Glenarvan garang bo‘lib Talkavga qarab turardi.
— Siz asir tushgan uchta ingliz to‘g ‘risida hech qanday gap eshitganingiz yo'qmi? — deb so‘radi Talkav, serjantdan.
— Hech vaqt,— dedi Manuel.— Tandilda ma’lum bo'lardi... men bilgan bo'lardim... Yo‘q, bunday gap bo'lgani yo‘q...
Bu uzil-kesil javobdan so‘ng Glenarvanning qal’a-da qiladigan ishi qolmadi. Glenarvan va uning ham-rohlari serjantga tashakkur aytib va qo'lini mahkam qisib xayrlashdilar-da, qal’ani tark qildilar.
Glenarvan butun umidlari puchga chiqqanidan o'zini qayerga qo'yishini bilmadsi. Robert ko‘z yosh-larini artib, u bilan yonma-yon borardi. Bolani ovutish uchun Glenarvan bir og‘iz ham so‘z topolma-di. Qo‘lini paxsa qilib, Paganel o‘zi bilan o‘zi gaplashib borardi. Mayor miq etmasdi. Chet ellik sa-yohatchilarni chatoq yo‘ldan boshlab kelganiga Tal-kavning ham juda ta’bi xira edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |