Birinchi bob bo’yicha xulosalar.
Buyuk O’zbekistonimizning kelgusi taraqqiyoti, buyuk istiqboli ko’p jihatdan yosh avlod ta’lim – tarbiyasi bog’liq. Kelajak avlodning yetuk insonlar bo’lib
ulg’ayishi esa, albatta, o’qituvchilarimizga, ularning pedagogik mahorati salohayatiga bog’liq.
1991 yilning 1 sentyabrida Vatanimiz mustaqil davlat bo’ldi, halqimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Davlatimiz tobora taraqqiy etib bormoqda. Hazirgi kelajak avlod bolalarini ko’rib ko’zing quvnaydi. Ular bir hil maktab formasida, ko’l ushlashib borishlari, bir-biri bilan o’tilgan mavzulari haqida suhbatlashishlari yana bir - bor quvonsa arzugulik holat. Haqiqatdan farzandlarimizning fanlarga bo’lgan qiziqishlari bor. Ayniqsa ingliz tiliga bo’lgan qiziqishlari boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlariga qaraganda ortiqroq. Yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan bilim mazmunini boyitish va uzliksizligini ta’minlab berish uchun yangi hujjatlar qabul qilinmoqda, dars berishning ilg’or pedagogik usullari foydalangan holda ingliz tili samarali o’rgatilmoqda. Uning asosida o’qituvchi dars davomida o’zining bor bilimi, mahorati va ijokorligini ishga solib, darsning samaradorligiga erishmoqda. Pedagagik texnalogiyalar asosida yaratilgan turli-tuman metodlar bo’yicha o’tilgan dars, albatta, o’z natijasini beradi va o’quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
Boshlang’ich maktabni kelajakka qo’yilgan poydevor, deb bejizga aytishmagan.Manashu qutlug’ dargohda o’quvchilar oq-qorani tanishadi, kamolga yetishadi, ilm cho’qqilarini egallash uchun dastlabki parvozga shaylanishadi. Ularning har tomonlama yetuk inson sifatida kamol topishida, bu mo’tabar maskanning o’rni beqiyosdir. Bugungi tizimda mazkur tizimdaislohatlar jadal suratlar bilan davom etmoqda.
Bolalar boshlang’ich sinflarda qanchalik chuqur bilim olib, yahshi tarbiyalanib, ingliz tilini o’yinlar orqali o’rganib, zarur bilim, ko’nikma, malakalarni puxta egallasalar, ularning yuqori sinflarda o’qishlari va o’zlashtirishlari shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga aytishmagan halqimiz. Ingliz tili o’qituvchilari boshlang’ich sinfdan boshlab tilga bo’lgan qiziqishini uyg’ota olsagina, ingliz tilini o’rgata oladi. Biz farzandlarimizga vaqtida e’tibor berib, o’zimizni vaqtimizdan ham, farzandlarimiz vaqtidan ham unumli foydalansakkina har qanday muvofaqqiyatimizga o’z vaqtida erishamiz.
Shuningdek 1- sinfga kelgan bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi har xil bo’lishi bizga mma’lum. Ba’zi o’quvchilarning berilgan topshiriqlarni osongina o’zlashtirishi bir tamondan quvonarli bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga aqliy zo’r berish jarayoning sustlashishiga olib keladi.
Bola qancha erta biror soha bilan shug’illanishni boshlasa, unda rivojlanish imkoniyati shuncha katta bo’ladi. Ammo shuni unitmaslik kerakki, bolani o’zi xohlagan, o’zida moilligi,qiziqishi bo’lgan faoliyat bilan shug’illanishi maqsadga muofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |