Savol va topshiriqlar
1. Qishloq xo’jaligida paxtachilikni rivojlantirish qanday nati-ja berdi?
2. Paxtachilikni moddiy-texnik ta'minlash qay darajada edi?
3. Paxta yetishtirgan dehqon mehnatiga yarasha haq olarmi-di?
4. Qishloq mehnatkashlarining moddiy ahvoli qanday edi?
53-§. YANGI YERLARNI o’ZLASHTIRISH VA PAXTA EKILADIGAN MAYDONLARNI KENGAYTIRISH
Irrigatsiya-melioratsiya O’zbekiston sug’orma deh-quriiishi qonchihkning eng qadimgi
o’lkalaridan biridir. Bobodeh-
qonlarimizning sug’orish sohasidagi boy tajribasidan foy-dalanib hozirgi davrda qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olinmoqda. Respublika dehqonchiligida yer-larni sun'iy sug’orish tizimi (kanallar, irrigatsiya inshoot-lari) hal qiluvchi rol o’ynaydi. Cho’llarni sug’orish ish-larini amalga oshirishda O’zbek xalqi fidokorona mehnat qildi. Cho’lquvarlarning qahramonona mehnati tufayli ulkan suv omborlari, kanallar, kollektor va drenajlar qurildi. Bu suv inshootlarining bunyod etilishi cho’Uarni sug’orish va obod qilish imkonini berdi.
50-yillarda boshlangan respublikadagi cho’llarni o’zlashtirish ishlari keyin ham keng miqyosda davom etdi. 70-yillarda Mirzacho'1 va uning tarkibiy qismi bo’lgan Jizzax cho’lida yirik paxtachilik vohasi tashkil etish maqsadida unumdor qo’riq yerlarni sug’orish va o’zlashtirish ishlari davom ettirildi. Shu munosabat bilan uzunligi 127 km ga boradigan eng yirik janubiy Mirza-cho'l bosh kanali, markaziy Mirzacho'1 kollektori quril-di, shimoliy Mirzacho'1 kanali kengaytirildi. Mirzacho’lning Jizzax mintaqasini suv bilan yaxshiroq ta'minlash uchun Jizzax suv ombori qurildi.
Mirzacho’lda yangi sug’oriladigan yerlarning melio-rativ holatini yaxshilashga alohida e'tibor berildi. Ochiq va yopiq kollektor-zovurlar tarmog’i va tik drenaj quduqlari qurildi. Suvdan birmuncha samarali foydala-nish uchun taqsimlovchi nov tarmoqlari qurildi va kanallarga beton yotqizildi.
Markaziy Farg’ona qo’riq yerlarini o’zlashtirish maqsadida katta hajmda irrigatsiya inshootlari qurildi. 70-yillarda Farg’ona vodiysini suv bilan ta'minlashni yaxshilash, cho’llarni o’zlashtirish uchun sersuv Norin daryosidan suv oladigan Katta Andijon, Katta Namangan kanallari va sig’imi 2 mlrd kub m keladigan eng yirik Andijon suv ombori qurildi.
Surxon-Sherobod vodiysida ham cho’llarni o’zlashtirish ishlari davom etdi. Sherobod cho’lini sug’orish va o’zlashtirishda Janubiy Surxon suv ombori, shuningdek, Uchqizil, Degeres suv omborlarining qurilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Janubiy Surxon suv ombori vujudga kelishi 100 km li Sherobod mashina kanalini ishga tushirish va Sherobod cho’lida 90 ming gektar yangi yerlarni sug’orish imkonini berdi. 90 km li qadim-gi Zang kanali qayta ta'mirlandi va suv o’tkazish imkoniyati kengaytirildi. Sherobod cho’lidagi muhim sug’orish inshooti hisoblangan 56 km li Amu—Zang kanali 1973-yili qurilib bitkazildi. o’sha yili Oqqap-chig’ay kanalining qurilishi boshlandi. Bu kanalning ishga tushirilishi tufayli Qiziriq cho’lida 30 ming gektar unumdor yerlar suv bilan ta'minlandi.
Qarshi dashtini Amudaryo suvi bilan sug’orishni xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kelgan. Dashtda bir million gektar yerni sug’orish va o’zlashtirish mumkin edi. Bu ulkan ishlarni amalga oshirish uchun zarur mod-diy-texnik imkoniyatlar vujudga kelganidan so’ng 60-yil-larda Qarshi cho’lini o’zlashtirish boshlandi. Qarshi dashtida uzunligi 165 kmga boradigan Qarshi magistral kanali va Tallimarjon suv ombori asosiy irrigatsiya inshootlari edi. Qarshi kanalini qurish 1974-yili tugal-landi. Ketma-ket joylashtirib qurilgan 6 ta nasos stan-siyasi Amudaryo suvini 132 m balandlikka ko’tarib bera-digan bo’ldi. Ana shu eng yirik irrigatsiya inshootlarining ishga tushirilishi Qarshi dashtidagi qo’riq yerlarni sug’orishga imkon berdi.
O’zbekistonda 1985-yilga kelib 20 dan ortiq suv omborlari ishlaydigan bo’ldi. Shu bilan birga kanallar soni ham ortdi. Bu kabi irrigatsiya inshootlarining ken-gayib borishi xalq xo’jaligi uchun birmuncha iqtisodiy samara berdi, biroq buning salbiy oqibatlari yanada og’irroq bo’ldi.
Ittifoq hukumatining aybi bilan cho’Uarni o’zlash-tirish, sug’orish ishlari ekstensiv yo'l bilan olib borildi. cho’llarni o’zlashtirishda, ekin maydonlarini sug’orishda suvni tejab ishlatadigan usullar, yangi texnikalardan keng foydalanilmadi. Natijada ko’p miqdordagi suv yerga sin-gib, havoga bug’lanib ketishi tufayli isrof qilindi. Sug’orishda ekstensiv usulning qo’llanilishi, suvdan foy-dalanishda isrofgarchilikka yo'1 qo’yilishi Sirdaryo, Amudaryo suvlarining bir qismini Orol dengiziga quyish imkoniyatidan mahrum qildi va Orol fojiasiga olib kel-gan asosiy sabablardan biri bo’ldi.
Katta-katta suv omborlari, o’nlab, yuzlab kilometr masofaga cho’zilib ketgan Aydar, Arnasoy, Sariqamish, Chordara va boshqa drenajlar kollektor suvlari to’p-lagichlar bilan birga yerosti suvlarining ham yuzaga ko’tarilishiga yordam berdi. Oqibatda hatto eskidan sug’orilib kelayotgan yerlar ham ikkinchi bor sho’rlandi, botqoq bosdi, bog’-rog’lar va tokzorlar qurib qoldi. Yangi paxtachilik tumanlarini barpo etish maqsadida puxta o’ylamasdan sug’orish inshootlarini qurish, Sirdaryo va Amudaryodan tobora ko’p suv olish Orol dengizining qurib borishiga olib keldi va uni obihayotdan mahrum etdi. Bu narsa bugun Orolbo’yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni mushkullashtirib qo’ydi. Yangi paxtachilik tumanmanlarini barpo etish.Respublikaning cho'1 tumanlarida qurilgan yirik suv
inshootlari, suv xo’jaligi ishlari Mirzacho'1, Qarshi dashtlarini, Surxon-Sherobod vodiysi va boshqa qo’riq yerlarni sug’orish va o’zlashtirishga yo'1 ochib berdi. Yerlarni o’zlashtirish (asosan paxta ekish uchun o’zlashtirish) kompleks tarzda olib borildi, boshqacha aytganda, yerlarga suv chiqarish bilan birga yangi ho’jaliidar barpo etilib, qishloqlar, shaharlar, turar joylar, sanoat korxonalari va madaniy-maishiy obyektlar qurildi.
1980-yilning boshiga kelib Mirzacho'1 hududida 300 ming gektardan ortiq qo’riq yerlar o’zlashtirildi va Mirzacho'1 yirik paxtachilik vohasi bo’lib qoldi. Yangi o’zlashtirilgan yerlarda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, Paxtakor, Ilich, Do’stlik, Arnasoy, Oqoltin, Mehnat-obod kabi yirik paxtachilik tumanlari, 50 ta yangi sov-xozlar, Yangiyer, Guliston, Paxtakor, Do’stlik, Baxt, Shirin shaharlari vujudga keldi. Mirzacho'1 dashtining tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketishi cho’lquvarlarning fidokorona mehnati natijasi bo’ldi. O’zbekistonning yangi paxtakor mintaqasi paxta xom ashyosi yetishtirish-ni muntazam ravishda oshirib borib, 1980-yilda 492 ming tonnaga yetkazdi.
Shu bilan birga, Mirzacho'1 yerlari va boshqa qo’riq tumanlarga suv chiqarib, ularni o’zlashtirishda katta kamchiliklar ham bo’ldi. Suv xo’jaligi tashkilotlari yangi o’zlashtirilgan yerlarni xo’jaliklarga hali ko’p chala ishlari qolgan holatda topshirar edilar. Buning natijasida yer-larning kattagina qismi qishloq xo’jaligida foydalanilmay qoldi. Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 1984-yili har gektar yerdan bor-yo’g’i 7 sentner paxta olindi. Bunga, qisman, Jizzax viloyatidagi kollektorlarning 25 foizi umu-man ishdan chiqqanligi, yopiq va vertikal drenajning uchdan biri qisman ishlamaganligi, ba'zi joylarda yopiq zovurlarning umuman qurilmaganligi sabab bo’ldi. Ko’p hollarda qo’riq tumanlarda xo’jaliklar mukammal bo’lmagan holda qurilar, jumladan, turar joy va kommu-nal-maishiy obyektlar qurilishiga doir masalalar yaxshi hal qilinmas edi. Holbuki, bunday obyektlar yetishmas, mavjudlari esa sifati pastligi bilan ajralib turardi.
Qarshi dashtida yangi yirik paxtachilik tumanini barpo etish uzoq yillar davomida Ittifoq hukumatining diqqat markazida bo’lib keldi. Bu maqsad uchun 1970-yilda 1 mlrd so’mdan ortiq mablag’ ajratildi.
1963—1979-yillar davomida Qarshi dashtida 30 ga yaqin sovxozlar tashkil etildi. 70-yillarning ikkinchi yarmida 60 ming gektar yangi yer qishloq xo’jalik oborotiga qo’shildi.
Surxon-Sherobod vodiysida qurilgan sug’orish inshootlari 114 ming gektar maydondagi qo’riq yerlarni
sug’orishga imkon berdi. Sherobod cho’lining yangi o’zlashtirilgan yerlarida ikkita shahar, 17 ta yangi sov-xoz tashkil qilindi. Irrigatsiya-melioratsiya qurilishining kengayishi, ekin maydonlarini suv bilan ta'minlashning yaxshilanishi paxta hosildorligini oshirdi. 1970-yili Qashqadaryo viloyati paxtakorlari har gektar yerdan 32,3 sentner paxta olishgan bo’lsa, 1983-yili hosildorlik 36,4 sentnerga yetdi.
o’sha yillarda yangi yerlarni sug’orish geografiyasi va hajmlari ancha kengaydi, G’o’za ekiladigan maydonlar ortdi. Irrigatsiya, melioratsiya ishlari dasturining amalga oshirilishi natijasida yangi yerlarni o’zlashtirish sur'atlari jadallashdi. 1946-yilgacha bo’lgan davrda 600 ming gek-targa yaqin yangi yerlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966— 1985-yillar mobaynida 1800 ming gektarga yaqin, ya'ni uch baravar ko’p yer foydalanishga topshirildi.
Qo’riq yerlarga suv chiqarish va ularni o’zlashtirish, Ittifoq hukumatining zo’ri bilan yangi paxtachilik tumanlarini yaratish, paxta ekiladigan maydonlarni ken-gaytirish paxta yakkahokimligining yanada kuchayishiga olib keldi. Bu hol o’z navbatida oziq-ovqat va ekologik muammolarni hal qilishni yanada qiyinlashtirib, respub-likada ijtimoiy keskinlikni kuchaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |