Gorizontal quyosh-yoqilg‘ilik quritish qurilmasi. Quyosh va an’anaviy energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda foydalanishga asoslangan quritish qurilmalari universal quyosh yoqilg‘ilik qurilmalari nomini olgan. Ular quyosh va sun’iy kuritish uslublarining ustunlik tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‘chirishga oson, arzon va energiya sarfi kamroq bo‘lgan kuritkichlar yaratish imkonini berdi.Ular kichik va o‘rta dorivor o‘simliklar birlamchi ishlov berib, qayta ishlash korxonalariga mo‘ljallangan. Biz tomondan universal kuritish kurilmasida valeriana xom ashyosini qayta-ishlash texnologiyasini ishlabchiqish ko‘zda tutilgan edi.
Valeriana dorivor o‘simlik xom ashyosi massasini quritishdan oldin sifatini saqlash uchun ulardagi fiziologik-bioximik jarayonlarni to‘xtatish uchun, ya’ni quritishdan oldin o‘simlik xom ashyosigi dastlabki ishlov berish lozim.
Valeriana xom ashyosiga infra qizil nurlar yordamida dastlabki ishlov berish jarayonida oksil molekulalarining hamda ferment tizimlarining denaturatsiyasi yuz beradi, dorivor o‘simlik xom ashyosi to‘qimalarida o‘tayotgan turli-tuman fiziologik-biologik jarayonlarni tez to‘tatilishiga erishiladi va biologik faol moddalarning parchalanishini oldi olinadi, bu bilan yuqori sifatli kuritilgan mahsulot olishga erishish mumkin. Qayta ishlanadigan o‘simlik xom ashyosi, shu jumladan valeriana uchun kuritkichning elektron boshkarish bloki yordamida optimal kuritish rejimini beish lozim, buning uchun uning termorostlagich boshkarish bloki kengaytirilgan rostlash diapazoniga ega bo‘lishi kerak. Quritishga kesib tayyorlangan valeriana, universal kuritgichlarda kuritilganda undagi quritish jarayoni o‘zgaruvchan qo‘yidagi haroratda 55-60 gradusdan oshirilmaydi shundagina u o‘zining birlamchi yashil rangini saqlab, alkaloidlarning minimal yo‘qotilishi kuzatiladi. Dorivor o‘simlik xom ashyosi mahsulotlarini quritish vaqtida atrof muhitga hech qanday zarar etkazilmaydi, ekologik toza mahsulot ishlab chiqariladi va yuqori iqtisodiy samaraga erishiladi.
USK-Quyosh yoqilg‘ilik qurilmasi qo‘yidagicha ishlaydi. Yuklash eshigi vositasida quritish materiali (dorivor o‘simlik xom ashyosi) quritish patnislariga joylashtirilib qo‘yiladi. Ventilator va kolorifer vositasid kamera ichiga issiklik havo haydaladi. Quritkich yuqorida havoning bir qismini atmosferaga uzatib, qolgan qismi kamera devori va plyonka bilan hosil qilingan retserkulyatsiya konturiga tushadi. U yerda havoning qorataytirilgan devor va devor yuzasidan yurgandagi konvektiv issiqlik almashinuv qisobiga ko‘tariladi. Havo kamera devori va plyonka orasida haraktlanib turbulent oqim hosil bo‘ladi. Bu esa issiqlik almashinish jarayonining tezkorligini oshiradi. Bunday qurilmalar an’anaviy energiya manbalarining 40% gacha miqdorini tejash imkonini beradi.