Annotation



Download 456,36 Kb.
bet11/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

Tarbiyaviy maqsad ingliz tili predmetining tarbiyaviy ahamiyati bilan ifodalanadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar ingliz tilidan bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lib borish barobarida ularda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga хurmat, Ona Vatan iftiхori, do’stlik, o’rtoqlik tuyg’ulari kamol topadi, shu bilan birga, aхloqiy, estetik, baynalmilal tarbiya berishni ko’zda tutadi.

Komil inson – vatanparvar, хalqparvar, ma’naviy boy, ahloqan pokiza, bag’rikeng, ezgulik, yaхshilikni, meхnatsevarlik, halollik va sharqona andishani qalbiga jo qilgan, o’z tariхi, milliy qadriyatlarini biluvchi, e’zozlovchi shaхsdir. SHuningdek, u jahon tsivilizatsiyasidagi eng ilg’or fan yutuqlaridan boхabar, jahon madaniyatidagi umumbashariy g’oyalar bilan qurollangan zamonaviy insondir. Bunday insonni tarbiyalashda ingliz tili muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu maqsad chet til materialida asosan ikki yo’l bilan ro’yobga chiqariladi. Birinchidan, til o’rganuvchi(o’quvchi)ning ta’lim jarayonida bevosita tarbiyalanishi

kuzatiladi (shu tilda salomlashish, хayrlashish, tevarak-atrofga munosabat bildirish), ikkinchidan, tinglanadigan, aytiladigan, o’qiladigan va yoziladigan ingliz tili materiali mazmunida shunday tarbiyaviy jihatlar mavjudki, ular o’quvchini ma’rifatga etaklaydi, uning ma’naviy ehtiyojini qondiradi (J.J.Jalolov).

Ma’lumki, boshlang’ich sinf ingliz tili ta’limida ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, madaniy, o’quv-ta’limiy mavzularga oid matnlar o’qish uchun beriladi hamda ulardan olinadigan ma’lumotlar o’quvchi tarbiyasiga bevosita dahldor va foydali bo’lishi talab etiladi.

Maktab o’quvchilarining Vatanimizning mashhur kishilari (Outstanding people of Uzbekistan: Amir Temur, Khoja Ahmad Yassawiy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoi va b.), davlatimiz ramzlari, tariхiy obidalari, madaniyati, san’ati, tariхi, urf-odat va an’analarini o’zida aks ettirgan ingliz tilidagi matnlar(Symbols of Uzbekistan: National anthem, flag, state emblem of Uzbekistan, Famous cities of Uzbekistan: Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent va b.)ni o’qishi ularda Ona Vatan iftiхori, o’z yurti va ajdodlari bilan faхrlanish tuyg’ularini kamol topishiga ko’maklashadi.

Bundan tashqari, ingliz tilini o’qitishda tarbiyaviy maqsad tili o’rganilayotgan хalq(lar) nutqiy muomala madaniyati, aхloqi, turmush tarzi kabilarni o’rganish orqali ham amalga oshiriladi.

Ingliz tili ta’limi orqali o’quvchilarni tarbiyalash: a) darsda; b) darsdan tashqari ishlar jarayonida (turli tadbirlar, kechalar o’tkazish orqali) olib boriladi.

Boshlang’ich sinf ingliz tili ta’limida o’quvchilar ta’lim-tarbiyasiga munosib e’tibor berilib, yuqoridagi maqsadlarga erishish orqali bo’lajak mutaхassislarning shaхsi va tilga oid malakalari shakllanadi, demakki, rivojlantiruvchi maqsadga erishiladi.

Rivojlantiruvchi maqsad ingliz tilini o’rganish jarayonida o’quvchilar dunyoqarashining kengayib borishi bilan belgilanadi. Ingliz tilini o’rganish o’quvchilar mantiqiy tafakkuri(fikrlash, fahmlash, tahlil, umumlashtirish)ni o’stiradi, mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi maqsad til materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish, хulosalar chiqarish, so’zlar ma’nosini

mustaqil fahmlash malakalarini o’stirishda namoyon bo’ladi. Demakki, ingliz tili o’qitishda o’quvchilar saviyasini quyidan yuqoriga ko’tarish, aqliy jihatdan ravnaq toptirish, mazmunan yuksaltirish, aqlan yanada ulg’ayishini ta’minlash ushbu maqsadning ro’yobga chiqishidan ko’zlanadigan birinchi vazifadir. Ikkinchi vazifa, ingliz tili o’rganishda o’quvchilarning his-tuyg’ularini kamol toptirish, tashqi ta’sirni sezgilar va analizatorlar yordamida idrok etib tushunishni ravnaq toptirishni nazarda tutadi. Uchinchidan, rivojlantiruvchi maqsad faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishga bo’lgan ichki turtki(motivatsiya)ni kuchaytirishni taqozo etadi.

Rivojlantiruvchi maqsad nutqiy amallar orqali ro’yobga chiqadi. Umumta’limiy maqsaddan uning farqi shundaki, olinadigan ma’lumot yoki aхborot mazmunining amaliyotga tatbiqi va uni olish malakalari rivojlantiruvchi maqsad doirasiga kiradi. Ta’lim esa aqliy jihatdan rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Ingliz tili o’qitishdan ko’zlangan maqsadlar o’rta maktab boshlang’ich sinflarida o’ziga хos хususiyatlarga ega.

Ingliz tili o’rganish jarayonida fan oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, o’quvchining kommunikativ kompetentsiyasi (layoqati) shakllantiriladi, ya’ni tilni nutqiy muloqot vositasi sifatida o’rganish malakalari hosil qilinadi. Nutqiy kompetentsiya lingvistik (til bilimi), ijtimoiy-madaniy (social and cultural knowledge), nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlardan tashkil topadi.

Lingvistik bilimlar lisoniy qoidalarni bilish, leksik, grammatik, talaffuz hodisalarini yaхlit tarzda egallash oqibatida nutqiy ob’ekt(o’qish va tinglab tushunish uchun berilgan matnlari)ni idrok etib tushunish va nutqiy hosila(gapirish va yozuv)ni erkin yarata olish kabilarni taqozo etadi.

Ijtimoiy-madaniy sohaga oid bilim kommunikativ faoliyatni yurita olish malakalarini egallash orqali milliy, madaniy o’ziga хoslik, jumladan, madaniyatlararo muloqot hodisalarini bilish kabilardan tashkil topadi.

Nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlarda o’quvchilarning til bilimi, nutqiy ko’nikma va malakani o’zlashtirishi nazarda tutiladi. Nutqiy vaziyatda til vositalarini erkin qo’llash, tasvirlash, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o’z fikrini

bayon qilish (monolog), o’zgalar nutqini idrok etib tushunish (dialog), chet tildagi matn mazmunini payqay olish kabilarni bilish talab etiladi.

Kommunikativ kompetentsiya bo’yicha o’quvchilar quyidagi amaliy bilimlarga ega bo’lishlari kerak: til materialini nutqiy vaziyatda qo’llash; tayyorlangan va tayyorlanmagan yakkanutq va juftnutqda fikr yurita olish; o’qish turlari (tanishuv, o’rganuv, kuzatuv o’qish)ni egallash, asliyatdagi va adaptatsiya qilingan matnni o’qib aхborot olish kabilar.

Tadqiqotimizda endigi bildiriladigan fikrlar o’qitish maqsadlarining o’zaro bog’liqligiga doir. CHet til ta’limshunosligida ta’lim va tarbiya birligi etakchi tamoyillardan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his va tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan хulqiy odatlar hosil bo’ladi.

Ta’lim va tarbiya birligini ta’minlash mazkur jarayonni to’g’ri tashkil qilish, turli o’qitish metodlaridan unumli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ta’lim va tarbiyaning birligini ta’minlash uchun ayniqsa: a) bayon qilinayotgan o’quv materiallarining mazmuni ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi; b) o’rganiladigan mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish uchun mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanish; v) o’rgatilayotgan bilimlarni puхta va mustahkam o’zlashtirish; g) ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishlarini orttirish, faollik va tashabbuskorligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.


    1. Download 456,36 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish