Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta'minoti bo'yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog'liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.
Inflyatsiya. Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo'nalishlar doirasida ta'sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg'arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o'zgarishlarni keltirish mumkin. Shuningdek, bunday holatda bank passivlariga nisbatan (monand boimagan) uzoq muddatli aktivlarga ega bo'lgan bir qator moliyaviy institutlar qiyin ahvolga tushib qoladilar. Mamlakatda o'rtacha narxlar darajasi oshib borayotgan bir sharoitda banklar depozit bazasi mustahkamligini ta'minlash maqsadida depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirishga majbur bo'ladilar. Agarda aktiv operatsiyalar bo'yicha daromadlilik darajasini oshirish cheklangan bo'lsa, u holda bank foydasining keskin tushib ketishi kuzatiladi. Aksariyat mamlakatlar tajribasida o'rtacha narxlar darajasining yuqori o'sish sur'atlari mayjud sharoitda banklar kredit shartnomalari muddatlarini qisqartirishga intiladilar. Banklarning fundamental funksiyalaridan biri bu joriy jamg'armalarni uzoq muddatli investitsiyalarga aylantirishdan iborat. Kredit shartnomalari bo'yicha muddatlarning qisqarishi iqtisodiy kon'yunkturadagi tebranishlarda banklarni himoyasiz qilib, bank barqarorligirii zaiflashtiradi.
Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari vafoiz stavkalarining keskin tebranishi.Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan. Bank tizimida inqirozlar vujudga kelishining tashqi iqtisodiy omillariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, 1980 yillar boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarda bank inqirozlari neft va boshqa asosiy eksport tovarlari narxining tushib ketishi bilan bogiiqdir. Shuningdek, bank inqirozlarini keltirib chiqarishda Ronald Reygan ma'muriyatining qat'iy inflyatsiyaga qarshi siyosati sharoitida G'arb mamlakatlari tomonidan tashqi qarzlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha foiz stavkalarining keskin oshishi ham muhim rol o'ynadi. Foiz stavkalarining keskin oshishi va milliy valyutalarning keskin devalvatsiyasi banklar to'lovga layoqatsizligining kelib chiqishiga sabab bo'ldi.