Mehmonlar serjantning butun istaklarini baja-rishgach, nihoyat u sayohatchilarning qal’aga ke-lishdan maqsadlarini so'radi.
Maqsadga ko‘chishga eng qulay payt keldi. Bu vazifani Paganel o‘z bo‘yniga oldi. U gapni o‘zla-rining pampaslarda qilgan hamma sayohatlarini fran suz tilida so'zlab berishdan boshladi-da, hindular qir-larni nima sababdan tashlab ketishganini so‘rash bi lan tamomladi.
— E! Qirda hech kim yo‘q! — dedi serjant, yelka-sini qisib. — To‘g ‘ri!.. Hech kim yo‘q... Hammamiz qo‘l qovushtirib o'tiribmiz... qiladigan ish yo‘q...
— Nima uchun axir?
— Urush.
— Urush?
— Ha, grajdanlar urushi...
— Grajdanlar urushi? — deb takror so‘radi Paganel.
— Ha, Paragvay bilan Buenos-Ayres o‘rtasida urush, — deb javob berdi serjant.
— Xo‘sh, urush bo‘lsa nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |