Xulosa va takliflar. Dunyo mamlakatlarida shu jumladan Uzbekistonda xam valeriana dorivor usimligiga bulgan talab oshib bormokda va bu usimlikning maydonini kupaytirish zamon talabiga aylandi. Bunday sharoitda dori va usimlikni unuvchanligini urganish va urug yetishtirish texnologiyasini ishlab chikish muxim masala xisoblanadi.
Ma’lumki valeriana maxsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularning birlamchi ishlov berib tayyorlash jarayonida sifat ko‘rsatgichlariga katta e’tibor berilmoqda. Valeriana ildiz massasidan olinadigan mahsulotlarning sifatini oshirish hamda quritish usullari takomillashib bormoqda.
Quritilgan valeriana dorivor o‘simligi ildizidan olinadigan mahsulotlar qimmatli dorivor o‘simlik xom ashyosi hisoblanadi. Shuning uchun ham uni sifatli sanoat usulida qayta ishlab sifatli mahsulot olish katta axamiyatga ega.
Kurs ishini bajarish davomida quyidagi xulosaga kelindi:
1.Valeriana dorivor usimligi ildizini daladan kovlab olib kelgandan keyin ketma –ket yuvilishi kerak. Buning uchun tebranuvchi MMKV-2000 rusumli yuvgich uskunasidan foydalanish maksadga muofik buladi.
MMKV-2000 yuvish uskunasining texnik xarakteristikasi kuyidagicha.
Yuvish kuchi-0,555kg/s
Suv sarfi -0,001-0,0015mz/kg
Elektrodvigitel kuvvati-2,2 kVt
Gabaritlari-1605-690-880mm.
2.Valeriana dorivor o‘simlik xom ashyosi ildizini quritishdan oldin sifatini saqlash uchun ulardagi fiziologie-bioximik jarayonlarni to‘xtatish uchun, ya’ni quritishdan oldin o‘simlik xom ashyosiga dastlabki ishlov berish lozim.
3.Valeriana xom ashyosiga infra qizil nurlar yordamida dastlabki ishlov berish jarayonida oqsil molekulalarning hamda ferment tizimlarning denaturatsiyasi yuz beradi, dorivor xom ashyosi to‘qimalarida o‘tayotgan turli – tuman fiziologik – biologik jarayonlarni tez to‘xtatilishiga erishiladi va biologik falo moddalarning parchalanishini oldi olinadi, bu bilan yuqori sifatli quritilgan mahsulot olishga erishish mumkin.
4.Valeriana dorivor o‘simligi ildizi va ildizpoyalarini quritishda sun’iy quritishning quyoshga yoqilg‘ilik USK-2E quritish qurilmasidan foydalanish maqsadga muofiq.
USK-2E kuyosh-yokilgilik kurilmasini uziga xos xususiyatlaridan biri bu uning tarkibida regenerativ utilizatorning mavjudligidir. Xavoning venteliyatsiyalash va konditsionerlash tizimida foydalanib kelingan ―Yungstrem‖turidagi aylanuvchi xamda statsioner regenerativ issiklik almashinish kurilmalariningkuritgichlariga kullanishi kayta ishlagan kuritish agentining bir xil apparat ichida bir vaktning uzida va uzluksiz ravshda dastlabki va kayta ishlagan kuritish agenti muommosini muoffakiyatli yechish imkonini berdi.
5.Valeriana dorivor usimligini ildiz va ildizpoyalaridan ekstrakt tayyorlash uchun ularni maydalash zarur . Valeriana usimligi ildizlaridan ekstrakt tayyorlash uchun 3-5 mm kattalikda maxsus maydalagichlar yordamida maydalanish kerak. Buning uchun kuprok ―Dezingtegrator‖yoki ―Dismembrator‖ maydalagichlardan foydalaniladi. Bu maydalagichlar kuritilgan ildizga erkin ta’sir kilishga ( okim, erkin urish)asoslangan.
Valeriana dorivor usimligi ildizidan poroshokli dori vositalarini tayyorlashda esa sharikli tegirmonlardan foydalaniladi.