Bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish. Mamlakatimizda bank kapitalining asosiy qismi davlatga tegishli ekani-bank tizimidagi asosiy muammo. Uning bank sektorida sog‘lom raqobatga, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilayotgani.
Xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish lozimligi.
Bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borishning sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qilishi.
Moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirishning yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlardan biri ekanligi.
YAngi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarurligi.
Investorlarga qulay sharoit yaratish uchun valyuta bozorini yanada erkinlashtirishning talab etilishi.
XVII BOB. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI Reja: 17.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish 17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 17.3. Mikrokredit tashkilotlari
17.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Xususan:
yuridik va jismoniy shaxslariga hisob-kitob xizmatlarini
ko 'rsatish va pul o 'tkazmalarini amalga oshirish;
hisob —raqam ochish va yuritish
vakillik hisob varaqlarini ochish va pul mablag'larini o'z nomiga joylashtirish va boshqa shu kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.
Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabab-laridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish, nisbatan yuqori foiz toiovlarni to'lash hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari kredit summasi qancha bo'lishidan qat'iy nazar barchasiga bir xil talabni qo'yadi va biunga ko'pchilik hollarda ma'lum kun talab etiladi.
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga:
> kredit uyushmalari; > mikrokredit tashkilotlari; > lombardlar; >lizing kompaniyalari; > faktoring kompaniyalari kiradi. Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to'la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi:
moliyaviy lizing;
operativ lizing.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega. Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo'ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta'minlash imkoniyatini beradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:-ustav kapitali;
O'zbekiston Respublikasida faktoring kompaniyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjjatlarini regress huquqi bilan sotib olishi mumkin emas.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladilar. Ular bahosi yuqori va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradilar. Lizing shartnomalarining' o'rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bo'lib ularda resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirishga majburdirlar. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko'lamda jalb qiladilar.
O'zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug'illanadi. Asosiy muammo shun-daki, to lizing obyekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinma-gunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog'ozlar bo'yicha o'zaro hisob-kitob-larni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda hisob ochadi. Bu hisoblar mazmuniga ko'ra aktiv-passiv hisoblar hisoblanadi, ya'ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega boiishi mumkin.
Ko'pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, German iya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda ular nazorat funksiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining regulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo'yiladi.