Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlarni rimlik tabib Klavdiy Galen (er. av. II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan boyitdi. Uning asarlaridan 17 asrgacha keng foydalanildi. Har xil muskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen xulosaga keldiki, tananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, birorta hissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi.
Eksperimentlar orqali Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniqladi. Agar orqa miyani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylashgan barcha tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yo‘qotadi, degan xulosani olim asoslab berdi. Galen Gippokratning temperament ta’limotini yanada rivojlantirdi. U barcha narsalarning 4 xil holati – iliq, sovuq, quruq, va nam va 4 xil suyuqlik 13 ta temperamentni keltirib chiqaradi, degan fikrda edi. SHu temperamentlarning bittasi normal bo‘lib, 12 tasida normadan chetga chiqish mavjudligini Galen tushuntirmoqchi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |