«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


Tashkilotda ichki auditni tashkil qilish bosqichlari



Download 1,3 Mb.
bet21/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

3.3. Tashkilotda ichki auditni tashkil qilish bosqichlari
Tijorat tashkilotlarida samarali faoliyat yurituvchi ichki audit xizmatini tashkil qilish – murakkab, ko’p bosqichli jarayondir va uning quyidagi bosqichlarini keltirib o’tish mumkin:

  1. Tanqidiy fikrlash va tashkilot faoliyati turlari bo’yicha uning oldiga qo’ygan maqsadlari, strategiyasi, taktikasi, uning imkoniyatlari va tashkiliy tuzilishi bilan tasnishib chiqish;

  2. Tashkilotning yangicha islash konsepsiyasini yaratish va uni tashkilot ichki qonunlari bilan tasdiqlash. Ushbu yangicha ishlash uslubi tashkilotning masqadlaridan, faoliyat ko’rsatish sohasi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uning yanada rivojlanishi, taraqqiy etishi, belgilangan maqsadlarga erishishi, bozorda yanada mustahkam o’rin egallashi uchun xizmat qilishi lozim. Bu konsepsiyalar taskilotning moliyaviy, texnologik, innovatsion, investitsion, hisob va kadrlar siyosatida aks etishi lozim. Bu kabi qoidalar chuqur tahliliy amallar, etarli darajada hisob-kitoblar o’tkazilgandan so’ng, ko’rib chiqilgan variantlar ichida eng maqbulini tanlangan holda amalga kiritilishi lozim bo’ladi. Ushbu konsepsiyaning tashkilot ichki qoidalari bilan mustahkamlanishi tashkilot moliyaviy-xo’jalik faoliyatini siyosatda belgilangan omillar asosida joriy va kelajakdagi faoliyatini nazorat qilishga asos bo’ladi.

  3. Mavjud boshqaruv tizimining samaradorligini aniqlash va uni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Boshqaruv tuzilmasi bo’yicha nizom ishlab chiqish va unda har bir bo’g’im bo’yicha boshqaruv, funksional, uslubiy bo’ysinish qoidalarini yaratish, kim kimga bo’ysunish kerakligini aniq ko’rsatish, ularning bir birlari oldidagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishi talab etiladi. Xuddi shu talablarga tashkilotning boshqa filiallari (bo’limlari, guruhlari) ham xodimlar ish taqsimoti jarayonida amal qilishi kerak bo’ladi. Har bir xodim huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi lavozim ko’rsatmalarini ishlab chiqish, shtatlar ro’yxati, hujjatlashtirish rejalari va hujjatlar aylanishi aniq qonun qoidalarini ishlab chiqish lozim. Bunday jiddiy qonunlarsiz tashkilot barcha bo’limlarida etarli darajada ichki nazoratni o’rnatish juda mushkul.

  4. Tashkilotda ma’lum bir moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha aniq ichki nazorat uslubini yaratish. Bu xodimlarning o’zaro ichki nazorat tizmida qatnashishi, resurslardan samarali foydalanish va boshqaruv qarorlarini qabul qlishda axborotning xaqqoniyligini to’g’ri baholashga yordam beradi.

  5. Ichki audit bo’limini tashkil etish.

Umumiy tarzda ichki audit bo’limini tashkil etishda quyidagi asosiy bosqichlardan foydalanish taklif etiladi:
1) ichki audit bo’limini tashkil etishdan maqsadni va u amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlarni tashkilot siyosatidan chetga chiqmagan holda aniq qilib belgilab qo’yish lozim;
2) belgilangan maqsadga erishish uchun asosiy funksiyalarini aniqlab olish;
3) bir xil turdagi funksiyalarni guruhlarga ajratish va u asosida ushbu funksiyalarni bajarishga qaratilgan bo’lim birliklarini shakllantirish;
4) har bir tashkiliy tuzilma huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi o’zaro aloqalar sxemasini yaratish va buni lavozim ko’rsatmalari va ichki audit byurosi yo’riqnomasida qonuniylashtirib qo’yish;
5) yuqorida ko’rsatilgan strukturaviy birliklarni bir joyga jamlash – ichki audit bo’limi, tashkilot maqsadlaridan, vazifa va funksiyalaridan kelib chiqqan holda uning maqomini belgilash va ichki audit bo’limi yo’riqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  1. ichki audit bo’limini tashkilotning boshqa ma’muriy bo’linmalari bilan integratsiyalashtirish;

  2. ichki audit bo’limining ichki standartlarini va axloq kodeksini ishlab chiqish;

  3. ichki audit bo’limining strategik rejalarini ishlab chiqish;

  4. hisobot topshirish tizimini tashkil etish;

  5. mustaqil audit xizmati bilan hamkorlik qilish to’g’risida yo’riqnomani qabul qilish.

Ichki audit bo’limini tashkil etishda ichki audit xodimlar tarkibini aniqlash zarur bo’ladi.
Filiallari ko’p va uzoqda joylashgan bo’limlari mavjud yirik tashkilot ichki audit bo’limi xodimlari quyidagi tarkibdan iborat bo’lishi lozim:

  1. Bo’lim mudiri. Bu lavozimga yuqori malakali, iqtisodiy yoki yuridik oliy ma’lumotga ega, malakali auditor yoki malakali buxgalter sertifikatiga ega shaxslarni tayinlash maqsadga muvofiq;

  2. Bosh korxona bilan hisob-kitoblar bo’yicha mutaxasis;

  3. Filiallar hisobotlarini hujjatli tekshirish bo’yicha mutaxassis;

  4. Hududiy buxgalter-uslubiyotchilar;

  5. Soliq bo’yicha mutaxassis;

  6. Huquqshunos;

  7. Moliyaviy tahlil bo’yicha mutaxassis.

Ichki audit xodimlari o’z sohalariga mos ravishda ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Ichki audit xizmati lozim paytda ekspert xizmatidan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish