Ko‘nglida yana umid tug‘ilgan Glenarvan:
— A! — deb yubordi.
U, Paganel, Mak-Nabbs va Robert serjantning atrofini o‘rab oldilar.
— Gapiring, gapirsangiz-chi! — deb qistashdi ular ko'zlarini jovdiratib.
— Bundan bir necha yil burun... — deb gap bosh-
180
ladi serjant, — ha, to‘g ‘ri... yevropalik asirlar... lekin o‘zim ko'rgan emasman...
— Bir necha yil burun deysizmi! — deb uning so'zini bo'ldi Glenarvan. — Yanglishyapsiz! «Britaniya» 1862-yilning iyunida halokatga uchra-gan. Demak, bunga hali ikki yil ham bo‘lgani yo‘q.
— Yo‘q! Ko‘p bo‘ldi, ser!
— Yo‘g ‘-e! — deb qichqirdi Paganel.
— To‘g‘risi shu. Bu gap Pepe tug'ilgan yil bo'lgan...
Do'stlaringiz bilan baham: |