Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
17
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Faollikning maksimumga yetish vaqti, 1767 yildan buyon, raqamlanib kelinmoqda, va o‘sha yildagi faollik
eng birinchisi hisoblansa, hozircha so‘nggi 23-Quyosh faolligi sikli maksimumi, 2000 yilda qayd etilgan edi.
Hozirgacha tarixda kuzatilgan eng yirik va ko‘p sonli Quyosh dog‘lari, demakki,
Quyoshning faolligi
maksimumi qiymatining eng katta bo‘lgan davri, 1947 yilning aprelida, Quyoshning janubiy yarim sharida
kuzatilgan edi. O‘sha yillari, Quyosh dog‘lari, Quyosh botishiga yaqin bo‘lgan shom vaqtidagi soatlarda hatto
qurollanmagan ko‘z bilan ham kuzatish mumkin bo‘lgan. 1947 yildagi Quyosh dog‘lari maydoni, Yer shari
yuzasidan
36 marta katta bo‘lgan.
Quyosh tutilishlari.
Quyosh tutilishi eng qadim zamonlardan beri, odamlarni
o‘ziga jalb qiluvchi noyob tabiat hodisalaridan biridir. Quyosh
tutilishi haqidagi ilk qaydlar, eng
qadimgi tarixiy manbalarda
ham ko‘plab topiladi. Xitoy, Musulmon sharqi va g‘arbiy
Yevropa manbalarida hatto aniq sanalar bilan qayd etilgan qadimgi bitiklar mavjud. Qadimgi dunyo
manbalarida Quyosh tutilishi asosan, mifologik va teologik nuqtai nazardan tahlil qilingan bo‘lsa, ilk o‘rta
asrlarga oid manbalardan boshlab,
Quyosh tutilishiga nisbatan, ilk ilmiy baho berish va tushuntirishlar
uchraydi. Xususan, Quyosh tutilishi hodisasining hech qanday g‘ayritabiiy hol bo‘lmay, balki, aynan mutlaqo
tabiiy jarayon ekanligini ilk bora, buyuk vatandosh bobokalonimiz Ahmad al-Farg‘oniy isbotlab bergan edi.
Quyosh
tutilishi, Oyning Yer atrofidagi orbitasi bo‘ylab harakati jarayonida, Yer va Quyosh orasidagi
fazoda bo‘lgan vaqtida, Yer yuzasining ma’lum qismlariga to‘liq yoki qisman Oyning soyasi tushishi tufayli
sodir bo‘ladi. Ya'ni Oy, o‘z jismi bilan Quyoshni Yerdan to‘sib qo‘yadi. Oyning Yerga tashlaydigan
ko‘lankasi diametri, 270 km dan oshmaydi, shu sababli ham, Quyosh tutilishi, Yer yuzasi bo‘ylab tor markaziy
yo‘lak bo‘yicha kuzatiladi xolos. Shuning uchun ham, Quyosh tutilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati
mavjud bo‘lgan shaharlar miqdori cheklangandir. Ba’zan to‘liq Quyosh tutilishi markaziy yo‘lagi, faqat okean
yuzasidan o‘tib, uni quruqlikdan kuzatish umuman imkonsiz bo‘lishi ham mumkin. Lekin, to‘liq
tutilish
vaqtida, Oyning yarimsoyasi, markaziy yo‘lakning har ikki tarafida, 3240 km gacha masofada tarqaladi.
Ya’ni, shuncha masofada Quyosh tutilishini qisman kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyosh tutilishi vaqtida, Oy
soyasi Yer yuzasi bo‘ylab, kamida 1 km/soniya tezlik bilan o‘tib boradi. Shu tufayli, Quyosh tutilishi, uzog‘i
bilan, 7.5 daqiqa davom etadi xolos.
Quyosh tutilishi, faqat, yangi oy
boshida, Oyning o‘zi hali ko‘rinmagan
vaqtda, uning Yerga yuzlangan tarafini
Quyosh yoritmagan
holatidagina sodir
bo‘ladi. Quyosh tutilishlari ikki xil – to‘liq
va qisman bo‘lishi mumkin. Agar Yerdagi
kuzatuvchi, Quyoshning yuzasini Oy
gardishi to‘liq to‘sib, natijada,
Yerning
kuzatuvchi turgan qismini qorong‘ulik
qoplagan holatini kuzatsa, bunday Quyosh
tutilishi, to‘liq tutilish hisoblanadi. Agar Oy
gardishi, Quyoshning chetidan qisman
qoplab, biroq uning yorug‘ligini
butunlay
to‘sib qo‘ya olmasa, bunday tutilish qisman
tutilish bo‘ladi. Bulardan tashqari, Quyosh
tutilishining halqasimon tutilish nomli turi ham kuzatiladi. Bunday tutilishda, Oy gardishi, Quyosh yuzasini
to‘liq to‘sib qo‘ya olmaydi, balki, uning ichida, kichikroq diametrli qoramtir doira shaklida namoyon bo‘ladi.
Bunda, Oy gardishi atrofida, halqa ko‘rinishidagi Quyosh nurlarining yorqin shu’lalari taralib turadi. Bunday
Quyosh tutilishi, Oy orbitasining elliptikligi tufayli Oyning yerdagi kuzatuvchiga nisbatan ko‘rinish
burchagining, o‘zgarishlari
natijasida, ya’ni. Oyning Yerga nisbatan joylashuv masofasi uzoqligidan,
kuzatuvchiga nisbatan, Oy gardishi, Quyosh gardishidan kichik diametrga ega bo‘lishi tufayli sodir bo‘ladi.
Quyosh
Quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: