TIJORAT BANKLARINING AKTIV OPERATSIYALARI Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari-bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larni iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini taminlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. CHunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo malum darajada risk, qarzdorning defolti(to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:
kassa opreatsiyalari;
ssuda operatsiyalari;
investitsiya va fond operatsiyalari;
valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish;
bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ularga naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritadigan mulkiy shaklidan qatiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarga tegishli kreditlar beradi. Malumki, bank kreditlari bir yilgacha-qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga-uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar xo‘jalik yurituvchi subektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun malum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalaridabanklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, Fond birjalarda oldi-sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalar amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursining o‘zgarishi g‘isobiga foyda yoki zara ko‘rishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy mussasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar malum darajada foyda olishni rejalashtiradi.