11- Ma’ruza. Osmon xaritalari yaratilish tarixi.
Ma’ruza rejasi.
Osmon xaritalari yaratilish tarixi.
Osmon xaritalari yaratilish tarixi.
Qadimdan inson o‘zi kuzatayotgan osmonni tasvirlashga uringan, unga qarab oriyentatsiya olish muammolarini xal qilishga harakat qilgan, natijada turli ko‘rinishdagi osmon globuslarini, keyinchalik esa, osmon xaritalarini yaratishga bel bog‘lagan. Keling, shu yo‘nalishning, ya’ni, uranografiya tarixi bilan qisqacha tanishib o‘taylik.
Qadimgi yunonlar tasavvurlarida osmon saltanatini Uran boshqargan, Uraniya esa, osmondagi ilhom parisi bo‘lgan. Osmon sultoni nomi bilan Quyosh tizimidagi ulkan sayyoralardan biri nomlandi. Uran va Uraniya osmonning yunoncha nomi, ya’ni, urano. so‘zidan kelib chiqqan. Uranografiya. so‘zi, geografiya va yerdagi xaritalarini tuzish kabi, osmonning xaritalarini tuzish bilan bog‘liq. Ammo hozirda uranografiya. so‘zini kamdan-kam odam biladi. Uranograf xaritani qanday yaratishi mumkin? Geograf sayyoramiz sirtining real fizik shaklini tasvirlaydi, osmonni esa, dabdurustdan tasvirlab bo‘lmaydi. Biz osmon deb ko‘rayotgan va xis etayotgan narsamiz jonajon Yerimiz sirtidan
kuzatilayotgan Koinotning ko‘rinishidir; Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlar, to‘dalar, tumanliklar, galaktikalar va boshqa ko‘pgina ob’ektlar osmonda o‘ziga xos aniq bir vaziyatini egallaydi, unda faqatgina u yoki bu jism bizga nisbatan qaysi yo‘nalishda ekanini ko‘rsatilishi mumkin. Koinot sferik sirt emas, balki vahimali ulkan uch o‘lchamli fazodir.
Uning xaritasini tuzish uchun astronomlar tasavvur qilinadigan ulkan osmon sferasidan foydalanadilar, u o‘ta ulkan, butun Koinotdan ham katta deb tasavvur etiladi. Uning ichida, binobarin, butun Koinot ichidagi narsalar shu sferaning ichki qismida o‘zining aniq bir vaziyatini egallaydi, uning o‘zi esa Yer – osmon jismi chizig‘ining davomidir.
XVI asr, ya’ni, Kopernik zamondoshi bo‘lgan astronomning ish joyi. Sirkul yordamida u planisferadagi yulduzning vaziyatini o‘lchamoqda. Uning oldida – osmon globusi, qum soat, jadvallar, u o‘zining o‘lchashlarini shu jadvallar bilan solishtirmoqda. Boshqa stolda armillyar sfera, eklimetr, kitob va boshqa asboblar tasvirlangan. Tasvirning oldingi fonida markazida qattiq Yerga ega Koinotning modeli, orqa fonda esa, o‘sha davrdagi kemaning modeli ko‘rinmoqda
Yer kabi, ichi bo‘shliqdan iborat bu ulkan shar uzunlama va kenglamalardan tashkil topgan tasavvur qilinayotgan koordinata to‘riga ega, bu holda ular to‘g‘ri chiqish va og‘ish deb nomlanadilar. Bu osmon to‘ri ekvatorial koordinat sistemasi deb nomlanadi, chunki unda Yer ekvatorining davomi bo‘lgan osmon ekvatori mavjud, shuningdek, shimoliy hamda janubiy qutblari ham bor, ular olamning shimoliy va janubiy qutblari deb nomlanadi. Hozirda uranografik maqsadlarida asosan aynan shu sistemadan foydalaniladi.
Osmon koordinatalarining boshqa sistemasi, ya’ni, ekliptik koordinat sistemasidan hozirda kam qo‘llaniladi, ammo antik davr, o‘rta asr va ertangi Renessans davrida u asosiy deb hisoblangan. Bunda asosiy aylana deb ekliptika olingan, u yil davomida osmon bo‘ylab Quyoshning ko‘rinma siljish yo‘lini tasavvurlaydi, ilmiy til bilan aytiladigan bo‘lsa, ekliptika – Yer orbitasining osmon sferasiga proyeksiyasidir.
Ertangi davrlarda asosan ekliptik koordinat sistemasidan foydalanib kelinganligining sababi shundaki, Oy va sayyoralar ekliptikaga juda yaqin joylashganligidir. Buning sababi – ularning orbita qiyaligi Yer orbitasi qiyaligidan kam farqlanishidan kelib chiqadi. Ekliptik sistema fundamental astronomik ahamiyatga ega, chunki ekliptika kesib o‘tadigan yulduz turkumlari Burjni tashkil etadi. Unda ham ekliptikaning shimoliy va janubiy qutblari mavjud, bu sistemadagi asosiy aylanalar ekliptik (osmon) kenglama va uzunlamalari deb nomlanadi. Ular Yerdagi kenglama va uzunlamalarga mos kelmaganligi uchun ko‘pincha anglashilmovchiliklar kelib chiqadi.
Qadimgilar, osmon – Yer sirti ustidan yoyilgan chodir., tom. yoki gumbaz real mavjud deb hisoblaganlar. Keyinchalik uni Yerni o‘rab turgan qattiq sirtga ega sfera deb tasavvur qilishgan. Ana shundan hozirda ommalashib ketgan osmon sferasi. tushunchasi ham kelib chiqqan.
Ertangi davrda insonlar osmonni globuslar yordamida tasvirlashgan. Uning ustiga yulduz turkumlarining tasavvur qilingan chizmalari, kishilar, mavhum jonzodlar va boshqa o‘ylab topilgan ob’ektlar, shuningdek, real mavjud yulduzlarning tasvirlari tushirilgan. Antik davrdagi osmon globuslardan juda kam saqlanib qolgan. Bunday globusga misol qilib, Italiyada, Neapolda saqlanayotgan ajoyib holdagi Farnez globusini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu – yaratilish sanasi e.a. 70 yil deb taxmin qilingan marmar skulpturada (haykalchada) boshi uzra osmon sferani tutib turgan Atlantni tasvirlaydi.
Ertangi osmon globuslarining yana bir ko‘rinishi – armillyar sferadir, uni osmon skeleti. deb nomlash ham mumkin. Bu ochiq konstruksiya asosiy koordinat aylanalarni yaqqol namoyish eta oladigan bo‘lib, ayrim holda astronomik va ko‘proq astrologik masalalarni hal etish uchun mo‘ljallangandir.
Armillyar sferani qayta kashf qilish natijasida astrolyabiya kelib chiqqan, unda sferaning ziynatlangan stereografik proyeksiyasidan foydalangan bo‘lib, sferaning yassi sirtdagi ayrim geometrik xususiyatlari (masalan, burchaklari saqlanishi) saqlanib qolgan. Astrolyabiya ko‘pincha nozik did bilan bezalgan mohirona ishlangan buyum bo‘lib, ko‘pgina astronomik masalalarni hal qilishga imkon bergan va Renessans davrining asrlari davomida astronom va navigatorga sidqidildan xizmat qilib kelgan.
Osmon globusining asosiy kamchiligi – uning qo‘polligidan tashqari, unda tasvirlangan osmon ob’ektlari ko‘zgudagi kabi to‘ntarilgan holda tasvirlangan bo‘ladi. Bu esa, osmonning real tasvirini beruvchi xaritalarni yaratishga turtki bo‘ldi. Qadimgi va O‘rta asrlar davridan juda kam xaritalar yetib keldi, undan ko‘pi esa, yo‘qolib ketgan. Eng yaxshi nusxalari Sharq mamlakatlarida, jumladan, Xitoyda yaratilgan. G‘arbda qilingan ayrim ertangi yulduz xaritalarida osmon globuslari kabi, yulduzlarning tasviri ko‘rsatilmay, faqat yulduz turkumlarining tasvirlari berilgan. Dastlabki yulduz atlaslarining eng yaxshi namunasi sifatida eramizning 1000 yilida ishlangan deb taxmin qilinayotgan o‘rta asr rohibi Geruvigusning planisferasini ko‘rsatish mumkin.
Dastlabki yulduz xaritalarining zamonaviy. modeli sifatida bavariyalik advokat va astronom Iogann Bayerning (1572 – 1625) mashhur
Uranometriya. atlasini tilga olish mumkin, uning dastlabki adadi 1603 yilda bosilib chiqdi. Ushbu ish Guttenberg bosmaxonasida bosib chiqarilgandi. O‘zining zamonasi uchun atlas juda ilg‘or bo‘lib, xaritalari mohirona bajarilgandi. Bayer uranografiya tarixida ilk bor xaritaga o‘zining davri uchun katta aniqlikda yulduzlarni tushiradi, uning uchun u daniyalik astronom Tixo Brage (1546 – 1601) kuzatuvlaridan foydalangandi. Garchi ushbu kuzatuvlar teleskoplar davridan avval bajarilgan bo‘lsada, Tixo Brage ko‘pgina yulduzlarning vaziyatlarini bir burchak minuti aniqligida o‘lchashga muvaffaq bo‘lgandi.
O‘sha davr va undan oldingi davrdagi boshqa g‘arbiy yulduz atlaslari kabi Bayer atlasida ekliptik koordinat sistemasidan foydalanilgan. Har 30 gradusdan keyin Burj belgilarini chegaralovchi va ekliptika qutblarida birlashuvchi vertikal chiziqlar o‘tkazilgan. Xaritalarining maydonlari har gradusga kalibrlangan. Atlasni tuzish uchun to‘g‘ri chiziqli kartografik proyeksiyadan (hozirda u trapetsiyasimon deb nomlanadi) foydalanilgan. Bu esa, yulduzlarning vaziyatlarini oddiy interpolyatsiya yo‘li bilan hisoblab o‘qib olishga imkon beradi.
Bayyorning bu mahobatli ishi yana shu bilan mashhurki, unda ilk bor qurollanmagan ko‘z bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina yorqin yulduzlar yunoncha harflar bilan belgilangandi. Har bir yulduz yunoncha harf va yulduz turkumining lotincha nomi qo‘shilib yozilgan; masalan, osmonimizning eng yorqin yulduzi bo‘lmish Sirius alfa Canis Majoris ko‘rinishida, ya’ni, Katta It (Canis Major) yulduz turkumidagi alfa yulduzi ma’nosini bildirgan.
Muayyan yulduz turkumida Bayer bergan yunoncha harflar ketma-ketligi yulduzlarning ko‘rinma yulduziy kattaliklariga qat’iy mos keladi degan ishonch uzoq paytgacha mavjud edi; yorqinligi bo‘yicha birinchi yulduz alfa, yorqinligi bo‘yicha undan keyingisi – beta, va x.k. alifbo ohirigacha. Yetarlicha qo‘pol yaqinlashuvda bu haqiqatdan ham shunday tuyuladi, ammo juda ko‘p hollarda bundan mustasnolari ham uchraydi. Yulduzlarni yunoncha harflar bilan belgilashda Bayer ikki xil mezondan foydalanganligiga yetarlicha dalillar bor. U nafaqat yulduzlarning yulduziy kattaliklar tartibini hisobga olgan, balki muayyan yulduz ushbu yulduz turkumida qanday vaziyatini egallaganligiga ham e’tibor qilgan. Bunga sodda misol qilib, Katta Cho‘michning yorqin yettita yulduzini olishimiz mumkin. U, ushbu yulduziy tuzilmaning oqimiga. ko‘ra, yulduzlarni g‘arbdan sharqqa tomon belgilab chiqqan. Bayer amal qilgan yana bitta qoida quyidagichadir: agar ikkita yulduzlarning yulduziy kattaligi bir xil bo‘lsa, unda nisbatan shimolroqda joylashgani alifboning ustunroq harfi bilan belgilangan. Shunday qilib, Oriondagi Betelgeyze yulduzi alfa bilan, Rigel esa, garchi u yorqinroq bo‘lsada, ammo janubroqda joylashganligi uchun u beta bilan belgilangan. Yulduziy kattaliklar tartibi bilan yulduz turkumidagi yunoncha harflar moslashmaganligini Bayer zamonida yulduzlarning ravshanligini chamalash yetarlicha aniq bo‘lmaganligi bilan izohlash mumkin.
Yulduz turkumlarida qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinadigan yulduzlarni belgilashda yunoncha alifbodagi 24 ta harfi yetmay qolgan taqdirda Bayer lotincha harflardan ham foydalangan. Yulduzlarni belgilashning uning tizimi Yevropadan ko‘rinmaydigan janubiy qutb atrofida joylashgan olis janubiy yulduz turkumlarga ham joriy etildi. Fransuz astronom Nikolas Luis Lakayl (1713 – 1762) XVIII asr o‘rtalarida janubiy yulduzlar katalogini tuzdi va jonsiz predmetlar nomlari bilan atalgan yangi janubiy yulduz turkumlarni kashf qildi. Ammo u nafaqat qurollanmagan ko‘z bilan kuzatiladigan yulduzlarni, balki ancha zaif yulduzlarni ham yunon harflar bilan belgiladi; masalan, shu jumlasiga Oktant omikroni yulduzini aytib o‘tish mumkin, uning ravshanligi 7,2 ga teng. Afsuski, Bayer tomonidan topilgan usul keyinchalik ko‘pchilik ixtirochilar sindromi. dan zarar ko‘rdi. Har bir astronom shimoliy osmondagi avval belgilanmagan ko‘psonli yulduzlarga o‘zining yangidan-yangi belgilarini kiritar, natijada u manbadan bu manbagacha yulduzlarni belgilashlarda chalkashliklar kelib chiqardi. Xatto hozirda ham yulduzlarning kattagina miqdori, ayniqsa yorqin, qurollanmagan ko‘z bilan kuzatiladigan yulduzlar ko‘pgina nomlarga ega.
Tarixiy adolat yuzasidan aytib o‘tish joizki, yulduzlarni harflar bilan belgilash an’anani Bayer boshlab bermagan, u faqatgina belgilashda yunoncha harflardan ilk bor foydalangan. Undan avval Allesandro Pikkolini (1508 – 1578) o‘zining "Dele Stelle Fisse" atlasida 1540 ta yulduzni lotin harflar bilan belgilagandi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu ish birinchi bosma yulduz atlasi bo‘lgan va unda Bayerning mis gravyuralari o‘rniga yog‘ochda o‘ymakorlik usulida bosilgan, ammo aniqligi hamda badiiy bezalishi bobida klassik Uranometriyadan anchagina qolishgan.
Garchi Uranometriya. o‘z davri uchun osmon xaritalarini tuzish bobida yuqoriroq aniqlikga erishgan namuna martabasiga ko‘tarilgan bo‘lsada, Yevropada yaxshi kuzatilmaydigan janubiy yarimsharlikdagi yulduzlar, masalan, Sentavr (Centaurus), Argo Kemasi (Argo Navis), shuningdek, olamning janubiy qutbi tevaragidagi 12 ta butkul yangi yulduz turkumlar ancha pastroq aniqlikda ko‘rsatilgan. Bu yerda Bayer Tixo Bragening yuqori
sifatga ega pozitsion o‘lchashlardan foydalanaolmagan, u sayyohatchi va dengizchilarining unchalik aniq bo‘lmagan kuzatuvlaridan foydalanishga majbur bo‘lgan. Bu kuzatuvchilar ichida eng mashhuri Piter Dirkszun Keyzer (lotincha ismi – Petrus Teodori) dir.
Sentavr va Argo Kemasi xaritalarida, shuningdek, janubiy osmonning qutbga yaqin sohalarida juda ko‘p noto‘g‘ri qo‘yilgan yulduzlar uchraydi, yulduziy kattaliklar aniqlashlarida ham xatolar bisyor. Bayerning so‘nggi, 49-chi va birinchi xaritalarida matematik va kartografik xato, ya’ni, ekliptik va ekvatorial koordinat aylanalar va ekliptika qutbidan hamda shimoliy va janubiy olam qutbilaridan har 30 gradus oralab o‘tkazilgan radial chiziqlardan iborat qo‘shaloq to‘r ko‘rsatilgan. Bu narsa osmon globusida yoki real osmonda bo‘lishi mumkin, ammo yassi xaritada bu o‘rinsizdir. Buning sababi shundaki, Bayer davrida kartografik proyeksiya tamoyillari va ulardan to‘g‘ri foydalanish usullari xali no’malum va tushunarsiz holda edi. Umuman olganda, kartografik proyeksiyalar ayrim astronom-kartograflar uchun hozirgi davrga qadar muammo bo‘lib kelgan. Bunga XX asrda ommalashib ketgan Antonin Bechvarning "Atlas Coeli" yaxshigina misol bo‘laoladi. Ushbu atlasdagi xaritalari noto‘g‘ri konik proyeksiya bo‘yicha tuzilgan, natijada yulduzli manzaraning buzilishi kelib chiqqan. Yulduz turkumlari sharq-g‘arb yo‘nalishda ezilgan bo‘lib chiqqan. Boshqa yulduzli atlaslar ham noto‘g‘ri kartografik proyeksiyalaridan foydalanish oqibatida zarar ko‘rganlar).
O‘tmishdagi uranograflarni oqlab, aytish lozimki, hozirda ishlatiladigan kartografik proyeksiyalarning ko‘plari u vaqtlarda xali noma’lum edi, chunki yerdagi kartografiya ham endi oyoqqa turish darajasida edi.
Bayer va o‘sha davrdagi (deyarli uch yuz yil davom etgan) boshqa atlaslarining o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ularda yulduzlarning ma’lum guruhlari kishilar, hayvonlar va jonsiz buyumlarning ko‘rinishida tasvirlangan. Bunda qanday ma’no bo‘lishi mumkin? Bu tasvirlar tungi ko‘psonli yulduzlar ichidan yulduz turkumlarini tanib olish uchun mo‘ljallangan, vaholanki, yulduzlarning joylashuvi odatda biror hayvon, odam yoki afsonaviy mahluqni sira eslatmaydi. To‘g‘ri, ayrim o‘xshashliklar ham onda-sonda uchrab turishi mumkin, masalan, Orionning
ulug‘vor bosh yulduzlari haqiqatdan ham hech qaysiga o‘xshamagan, biri-biriga yaqin va yorqinliklari ham teng bo‘lgan uchta yulduzdan iborat benazir belbog‘ taqib olgan tik turgan kishiga o‘xshaydi. Katta Ayiq (Ursa Major) yoki Katta It (Canis Major) larning yorqin yulduzlarida ikkilanmay, mos keluvchi to‘rt oyoqli jonivorlarni tanib qolish mumkin. Ammo, bundan tashqari, ajralib turuvchi yulduzlar guruhlarini ajoyib tasvirlar ko‘rinishida tasavvurlashga muhimroq sabab ham bo‘lgan. Antik davr va o‘rta asrlarda ham astronomlar u yoki bu yulduzning vaziyatini ifodalab berishda yulduz turkumidagi egallagan joyini bayon etish.dan foydalanganlar. U davrdagi deyarli barcha kataloglarda yulduzlarning vaziyatlari shunday ifodalangan. Jadvalda Ptolemeyning eramizning II asrida yozilgan Al Majistiy. mumtoz asarida berilgan yulduzli katalogidan parcha keltirilgan.
Ushbu katalog Britanik Ensiklopediyasining 16-chi jildida bosilib chiqqan, xuddi shu jildda Kopernikning yulduzli katalogi ham keltirilgan. Yulduzning yulduz turkumi tasvirida joylashgan o‘rnini beo‘xshov bayon etilishiga e’tibor bering. Avvallari bu narsa zaruratdan kelib chiqqan, mutaxassis astronomlar ham xuddi shunday yo‘l tutishgan. Haqiqatdan ham, masalan, kometadek osmon hodisasini bayon etilishi quyidagicha ifodalangan: ob’ekt Andromedaning o‘ng tizzasidan chaprog‘ida joylashgan.. Shunday qilib, o‘zini astronom deb bilgan har bir kimsa osmon anatomiyasini bilishi lozim bo‘lgan. Xatto Bayer ham atlasining orqa tomonida shunga o‘xshash anatomik bayonlardan foydalangan – bu o‘ziga xos osmon bo‘ylab yo‘lboshchisi vazifasini o‘tagan.
Ptolemey har bir yulduzning vaziyatini eski ekliptik koordinat sistemaga muvofiq osmonning kenglama va uzunlamalari yordamida bayon etadi. Osmon ekliptikaning shimoliy va janubiy qutblaridan cho‘zilgan vertikal yoylar yordamida 30 gradusli 12 ta segmentlarga taqsimlangan. Har bir segmentga Burjning aniq bir belgisi mos kelgan. Shunday qilib, har bir yulduzga Burjning belgisi bilan nomlangan segmentdagi uzunlamaning ma’lum graduslarning soni mos kelgan. Bayer atlasida berilgan yulduz turkumlari xaritalaridagi vertikal chiziqlar aynan shu segmentlarning chegaralaridir. O‘sha davrlarda mana shunaqa chalkash sistemadan foydalanilgan. Kopernik o‘zining katalogida segmentlarni olib tashlaydi va osmon uzunlamalarini 0 dan 360 gradusgacha sanaydi. Bu narsa XVIII asrga qadar, amalda qulayroq ekvatorial sistema joriy etilgunga qadar davom etadi, hozirda biz aynan ekvatorial koordinatadan foydalanamiz. Aytib o‘tish joizki, o‘tkinchi davr orasida, u XIX asr o‘rtalarigacha davom etgan, qo‘shaloq, ya’ni, ekliptik va ekvatorial koordinata to‘ridan foydalanib kelingan.
Jadval
Bu yerda Klaudio Ptolemeyning Al Majistiy. dagi yulduzli katalogidan parcha keltirilgan. Ekliptik koordinat sistemadagi osmon uzunlamasi va kenglamasidan tashqari bu yerda yulduzning yulduz turkumidagi vaziyatining bayoni ham keltirilgan. Masalan, Kichik Ayiqdagi 8-chi yulduzning vaziyatini u quyidagicha ifodalaydi: yulduz turkumidan tashqari, uning yonida, sharq tomondagi yulduzlar bilan bir chiziqda, birinchi yulduziy kattalikdagi yulduzdan janubroqda joylashgan yulduz.. 1952 yildagi Britanik Ensiklopediyasidan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |