Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
18
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Halqasimon
tutilish, Oyning Yerga nisbatan joylashgan masofasi va
Yerning Quyoshga nisbatan joylashgan masofasi, o‘rta
masofalarda
(ya'ni, apogey va perigey, aposeleniy va pereseleniy nuqtalaridan
o‘rtacha masofalarda harakatlanganida) bo‘lgan vaqtlarda kuzatiladi.
Yil davomida Yerda 2 tadan 5 tagacha Quyosh tutilishi sodir
bo‘lishi mumkin. Ularda to‘liq
tutilish yoki, halqasimon tutilishlar
soni ikkitadan ko‘p bo‘lmaydi, qolganlari esa faqat qisman tutilish
bo‘lishi mumkin. O‘rtacha olganda,
bir asr davomida, Yerda 237
tagacha Quyosh tutilishlari sodir bo‘lishi mumkin, ulardan, 160 tasi
qisman, 63 tasi to‘liq va 14 ta halqasimon tutilishlar bo‘ladi.
Sayyoramizning aynan bir hududida Quyosh tutilishining
qayta takrorlanishi ancha noyob hodisa. Aynan bir hududda to‘liq
tutilish esa, juda uzoq davriylikda takrorlanadi. Masalan, bizning
vatanimiz O‘zbekiston Respublikasi
joylashgan geografik hududda,
oxirgi marta to‘liq Quyosh tutilishi, bundan 5 asrdan ham ortiqroq vaqt muqaddam, Temuriylar hukmronligi
1
zamonida, aniqrog‘i, 1487 yilning 20-iyulida sodir bo‘lgan. O‘sha tutilish
vaqtida, Quyosh tutilishi, Shimoliy Muz Okeanining Shimoliy Amerika
sohillaridan
boshlanib, Islandiya oroli, Oq dengiz,
Ural orqali, hozirgi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoli,
Orol dengizi, markaziy
Qizilqum, Samarqand, Buxoro shaharlaridan o‘tgan. Tutilish Farg‘ona
vodiysi orqali, hozirgi Uyg‘ur Muxtor o‘lkasiga
borganida nihoyasiga
yetgan. To‘liq tutilish hodisasini, Movarounnahr munajjimlari va aholisi,
2 daqiqa va 55 soniya mobaynida kuzatishga muvaffaq bo‘lishgan.
Taassufki, ushbu tutilish haqida, tarixiy manbalarda hozircha birorta ilmiy,
yoki, oddiy qayd topilganicha yo‘q (tutilish Ulug‘bek zamonida bo‘lganida
bormi...). O‘shandan buyon, O‘zbekiston hududida birorta to‘liq Quyosh
tutilishi hodisasi kuzatilmagan. Yurtimiz hududidagi navbatdagi Quyosh
tutilishi esa, 2060 yilning 30-aprelida kutilmoqda. Nasib etsa, o‘sha to‘liq
tutilish hodisasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy tumanlari, Xorazm viloyati, Navoiy viloyati,
Buxoro viloyatining shimolidan so‘ng, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston viloyati,
Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda, Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida kuzatish imkoni
bo‘ladi.
1
Bu davrda Movorounnaxrda Sulton Ahmad Mirzo (1451-1494), Far’gona va Toshkentda esa, Mirzo Boburning otasi Umarshayx
Mirzo davlat boshqaruvida bo‘lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: