Aniq fanlar



Download 3,94 Mb.
bet17/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

A. NOBEL. NOBEL MUKOFOTI
Hozirgi paytda fizika fanida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan olimlarga dunyoda eng nufuzli hisoblangan Nobel mukofoti berilmoqda. Shu o’rinda Nobel o’zi kim bo’lgan? Uning nomiga qo’yilgan mukofot tafsiloti bilan tanishtirishga kirishamiz.
Alfred Nobel 1833 yilda Shvesiyaning Stokgolm shahrida, iqtidorli kashfiyotchi Emmanuel Nobel oilasida tug’ilgan. U 9 yoshga to’lganda Nobellar oilasi Rossiyaning Sank-Peterburg shahriga ko’chib keladi. Ota o’g’lini o’qitish uchun mablag’ni ayamas edi, irodasi kuchli, mehribon ona esa o’g’liga hap tomonlama g’amxo’rlik ko’rsatar edi. Alfred 17 yoshida Ovrupa tillarining beshtasida bemalol so’zlasha olar edi.
Uning ustozi Peterberg universiteti professori, ximik Nikolay Zinin darslari unda organik kimyoga bo’lgan muhabbatni yanada oshiradi. XIX asrning 30-yillarida oila boshlig’i Emmanuel Nobel suvosti mashinasini ixtiro qiladi hamda «Nobel va o’g’illari» kompaniyasini tashkil etishadi. Kompaniya bankrotga uchragandan keyin, uning ota-onasi Shvesiyaga qaytib keladi. Alfred esa akalari Lyudvig va Robertlar bilan Rossiyada qoladi. XIX asrning 70-yillarida aka-ukalar Ijevsk shahridagi qurol-aslaha zavodlari ustidan nazorat qilishardi. Keyinchalik, ular Bokuda (1879) «Aka- uka Nobellarning neft ishlab chiqarish shirkati» ni tuzadilar. Bu shirkat neft qazib chiqarish, kerosin, benzin, parafin, soda mahsulotlari yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Aka-uka Nobellar tinmay izlanishar edi. Lyudvig dunyodagi eng birinchi tankerni loyihalashtiradi, birinchi neft saqlovchi sisternani qurdi, birinchilar qatorida neft quvurlarini ishlatdi. Alfred 1867 yilda portlovchi modda dinamitni ixtiro qiladi, 1888 yili portlatish detanatori-ballistitni kashf etadi.
Shvesiyada Boltiq dengizi bo’yida tankerlar quradigan korxona ishga tushadi. Astraxan shahrida kemasozlik zavodi quradilar. Aka-ukalar tinmay dunyodagi eng ilg’or texnika kashfiyotlaridan unumli foydalana olar edilar. XIX asrning oxirida Nobellar mablag’i sezilarli darajada oshadi. Rossiya neft mahsulotlarining 90%i ular nazoratida edi. Alfredning mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, uddaburonligi natijasida u 355 patent va dunyoning 20 mamlakatidagi 90 ga yaqin korxona soxibi bo’ldi.
Nobel hayoti davomida atrof-muhitni xarob qiluvchi ko’pgina har xil portlovchi moddalarni kashf etgan bo’lsa-da, u tinchlik tarafdori edi. Olim bo’lishi bilan birga, u shoir ham edi. Uning fikricha, «Faqatgina adabiyot va fan insoniyat rivojining omili bo’la oladi». U 10 dekabr 1896 yilda vafot etadi. Nobel o’limidan so’ng 9 million dollarlik mablag’ qoldiradi. Uning vasiyatiga ko’ra pullardan kelgan foyda kimyo, fizika, medisina, adabiyot borasida ulkan hissa qo’shgan olimlarni mukofotlash uchun mo’ljallangan edi. Keyinchalik iqtisod va tinchlik sohasida erishilgan ulkan yutuqlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo’ldi. Mukofot 1901 yil 10 dekabrdan boshlab (Nobel o’limining 5 yilligi munosabati bilan) topshirib kelinmoqda. Har yili 10 dekabr kuni Stokgolm shahrining konsertlar zalida Shvesiya qiroli loyiq topilgan olimlarni mukofotlaydi. Nobel mukofoti laureatlarini quyidagi tashkilotlar aniqlaydi:
Fizika va kimyo fanlari sohasi bo’yicha Shvesiya Fanlar Akademiyasi; medisina bo’yicha Shvesiyaning Karolina Instituti; adabiyot bo’yicha- Shved Akademiyasi, tinchlikni o’rnatish borasidaNorvegiya parlamenti orqali saylangan 5 kishidan iborat qo’mita hap yili Nobel mukofoti sovrindorlarini aniqlaydi.
Fizika soxasida birinchi nobel mukofati 1901yilda V.K. Rentgenga rentgen nurlarini kashf etganligi uchun berilgan edi. Hozirga qadar Nobel mukofotiga 160 dan ortiq fizik olimlar sazovor bo’lishgan. Shu jumladan: AQSh da-45ta, Angliyada-15, Germaniyada-14ta, Fransiyada-9ta, Nidirlandiyada-6ta, Rossiyada-8ta, Shvesiyada-3ta va boshqa mamlakatlarning fizik olimlari Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan. Nobel mukofati laureatlarining o’rtacha yoshi 36 yoshga to’g’ri keladi. Eng yosh laureat L. Bregg (1890-1971) bo’lib, u 25 yoshida Nobel mukofotini olgan. Eng keksa laureut D. X. Vanflek bo’lib, u 88 yoshida Nobel mukofotini olgan. Rossiyalik fizik L. L. Kapitsa (1894-1984) Nobel mukofatini 40 yil kutgan.
Nobel mukofoti berila boshlanganiga 100 yildan ortiq bo’ldi. Eng ko’p Nobel mukofati laureatlarini yetkazib bergan Kavendish (Angliya) laboratoriyasi hisoblanadi. Ushbu laboratoriyada 20 ta Nobel mukofati laureatlari ilmiy izlanishlar olib borishgan. Rossiyadagi Nobel mukofoti laureatlari asosan L. N. Lebedev nomidagi RFAning fizika institutidan yetishib chiqqan. Rossiyalik laureatlar: N.G. Basov, A.M. Proxorov, L.D. Landau, I.Ye. Tamm, I.M. Frank, P. A. Cherenkov, P.L. Kanisa, J.I. Alfyorovlar hisoblanadi.
Nobel mukofoti sovrindorlari 21- oktyabr (Nobel tug’ilgan kun)da e’lon qilinib, 10-dekabr (Nobel vafoti kuni)da taqdim etiladi.
Moddalarning atom tuzilishi birinchi marta Demokrit tomonidan ilgari surilgan edi. Ammo E. Rezerford (1871-1937) uning fikricha, atom tarkibiy qismlardan iborat emas, bo’linmas zarracha hisoblanadi. Keyinchalik, elektron ochilgandan so’ng, tabiatda atomdan ham kichikrog’ zarracha borligi isbotlandi. Olimlar Demokrit fikriga shubha bilan qaray boshlashdi, ularni endi atom o’zi qanday tuzilgan, u qanday elementar zaryadlardan tashkil topgan, degan fikr qiziqtiradi.
Nazorat savollari:
1. Yorug’lik tezligi barcha sanoq sistemalarida bir xilmi?
2. Maykelson tajribasining natijasi va nisbiylik nazariyasi.
3. Eynshteyn va Galiley nisbiylik nazariyalarining farqi nimadan iborat?
4. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi va zamonaviy fizika fani.
5. Inert va gravitasiya massalari bir xilmi?
b. Energiya bilan massa orasidagi bog’lanishning ochilishi va uning fizik mohiyati.
7. Vaqt va fazo tushunchalarining yangicha talqini nimadan iborat?



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish