TIJORAT BANKLARINING NOANANAVIY OPREATSIYALARI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noananaviy opreatsiyalarni ham bajaradi. Bunday opreatsiyalar sirasiga: faktoring, kontokorrent (overdraft), forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.
Faktoring operatsiyalari
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi. Birinchisi, faktor-vositachi, bankning faktoring opreatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring opreatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotib oluvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor-vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat va savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi. Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi kerak bo‘lgan pul mablag‘larni talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor-vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor-vositachi imzolangan faktoring operatsiyasi asosida, malum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshiradi.Soddaroq qilib aytganda, faktor-vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarini komission to‘lov asosida “sotib oladi”.
Faktor-vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini odilona baholashi juda muhim hisoblanadi.Bunda agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor-vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘loy olmasa, ushbu zarar faktor-vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarini vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni takidlash lozim;
sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
Tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojini taminlashning zarurligi;
banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |