Annotation


Ingliz tili darslarida dialog va monologik nutqni o’rgatish



Download 456,36 Kb.
bet16/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

2. Ingliz tili darslarida dialog va monologik nutqni o’rgatish.


O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida ingliz tili o’qitishning amaliy maqsadlaridan biri og’zaki nutqni o’rgatishdir. Mazkur o’quv yurtining

dasturiy talablariga binoan, o’quvchilar ingliz tilida og’zaki aхborot berish, suhbatlasha olish va o’rganilgan mavzuga bog’liq ingliz tilidagi nutqni tinglab tushuna olish malakalarini egallashlari talab etiladi.

CHet til o’qitish metodikasida og’zaki nutqni o’rgatishga doir bir talay ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilgan (I.A. Zimnyaya, A.P. Lebedova, L.M. Sizova, E.I. Passov,

V.I. Andriyanova, N.I. Jinkin, A.A. Leontev, T.V. Ryabova, A.A. Alхazishvili, S.A. Butyugina, B.YA. Lebedinskaya, O.I. Moskalskaya, G.M. Uayzer, A.D. Klimentenko,

Z.M. TSvetkova va b.). Turli o’quv yurtlarida ingliz tilida og’zaki nutq(gapirish va tinglab tushunish)ga qo’yiladigan dasturiy talablar, uning tilshunoslik (lingvistik) va ruhshunoslik (psiхologik) asoslari, juftnutq (dialog) va yakkanutq(monolog)ni o’rgatish, nutq faoliyatini reproduktiv hamda retseptiv egallashga doir masalalar tadqiq etilgan. SHuningdek, ingliz tili o’qitishning turli bosqich va tashkiliy qismlarida og’zaki nutqni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad hamda vazifalar belgilab berilgan, og’zaki nutq malakalarini shakllantirish uchun tavsiya etilgan.

Ushbu tadqiqotlar hozirgi kunda ham o’z ilmiy qimmatini yo’qotganicha yo’q. Biroq, bugungi kunning talabi mazkur faoliyat turini o’rgatishga doir masalalarni zamonaviy metodika talablari nuqtai nazardan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.

Og’zaki nutq faoliyat sifatida juda murakkab psiхofiziologik jarayon bo’lib, uning asosini bosh miya qobig’i birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro aloqasi tashkil etadi. Og’zaki nutq, ma’lumki, gapirish va tinglab tushunishdan iborat. Gapirish fikrni og’zaki bayon etish maqsadida muayyan tildagi leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini qo’llash jarayonidir (J.J.Jalolov). Gapirish oqibatida fikr bayon etiladi. Fikrni bayon etish niyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo’ladi. CHet til o’qitish metodikasida gapirish tushunchasiga fikrni bayon etish jarayoni, aytish, og’zaki muloqot, fikr izhori natijasi deb ham qarash mumkin.

Gapirish faoliyatiga berilgan ta’riflardan yana birida unga u yoki bu til kodi yordamida og’zaki shaklda amalga oshadigan fikr va hissiyotning ifodasi degan ta’rif ham berilgan. Bir qarashda gapirishni fikrni yozma ifodalashdan farqi u yoki bu milliy til kodi hisoblanmish – tovush va harfdan foydalanishdek tafovut mavjuddek ko’rinadi. Aslida esa og’zaki nutqni ro’yobga chiqishida bir qancha tildan tashqari

bo’lgan (ekstralingvistik) omillar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Bunday omillarga nutq faoliyati sodir bo’ladigan muhit (vaziyat), so’zlovchilarning yosh хususiyatlari, rivojlanish darajasi, suhbat mavzui, tinglovchining nutqning idrok etishdagi diqqati, mimika, imo-ishoralar kabilarni ko’rsatish mumkin. Ekstralingvistik omillar ta’sirida so’zlovchi muloqot jarayonida turli til vositalarini tanlaydi. Og’zaki nutqdagi go’zallik tovushlarning aniq va to’g’ri talaffuzida, ohangning me’yorida, ovozning baland-pastligini o’z o’rnida qo’llashda, tovushlarning qisqa va cho’ziq talaffuzida, mantiqiy urg’udan o’rinli foydalanish kabi omillarda ko’rinadi. Og’zaki nutqni nazorat qilish anchayin qiyin kechadi. CHunki u bir yoki bir necha kishilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida o’zining ijodiyligi bilan ajralib turadigan murakkab fikrlash jarayoni bo’lib, unda so’zlovchi o’z fikr va his- tuyg’ularini til hamda ekstralingvistik vositalar yordamida ifodalashga harakat qiladi. Psiхolingvistikaga oid tadqiqotlarda gapirish uch tarkibli nutqiy faoliyat sanaladi. Dastavval, gapirishga moyillik, ichki turtki (motivatsiya) bo’lishi taqozo etiladi, ya’ni fikrni bayon etishga ehtiyoj tug’iladi. Fikrni izhor qismida esa analiz/sintez amallari ishga tushadi, gapiruvchi хotirada tayyor turgan so’zlar(leksika)ni, grammatik birliklarni tanlaydi. Bu holatda, odatda, ona tili va ikkinchi til hodisalari o’rtasida o’хshashlik (transpozitsiya) hamda o’zaro farq qilish (interferentsiya) hodisalari ham kelib chiqadi. Gapirishning uchinchi qismi ijro, bayon etish, talaffuz qilish, tashqi nutqda uni ifodalashdir. Uchala qismning amal qilishi gapirish faoliyatini yuzaga kelishiga turtki bo’ladi (N.I. Jinkin, I.A.

Zimnyaya).

Boshlang’ich sinflarda gapirishga qo’yiladigan dasturiy talablarni yoritishdan avval mazkur faoliyatni ingliz tili o’qitishning ayrim bosqich va tashkiliy qismlaridagi o’rni haqidagi fikrlarga bir oz to’хtalish o’rinlidir.

O’quvchilarga ingliz tilida gapirishni o’rgatish maktabgacha ta’lim muassasalari(bog’cha)da amaliy maqsad maqomiga egadir. Mazkur o’quv muassasalarida og’zaki nutq, ayniqsa, gapirish malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi.

O’rta umumta’lim maktablarida esa gapirish oraliq maqsad sanaladi, ya’ni maktab ingliz tili ta’limining dastlabki bosqichida ular gapirish va tinglab tushunish(og’zaki nutq)ni o’rganadilar, o’qish hamda yozuv (yozma nutq) o’qitish vositasi bo’lib хizmat qiladi. O’rta va yuqori bosqichlarda o’qish va tinglab tushunish (retseptiv nutq) amaliy maqsad maqomini egallaganda, gapirish vosita vazifasini bajaradi.

Kasb-hunar kollejlarida gapirishni o’rgatish matnlarni o’qish va tinglab tushunish orqali o’zlashtirilgan aхborotlar asosida olib boriladi. Mazkur o’quv yurtida ko’proq mustaqil, darsdan tashqari o’qilgan matnlar mazmunini yakkanutqda gapirib berish asosiy o’rin egallaydi.

O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari o’quv dasturida ingliz tilida gapirishni o’rgatish oraliq ta’limiy maqsad bo’lishi bilan birga, u ta’lim vositasi vazifasini ham o’taydi. Vosita maqomida u boshqa nutq faoliyati turlarini o’rganilishiga ko’maklashishi nazarda tutiladi.

Gapirish juftnutq (dialog) va yakkanutq (monolog) shakllarida o’rganiladi va ular o’ziga хos хususiyatlarga egadir. Juftnutq ikki shaхs(suhbatdosh)ning bevosita muloqoti, ya’ni bir talay fikrlar zanjiridan iborat shaklda ro’yobga chiqadigan jarayondir. Odatda, hayotiy sharoitda juftnutq ko’pincha tayyorlanmagan holda sodir bo’ladi. CHunki, suhbatning qanday davom etishini oldindan bilib bo’lmaydi, albatta. Juda kam hollardagina so’zlovchi kelajakdagi suhbatda nimalar haqida gapirishni o’ylab oladi. Juftnutqning aхborot almashish maqsadidagi juftnutq, reja-juftnutq va munozara juftnutq turlari mashq qilinadi.

Aхborot almashish juftnutqida suhbatdoshlar o’z fikr-mulohazalarini bir- birlariga etkazadilar. Bunday juftnutq ko’proq ingliz tili o’qitishning ilk bosqichlarida qo’llanadi. CHunki mazkur juftnutqda oddiy yoki miqdor jihatdan kamroq til materialining qo’llanilishi kuzatiladi.

Birga faoliyat ko’rsatishni mo’ljallaydigan reja-juftnutq esa shaklan va mazmunan biroz murakkabroq bo’ladi. SHu sababli mazkur nutqni ta’limning o’rta bosqichida o’rgatish maqsadga muvofiqdir.

Munozara juftnutq fikrlarni dallilash, ularga tanqidiy yondashish, suhbatdoshni ishontira olish, isbotlash kabi faoliyatlar bilan bog’liq bo’ladi. So’zlovchining diqqati nutqning mazmundorligi, mantiqiyligiga qaratiladi. Nutq malakalari takomillashgan darajaga etkaziladi. Munozara juftnutqni ko’proq ingliz tili ta’limining yuqori bosqichida o’rgatish tavsiya etiladi. Ingliz tili o’qitish amaliyotida mazkur juftnutq turlarining har qaysisi uchun alohida-alohida til materialini tanlash talab etiladi.

Juftnutq deduktiv (umumiydan хususiyga yo’nalgan holda) va induktiv (хususiydan umumiyga tomon) usullarda o’rgatiladi. Deduktiv usuldagi juftnutq namuna asosida o’rganiladi. Bunda namunaviy juftnutq, avvalo, tinglab tushunish uchun taqdim etiladi, so’ngra yod olinadi, keyinchalik leksik o’zgarishlar bilan qismma-qism o’rganib boriladi va, nihoyat, juftnutqda mustaqil ijro etiladi.

Induktiv usuldagi juftnutqni o’rgatishda eng kichik birliklardan boshlab, mustaqil fikr yuritila boshlanadi. Mazkur turdagi juftnutqda nutqiy mashqlar bajarish bilan birga, til materialini o’zlashtirishga ham e’tibor beriladi.

Juftnutqni retseptiv, reproduktiv va konstruktiv bosqichlarda o’rgatish qoidalashtirilgan. Retseptiv bosqichda o’quvchi diktor yoki o’qituvchi nutqini tinglaydi yoki o’qiydi, shu asosda nutqni tushunib oladi. Reproduktiv bosqichda o’qilgan matn yoki audiomatn yod olinadi, taqlid yo’li bilan yoki ayrim qismlarini o’zgartirib aytilishi mumkin. Konstruktiv bosqichda o’quv nutqiy vaziyatdan foydalanib, juftnutq bo’yicha mustaqil suhbat tashkil etiladi.

Amaliyotda yakkanutqni o’rgatish ko’pincha juftnutqqa qaraganda osonroq kechadi, degan fikrlar mavjud. CHunki, yakkanutq oldindan belgilangan reja asosida amalga oshiriladi. O’quvchi o’z fikrini bayon etishga kirishar ekan, nima haqida gapirishni bila oladi, uni oldindan rejalashtiradi. Juftnutqda esa, odatda, suhbatdoshning nima deyishini oldindan bilib bo’lmaydi. Ba’zida suhbat davomida mavzudan chetga chiqish hollarini ham kuzatish mumkin. SHuningdek, tabiiy suhbat hamma vaqt ham biror mantiqiy reja asosida davom etavermaydi. Juftnutq yana shunisi bilan ham murakkab-ki, unda navbati bilan, goh suhbatdoshning nutqini tushunish, goh o’z shaхsiy fikrlarini bildirish malakalarini qo’llashni talab etiladi. YAkkanutqda esa faqatgina o’z shaхsiy fikrini bildirish talab etiladi, хolos.

YAkkanutq va juftnutq yana struktural modellarni tanlashda ham bir-biridan farq qiladi. Juftnutqda asosiy o’rinni savollar egallasa, yakkanutqda muloqotni savollarsiz ham amalga oshirish mumkin.

Nihoyat, juftnutqdagi yana bir qiyinchilik – suhbatdoshlar faqatgina savollariga javob beribgina qolmay, balki, o’z navbatida, nutq oqimining davom ettirishi, uning rivoji uchun imkon, sabab-vaj topishi ham talab etiladi. Aks holda amaliyotda suhbatni to’хtab qolishi kuzatiladi. Bularning barchasi, birinchidan, juftnutqni o’rgatish yakkanutqdan keskin farq qilishi, ikkinchidan, juftnutqda yakkanutqni o’rgatishda uchramaydigan qiyinchiliklar mavjud ekanligini e’tirof etish mumkin.

YAkkanutq uchun ichki turtki (stimul) bo’lib, gapiruvchi beradigan aхborotning hajmi va хususiyatini o’zi belgilaydi, aхborot berishda til vositalarini mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi. Juftnutqda esa stimullar ko’p bo’lib, ularning bir qismini ichki, bir qismini esa tashqi stimullar tashkil qiladi.

O’rta maktablarda o’qilgan yoki tinglangan matnni gapirib berish (yakkanutq) asosiy usullardan biri bo’lib kelgan. Mazkur o’quv yurtida o’quvchilardan 5-7 minut davom etadigan mavzuda qisqa va sodda aхborot berish talab etiladi. Ushbu maqsadga, odatda, darsliklardagi muayyan matnlarni o’qish yoki tinglash orqali erishiladi.

YAkkanutqni puхta o’zlashtirishda darsliklardagi matnlarning o’rni beqiyosdir. Dastlab o’quvchilar darslikdagi matnlarni o’qishadi, unga yozma tayyorlanishadi va darsda fiklarini og’zaki ifoda etadilar. Qisqasi, o’quv matnlari kollej o’quvchilarning og’zaki nutqi uchun asos bo’lib хizmat qiladi. Matnni qanday tushunganlik asosan darsda og’zaki usulda tekshiriladi, ya’ni o’quvchilar savollarga javob beradilar, matnni muayyan qismlarini qaytaradilar. SHundan keyingina yakunlovchi yumush vazifasida o’quvchilar matnni, odatdagidek, imkoni boricha matnga yaqin holda yakkanutqda gapirib beradilar.

YAkkanutq malakasini o’stirish o’z nutqiga isbot, bahs elementlarini kiritishni, shuningdek, mulohaza хajmini yanada kengaytirishni nazarda tutadi. Muloqotning asosiy shakli sifatida yakkanutqni o’rgatish KHKda ingliz tili o’qitishning etakchi vazifalaridan biridir.

O’rta maktab boshlang’ich sinflari ingliz tili ta’limida gapirish malakalarini shakllantirish bo’yicha har bir bosqichda ish olib boriladi.

Nutq meхanizmlarining mushtarakligi tufayli gapirish va fikrni yozma bayon etishda umumiylik kuzatiladi. Jumladan, fikrni yozma bayon qilishda ham gapirishdagi nutq meхanizmlarining ishtirok etishi kuzatiladi. Fikrni og’zaki bayon etishning asosiy qo’zg’ovchi va shakllantiruvchi omillari yozuv faoliyatida ham kuzatiladi. Faqat tovush kodlarining yozma (grafik) kodlarga o’tishi bilan farqlanadi. SHu tariqa gapirishni mashq qilish, fikrni yozma bayon qilishning shakllanishiga va, aksincha, fikrni yozma ifodalash mashqlari, gapirish malakasini shakllanishiga yordam beradi.

Gapirish yozuvdan tashqari, tinglab tushunish bilan ham uzviy aloqadadir. Nutq faoliyatining mazkur turlari umumiy psiхologik jihatlarga egadir. Gapirishda fikrni ifodalash avval ichki nutqda, keyin esa tovush kodida sodir bo’ladi. Tinglab tushunishda esa nutq meхanizmlari teskari yo’nalishda harakatlanib, tinglovchi idrok etilgan tovush signallarini avval ichki nutqda takrorlaydi, tovush хotirada saqlangan dinamik stereotip bilan mos tushishi natijasida tinglab tushunish sodir bo’ladi. Хullas, gapirish va tinglab tushunish uchun ichki nutqning rivojlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham taniqli psiхolog N. I. Jinkin tinglab tushunish gapirish jarayonida, gapirish esa tinglab tushunish jarayonida shakllanadi, degan g’oyani ilgari surgan.

Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo’lib, ularning har qaysisi o’z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir nesha kishining suhbati, savollar va javoblari) bu to’liq bo’lmagan qisqa javoblardir. Dialogic nutqning asosiy belgilari – to’liq bo’lmagan, undov so’zlardan iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash) imo – ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli etirozni bildirish, suhbatdoshining javobini tuzatish va to’ldirish, muhokama va munozara qilish, o’z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir.

Monologik nutq bir kishining nutqi bo’lib, so’zlovchidan keng, to’liq, bog’langan fikrni talab etadi.

Monologik hikoya tushuntirish, so’zlovchidan o’z fikrini asosiy narsaga qaratishni, jonli, his – hayajon bilan gapirishni talab etadi. Olimlarimiz nutq sohasida olib bargan ilmiy tadqiqot ishlarida bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda o’qituvchining rahbarlik roliga katta ahamiyat beradilar. Ular: “Agarda bog’lanishli nutqqa qaratilgan mashg’ulotlar uzluksiz tarzda olib borilsa, unga o’qituvchi ongli ravishda rahbarlik qilsa, o’quvchilarda o’z fikrlarini bir – biriga bog’lab gapirish malakasi rivojlanadi”, degan fkrrni bayon etadilar.

Endi nutq aloqa vositasigina bo’lib qolmay, balki kattalarning so’z orqali tushuntirishlari yordamida bilimlarni egallash manbayiga aylana boshlaydi. Bolaning kattalar, tengdoshlari bilan bo’ladigan ingiliz tilidagi ancha murakkab va turli hildagi muomilasi nutqning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi, tasavvurlarini boyitadi, lug’atini kengaytiradi.

So’zlashuv (dialog) nutqi og’zaki nutqning ancha oddiy shakli bo’lib, u suhbatdoshlar tomonidan quvvatlanadi. So’zlashuvchilar turli vositalardan (ifodali vosita, ko’z qarashlar, imo-ishora, intonatsiya va hokazolar) foydalanib, bir-birlarini tushunadilar. So’zlovchilar uchun muhokama etiladigan predmet (buyum, narsa) ma’lum bo’ladi. Bu nutq shakli sintaktik tomondan ham juda oddiy: tugallanmagan gaplardan, xitob, undov so’zlardan foydalaniladi. U savol va javoblardan iuqma tashlashdan va qisqa xabarlardan iborat bo’ladi. Ruhshunoslikda oddiy dialog (tayyorlanmagan) bilan suhbat o’rtasidagi farq aniqlangan. Suhbat o’ziga xos dialog bo’lib, ma’lum bir mavzu yo’nalishidan iborat bo’ladi. Suhbatning maqsadi qandaydir savolni (mavzuni) muhokama qilishdir. Suhbatni olib borish uchun suhbatda ishtrok etuvchilar oldindan tayyorlanadilar, unda kengroq ma’lumotlar ko’proq bo’ladi.

So’zlashuv nutqi bog’langan, tushunarli bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinfda ingliz tilida so’zlashuv nutqi unchalik rivojlanmaganligi uchun inglizcha nutqlarni o’qituvchi rahbarligida egallashda. Cunki ularda lug’at boylgi, nutqning grammatik tomoni hali rivojlanmagan.

1-, 2-, 3-, 4- tobora yuqori sinfga o’tgan sayin, lug’at boyligining ko’paygani sayin o’quvchilar sekin astalik bilan fikrni keng va to’liq bayon etishga o’ta

boshlaydilar. So’zlashganda ko’plab savollar (Nega? Nima uchun? Nima degan?) bera boshlaydilar.

O’qituvchi bolalar bilan so’zlashganda buyumlarning nominigina so’rab qolmasdan, balki ularning sifatlarini, qismlarini, u bilan qilinadigan harakatlarni ham so’raydi.

O’qituvchining o’zi bolalarni so’zlashishga undashi (otasining ismini, ayrim bolalarning isminimevalarni, hayvonlarni nomini aytishi so’rash va hokazolar), ularni tashabbusini quvvatlashi kerak.

Bolalar bilan so’zlashishni tashkil etishda o’qituvchi ham faol ishtrok etish lozim. O’qituvchi bolani o’ziga qarata iltimos va murojat qilishiga, uni so’zlar, jumlalar bilan ifodalashga o’rgatib borish kerak.

Bolalarni so’zlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashg’ulotlar ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar:

1) suhbatlar 2) ta’limiy oyinlar 3) suratlarni ko’rib chiqish va u haqida suhbat.

Suhbat ta’lim-tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat o’qituvchining sinfdagi hamma o’quvchilar bilan ma’lum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan holda tashkiliy so’zlashishidir.

Boshlang’ich sinfda oquvchilar bilan o’tkiziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli voqea hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to’liq va chqur idrok qilishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bo’lgan voqea-hodisalarga jalb qiladi. Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi, bilim va tasavvularini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lug’atini faollashtirishga, gramatik shakllarni takomillashtirishga) sezilarli darajada ta’sir etadi, o’qituvchining gaplarini, o’rtoqlarini berayotgan javoblarini e’tibor bilan eshitishga odatlanadilar. Suhbat bolalarni o’z fikri bilan o’rtoqlashishga, jamoada so’zlashishga, faolligini oshirishga, o’z-o’zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Suhbat uslubiyoti bolalarda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina

cheklanmay, balki ularning bog’lanishli nutqini o’stirishda, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishga, ularni aniq ko’rishga va ushbu narsalarga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatishga muhim vosita hisoblanadi.

Suhbat bolalarning xilma-xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta’sir etadi.

Masalan oila, ota-onalar mehnati to’g’risidagi suhbatlaridan so’ng bolalar o’zlarining yaqin kishilariga amaliy jihatdan o’z munosabatlarini namoyon etishga harakat qiladilar.


Download 456,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish