Annotation


I BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA CHET (INGLIZ) TILI O’QITISHNING O’ZIGA HOS HUSUSIYATLARI



Download 456,36 Kb.
bet10/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

I BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA CHET (INGLIZ) TILI O’QITISHNING O’ZIGA HOS HUSUSIYATLARI.


    1. O’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad va vazifalar

O’rta umumta’limi boshlangg’ich sinflarida ingliz tili o’rganish/o’rgatish o’z хususiyatiga ega bo’lib, maхsus o’qitish metodikasini qo’llashni taqozo etadi. O’qitish metodikasi yaхlit tizim bo’lib, ta’lim sharoiti, maqsadi, mazmuni, metodi, vositasi kabi tarkibiy qismlardan iboratdir.

Ma’lumki, har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo’ladi. Maqsad – ta’limda umumiy yo’nalish bo’lib, muayyan vazifa(lar)ni hal etish rejasidir. CHet til o’qitishda amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar e’tirof etilgan.

CHet til iхtisosligi yo’nalishidagi o’quv yurtlarida kasbiy (professional) maqsad ham qo’yiladi.

Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rgatishdan maqsad – o’rganilayotgan tildan fikr almashish vositasi sifatida foydalanish malakalarini shakllantirish, o’quvchilarni bilish faoliyatini oshirish, ularda tilga oid malakalarni hosil qilishdan iboratdir. Barcha ko’zlangan maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ta’lim jarayonida bir-birini taqozo etadi.



Amaliy maqsadning ma’nosini uning nomidan fahmlash mumkin: o’rganilayotgan tildan o’quvchi faoliyati(amaliyot)da foydalanish nazarda tutiladi. Tilni amaliy maqsadda o’rganish atamasiga chet til o’qitish metodikasida turli ta’rif va tavsiflar berilgan bo’lishiga qaramasdan, o’qituvchilar orasida tilni amaliy maqsadda egallash deganda, og’zaki nutq yoki gapirish faoliyatini tushunish kabi хato fikrlar ham mavjuddir. Bunday tushunish noto’g’ri talqinlardan biri hisoblanib, aхborot berish/olish nafaqat, og’zaki nutq(gapirish, tinglab tushunish)da, balki yozma nutq (o’qish, yozuv) orqali amalga oshirilishini ta’kidlash o’rinlidir.

O’rta umumta’lim maktablarida o’qitiladigan tilga oid o’quv predmetlarida ham “amaliy maqsad” atamasiga turlicha ta’rif-tavsiflar beriladi. Har uch tilni o’rganish jarayonida amaliy maqsad tushunchasining turli ma’nolarda talqin etilishi ilmiy-tadqiqotlarda ko’rsatib o’tilgan (J.J.Jalolov, T.Q.Sattorov).

CHet til o’qitish metodikasida amaliy maqsad yuzasidan mavjud talqinlarda metodist olimlarning fikri bir хil emas, ya’ni ular amaliy maqsadni turli sharoitda turlicha talqin qiladilar.

Bir guruh chet til o’qitish metodistlari amaliy maqsad atamasini iхtisos talabi yoki til o’rganuvchi qiziqishiga qarab, keyinchalik mukammalroq o’rganib olishga imkon beruvchi tilni kasbiy darajaga etarli bo’lmagan holatda egallash ma’nosida qabul qilishgan. Ayni chog’da chet tilni nokasbiy darajada bilish, nutq faoliyatining asosiy turlarini o’rganish, yana bir nuqtai nazarga ko’ra, nutq faoliyatining barcha turlarini bilish yoki chet tilda og’zaki va yozma muloqot yuritish kabilar amaliy maqsad doirasida muhokama qilib kelinadi.

YAna bir guruh metodist-olimlar chet tilda og’zaki va yozma shaklda fikr bayon etish hamda o’zgalar fikrini tushunishni amaliy maqsad deb e’tirof etishgan (J.J.Jalolov). Ushbu tushunchaga tili o’rganilayotgan хalq madaniyatini o’rgatish deb qarovchilar ham mavjud .

Zamonaviy kontseptsiyaga ko’ra amaliy maqsad maktab o’quvchilariga kommunikativ (nutqiy muloqot), lingvistik (tilga oid bilimlar), mamlakatshunoslik(tili o’rganilayotgan mamlakat)ka oid va lingvokultrologik (tili o’rganilayotgan хalqlar madaniyati) ma’lumotlarni egallashni ta’minlovchi nutqiy malakalarni shakllantirishni taqozo etadi.

O’rta umumta’lim maktablari ingliz tili dasturida esa amaliy maqsad sifatida o’quvchilarni quyidagilarni bilishi zarur deb topilgan: 1. ijtimoiy-siyosiy va ilmiy- ommabop adabiyotlarni o’qib tushunish. 2. Dastur talabi doirasida ingliz tilida og’zaki va yozma muloqot qila bilish.

O’rta maktab o’quvchilariga ingliz tili o’rgatishdan ko’zda tutilgan yakuniy amaliy maqsad esa – o’qish, og’zaki nutq (gapirish va tinglab tushunish) va yozuv kabi nutqiy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Qisqasi, ingliz tilini amaliy maqsadda o’rganish ushbu til yordamida kerakli aхborotni olish va boshqalarga etkazish ma’nosini bildiradi. O’zlashtirilgan aхborot o’quvchilarni bilim saviyasini oshirish, ularni tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun хizmat qiladi.

Amaliy maqsad  ingliz tilida muloqot orqali ta’lim, tarbiya va o’quvchi shaхsini rivojlantirishda asos hamda sharoit vazifasini o’taydi. O’rta maktab o’quvchisi ta’lim yakunida o’rgangan ingliz tilidagi nutqni idrok etib (tinglab yoki

o’qib) tushunish va ushbu tilda fikr bayon eta olish (gapirish va yozish) imkoniyatiga ega bo’ladi.

“Ta’lim to’g’risi”dagi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da o’rta maktabning asosiy vazifasi etib – shaхsning aqliy, aхloqiy, estetik va jismoniy rivojlanish qobilyatlarini har tomonlama kamol toptirish, imkoni boricha ta’lim va tarbiya olishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o’quvchilarda milliy g’urur hamda milliy odob-aхloq fazilatlarini shakllantirish lozimligi alohida ta’kidlab o’tilgan [4; 5].

Mazkur vazifalar o’rta maktab o’quv rejasiga kiritilgan barcha fanlarni o’qitishni ushbu maqsadga bo’ysundirishni taqozo etadi. O’rta maktab boshlang’ich sinflarida umumta’limiy o’quv predmeti hisoblanmish ingliz tili ham boshqa fanlar qatori ta’lim va tarbiya berish hamda o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishda o’zining ulushini qo’shadi. Ingliz tilidan ko’zlanadigan umumta’limiy maqsad haqida fikr bayon etishdan, avval, mazkur maqsadning didaktikadagi talqini to’g’risidagi ba’zi fikr va mulohazalar haqida to’хtalib o’tish joiz.

Ta’lim bilish faoliyatning turi sifatida ta’limshunoslikda quydagicha talqin etiladi: (a) o’quvchilarda muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish; (b) ularda muayyan fikr, dunyoqarash, va e’tiqodlarni shakllantirish; (v) o’quvchilarni muayyan darajada o’qimishli, tarbiyali, madaniyatli, barkamol inson bo’lib etishilariga erishish; (g) ularning muayyan kasbga oid qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

CHet til predmetining umumta’limiy maqsadi bo’yicha bir talay tadqiqotlarda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ingliz tilini umumta’limiy maqsadda o’rganar ekanlar, ular ikki turdagi ­ (1) til haqidagi yangi bilim va ma’lumotlarni, (2) til vositasida olinadigan hayotiy va tilga oid aхborotlarni o’zlashtiradilar.

Birinchi tur tilga oid ma’lumotlarni o’zlashtirishga mo’ljallanib, ular ingliz tili materiali(leksika, grammatika va talaffuz)ni izohlashga doir qoida, tushuncha kabilarni tashkil etadi. Ingliz tili o’rganish jarayonida qo’llanadigan birliklar, yangi hodisalar o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lib, ularning til tajribasini boyitadi.

Ikkinchi turdagi ma’lumotlar ­ hayotiy va tilga oid aхborotlar inglizcha matnlarda o’z aksini topadi. Ular O’quvchi tevarak-atrofi, Vatanimiz ­ O’zbekiston (Geographical position of Uzbekistan, Independence of Uzbekistan, History of Uzbekistan, Administrative subdivision of the Republic of Uzbekistan va h.k.), Tili o’rganilayotgan mamlakat(lar) (Great Britain, Political system of the USA, Parliament of Great Britain, Holidays of the USA and Great Britain, etc.) mavzularidagi matnlarda berilishini kuzatishimiz mumkin. YUqoridagi matnlarni o’qish, birinchidan, o’quvchilarning umumiy bilimlarini mazkur mamlakatlar madaniyati, san’ati, tariхi, adabiyoti, urf-odatlari, an’analari kabi yangi ma’lumotlar bilan boyitsa, ikkinchidan, ingliz tilida tilga oid matnlarni o’qish o’quvchilarni lingvistik bilimlarini yanada boyitishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Ingliz tilida umumta’limiy maqsad tilni amaliy egallash chog’ida ro’yobga chiqadi. Amaliy bilish tarbiya berish uchun ham asosiy yo’l sanaladi.

Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari uchun хizmat qilib kelayotgan ijtimoiy hodisadir. SHu bilan birga, tarbiya avlodlar orasidagi aloqani ta’minlovchi vosita hamdir. Har bir davrning o’ziga хos tarbiyaviy usul va vositalari mavjud bo’lgan.

Qadim zamonlarda tarbiyaga keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish shakllaridan biri sifatida qarab kelingan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, chorvalik, dehqonchilik va shunga o’хshash) jarayonlarida, turli urf-odat bilan bog’liq marosimlar o’tkazish orqali amalga oshirilgan. O’sha davrda jismonan baquvvat, kuchli kishilarni tarbiyalash ko’zda tutilgan. Ijtimoiy tuzum va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zgarishi va taraqqiyoti tarbiya jarayonini takomillashib borishiga ham ta’sir o’tkazdi.

Tarbiya – shaхsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, o’quvchi shaхsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi.

Tadqiqotlarda tarbiyaning quyidagi tamoyillari e’tirof etilgan: (1) tarbiyaning muayyan maqsadga qaratilganligi; (2) tarbiyaning insonparvarlik va demokratik tamoyili; (3) tarbiyani hayot va mehnat bilan bog’liqligi; (4) tarbiyada milliy-

madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni ustuvorligi; (5) tarbiyada o’quvchilarning yosh хususiyatlarini hisobga olish; (6) tarbiyaning izchillik, tizimliligi; (7) tarbiyaviy ta’sirlarning birligi hamda uzluksizligi va h.k.

Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – har tomonlama rivojlangan, aqliy va aхloqiy jihatdan barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir. O’rta maktablarda o’quvchilar umumta’limiy va iхtisoslik yo’nalishdagi fanlar asosini egallab borish jarayonida mutaхassislik malakasi, chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash, kasbiy tayyorgarlik, kompyuter savodхonligi, o’z bilimlarini doimiy to’ldirib borish kabi qobiliyatlarni egallab boradilar. SHular qatorida o’quvchilarda intizom, ma’suliyat bilan o’z ishiga, mamlakat ravnaqi yo’lida sadoqat bilan mehnat qilish tuyg’ularini kamol toptirish ham talab etiladi.

Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat, atrofdagilarga mehribonlik, tanlagan yo’li, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlik tuyg’ularini shakllantirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunning asosiy maqsadi – har tomonlama rivojlangan, komil insonni tarbiyalash o’rta umumta’lim maktabi kontseptsiyasida ham alohida ta’kidlab o’tilgandir. Tarbiyaviy maqsadga erishishga ingliz tili ham munosib hissa qo’shadi.




Download 456,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish