni rejalashtirish. Bu bosqichda quyidagi ishlar tartib bilan bajarilishi lozim:
Bo’lajak tekshiruvga tayyorgarlik;
Tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.
Ichki auditni o’tkazish. Tekshiruv jarayoniga ichki auditorlarning ishtiroki shunday rejalashtirilishi kerakki, u
Ishni joyida tashkil qilish;
To’satdan inventarizatsiyani o’tkazish;
Tekshirilayotgan ob’ektni taftish qilish;
Xo’jalik muomalalarini hujjatli tekshirish (zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish)ni ta’minlashi zarur.
Tekshiruvning boshqa jarayonlarini amalga oshirish.
Ichki audit hisoboti – tekshiruvning yakuniy bosqichi hisoblanib u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Tekshiruv materiallarini tartibga solish;
Mas’ul shaxslar roziligi va imzosi bilan tasdiqlangan tekshiruv hisoboti hujjatlarini tuzish;
Tayinlangan mas’ul shaxslarning tekshiruv natijalari haqidagi axboroti.
Keyingi auditorlik tekshiruvini tuzish – bu kelgusi hisobot davri uchun amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, u quyidagilarni ta’minlashi zarur:
Xatolar, kamchiliklar va noaniqliklarni bartaraf etish;
Bartaraf etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ichki auditning bosqichma-bosqich rejalashtirilishi ichki audit xizmati ishining olib borilishiga bog’liq.
Ichki audit ishini olib borilishining ikki xil modelini ajratib ko’rsatishimiz mumkin: gorizontal va vertikal. Birinchi model faoliyatning alohida turini, talab qilingan menejment tizimi bilan qay darajada muvofiqligini va uning natijalari samarasini baholashda foydalaniladi. Vertikal ko’rinishdagi model kompaniyaning alohida bo’limlari faoliyatining muvofiqligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shuni aytib o’tish lozimki, har ikkala model orasida gorizontal model ko’p mehnat talab qiladigan va uzoq davom etadigan va samarali hisoblangan. U talab qilingan tekshiruv ob’ektida turli xil bo’limlarning va undagi mas’ul shaxslarning faoliyatini birgalikda qamrab olib tekshiradi. Bundan tashqari, gorizontal tekshiruv bo’limlararo aloqalarni cheklab, menejment tizimi ishtirokchilarini bir-biriga ta’sirini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |