Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1914-1926 yy.) Klassik oltin standard pul tizimi mukammal bo'lib, hozirgi kungacha insonlar undan samaraliroq va qulayroq pul tizimini o'ylab topa olishmagan. O'z navbatida "Agar oltin standard mukammal amal qilgan bo'lsa, nirna uchun muomaladan yo'qoldi degan savol tug'iladi." Buning asosiy sababi, davlatning pul tizimiga aralashu-vining ortishi va banklarning o'z majburiyatlarini toiiq bajarmasligi oqibatida pul tizimining izdan chiqishidir. Birinchi jahon urushi natijasida urushda ishtirok etgan barcha davlatlarda xarajatlarning oshishi natijasida pul taklifmi haddan ziyod ko'paytirishga majbur bo'ldilar. O'zaro urushda ishtirok etayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi shu darajada yuqori ediki, ular xarajatlarni qoplash maqsadida emissiya qilingan qog'oz pullar oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan edi. Shu tariqa ushbu davlatlar oltin standartidan voz kechdilar va o'zlarini bankrot deb e'lon qildilar.
Urushda ishtirok etgan davlatlar ichidan faqatgina AQShda dollarning taklifi belgilangan me'yoridan orttirilmadi. O'z vaqtida boshqa davlatlarda devalvatsiyaning ortishi, o'zaro turli valyutaviy to'siqlarning yuzaga kelishi, bojxona tariflari va kvotalarining joriy qilinishi natijasida xalqaro savdo va investitsiya faoliyati izdan chiqdi, bu esa mamlakat pul tizimiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. Inflyatsiya oqibatida Angliya fund, Frantsiya franki, Germaniya markasi oltinga nisbatan qadrsizlandi. Bu hoi keyinchalik dollarning ham oltinga nisbatan kursini tushishiga olib keldi. Ushbu vaziyatda dunyo pul tizimi inqirozga uchragan va dunyoning yetakchi ekspertlari va siyosatchilari iqtisodiy barqarorlikni ta'minlovchi oltin standartiga qaytish ustida bosh qotirayotgan edi.
Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926-1931 yy.) Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta-pul tizimini yoiga qo'yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko'rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O'sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari o'rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog'liq ravishda qaytadan o'matish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda flint sterling 4, 86 dollarga teng bo'lgan oltin birligiga ayriboshlangan bo'lsa, urush so'ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi flint sterlingning kursi 3, 50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin standartiga qaytadigan bo'lsa, funtning haqiqiy qiymati 3, 50 dollar nisbatida belgilanishini talab etar edi. O'z navbatida oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo'lishi kerak edi. Lekin bu borada mamlakatlarning bir to'xtamga kelishi qiyin bo'ldi. Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin standartini qayta tiklash, balki funtning awal amalda bo'lgan 4, 86 dollar darajadagi kursiga qaytarish edi.
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bo'lgan Londonning obro'sini saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya eng awalo pul taklifmi kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin, funt kursi 4, 86 dollarga tenglashgan holda Buyuk Britaniya tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Kasaba uyushmalari ta'sirining ortishi va davlat tomonidan ishsizlik uchun nafaqalarni joriy qilinganligi pul taklifmi kamaytirish imkonini bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul taklifmi kamaytirish bilan aholi nominal daromadlarini pasaytirish) uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat qurish nazariyasidan voz kechishi yoki ayrim "ijtimoiy kafolat'iarni muzlatishi kerak edi. Buning o'rniga Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifmi yanada orttirib bordi, o'z navbatida inflyatsiya darajasi ham o'sib bordi.
Yigirmanchi asraing 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida iqtisodiy o'sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko'ndalang turgan edi. Shu maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bo'lib o'tgan konferentsiyada Buyuk Britaniya yangi pul standarti boigan oltindeviz standartini taklif qildi.
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti saqlangan bo'lib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari 1926 yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga o'tishdi. Unga ko'ra Britaniya fimti va boshqa valyutalar oltin tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari foqarolari kundalik hayotda oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va inflyatsiyani rag'batlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni so'ndirishda oltin bilan birga dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o'zlarining valyutalarini oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo'l bilan aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun'iy oshirildi va oltin standartiga qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. Uning asosini qisman flint bilan ta'minlangan Yevropa mintaqasi valyutalari, qisman dollar bilan ta'minlangan font, qisman oltin bilan ta'minlangan dollar tashkil etgan va bu "oltindeviz standarti" deb ataldi, dollar va font esa "tayanch valyutalar" hisoblangan.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday vaziyatda oltin standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo'ydi. Oltindeviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish va inflyatsiya darajasini oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning boshqa davlatlari fontni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa Yevropa va Buyuk Britaniyada inflyatsiya darajasi tobora chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib ketishini oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga erishgan edi. Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning izdan chiqishi qochib bo'lmas haqiqat bo'lgan. AQSh, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda ta'minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig'ildi. 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yig'ilgan funt sterling o'rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa banklarini bankrot bo'lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o'zini bankrot deb e'lon qildilar.