«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


«Ichki auditning yillik dasturi» hujjati shakli



Download 1,3 Mb.
bet26/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

«Ichki auditning yillik dasturi» hujjati shakli



Ob’ekt
(faoliyat turlari va jarayonlar)

Tekshiruv ko’lami

Tekshirish mezonlari

Tekshirish
maqsadi

Bosh auditor
FISh

audi­tor FISh

Moddiy-texnik ta’minot

Bo’linma

Oy, hafta













































































































Vakillik organi tomonidan ishlab chiqilgan ichki audit xizmati faoliyat maqsadi va vazifalari, uning teng huquqqa ega holda tobeligi va strukturasi, shuningdek, tashkilot faoliyatining strategik rejalari, biznesiga xos xususiyatlar asosida nizom ishlab chiqiladi.


Shunday qilib, ichki audit xizmatini tashqil qilishdayoq 3-5 yillik davr uchun strategik reja tayyorlash zarur, unda quyidagilar belgilanadi:

  • faoliyatning ixtiyoriy turi uchun ishlashning ikki yo’nalishini taxmin qilgan holda ichki audit bo’limi faoliyatining asosiy jabhalari:

  • kafolatlar (faoliyatning har bir turi bo’yicha ichki nazorat tizimi ishonchliligini ta’minlash);

  • maslaxatlar (nazorat sub’ektlarini aniqlangan kamchiliklar bo’yicha axborot bilan, shuningdek, faoliyatning har bir turi bo’yicha nazoratni takomillashtirish usullari bilan ta’minlash);

  • ichki auditorlar mehnatini me’yorlashtirish tartibi va lavozim majburiyatlarini bajarish sifati mezonlari;

  • turdosh topshiriqlar o’tkazilishi va metodikasi hamda korporativ axloq tamoyillariga rioya qilishning ichki standartlari;

  • faoliyat turlari va ishlarning hajmi hamda taxminiy mehnat sig’imi;

  • ichki audit xizmati xodimlarining miqdoriy va malakaviy tarkibi;

  • xodimlarni o’qitish va muntazam malakasini oshirishga moddiy va vaqt xarajatlari;

  • Ishni texnik, axborot ta’minoti uchun sarflar va boshqa xarajatlar (masalan, xizmat safari);

  • ichki audit xizmatini moliyalashtirish va ichki audit xizmati mutaxassislari va rahbarlari mehnatini rag’batlantirish tartibi;

  • strategik reja bajarilishi bo’yicha hisobotlarni taqdim etish shakllari va tartibi.

Zaruratga ko’ra, yiliga kamida bir marta ichki audit xizmati strategik ish rejasi to’g’rilanishi va aniqlashtirilishi lozim. Bunday rejani tashqi auditda audit qilinayotgan subekt biznesi tushunchasi bilan, ya’ni oldindan rejalashtirish bilan taqqoslash mumkin.
Keyin esa yillik ish rejasi tuziladi, uni kalendar yili uchun ichki audit xizmati (bo’limi) faoliyatini rejalashtirish bilan taqqoslash mumkin. Yillik rejada quyidagilar nazarda tutiladi:
– yillik moliyalashtirish hajmi, ichki audit xizmati tarkibi va sonidan kelib chiqib, ichki audit bo’limi uchun eng dolzarb vazifalarni saralash;
–faoliyatning ikkita yo’nalishi: biznesning mazkur uchastkasida ichki nazorat tizimini baholash va nazorat sub’ektlari (menejerlar va boshqa nazorat sub’ektlari) ga maslaxatlar berish bajarilishini hisobga olgan holda alohida topshiriqlar bajarilishi grafigi;
– bajarilayotgan vazifalar doirasida ichki audit xizmati xodimlari vakolatlarini taqsimlash;
– tekshirish jarayoniga audit qilinayotgan xizmat va bo’linmalar xodimlari hamda ekspertlarni jalb qilish tartibi va zaruratini aniqlash;
– o’tkazilayotgan audit sifatini baholash mezonlarini tanlash va metodikasini ishlab chiqish;
– yillik reja bajarilishi haqida hisobotlarni tayyorlash tartibi va shaklini hamda uning bajarilishi natijalariga ko’ra ishlab chiqilgan tavsiyalarni tasdiqlash.
Bo’linmalarni tekshirishning umumiy rejasi o’z mazmuniga ko’ra majburiy tashqi auditning umumiy rejasiga o’xshash, aniq topshiriq bo’yicha tekshirishning umumiy rejasi esa tashabbusli tashqi audit umumiy rejasiga o’xshash tarzda tuziladi. Ichki audit uchun bunday rejalarning farqli jihati maqsadlar boshqa ekanligidir.
Tashqi auditning yakuniy maqsadi tekshirilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligini baholash hisoblanadi. Ichki audit uchun – bu oraliq vazifa. Ma’lumotlarning ishonchliligini baholash ichki audito­r uchun nazorat tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun, ya’ni oxir-oqibatda ichki nazorat tizimini baholash uchun zarurdir.
Tashqi auditdan farqli ravishda ichki audit umumiy rejasining qo’shimcha maqsadi tashkilot resurslaridan (moddiy, pul, mehnat) samarali foydalanishni baholash hisoblanadi. Ushbu ish tashqi auditda audit bilan birga olib boriladigan xizmat sifatida ko’rib chiqiladi va alohida shartnoma bo’yicha alohida reja bilan bajarilishi mumkin.
Ichki audit umumiy rejasi bajarilishining majburiy maqsadi nazorat tizimini takomillashtirish bo’yicha nazorat sub’ektlari (rahbarlar va nazorat uchun mas’ul mutaxassislar) bilan tushuntirish ishlari olib borish, o’qitish konsultatsiyalar berish hisoblanadi. Tashqi auditorlar mazkur ishni alohida shartnoma bo’yicha audit bilan birga olib boriladigan xizmatlar doirasida mustaqil ish sifatida ko’rib chiqadilar.
Nihoyat, yillik rejada tasdiqlangan vazifalarning har biri bo’yicha audit dasturlari ishlab chiqilib, unda quyidagilarga ishora qilinadi: audit ob’ektlari; auditorlik amallari ro’yxati; tekshirish o’tkazish muddatlari va alohida auditorlik amallarini bajarish mehnat sig’imi; auditorlik amallarini bajarilishi va umuman tekshirish sifati uchun mas’ullar; axborot manbalari; har bir uchastkada ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash mezonlari; nazorat sub’ektlari va boshqa tekshirish natijalari uchun mas’ul shaxslarni o’qitish, maslahat va ular bilan tushuntirish ishlari olib borish tartibi va muddatlari, taklif etilgan tavsiyalar bajarilishini tekshirish va ularning haqqoniyligi (samaradorligi) ni baholash, tekshirish natijalarini hujjatlashtirilish shakli va tartibi; ichki audit xizmati mutaxassislari hisobotini tayyorlash tartibi va rahbariyat hamda mulkdorlarga taqdim etish shakllari.
Xalqaro ichki audit standarti «Rejalashtirish» da ichki audit rahbari risklar bo’yicha o’tkazilgan tahlil asosida ichki audit ustuvorliklarini belgilovchi rejalar tuzishi lozimligi yozib qo’yilgan.
Shunday qilib, ichki auditning uch turdagi rejasining ixtiyoriy birini tayyorlash risklarni tahlil qilishdan boshlanadi. Tashqi auditning shunga o’xshash standartida dastlab auditor hisobotdagi kuchsiz va tor joylarni aniqlashi hamda hisobot tuzishi lozimligi qayd qilingan. Ichki auditda risklar tahlili vazifasi keng, chunki ichki auditor nafaqat ishonchli hisobot va boshqa axborotlarni tayyorlashga, balki tashkilotning barcha aktivlaridan oqilona foydalanishni baholash orqali biznes samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Xuddi shu standartda “ichki audit xizmati rejasi kamida yiliga bir marta o’tkaziladigan risklar bahosi asosida tuzilishi lozim. Reja tuzishda yuqori rahbariyat va Kengash takliflarini ham hisobga olib lozim”. Shuning uchun strategik reja vakillik organi (mulkdorlar) tomonidan, yillik reja esa audit bo’yicha qo’mita raisi tomonidan muvofiqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Umumiy reja audit bo’yicha qo’mita raisi tomonidan muvofiqlashtiriladi va tasdiqlanadi, har bir topshiriq bo’yicha auditor dasturi esa oldindan ichki audit xizmati rahbari tomonidan oldindan ma’qullanadi va audit bo’yicha qo’mita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Dasturni ishlab chiqish bilan haqiqatda yuzaga kelgan sharoitga bog’liq ravishda dasturni tuzata oladigan va tuzatishi lozim jalb qilingan mutaxassislar bilan birga topshiriqni bajarish uchun mas’ul mutaxassis (tekshiruv boshlig’i) shug’ullanadi. Ichki auditor dasturlarini tuzatish izohlanishi, asoslanishi va hujjatlashtirilishi lozim.
Standartda konsultatsiyalash bo’yicha topshiriqlarni bajarish zarurati ham ko’rsatiladi, bunda ichki audit xizmati boshlig’i topshiriqdan potentsial foydani baholashi, risklarni boshqarish va tashkilot faoliyatini boshqarish jarayonini yaxshilash imkoniyati ham ko’zda tutiladi.
O’z navbatida, umumiy reja tayyorlash va uni bajarish uchun xarajatlar ichki audit xizmati boshlig’i tomonidan iqtisodiy asoslangan bo’lishi lozim.
Umumiy rejada quyidagilarni nazarda tutish taklif qilinadi:

  • Ichki auditorlarni ularning professional xususiyatlari va mansab darajalariga muvofiq ravishda muayyan uchastkalar bo’yicha taqsimlash;

  • guruhning barcha a’zolariga ularning huquq va majburiyatlari to’g’risida ko’rsatmalar berish, tekshirilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlarni etkazish;

  • ish hujjatlarini yuritish;

  • tekshirilayotgan ob’ektning mansabdor shaxslari roziligi bilan o’tkazilayotgan ish va uning tartibini hujjatli rasmiylashtirilishini.

«Ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun rejalarni taqdim etish» xalqaro standartida rejalarda zaruriy resurslar va “ichki audit xizmati boshlig’i resurslarda cheklanishlar oqibati haqida xabar berishi lozimligi” aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi.
Shunday qilib, tekshiruv rahbari ichki audit xizmati boshlig’iga zaruriy axborot mavjud emasligi, axborot yig’ish uchun ajratilgan vaqt etarli emasligi, ekspertlar yoki audit qilinayotgan ob’ektlar jalb qilish imkonsizligi, jumladan moliyaviy sabablar haqida xabar berishi lozim. Ichki audit xizmati boshlig’i o’z vakolatlari doirasida mazkur muammolarni hal etish mumkin bo’lmaganda va resurslarga jiddiy cheklovlar mavjudligida mazkur dalillar haqida audit bo’yicha qo’mita raisiga xabar beradi.
«Faoliyatni muvofiqlashtirish» xalqaro standartida ichki audit xizmati boshlig’i nazorat funktsiyasini bajaruvchi va konsultatsion xizmatlar ko’rsatuvchi boshqa tashqi va ichki tomonlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirishi hamda axborot ayirboshlashi lozimligi qayd qilingan.
Shunga bog’liq ravishda ichki audit xizmati boshlig’i tashqi auditor, taftish komissiyasi va boshqa tekshiruvchilar bilan hamkorlikda ishlashni ko’zda tutuvchi dasturlar tayyorlashi lozim.
Tekshirishlarni o’tkazish grafigi va umumiy reja tekshiruvchi shaxslargacha etkazilishi va hatto audit qilinayotgan shaxs (nazorat sub’ekti) tekshirilayotgan masala va auditorlar ish sharoitini ta’minlash uchun muvofiqlashtirilishi lozim. Ish grafigi o’zgaruvchan bo’lishi va rejalashtirilayotgan tekshirishlar imkoniyatini hisobga olishi lozim.
Audit o’tkazishning umumlashma sxemasini tayyorlash va ichki auditor harakatlari ketma-ketligi quyidagilarga olib kelishi lozim:
* tekshiruv o’tkazish hajmi va maqsadini tanlash;
* auditorlik tekshiruvi rejasini rahbariyat ma’qullashi;
* audit o’tkazish uchun me’yoriy-huquqiy va axborot bazasini tayyorlash;
* talab qilingan axborotlarni to’plash, tahlil qilish va hujjatlashtirish;
* tekshirilayotgan ob’ekt nazorat muhitini, jumladan risklarni baholash;
* tekshirish dalillari bo’yicha taklif va xulosalar;
* nazorat tizimini takomillashtirish bo’yicha oldingi va joriy tavsiyalar samaradorligini baholash.
Auditni rejalashtirish jarayoni audit mavzusi va ob’­ekti (ob’ektlari) ni tanlashdan boshlanadi. Tashkilot uchun foydalilik nuqtai nazaridan bu rejalashtirish jarayonining eng muhim bosqichidir. Agar tekshiruv mavzusi va ob’ekti noqulay tanlangan bo’lsa, u holda audit o’tkazish bo’yicha keyingi barcha ishlar qoniqarsiz natijaga olib keladi.
Ichki audit uchun ob’ektlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
* qoidalar, protsedura va metodlar, qonunlar va yo’riqnomalar;
* xarajatlar markazi, foyda markazi va investitsiyalar markazi;
* Bosh kitob schyotidagi qoldiqlar va moliyaviy hisobotlar (bu qismda tashqi audit ob’ektlariga mos keladi);
* avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan axborot tizimlari;
* asosiy shartnomalar va dasturlar;
* tashkilot bo’linmalari va uning vazifasini bajaruvchilar (ta’minot-tayyorlash faoliyati, ishlab chiqarish tsexi, sotish va mahsulotlar realizatsiyasi, marketing, mehnat resurslarini boshqqarish va b.);
* savdo, inkas­satsiya, xarid, to’lov,tovar-moddiy qimmatliklar hisobi va ishlab chiqarish xarajatlari, aktivlar bilan operatsiyalar kabi faoliyat turlarida bitimlar tizimi.
Rejalashtirish metodi sifatida risklarni baholash modeli namoyon bo’lishi mumkin.
Ixtiyoriy rejalashtirishdagi kabi rejalashtirishning uch tamoyiliga rioya qilish talab qilinadi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish