Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni ta'kidlab o'tish mumkin:
inqirozga qadar institutsional va huquqiy asoslarni tashkil etishni qo'llab-quvatlash kerak;
rasmiy tizimlar xavfsizligi (likvidlilik talablari, depozitlarni sug'urtalash, kaoflatlash) puxta ishlab chiqilganligiga ishonch hosil qilish kerak;
mumkin qadar tezkor ravishda vakolatlar berishga harakat qilish kerak;
davlatning moliya-kredit siyosati shaffofligini ta'minlash va korporativ restrukturizatsiyalashga e'tibor qaratish lozim.
Bobga oid savollar Bank inqirozlari kelib chiqish sabablari xususidagi ilk nazariy qarashlar haqida so'zlab bering.
Bank inqirozlari kelib chiqish sabablari xususidagi keyingi nazariy qarashlar va ularning ilk nazariy qarashlardan farqlari nimalardan iborat?
Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida qanday omillarni keltirib o'tadi?
Tarixda xorijiy kapitalni jalb etish bilan bog'liq bank inqirozlarining asosiy sabablari nimada?
Bank inqirozlari kelib chiqishida haddan ortiq kredit ekspansiyasi omili xususida so'zlab bering.
Bank inqirozlari kelib chiqishida inflyatsiya omili xususida so'zlab bering.
Bank inqirozlari kelib chiqishida tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi omili xususida so'zlab bering?
Bank inqirozlari kelib chiqishida savdo qoidalarining buzilishi omilining ta'siri qanday?
Bank inqirozlari kelib chiqishida fiksirlangan valyuta kursi omilining ta'siri qanday?
10. K.V.Rudiy bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari sifatida qanday omillarni ko'rsatib o'tadi?
11. Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
12. Bank inqirozlarining qanday turlari mavjud bo'lib hisoblanadi?
Yashirin inqiroz nima?
Inqirozning ochiq shakli nima?
Tizimli bank inqirozi nima?
Tizimli bank inqirozlarining kelib chiqish omillari nimalardan iborat?
Tizimli bank inqirozlarini boshqarishning "Standart modellari" qanday bosqichlardan tashkil topgan?
Tizimli bank inqirozlarini boshqarishning "Standart modellari" 1-bosqichi haqida so'zlab bering.
Tizimli bank inqirozlarini boshqarishning "Standart modellari" 2-bosqichi haqida so'zlab bering.
Tizimli bank inqirozlarini boshqarishning "Standart modellari" 3-bosqichi haqida so'zlab bering.
Qarz barqarorligi qanday ko'rsatkichlarga bog'liq?