13- Ma’ruza. Zamonaviy astranomiya tarixi.
Ma’ruza rejasi.
Astranomiyaning O’zbekistonda rivojlanishi.
Astranomiya instuti tarixi.
Toshkent Astronomik Observatoriya (TAO)ning Oktabr to‘ntarishidan oldingi tarixi. O‘z FA Astronomiya instituti xududidagi birinchi astronomik kuzatuvlar meridian doira asbobini o‘rnatish joyining geografik kenglamasini aniqlash maqsadida qilingan. Toshkent astronomik observatoriyasi (Astronomiya institutining dastlabki nomi) tarixida bu sana uning muntazam ish faoliyatining boshlanishi deb qabul qilingan. U Toshkentning Rossiyaga qo‘shilganidan 8 yildan keyin o‘zining faoliyatini boshladi hamda zamonaviy o‘rtaosiyolik respublikalar va Qozog‘istonni o‘z ichiga olgan sobiq Turkiston o‘lkasi xududida birinchi ilmiy muassasa bo‘ldi. Uning paydo bo‘lishi xududning kartografik va klimatologik jixatdan o‘rganish zarurati bilan bog‘liq. Mana shular Toshkentda Astronomiya va fizikaviy observatoriyalarning tashkil etilishiga sabab bo‘ldi, bunda keng ko‘lamli topografik tasvirga olish ishlariga asos solinishi uchun astronomik tarmoqning yaratilishiga rahbarlik hamda o‘lkani klimatologik jixatdan o‘rganishi uchun meteorologik tarmoqlarga boshchilik qilmog‘i zarur edi.
1867 yili Turkistonga gubernator lavozimiga tayinlangan general Kaufman (1818-1882) o‘lkani klimatologik jixatdan o‘rganish maqsadida Toshkentda fizikaviy observatoriyani ta’sis etishga qaror qiladi. Observatoriya ta’sis etilishi bilan bog‘liq ishlari rasmiylashtirilib rahbar topilguncha meteorologik tarmoqlarni tashkil etish okrug qo‘mondoni huzuridagi amaldor Struvega yuklatildi.
Rossiya fanlar akademiyasi prezidenti akademik F.P.Litke (1797- 1882)ga 8.12.1868 yili yozgan xatida Kaufman Toshkentdagi vaqtinchalik meteorologik tarmoq 1867 yili dekabrida kuzatuvlarni boshlab yuborganligini ma’lum qiladi va Turkistonda meteorologik tadqiqotlarni tashkillashtirishga yordam so‘raydi.
1869 yil yanvarida o‘n beshta meteorologik tarmoq qurilishi uchun tuzilgan smeta tasdiqlanadi va ularga asboblar olish uchun mablag‘ ajratiladi. Bu ishga jalb etilgan Bosh fizik observatoriyasining direktori akademik G.I.Vild (1833-1902) Fanlar Akademiyasiga Turkistonda o‘n beshta meteorologik tarmoq tashkil etish hamda ularga rahbarlik qilish uchun Toshkentda markaziy observatoriya qurilishi zarurligi haqida xat taqdim etadi. 3.02.1869 yilda ushbu xatga yozilgan javobida Akademiya rasmiylashtirishni davom ettirish uchun kelajak observatoriyasining smetasi va ishchilar ro‘yxatini tuzishni iltimos qiladi. Bu materiallar Fanlar Akademiyasi prezidenti bildirishnomasi bilan xalq ta’limi vaziri orqali Davlat kengashiga taqdim etiladi. Kengash ularni ko‘rib chiqadi va Toshkentda fizik observatoriya ta’sis etilishi foydali ish ekani, lekin smetadan tashqari mablag‘ so‘rash mumkin emasligini hisobga olgan holda taqdimnomani qaytarib berilishi, keyingi yildan Davlat kengashi 1871 yilga smeta tuzayotgan paytda xalq ta’limi vaziri yana ushbu taqdimnomani qaytarib olib kelishini tayinlaydi..
Aytilayotgan davrga (1869) Toshkentda Harbiy-topografik bo‘lim shakllanishi kiradi. Bu bo‘limning ish rejasini ko‘rib chiqayotganda uning boshlig‘i kapitan S.I.Jilinskiy (1838-1901) Toshkentda astronomik observatoriya ta’sis etish istagini bildiradi. Shunday qilib, astronomik observatoriyasining ta’sis etilishi birinchi navbatda harbiy-topografik bo‘lim ehtiyojlari bilan bog‘landi.
1870 yil mart oyida kelajak observatoriyaga passaj asbob sotib olishi uchun pul ajratiladi, va faqat 1874 yili asbob Toshkentga keltiriladi. 1870 yil may oyida bo‘lim huzurida meteorologik tarmoq tuziladi, u 1876 yili observatoriya xududiga ko‘chirib keltirildi va xozirgi davrga qadar o‘sha yerda qoldi.
Pulkovo observatoriyasining direktori O.V.Struve (1819-1905) Toshkentda astronomik observatoriya tashkil etilishiga hayrixoxlik bildirdi va O‘rta Osiyo geografiyasi va fanga qanchalik foyda keltirishini ko‘zlab, qurilajak binolari, ishlar dasturi va zarur asboblar-aslaha tanlanishiga doir har xil ko‘rsatmalar berdi hamda ularga (asboblar- anjomlarga) buyurtmalar qabul qilib olishiga tayyor ekanini bildirdi..
1871 yili oktabr oyida Turkiston Harbiy-topografik bo‘limda astronomik ishlarni bajarish uchun Toshkentga kapitan K.V.Sharngorst (1846-1908) keladi, observatoriyaga rahbarlik qilish uning zimmasiga yuklatish ko‘zlangan edi. Sharngorst o‘zi bilan birga bir qancha ko‘chma asboblarni ham olib kelgan ekan. 1871 yil dekabrida Salar arig‘i bo‘yida observatoriya qurish hamda uning uchun refraktor, meridian doira va astronomik soat sotib olishligi haqidagi Harbiy-topografik bo‘limi boshlig‘ining taqdimoti qondiriladi. 1872 yil aprelida observatoriya va astronom uyi binolarining loyihalari tasdiqlanadi.
Salar bo‘yida qurilajak observatoriya uchun kulay joy axtarishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgani sababli 1872 yil boshlarida Jilinskiy va Sharngorst hozirda observatoriya qad ko‘tarib turgan joyni tanlashda to‘xtashadi. O‘sha yilning yozida tanlangan joyda refraktor uchun gumbaz, meridian doira uchun xona va astronom uchun uy qurilishi boshlab yuboriladi. 1873 yil oktabr oyida observatoriya uchun ajratilgan joyining loyihasi Kaufman tomonidan tasdiqlandi. Birlamchi ajratilgan xudud 6 gektar maydonni tashkil etar, unda Oq Qo‘rg‘on arig‘idan suv keladigan yaxshigina o‘lchamga ega ko‘l ham bor edi. 1873 yil may oyida meridian xona, refraktor gumbazi va astronom uylari qurib bitqazildi.
1873 yilning 11 sentabrida Sharngorst o‘rniga Turkiston Harbiy- topografik bo‘limda astronomik ishlarni olib borish uchun tayinlangan kapitan A.R.Bonsdorf (1839-?) astronom uyining vaqt va kenglamasini aniqladi, bunda kenglama meridian doira poydevori markaziga keltirildi. Garchi rasman uning ta’sis etilishi 1878 yil qabul qilingan bo‘lsada, an’anaga ko‘ra, observatoriyaning tarixida ushbu moment to‘liq asos bilan uning kuzatuv faoliyatining boshlanishi deb tan olinishi mumkin.
1874 yil aprel oyi oxirlarida astronomik asboblarni qabul qilib olish uchun Bonsdorf Gamburgga ketadi, asboblar Toshkentga oktabr oxirlarida keltiriladi. Bular Repsoldning meridian doirasi, 6 dyuymli Mers refraktori, Xovyu yulduz soati va bir qancha mayda-chuyda uskunalar edi. Bonsdorf bilan birga Toshkentga meteorologik ishlarni tashkillashtirish uchun taklif etilgan Myunxen universitetini bitirgan bavariyalik fuqaro F.F.Shvars ham kelgan edi. Observatoriyaga rahbarlik qilish majburan Bonsdorfga yuklatilgan bo‘lib, 1877 yili u Peterburgga ketishi munosabati bilan rahbarlik Shvarsga yuklatiladi. 1877 yili yozda kutubxona va hisoblash xonasi qurilishi yakunlanadi. Uzoq davom etgan yozishmalaridan so‘ng harbiy vazir tomonidan taqdim etilgan ishlovchilar ro‘yxati va observatoriyaning Vaqtinchalik nizom.i, nixoyat, 1878 yilning 19 noyabrida yuqoridan. tasdiqlanib keladi. Bu davrga kelib observatoriya xududida meridian doira, 6 dyuymli refraktor va astronom uyi binolari qurilib bitgan edi.
Vaqtinchalik nizom.iga ko‘ra, Toshkent observatoriyasining ta’sis etilishidan maqsad o‘lkada joylarning geografik aniqlanish ishlarini rivojlantirish; mamlakat iqlimini o‘rganish; Harbiy-topografik bo‘limidagi geodezist-zobitlarning astronomik bilimlarini oshirib borish; Turkistonga keluvchi olim-tadqiqotchilarga yordam ko‘rsatishdan iborat edi. Ta’sis etilish maqsadiga muvofiq, observatoriya o‘lkadagi astronomik va geodezik punktlarini aniqlaydi; asbob-anjomlarni tekshiradi; astronomiya, geodeziya, meteorologiyaning zamonaviy holatini kuzatib boradi; bo‘lim xodimlarini mos ishlarni bajarishga tayyorlaydi; meteorologik va magnit kuzatuvlar o‘tkazadi; o‘lkadagi meteorologik tarmoqlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi; har kuni Bosh fizik observatoriyasiga kuzatuv natijalarini telegraf orqali yuboradi; meteorologik tarmoqlar uchun kuzatuvchilarni tayyorlaydi; observatoriya asarlarini Bosh shtab Harbiy-topografik bo‘limi xatlari.da bosib chiqaradi va, undan tashqari, qo‘shinlar qo‘mondoni ruxsati bilan, alohida nashrlarda ham bosiladi. Bu masalalarni xal etish uchun observatoriyaga shtat bo‘yicha quyidagi lavozimlar ko‘zda tutilgan edi: observatoriya mudiri; astronomik qismi uchun mudir yordamchisi; meteorologik qismi uchun mudir yordamchisi va observatoriya xizmatchisi. 31.12.1878 yilda Harbiy okrug bo‘yicha farmon bilan meteorologik qism mudir yordamchisi etib F.F.Shvars va xizmatchi etib malakali topograf Kesariyskiy, 22.01.1879 yilda esa astronomik qismi bo‘yicha mudir yordamchisi etib shtabs-kapitan P.K.Zalesskiy (1850-1916) tayinlanadilar, Zalesskiy shu lavozimda 37 yil mobaynida, ya’ni vafotiga qadar ishladi.
Observatoriya mudiri lavozimi 1880 yilgacha kapitan I.I.Pomeransev (1847-1919) egallamaguncha bo‘sh turdi. U darhol asosiy asboblarni o‘rnatishga kirishdi. Birinchi navbatda 6 dyuymli refraktor, uning yerto‘lasida esa soat o‘rnatildi. 1881 yilda observatoriya to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar telegraf tarmog‘i bilan ulandi, bu esa telegraf orqali uzunlamalarni muvaffaqiyatli aniqlashga imkon berardi. Shu vaqtning o‘zida qal’aga ham to‘g‘ri sim tortildi, bu bilan observatoriyada elektr zanjirni tutashtirib qal’adagi to‘pdan peshin payti o‘q uzish imkoni yaratildi. O‘sha 1881 yili meridian doira ham o‘rnatildi.
Ravshanki, observatoriyaning shtat ro‘yxatida ko‘zda tutilgan uch kishidan, ya’ni mudir va ikki yordamchidan iborat ilmiy personal yetishmas edi. 1883 yil iyulida observatoriya xizmatchisi lavozimini mashhur astronom S.P.Glazenap (1848-1937) tavsiyasiga ko‘ra uning shog‘irdi, Peterburg universiteti nomzodi Ya.P.Gultyayev (1858-1937) egalladi.
1886 yil avgust oyida Gerbst montirovkali 5 dyuymli Reynfeld kometa kuzatuvchisi olinadi va shu yilning o‘zida unga gumbaz quriladi. 1885-86 yillarda Pomeransev observatoriyaning bosh binosini qayta qurdiradi. Asosiy asboblar o‘rnatilishi bilan tasodifiy kuzatuvlardan muntazam kuzatuvlarga o‘tildi, ular xodimlarining geografik koordinatalar aniqlash uchun ko‘psonli ekspeditsiyalarga ketishi bilan tez- tez uzilib qolardi.
Observatoriyada Quyosh dog‘lari kuzatilar, asboblar tekshirilar, observatoriyaning ichki ehtiyojlari, shuningdek, qal’ada o‘rnatilgan to‘pdan peshin mahali o‘q uzishni ta’minlash uchun soat tuzatmalari aniqlanardi.
Geofizik bo‘limi bo‘yicha magnit va meteorologik kuzatuvlar qilinardi. Bosh fizik observatoriya bilan regulyar aloqa o‘rnatilgan edi, u yerga har kuni kuzatuv ma’lumotlari yetkazilib turildi.
1885 yilda Toshkent astronomik va fizik observatoriyalarning xatlari.ning birinchi chiqarilishi nashr etildi. Lekin observatoriyaning eng muhim tashvishi sobiq Turkiston xududidagi turli punktlarining geografik koordinatalarini aniqlash maqsadida ekspeditsiyalarni uyushtirish bilan bog‘liq edi. Bu aniqlanishlar xronometrlarni eltish usuli bilan ham yoki telegraf orqali ham amalga oshiriladi. Ularda har doim observatoriya mudiri hamda astronomik qismi bo‘yicha yordamchisi ishtiroq etishadi. Turkistonda ilk bor o‘tkazilayotgan telegraf orqali uzunlamalarni aniqlashlar yuqori ilmiy va tashkiliy saviyada o‘tkazilar edilar. 1881 yilda Pomeransev va Zalesskiy yuqori aniqlik bilan ajralib turuvchi va astronomik punktlar tarmog‘ini barpo etgan bir qator telegraf orqali uzunlamalarni aniqlash ishlarini boshlab yubordilar, ko‘p sonli xronometrik reyslar ushbu punktlarga asoslandi. Ko‘payib borgan astronomik punktlar mayda, parchalangan, lekin juda ko‘p sonli triangulyatsiyalarga asos soldi, shuningdek, turli masshtabdagi instrumental va yarim instrumental tasvirga olishlarga tayanch bo‘ldi. Bu tasvirga olish usuli o‘ziga xos kamchiliklariga qaramay uzoq muddatgacha mamlakatning yagona kartografik materiali bo‘lib keldi va o‘z davri uchun uning ilmiy qiymati katta edi. Turkistonda aniqlangan barcha astronomik punktlar Zalesskiy 1914 yilda nashrdan chiqqan Turkiston harbiy okrug va uning tevaragidagi yerlarda astronomik punktlarining to‘liq katalogi.da keltirdi. Unga katalogdagi mavjud punktlarni aniqlash uchun barcha ekspeditsiyalarning qisqacha ro‘yxati ilova qilingan. Ekspeditsion faoliyati natijasida ulkan kuzatuv material to‘planishi chuqur ilmiy umumlashtirishlarga asos bo‘laoldi va qator tadqiqiy ishlar qo‘ylishiga sharoit yaratdi. Ularning ichida Pomeransev tomonidan Farg‘ona vodiysida geoid shaklini aniqlash mavzusidagi o‘tkazilgan ajoyib tadqiq alohida o‘rin tutadi.
Pomeransev observatoriyadagi ishini 1888 yilda tashladi, lekin rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1890 yilga qadar u mudir lavozimini egallab turgan deb hisoblanadi. 1890 yilda observatoriyaga mudir etib harbiy geodezist va astronom D.D.Gedeonov (1854-1908) tayinlanadi. Observatoriya ishlaridagi astronomik punktlarni aniqlash yo‘nalishini rivojlantirishda davom ettirgan Gedeonov bir paytning o‘zida observatoriyaning qoshida ilmiy tadqiqotlarni qo‘yish haqida ham g‘amho‘rlik qilardi. Bu yerda eng avvalo uning Toshkent kenglamasi o‘zgarishi haqidagi 1895-96 yillardagi ajoyib tadqiqotini tilga olish mumkin.
Gedeonov normal astrografni o‘rnatish hamda Toshkent astronomik observatoriyasida astrofizik ishlarni tashkil etish borasida katta ishlar qildi. Toshkentdagi Normal astrograf mashhur astronom F.A.Bredixin (1831-1904) faolligi tufayli olinib o‘rnatildi. Normal astrograf gumbazi qurilishi 1892 yil boshida boshlangan, yil oxirida esa qurib bitqazildi, 1894 yil may oyida sinov kuzatuvlari olib borildi. Astrografda muntazam kuzatuvlar 1895 yil aprelida V.V.Stratonov kelganidan so‘ng boshlandi. Hozirda Toshkentdagi Astronomiya instituti astrofototekasi jahonda eng boy osmon suratlari arxivlaridan biri deb hisoblanadi.
1898 yili Shtutgartda bo‘lib o‘tgan XII Xalqaro geodezik konferensiyada Harbiy-topografik bo‘lim boshlig‘i general O.E.Shtubendorf rus hukumatining Chorjo‘yda, 398’ kenglamada kenglik stansiya qurilishiga rozi ekanini bildirdi. Bu tadbirning amalga oshirilishi Toshkent observatoriyasi zimmasiga yuklatildi. Stansiyaning qurilishi 1899 yil iyulda boshlanib, avgustda nixoyasiga yetkazildi, shu oydan boshlab kenglamani aniqlashning ishlari muntazam olib borildi. Observatoriyaning seysmik kuzatuvlarni tashkil etish borasidagi ahamiyatini ham ta’qidlab o‘tish lozim. 1892 yilda observatoriyaga Rus geografik jamiyatidan o‘n to‘rtta seysmoskop taqdim etiladi, shu ondan boshlab O‘rta Osiyoning turli chekkalarida kuzatuvlarni tashkillashtirish choralari ko‘riladi. Yer silkinishlarining muntazam kuzatuvlari 1901 yildan, observatoriya tomonidan seysmik yerto‘la qurilib Repsold-Syolner mayatniklari bilan jihozlanganidan so‘ng boshlanadi.
1895 yildan observatoriya yangi, astrofizik yo‘nalishdagi ishlarni rivojlantirib bordi. 1895 yildan 1904 yilgacha observatoriyadagi astrografda Stratonov tomonidan 400 dan ziyod tasvirlar olindi. Bu materiallarning yarmisi sharsimon va tarqoq yulduzli to‘dalarga tegishli, tasvirlarning bir qismi Somon Yo‘lidagi karrali tumanliklariga, o‘zgaruvchan yulduzlarga, sayyoralarga va boshqalarga bag‘ishlanadi. Bu davrda normal astrografda olingan yulduzli to‘dalarining ko‘p sonli tasvirlari yulduzlarning xususiy harakatini o‘rganish uchun qimmatli birinchi epoxa. fondini tashkil etdi.
Stratonov observatoriyadagi ishini 1904 yilda tashladi. 1905 yildan 1911 yilgacha Toshkent astronomik observatoriyadagi astrofizik lavozimini I.I.Sikora egallab turdi, bu davr ichida kometalarning bir nechta tasviridan tashqari, (ular ham qayta ishlanmay qolib ketdi) astrografda sezilarli ishlar deyarli qilinmadi.
1912 yildan 1920 yilgacha astrofizik lavozimiga A.N.Rozanov tayinlandi. U TAOda sezilarli iz qoldirmadi, va ishlash davrida faqat ikkita kichik sayyoraning beshta vaziyati hamda Uran yo‘ldoshlarining o‘n oltita vaziyati aniqlanib chop ettirildi.
1901 yildan 1911 yilgacha Zalesskiy Turkistonda og‘irlik tezlanishlari kuzatuvlarini olib boradi. U tomonidan 145 gravimetrik punkt aniqlanib, Turkistonda va qo‘shni rayonlarda 1901-1911 yillarda polkovnik Zalesskiy tomonidan aniqlangan gravimetrik punktlarning ro‘yxati. ishida bayon qilingan.
1900 yilda observatoriya mudirligi lavozimini polkovnik S.S.Kozlovskiy egallaydi. Xuddi shu yili seysmik yerto‘la qurilishi bitishi bilan u yerga Syolner-Repsold rusumidagi gorizontal mayatniklar o‘rnatildi va muntazam seysmik kuzatuvlar boshlab yuborildi, bu kuzatuvlar Kozlovskiy ishtiroqida observatoriyaning meteorologik qismi bo‘yicha mudir yordamchisi Ya.P.Gultyayev olib bordi.
1904 yili observatoriya mudiri lavozimini egallab turgan Kozlovskiyni polkovnik M.N.Osipov almashtiradi. U Zalesskiy bilan birga kator punktlarning uzunlamalarini telegraf orqali aniqlashtirishni tashkillashtirib bajaradi. Shuningdek, uning ikki yil (dekabr 1904-dekabr 1906) mobaynida Quyosh dog‘larni kuzatishga doir bir qator ishlarini aytib o‘tish lozim.
1908 yilda Gedeonov vafotidan so‘ng Osipov Turkiston harbiy topografik bo‘limi boshligi etib tayinlanadi, observatoriya mudirligini u polkovnik A.D.Davidovga topshiradi. Ikki yildan so‘ng, 1911 yilda observatoriya direktori lavozimidagi Davidovni polkovnik A.I.Auzan almashtiradi.
1909 yili Chorjo‘y kenglik stansiyasi eski joyini suv bosganligi tufayli yangi joyga-Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga ko‘chiriladi.
1895 yili astrofizik lavozimi ta’sis etilgandan beri o‘zgarmasdan kelayotgan observatoriyaning shtati 1911 yilda seysmolog lavozimi bilan to‘ldirildi, u lavozimni seysmik komissiya tavsiyasiga binoan G.V.Popov (1879-1939) egallaydi. Xuddi shu yili observatoriyada yer silkinishlarni qayd etish uchun akademik B.B.Golitsin ixtiro qilgan mayatniklaridan foydalanila boshlanadi.
1912 yilda ikkinchi darajali seysmik stansiyalar Samarqandda, Olma- Otada, O‘shda tashkil etiladi. 1913-15 yillarda observatoriyada geodezik ishlarda katta qiziqishni uyg‘otgan yonlama refraksiyaning tadqiqi o‘tkaziladi.
1915 yilda Auzan observatoriya mudirligini Zalesskiyga topshirib harakatdagi armiyaga ketib qoladi. 1916 yili Zalesskiy vafotidan so‘ng observatoriya mudirligini astrofizik Rozanov bajarib turdi. Shuni ta’qidlab o‘tish lozimki, xodimlarning kamligi uchun observatoriyaning ekspeditsion faoliyati mavjud doimiy asboblari (meridian doira, 6 dyuymli refraktor, normal astrograf va boshqalar)dan to‘liq foydalanishga imkon bermasdi, ularda faqat yorqin bir maqsad bilan bog‘lanmagan tasodifiy ishlar bajarilardi. Undan tashqari, tashkiliy masalalarni ko‘zlab bitta muassasada astronomik va geofizik tadqiqotlarni birlashtirish uning ishida maqsad sari intilishga to‘sqinlik qilar, turli kelishmovchiliklarga olib kelardi. 1912 yili Fanlar akademiyasi huzuridagi maxsus komissiyasida observatoriyani alohida astronomik va geofizik observatoriyalarga ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Komissiyaning bu masalada qabul qilgan qarori quyidagicha edi: bo‘lingan observatoriyaning astronomik qismi Harbiy boshqarma tasarrufida qolishi, fizik qismi esa Bosh fizik observatoriya tasarrufiga o‘tishi lozim edi. Lekin ajratish loyihasi 1914 yilda urush boshlanishi sababli amalga oshmay qoldi.
TAOning Oktabr to‘ntarishidan keyingi tarixi (1917 – 1966). Oktabr inqilobi davrida TAO yarim yopilish holatiga kelib qolgandi. Urush yillari dala-ekspeditsion ishlar batamom to‘xtagan edi. Observatoriya mudiri Auzanning armiyaga ketishi va Zalesskiyning vafoti o‘zi shundoq ham kam xodimlar sonini yanada qisqartirdi. 1919 yilda Chorjo‘y xalqaro kenglik stansiya o‘z ishini to‘xtatadi. Uning oxirgi kuzatuvchisi L.L.Matkevich (1878-1949) ilmiy asboblarni Toshkentga keltirib tashlaydi. 1918 yilda observatoriya mudiri lavozimiga uning eng eski xodimi Ya.P.Gultyayev saylandi. U observatoriyaning astronomik va geofizik observatoriyalarga ajratish choralarini qabul qildi, bu narsa 1922 yilda amalga oshdi. Astronomik observatoriya Turkiston respublikasining Xalq ta’limi komissariati tasarrufidagi mustaqil muassasaga aylandi. Lekin mutaxassislarning yo‘qligi ishning ketishini qiyinlashtirar, shuning uchun RSFSR va Turkiston respublikasi Narkompros (Xalq ta’limi komissarligi)lari kelishuvlariga binoan o‘sha yilning o‘zidayoq astronomik observatoriya filial sifatida Moskva astronomiya institutiga berildi, bu institutga keyinchalik professor V.G.Fesenkov (1889-1972) rahbarlik qilgan. Astronomiya instituti observatoriyaning ishini kuchaytirish maqsadida Toshkentga professor (keyinchalik SSSR FA haqiqiy a’zosi) M.F.Subbotinni (1890-1966) va yana bir nechta xodimlarni yuboradi. 25.09.1922 yilda Subbotin observatoriyaning direktori etib tayinlanadi, shu vaqtdan boshlab observatoriyaning faoliyati ancha oshadi. Birinchi navbatda normal astrograf ishini qayta tiklash zarur edi, unda xodimlar ko‘pgina tarqoq yulduzli to‘dalarning, ulardagi yulduzlarning xususiy harakatlarini o‘rganish uchun asos bo‘laoladigan tasvirlarini olishdi. Shuningdek, 1894-1904 yillarda Stratonov tomonidan olingan ayrim osmon sohalarining ikkinchi epoxa tasvirlari ham olindi. Bu kuzatuvlarga asoslanib Subbotin va P.A.Savitskiy NGC 7654 (M 52) yulduzli to‘da yulduzlarining hususiy harakati uchta katalogini tuzishdi va nashrdan chiqarishdi. Undan tashqari, Subbotin kichik sayyoralar, katta sayyoralar yo‘ldoshlarini va ayrim sporadik astronomik hodisalarning tasvirlarini olishni boshladi.
1924 yilda O‘zSSR tashkil etilganidan so‘ng astronomik observatoriya oldiga yangi masalalar qo‘yildi. 1925 yil oxirida observatoriya Moskva astronomiya instituti tasarrufidan chiqarilib O‘zSSR Xalq ta’limi komissarligiga o‘tkaziladi va qayta jihozlash hamda xodimlar sonini oshirish uchun mablag‘ ajratiladi. Respublikaning shiddat bilan rivojlanayotgan xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida uning ilmiy yo‘nalishlarini qayta qo‘rib chiqish zarurati tug‘ildi.
O‘rta Osiyoda astronomik-geodezik ishlarining rivoji astronomik kuzatuvlaridan soat tuzatmalarini aniqlash, yuqori aniqlikdagi soat mexanizmlari yordamida vaqtni saqlash va bu vaqtni radiotelegraf orqali ritmik signallar berish yo‘li bilan tarqatish kabi funksiyalarga ega vaqt laboratoriyasini tashkil etish zarurati tug‘ildi. 1926 yili ana shunday laboratoriyani tashkil etishga qaror qilindi. Uni tashkil etish keyingi yildan, professor A.N.Nefedev (1887-1929) Toshkentga kelgandan so‘ng boshlanib ketdi. Bu laboratoriya uchun passaj asbob, astronomik soat, xronograflar kabi jihozlar buyurtirildi; 1928 yili observatoriyani radiostansiya bilan birlashtiruvchi translyatsion tizim o‘rnatilishi tugallandi. 1928 yil aprelidan astronomik-geodezik, gravimetrik, seysmometrik va boshqa aniq ishlarda qo‘llaniladigan vaqtning ritmik signallari tarqatila boshlandi. Xuddi shu yili astronomik kuzatuvlaridan aniq vaqtni topadigan Bamberg firmasida ishlab chiqarilgan passaj asbob olindi. 1930 yilda laboratoriya Rifler soatlari va xronograflar bilan to‘ldirildi. Aytilayotgan davrda toshkentlik laboratoriya SSSR xududidagi davlatning aniq vaqtga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan ana shunday uchta laboratoriyalardan biri edi.
1919 yilda xalqaro Chorjo‘y kenglik stansiyasi o‘z ishini tugatgandan so‘ng Yaponiya (Mitsuzava) va Italiya (Karloforte) orasidagi uzunlama bo‘yicha katta uzilishni to‘ldirib turuvchi shunday stansiya yaratilishiga ehtiyoj sezildi. Subbotin faolligi tufayli stansiyani O‘zbekiston respublikasi xududida qurilishiga qaror qilindi. Barcha xalqaro kenglik stansiyalar 3908’ geografik kenglamada joylashgani uchun kenglik stansiya uchun joy O‘zbekiston xududida ana shu parallelda joylashgan aholi yashaydigan yagona punkti - Qashqadaryo viloyatidagi Kitob shahri yonidan tanlandi.
Uning birinchi direktori A.N.Nefedev rahbarligi ostida 1929 yili zenit-teleskop uchun pavilon va xodimlar uchun uy-joy qurildi. 1929 yil 15 mayda Nefedevning vafoti tufayli ishlar surilib qoldi va regulyar kuzatuvlarni 1930 yil noyabridan yangi direktor M.N.Stoilov boshlab yubordi.
Yangi laboratoriyalarni tashkil etish bilan bir qatorda M.F.Subbotin rahbarligidagi observatoriya jamoasi, jumladan, V.V.Sharonov (1901-1964), N.N.Sitinskaya, P.A.Savitskiy, G.P.Zaxarov regulyar kuzatuv hamda nazariy ishlarni olib borishdi.
1930 yilda Subbotin Pulkovo observatoriyasiga ishga o‘tib ketadi. Toshkentdagi ishni Sharonov hamda Sitinskaya ham tashlab ketishadi. Yangi direktor I.A.Teplov (1884-1954) Ya.P.Sukervanik (1903-1943), B.V.Kukarkin, N.F.Flor (1912-1941), V.A.Malsev (1903-1934) kabi yosh mutaxassislarni ishga jalb etadi.
1931 yili Quyosh tadqiqotlari bo‘yicha I Butunittifoq konferensiyasida O‘rta Osiyoda Quyosh faolligini muntazam kuzatuvlar olib borish uchun laboratoriya tashkil etish haqida taklif kiritildi, bunga binoan TAOda Quyoshning muntazam kuzatuvlari boshlandi, keyinchalik Ittifoqda eng yiriklardan biri bo‘lgan Yu.M.Slonim rahbarligidagi Quyosh Xizmati yaratildi.
1933-34 yillarda yangi joyda meridian doira uchun pavilon qurildi, 1935 yildan boshlab asbob doimiylarini tadqiq qilish maqsadida yulduzlarning sinov kuzatuvlari o‘tkazildi. Asbobni o‘rnatish, qayta jihozlashga doir barcha ishlari Pulkovo observatoriyasining bosh astronomi P.I.Yashnov hamda bu asbobdagi birinchi kuzatuvchisi V.Ye.Surovsev (1890- 1938) rrahbarligida qilindi.
1933 yil 1 oktabridan observatoriya O‘zSSR Markaziy Ijroiya Qumitasi qoshidagi fanlar Qumitasi tasarrufiga o‘tadi. Vaqt muammolari sohasidagi tadqiqotlar, Quyosh faolligini o‘rganish, meridian astrometriya uning ilmiy yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy muammolari bo‘lib qoldi. 1930 yildan sobiq meridian doira xonasida o‘rnatilgan passaj asbobda soat tuzatmalarini aniqlaydigan regulyar kuzatuvlar boshlab yuborildi. Ishchi soat bo‘lib simob uzgichiga ega 36-sonli Xovyu yulduz soati ishlatildi. Kuzatuvlardan tuzatmalar topilgandan so‘ng bu soat harorati jixatidan yaxshi himoyalanmagan xonada (haroratining yillik o‘zgarish amplitudasi 20ni tashkil etardi) joylashgan Rifler soati bilan taqqoslanardi, natijada soat uchun izotermik mukammalroq xona yaratish masalasi ko‘tarildi. Bosh bino bilan 6 dyuymli refraktor gumbazi oralarida joylashgan passaj asbob xonasi ham qoniqarsiz axvolda edi. Kuzatuv sharoitlarini yaxshilash uchun passaj asbobni biror binodan uzoqroqdagi yengil ochilib yopiladigan pavilonga o‘rnatish qaror qilindi. Short rusumidagi soat olinishi munosabati bilan chuqurligi 10 metrli vertikal shaxtadan iborat va shakli sakkiz qirrali xona bilan tugaydigan yerto‘la barpo etildi. U yerda harorat o‘zgarishining yillik amplitudasi 0,5 dan oshmasdi.
1933 yilda TAOning Vaqt Xizmati kontinentlar siljishi haqidagi Vegener gipotezasini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan ikkinchi Xalqaro uzunlamalar muammolari konferensiya ishlarida ishtiroq etdi. 1934 yil maydan TAO passaj asbob kuzatuvlaridan geodezik yulduzlar katalogidagi yulduzlarning to‘gri bo‘yicha bir nechta observatoriyalar ishtiroq etgan kooperativ ishga kirishdi, bu ish 1939 yili tugadi. Katalogga 2957 yorqin yulduz kiritildi. Katalogni tuzishda N.V.Simmerman (1890-1942) rahbarligida, Ye.F.Shaposhnikova, L.L.Matkevich (1878-1949), V.P.Sheglov (1904-1985, akademik, 1943 yildan
O‘zSSR FA AI direktori) ishtirok etishdi. Shu bilan birga Ye.V.Surovsev passaj asbobda katta sayyoralarning to‘g‘ri chiqishlarini aniqlab bordi. 1935 yilda observatoriya qoshida mexanik ustaxona tashkil etiladi, unda asboblarni ta’mirlash ehtiyojlari qondiriladi, shuningdek, bu yerda bir qator astronomik asboblarning original konstruksiyalari ham yaratildi.
1937 yildan 1952 yilgacha professor L.Matkevich rahbarligi ostida FK3 tizimidagi 645 xira yulduz katalogini meridian asbobda kuzatishga doir katta ish qilindi. 1945 yildan xira yulduzlarning to‘g‘ri chiqishlarini absolyut usul bilan aniqlash ishlari boshlandi.
1940 yilda I.A.Teplov pedagogik ishga o‘tishi munosabati bilan TAOdagi ishni tashlaydi, 1941 yilgacha observatoriyaga G.A.Lange rahbarlik qiladi, uni Ya.P.Sukervanik (1903-1943) almashtiradi, 1941 yil avgustidan esa, direktor lavozimiga V.P.Sheglov tayinlanadi.
Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi bilan vaqt laboratoriyasining ish ko‘lami oshdi. Bunga sabab shuki, GAISH (Shternberg nomidagi Davlat Astronomiya instituti) va SNIIGAiK (geodeziya, aerofotos’emka va kartografiya markaziy ilmiy-tekshirish instituti) Vaqt Xizmatlari o‘z ishlarini majburan to‘xtatganlari uchun Pulkovo Vaqt Xizmati ham o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
1941 yil avgustidan TAO Vaqt Xizmati ritmik signallarning bitta o‘rniga uchta seansini tarqata boshlaydi, noyabrdan esa ularning sonini sutkasiga 17ga yetkazadi. 1941 yil sentabridan 1945 yil mayigacha TAOda Leningraddan evakuatsiya qilingan SSSR FA haqiqiy a’zosi S.I.Belyavskiy (1883-1953) rahbarlik qilgan Bosh (Pulkovo) astronomik observatoriya (GAO) joylashadi. Shu vaqtning o‘zida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida Simeiz astronomik observatoriyaning asosiy tarkibi joylashadi.
1941 yili TAOga Belyavskiy bilan birgalikda professorlar M.S.Eygenson, V.A.Krat, A.S.Vasilev (1868-1947), A.N.Deych, G.N.Neuymin (1885-1946); katta ilmiy xodimlar V.V.Lavdovskiy, O.A.Melnikov (1912- 1982, keyinchalik FA haqiqiy a’zosi), V.P.Vyazanitsin, Ye.F.Shaposhnikova, S.V.Nekrasova; kichik ilmiy xodimlar V.V.Zuykov, N.M.Rogozinskaya, N.V.Fatchixin; laborantlar N.M.Morin, Ye.M.Ivanova, A.K.Yakubovich, M.N.Neuymina va bir qator texnik xizmatchilar kelishgan edi. 1941 yildan 1942 yilgacha observatoriyaga ilmiy rahbar sifatida FA akademigi, GAO direktori A.A.Mixaylov (1888-1983) ishlagan.
GAO va TAO jamoalarning hamkorlikdagi ishi ancha unumli bo‘ldi. Har xafta GAO va TAO chorshanbalari. deb nom olgan Ilmiy kengashlarining birlashgan majlislari utkazilib, ularda astronomiya tarixi muammolariga, klassik astrometriya, astrofizika va kosmogoniya masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilinardi. Bu chorshanbalarda. Toshkentda bo‘lgan geodeziya, aerofotos’emka va kartografiya muxandislari Moskva instituti professorlari I.F.Polak, K.A.Svetkov, A.S.Chebotarev, mashhur matematik, SAGU professori V.I.Romanovskiy, SSSR FA haqiqiy a’zosi M.A.Shatelen (o‘z vaqtida radio ixtirochisi A.S.Popovning assistenti bo‘lgan) ishtirok etishardi.
Vsevolod
Vasilyevich Sharonov
|
Vasiliy Grigoryevich
Fesenkov
|
Mixail
Fyodorovich Subbotin
|
Grigoriy Nikolayevich Neuymin
|
Ular turli paytlarda Toshkent Astronomiya Observatoriyasida ishlab ketganlar
|
1963 yilda observatoriyaning yangi binosi va mexanik ustaxonasi qurildi. Unda barcha laboratoriyalar, kitob saqlash joyi bilan qiroatxonaga ega kutubxona, badiiy adabiyot kutubxonasi, majlislar zali, fotolaboratoriyalar, katta palomar atlasi. bilan ishlaydigan xona va boshqalar joylandi. Ikkinchi qavatdagi keng vestibyulida qadimgi tarixiy asboblar muzeyi joylashgan, undagi ayrim asboblar qimmatbaho deb hisoblanadi. Bulardan, masalan, birinchi navbatda, sobiq Ittifoqda yagona hisoblangan taglikli Jeyms Short reflektorining to‘liq ekzemplyari, o‘ta noyob va xozircha yagona nusxa deb hisoblangan londonlik usta Tanjeyt oktanti kabi asboblarni aytish mumkin. Shu yerning o‘zida observatoriya bunyod etilish paytida olingan birinchi asboblarning fragmentlari saqlanadi. Muzey eksponatlari vaqtni o‘lchash tarixini rivojlanishining barcha boqichlarida, ya’ni, yangi bino devoriga o‘rnatilgan Quyosh soatidan vaqt bo‘limidagi kvars soatlarigacha yaqqol kuzatish mumkin.
1966 – 2003 yillar. 1966 yili TAOga O‘zSSR FA Astronomiya instituti maqomi berildi. Institut tarkibida beshta bo‘lim (vaqt, meridian astrometriya, fotografik astrometriya, Quyosh fizikasi va o‘zgaruvchan yulduzlar bo‘limlari) hamda filial (Kitob xalqaro kenglik stansiyasi) tasdiqlandi.
Observatoriyaning kutubxonasi 1890 yildan to‘ldirila boshlangan. Unda sobiq SSSRda mavjud va 1690 yilda chiqqan Ya.Geveliy qalamiga mansub Astronomiya boshlanishi. kitobining uchta asl nusxalaridan biri saqlanadi. Bu kitob O‘z FA AI tomonidan 1968 va 1970 yillarda nashr etilgan Ya.Geveliyning Yulduzli osmon atlasi.ga asos bo‘laoldi.
1971 yilda Toshkentda SSSR FAning umumiy fizika va astronomiya bo‘limi O‘zSSR FAning fizik-texnika va matematika fanlari bo‘limi bilan hamkorlikdagi ilmiy sessiya bo‘lib o‘tdi.
1974 yili TAOning 100-yilligi nishonlandi. Astronomiya sohasidagi erishgan yutuqlari evaziga institut bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. U davriga kelib institutda ikkita fan doktori va o‘n oltita fan nomzodi mehnat qilishardi, ularning ko‘pchiligi tub axolidan chiqqan mutaxassislar: Yu.M.Slonim, V.S.Shevchenko, A.A.Latipov, A.G.Raximov, O.S.Tursunov, I.S.Sattorov, A.S.Ho‘jayev, Sh.Primqulov, A.Sodiqov, E.A.Sanaqulov, M.M.Zakirov va boshqalardir.
1986 yildan 1995 yilga qadar Astronomiya institutiga akademik T.S.Yo‘ldoshboyev rahbarlik qiladi.
Mahalliy aholidan chiqqan astronom mutaxassislardan tashqari institutga Rossiya va boshqa yerdagi universitetlarini muvaffaqiyatli bitirgan yoshlar va nomdor mutaxassislar, masalan, V.S.Shevchenko ham ishga jalb qilindi. Shuningdek, 2003 yilga kelib institutda Milliy Universitetining astronomiya yo‘nalishini bitirgan bir qancha yoshlar ishlay boshladi. 1996 yildan boshlab institutga ajoyib olim, mohir pedagog Shuhrat Abdumannopovich Egamberdiyev rahbar etib tayinlandi. Shunday qilib, o‘sha davrga kelib, institutda beshta fan doktori mavjud bo‘lib, bir qator xodimlar doktoranturada tayyorgarlik ko‘rishgan edi. Bu vaqtga kelib o‘zgaruvchan yulduzlar, Quyosh fizikasi, galaktik astronomiya va kosmogoniya va boshqa bo‘limlar ishlab turibdi. Institut bir qator respublika va xalqaro miqyosidagi grantlarga ega, bir qancha chet davlatlar, chunonchi, Germaniya, Amerika, Ukraina, Rossiya, Koreya davlatlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borishmoqda.
Institutda ko‘p yillardan beri Quyosh va Quyoshda sodir etiladigan jarayonlar kuzatuvlari olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar bilan Quyosh fizikasi bo‘limi (rahbar - prof. Sh.A.Egamberdiyev) shug‘ullanadi. Ularning tadqiqotlari kuzatuvning yangi yo‘nalishi - Quyosh gelioseysmologiyasiga bag‘ishlanadi. Bu tadqiqotlar ikkita xalqaro gelioseysmologik grantlar: IRIS (International Research on the Interior of the Sun) va TON (Taiwan Oscillation Network) doirasida olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |