Ruhni qanotli arava izvoshchiga o‘xshatish mumkin. Izvoshchi va otlar o‘rtasidagi munosabat, tana va ruh o‘rtasidagi munosabat kabidir. Platonga ko‘ra inson ruhining 3 ta asosi bor:
1.Hayvonlar va o‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik mavjudot o‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning mana shu qismi bilan odam sezadi, ochlik va tashnalikni sezadi. Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi.
2. Asosning intilishlariga qarshi chiqadi.
3.Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan “odamning jahli chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladi”.
Platon fikriga ko‘ra, doim mana shu asoslar o‘rtasida kurash kechib, uning oqibatlari tushlarda namoyon bo‘ladi. Platonning tushlarni tushuntirishi ko‘p jihatdan zamonaviy fikrlardan biri freydizmga o‘xshab ketadi. Chunki Platon ham ularning asosida mayllar shu jumladan haqiqiy mayllar yotishini ta’kidlagan. Platon ruh tana o‘lgandan keyin ham hayot bo‘ladi, deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: «Agar ruh abadiy bo‘lsa, unda ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida ham qayg‘urish kerak. Platonning ruh haqidagi g‘oyasining etakchi qismi hissiyotlardir. Unda Platon birinchi o‘rinda odamlar uchun rohatlanish hissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun shundaydir, lekin odam uchun 1-o‘rin u yoqda tursin, 2-o‘rinda ham turmaydi, hatto 3-o‘rinda ham emas. Platon o‘zining «Filef» dialogida rohatlanish, azoblanish va har ikkisining bo‘lmasligi ruhning 3 xil holatidir, deb aytib o‘tadi.
Antik psixologiyaning eng yuqori cho‘qqisi Aristotelning ruh haqidagi mashhur ta’limoti hisoblanadi. Mashhur faylasuf Gegel aytganidek, «biz psixologiyada ega bo‘lgan yaxshi narsalar − bu Aristoteldan olgan narsalarimizdir. Aristotel «O dushe» ya’ni «Jon haqida» nomli traktida ruh muammosini tizimli o‘rganishga bag‘ishlangan o‘z g‘oyalarini yoritib beradi. Shimoliy Gretsiyaning Stariga shahrida tabib oilasida tavallud topgan Aristotel 17 yoshda Platonga shogird bo‘lib tushgan. Ammo Platonning qarashlari yo‘lidan bormagan. Aristotelga ko‘ra, ruh organik tananing shakli. Bu tanani Aristotel quyidagi metafora bilan tushuntiradi: «Agar ko‘z alohida tirik mavjudot bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati uning ruhi bo‘lar edi. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan ko‘z aslida ko‘z bo‘lmaydi, u faqatgina ko‘z degan nomni saqlab qoladi, xolos. Bunday nomni chizilgan yoki biror narsadan yasalgan ko‘zga ham berish mumkin. Tiriklik ruhsiz bo‘lmaydi. Ruh tanani tirik qiladi. Tananing barcha xususiyatlari o‘sish, nafas olish, fikrlash asosida ruh turadi. Boshqacha aytganda tana va boshqa organlar ruh xizmatidagi quroldir. «Tana ruh uchun mavjuddir», deb yozadi. Aristotel ruhni tanadan ajratib bo‘lmaydi» degan qat’iy xulosaga keldi. Aristotel barcha ruhning xarakter va xususiyatlarni «entelexiya» degan maxsus tushunchaga birlashtiradi. Ruh harakat qilmaydi, tana harakat qiladi, lekin bunday tana ruhlidir. Shu tariqa Aristotel Platonning tana va ruh ajralishi, ruhning qismlarga bo‘linishi haqidagi g‘oyasini o‘tkir tanqid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |