"Mega-investment plyus mikrokredit tashkiloti" MChJning 2016 yil yakuni bo'yicha balans hisoboti84 ming so 'm hisobida
Ko'rsatkichlar
Summasi
AKTIVLAR
Kassadagi naqd pullar va boshqa to'lov hujjatlari
26 825
Bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar
57 390
Olinishi lozim bo'lgan hisoblangan foizlar
102 889
Sotib olingan debitorlik qarzlar-faktoring
0
Kreditlar, sof
2 427 205
Asosiy vositalar, sof
24 834
Boshqa aktivlar
64 029
Jami aktivlar
2 703172
MAJBURIYATLAR VA KAPITAL
MAJBURIYATLAR
Toianishi lozim bo'lgan kreditlar
1 363 569
To'lanishi lozim bo'lgan hisoblangan soliqlar
19 671
Boshqa majburiyatlar
26 895
Jami majburiyatlar
1410 135
KAPITAL
Ustav kapitali
1 001 043
Taqsimlanmagan foyda
360
Joriy yil foydasi (zarar)
291 634
Jami kapital
1 293 037
Jami majburiyatlar va kapital
2 703172
Dastlab "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida"gi Nizom asosida mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 20 ming yevro ekvivalentda — Toshkent shahrida ruzilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun, 10 ming yevro ekvivalentda — boshqa aholi punktlarida ruzilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun belgilandi.
"Mega-investmentplyusmikrokredittashkiloti" MChJning 2016 yil yakuni bo'yicha moliyaviy natijalari to'g'risidagi hisoboti ming so 'm hisobida
Ko'rsatkichlar
Summasi
1. FOIZLI DAROMADLAR
Jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlar bo'yicha foizli daromadlar
1 292 067
Jami foizli daromadlar
1 292 067
2. FOIZLI XARAJATLAR
0
Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni baholashgacha bo'lgan sof foizli daromadlar
969 680
Kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar baholangandan so'ng sof foizli daromadlar
969 680
3. FOIZSIZ DAROMADLAR
Boshqa foizsiz daromadlar
19 680
Jami foizsiz daromadlar
19 680
4. FOIZSIZ XARAJATLAR
Ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari
46 747
Jami foizsiz xarajatlar
46 747
5. OPERATSION XARAJATLARGACHA SOF FOYDA
942 414
6. OPERATSION XARAJATLAR
Xodimlar ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
110 169
Ijara va ta'minot xarajatlari
63 357
Xizmat safari va transport xarjatlari
3217
Ma'muriy xarajatlar
4 813
Eskirish xarajatlari
9 832
Sug'urta, soliq va boshqa xarajatlar
49 232
Jami operatsion xarajatlar
240 620
7. KREDITLAR BILAN BOG'LIQ BO'LMAGAN KO'RILISHI MUMKIN BO'LGAN ZARARLARNI BAHOLASH
8. FOYDA SOLIG'I VA BOSHQA TUZATISHLARGACHA BO'LGAN SOF FOYDA
701 794
9. FOYDA SOLIG'I
67 161
10. TUZATISHLARGChA BO'LGAN FOYDA
634 633
FOYDAGACHA BO'LGAN TUZATISHLAR, SOF
-389 000
11. SOF FOYDA
245 633
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabr-dagi "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3270-sonli Qaroriga asosan 2017 yil 1 oktyabrdan mikrokredit tashkilotlari ustav kapitalining minimal miqdori-2, 0 mlrd so'm etib belgilandi.
Mikrokredit tashkiloti filial tashkil qilish uchun:
qoniqarli moliyaviy holatga ega bo'lishi;
qonun hujjatlari va Markaziy bankning talablariga javob berishi;
mikrokredit tashkiloti kunlik jamlama buxgalteriya balansini tuzish uchun kerakli dasturiy-texnik vositalarga hamda malakali buxgalteriya xodimlariga ega bo'lishi;
mikrokredit tashkiloti litsenziya olingan kundan boshlab kamida ikki yildan ziyod o'z faoliyatini amalga oshirgan bo'lishi;
Markaziy bank talablariga javob beradigan tegishli xonalar va uskunalarga ega bo'lishi lozim.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi holatlarda qoniqarli moliyaviy holatga ega deb topiladi:
joriy yil natijalariga ko'ra sof foydaga ega bo'lganda;
muddati o'tgan kreditlarning summasi oxirgi bir yil davomida mikrokredit tashkiloti kredit portfelining 5% dan kam miqdorini tashkil etganda;
- mikrokredit tashkilotining jami kapitalidan ustav fondi va tekinga olingan mulklar chegirilgandan so'ng qolgan kapitali oxirgi bir yil davomida mikrokredit tashkiloti aktivlarining kamida 10% ni tashkil etganda mikrokredit tashkilotlari o'z filiallarini tashkil etishi mumkin bo'ladi.
Lombardlar va ularning tashkil topishi Lombardlar-ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo'lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug'ullanadi. Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlaming o'zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi.
Dastlabki lombardlar XV asrlarda Fransiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan "lombard" termini shu tariqa paydo bo'lgan.
Lombardlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo’lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o'rtasida, ko'pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo'lgan foiz to'lovini, ko'pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi.
Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari quyidagi tartibda hisoblanadi.
Masalan, kredit summasi-1, 0 mln so'm, oylik foiz to'lovi-3 %, kreditdan foydalanish muddati-20 kun.
Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan to'lanadigan foiz to'lovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0, 003*20=60000 so'm. O'zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog'onasidagi kredit muassasalari tarkibiga kiradi.
Bobga oid savollar Mikromoliyaviy tashkilotlarning mohiyati.
Kredit uyushmalari va ularning vazifalari.
Kredit uyushmalarini tashkil etishga qo'yilgan talablar.
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari.
Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari.
Kredit uyushmalarining daromadlari.
Kredit uyushmalarining xarajatlari.
Lombardlarning tashkil etishning zarurligi.
Lombardlarni ro'yxatga olish va litsenziya berish.