peshonasini shapatilardi.
— Endi tushundim, — dedi u nihoyat. — Hammasi ravshan! Hammasi aniq bo'ldi!
— Nima gap o‘zi? — deb so‘radi toqati toq bo‘lgan Glenarvan, xovotirlanib.
— Do‘stlarim, — dedi Paganel, Robertning qo‘li-dan ushlab, — biz katta muvaffaqiyatsizlikka uchrab-miz: xato yo‘ldan ketibmiz. Bunda gap kapitan Grant haqida emas, mening bir vatandoshim haqida boryap-ti, uning Marko Vazello degan o‘rtog‘ini haqiqatan ham poyux qabilasidan bo‘lgan hindular o‘ldirishgan. Fransuzni esa hindular o'zlari bilan bir necha marta Kolorado bo'yiga olib ketishgan. Keyin u qochib qutulishga muvaffaq bo‘lgan, hozir Fransiyada. Biz Garri Grantning izidan ketyapmiz deb, Ginar degan fransuz yigitning iziga tushgan ekanmiz.
Paganelning so‘zini hamma jim turib tingladi. Xato qilishgani aniq edi. Serjant aytib bergan barcha
181
tafsilotlar, asirning millati, o‘rtog‘ining o'ldirilgani, o'zining asirlikdan qochib qutulgani— hammasi buni tasdiqlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |