Aniq fanlar


O‘rta asr davridagi O‘rta Osiyo Akademiyalari



Download 3,94 Mb.
bet20/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

O‘rta asr davridagi O‘rta Osiyo Akademiyalari
Al Ma’munning I akademiyasi. Arablar qo‘li ostidagi davlatlarida, u ko‘pincha diniy bo‘lsa ham, ilm-ma’rifatga katta ahamiyat berilgan. Madrasalar qoshidagi maktablaridan tashqari universitetlar ham tashkil etilgan, masalan, shunday universitetlar Kordovada (755 y.), Bog‘dodda (795 y.), Qohirada (972 y.) ochiladi. IX – X asrga kelib ularda dunyoviy fanlar, masalan, matematika, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlar ham o‘qitila boshlandi. Turli ko‘rinishdagi adabiyotlar yaratildi. VIII asrdayoq xalifatda yozuv uchun qog‘oz chiqarila boshlandi.
Xalfalaridan ko‘pchiligi madaniyatni rivojlantirishini rag‘batlantirishar va ilmlarga homiylik qilishardi. Maqsadli fanlardan, bularga tibbiyot va astronomiya ham kirar edi, qadimgida yaqindan astrologiya va kelajakni bashorat etish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga alohida e’tibor berilardi.
Shunday qilib, astronomiyaning Sharqda, va xususan O‘rta Osiyoda rivojlanishiga o‘rta asrlarda poydevor qo‘yildi. VIII asrdan Sharqda fan va madaniyat keskin rivojlandi. Xalfa Xorun ar-Rashid (786-809) tomonidan Bog‘dodda Olimlar Uyi ta’sis etiladi, keyinchalik Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Al Ma’munning jonbozligi tufayli Bayt ul Hikma. (bilimlar Uyi) darajasiga yetadi. Unda u davrdagi yirik olimlar Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783-850), Muhammad ibn Nosir al Farg‘oniy (IX-X asrlar), Xabash Xasib al Marvoziy (764-864) ijod qildilar. Akademiyaning ilmiy ishlarini (rasadxona, kutubxona) Al Xorazmiy boshqarar edi.
Akademiya xodimlari tomonidan yunon olimlarining ishlari arab tilga o‘girildi, shuningdek, ular astronomiya, matematika, geografiya va boshqa fanlar bo‘yicha ko‘pgina asarlar yaratishdi. Ko‘pgina tarjimalar Sharqda ilmiy taffakurning keskin rivojlanishiga olib keldi. Shunday asarlardan biri eramizdan avvalgi II asrda yashagan Klavdiy Ptolemeyning
Almagest. - Megale sintaksis. (Buyuk tuzilish.) mashhur asari bo‘ldi, bu asar taxminan 825 yilda arabchaga Sobit ibn Qurra tomonidan o‘girildi. 620 yilda mashhur hind astronomik asar katta siddxanta. (Sindxind.) tarjima qilinadi, taxminlarga qaraganda, u Almagest.ning hindchaga o‘girilgan nusxasi edi. Asar 773 yilda Muhammad ibn Ibrohim al Fazoriy tomonidan tarjima qilindi. Keyinchalik bu asar Al Horazmiyning astronomik ziji tuzilishida katta o‘rin tutdi. Undan tashqari, bu Bog‘dod akademiyasi qoshida qurilgan rasadxonada ko‘pgina kuzatuvlar olib borildi. Ushbu rasadxonada astrolyabiya, kvadrant, Quyosh soatlarning bir qancha takomillashtirilgan konstruksiyalaridan foydalanildi. IX asrda arab olimlarining birinchi asarlari, masalan, al Horazmiyning astronomik jadvallari (zijlar.) va Astronomiyaga kirish. (Madxal an nujum.) paydo bo‘la boshladi. Ma’mun davrida Bog‘dodda va Damashq yonida ikkita rasadxona qurildi. Ularning faoliyati asosan Almagest ma’lumotlarini tekshirishdan iborat edi.
Al Ma’mun taklifiga binoan, Ahmad Farg‘oniy boshchiligida meridian yoyini o‘lchash ishlari olib borildi. Umuman olganda, al Ma’munning I Akademiyasi O‘rta Osiyoda astronomiya rivojlanishiga poydevor soldi. Bu Akademiya 200 yil ishladi.
Ma’munning II–akademiyasi. Taxminan 1000-yilda Xorazm poytaxti Gurganchda Ali ibn Ma’mun tomonidan Bog‘dod akademiyasiga o‘xshash akademiya tashkil etiladi. Unda u davrning ko‘pgina mashhur olimlari Ali ibn Ma’mun tomonidan taklif etildi. Ayrimlarning nomlarini aytib o‘tish kifoya: Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nosir ibn Iroq, Abu Saxl Masihiy. Bahtga qarshi, bu akademiya uzoq vaqt ishlay olmadi. 1017-yili Huroson va Afg‘oniston hukmdori sulton Mahmud G‘aznaviy Xorazmni ishg‘ol etadi va akademiyaning ko‘pgina olimlarini asirga oladi.
Samarqand akademiyasi. Markaziy Osiyodagi ilmiy hayot faolligi deyarli yetti asr davom etdi. XV asrga kelib Samarqandda Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay ibn Shohrux, 1394-1449) o‘zining akademiyasini tashkil etadi. Tarixda u Ulug‘bekning Samarqand akademiyasi. yoki Ulug‘bekning Samarqand astronomiya maktabi. nomi bilan qolgan. Bu akademiya qoshidazamonasiga nisbatan yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va u davrning oliy o‘kuv muassasasi bo‘lmish madrasa ishlagan. Rasadxonada u davrning mashhur astronom va matematiklari – Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid al Qoshiy, Ali Qushchi ijod qilishgan. Keyinchalik u yerda Saloxitdin Muso Qozizoda Rumiyning o‘g‘li Xasan Chalabiy ibn Muso ibn Mahmud Qozi Rumiy, Muhitdin al Qoshiy va boshqalar ishlagan. O‘tkazilgan kuzatuvlar asosida mashhur asar – Ziji jadidi Ko‘ragoniy., ya’ni, ziji Ulug‘bek. yozildi. Undan tashqari, akademiya xodimlari tomonidan boshqa ko‘pgina astronomik asarlar ham yozildi. Ulardan ziji Hokoniy., ziji Elxoniyga sharxlar., Qoshiy ziji., Astronomiya fanining qisqacha bayoni. va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.

Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi





Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish