2- seminar mavzusi
Sharqda xalifalikning birinchi ilmiy markazi. Bog‘dod, Al-Ma’mun akademiyasi
O‘rta va Yaqin Sharq. Arab madaniyati deb nomlangan yangi jahon madaniyati VII-X asrlarda Arab xalifligi xududida (sharqdan xozirgi Eron, Iroq va O‘rta Osiyodan, g‘arbdagi Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha) shakllandi. Makka shahrining fuqarosi savdogar Muhammad (570 – 632) o‘zini Olohning elchisi deb e’lon qiladi. Shahrining tub aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan Muhammad 622 yilda Madina shahriga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi (Makkadan Madinaga xijratlari). 630 yilga kelib arablarning ko‘pchiligi tomonidan bu yangi islom dini qabul qilinadi, Kaaba toshi. joylashgan Makka esa, musulmonlarning muqaddas shahriga aylanadi. Islom dini bir qator nasroniy, yahudiy, shuningdek, qadimgi arablarning bir qancha sig‘inish elementlarini o‘z ichiga olgan. Araviya yarimorolida va boshqa qo‘shni davlatlari xalqlarida bu dinning tezlik bilan tarqalishiga sabablaridan biri shundaki, u shu xalqlarning an’ana va odatlariga, ularning ma’naviy ehtiyojlariga to‘liq javob bergan. Islom dinida o‘ziga xos rasm-rusumlari (masalan, besh vaqt nomoz o‘qilishi, ramazon oyida ro‘za tutishlik va boshqalar) katta ahamiyatga ega.
Islom dinining muhim xususiyatlari shundaki, nomoz o‘qish paytida Makkaga yuz o‘girilgan holda o‘qish talabi va ramazon oyida ro‘za tutishdir, yangi oy esa, odatda hiloloy osmonning g‘arb tomonida birinchi ko‘ringan kunidan boshlanadi. Buning uchun azimutlar (shimol – janub yo‘nalishlarni) bilishni, Oy chiqishi momentini aniq bashorat etaolishlikni, shuningdek, Quyoshning ham chiqish va botish momentlarini bashorat etishni taqozo etadi. Bunday masalalar yechilishida osmonning ekliptik koordinatalaridan gorizontal koordinatalarga o‘tishni amalga oshirish lozimdir. Sferik uchburchaklarga doir bunday masalalarni yechish uchun IX – X asrlarda musulmon matematik va astronomlari tomonidan matematik apparat – sferik trigonometriya va koordinatalar o‘zgartirishini modellashtiruvchi asbob – astrolyabiya yaratildi.
Diniy bayrog‘i ostida arablarning harbiy jihatdan bitta kuchli davlatga birlashishi boshqa xududlarni egallashiga, natijada u xududlarda dinning tarqalishiga olib keldi. Bosib olingan Vizantiya xududlarida qadim yunon ilmiy boyliklari arablar qo‘liga o‘tadi. Ammo, garchi arablar qo‘liga antik va ellinistik fan va madaniyatining durdonalari VII asrdayoq tushgan bo‘lsada, ular bilan bir asrdan keyin, Hindiston orqali tanishila boshlandi. Bog‘dod xalifasi Al Mansur farmoniga binoan VIII asr oxirlarida Braxmagupta va Ariabxataning hind sinddxantalari arab tilga o‘girildi. O‘sha asrdayoq Ptolemey Almagestini. tarjima qilish bobidagi birinchi urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Almagest.ning birinchi to‘liq tarjimasi IX asrda arab olimi Sobit ibn Qurra (836-901) tomonidan amalga oshirildi. Musulmon olamida astronomiya taraqqiy etishiga hind fanining yutuqlari o‘zlashtirilishi hush keldi, sonlarni pozitsion yozish tizimi va arabcha sonlar qo‘llanilishi hisob-kitoblarni ancha osonlashtirardi. 830 yilda Al Xorazmiy tomonidan dastlabki matematik risolalaridan biri bitildi, ushbu risolaning arabcha al-jabr. nomidan keyinchalik algebra. nomi kelib chiqdi.
Ptolemeyning hindcha o‘girmasi va xususan Almagest.ning o‘zi bilan tanishuvi arab kuzatuv astronomiyasining rivojlanishiga, ilk bor yirik asboblar qurilishiga hamda xos matematik apparatning va umuman matematikaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, Al Battoniy Bog‘dodda kuzatuvlar olib bordi va ekliptikani ekvatorga og‘ishini qayta aniqladi. Abu al Vafo (940-998) Oy harakatidagi notekisliklarni (variatsiyalar) topdi.
X asrdan so‘ng turli davrlarda arab madaniyatining ilmiy markazlari sifatida Bilimlar uyi. hamda mashhur Ibn Yunus (950-1009) ishlagan rasadxona barpo etilgan Kohira; rasadxonasida shoir va alloma Umar Hayyom (1048-1122) ishlagan Isfaxon; keyinchalik xozirgi Ozarbayjonning eroniy qismi xududida joylashgan Marog‘a; va nihoyat, Samarqand bo‘ldi. Ana shunday markazlarning biri, zamonaviy Afg‘onistonning janubiy- sharqidagi G‘aznida uzoq muddat horazmlik Beruniy (973-1048) yashab ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy arab dunyosining birinchi ensiklopediyachi olimi deb tan olingan. Uning asarlari (150 dan ziyod) garchi ular hali fan ko‘rinishiga shakllanmagan bo‘lsada astronomiya, geografiya, fizika, matematika, geologiya, mineralogiya, kimyo, botanika fanlarini qamrab olgan. U dunyoda birinchi bo‘lib yoyining radiusi 7,5 metr bo‘lgan qo‘zg‘almas devoriy kvadrant qurdi, unda Quyosh va sayyoralarning vaziyatlarini 2’ aniqlikda qayd etish mumkin edi. Snelliusdan (1617) 600 yil avval Beruniy triangulatsiyaga o‘xshash usulni ixtiro qildi. Uzining tadqiqot va natijalarini Beruniy Astronomiya asoslari haqida kitob., Qonuni Ma’sudi. (astronomik jadvallar va yulduz katalogi) va .Hindiston. fundamental asarlarida bayon etdi. Ulardan birinchi ikkita risolasi asrlar osha arab dunyosida va umuman Sharqda astronomiya bo‘yicha asosiy darsliklar vazifasini o‘tagan.
O‘rtaosiyolik astronomlar ichida mashhur shoir, matematik Umar Xayyom (1048 – 1122) ni ham ko‘rsatish mumkin. U, xususan, taqvimni isloh qilish komissiyasini boshqargan, va uning yuritgan hisob-kitobi bo‘yicha davomiyligi 33 yil bo‘lgan sikl qabul qilingan (ularning ichida 8 tasi kabisa yillardir). Shunday qilib, yilning o‘rtacha davomiyligi davomiyligi 365,24242 sutkani tashkil etgan, unga binoan bir kunlik xato 4500 yilda yig‘iladi. Algebra. risolasining muallifligini ham Umar Xayyomga yo‘yishadi.
Yunonlarning asarlari orqali astronomik asboblar yasashni o‘rganib olgan va asosan burchak o‘lchov asboblar (sekstant, kvadrant)ning o‘lchamini oshirish hamda uzoq muddatli muntazam kuzatishlar orqali ularning aniqligini oshirgan arab astronomlar Ptolemey jadvallarining noaniqliklarini topadilar. Shuning uchun ularning asosiy kuchlari yangi yulduz kataloglar (zijlar) tuzilishiga qaratiladi. Arab astronomiyasining bu kuzatuv yo‘nalishi O‘rta Osiyodagi ilmiy markazlar yo‘nalishlarida ham qoldi.
Bu yo‘nalishda O‘rta Osiyolik kuzatuvchi astronomlar Nosiriddin Tusiy (1201-1274) va buyuk Amir Temirning nabirasi, Samarqand hukmdori, Samarqand yonida u davr uchun juda noyob va ulkan bo‘lgan rasadxonani qurdirgan Ulug‘bek (1394-1449) katta shon-shuhratga sazovordirlar. Nosiriddin Tusiy Marog‘a rasadxonasi va ilmiy maktabiga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida 1271-yili o‘z ichiga yangi yulduz katalogini va Quyosh, Oy va sayyoralar jadvallarini olgan Elxon jadvallari. (Ziji Elxoniy) tuzildi.
Ulug‘bek rasadxonasining astronomlari 30 yil mobaynida yoyining o‘lchami 40 metrdan ziyod bo‘lgan noyob va ulkan kvadrantida muntazam Quyoshni kuzatdilar. Natijada u davr uchun juda katta aniqlik (1.) bilan bahorgi tengkunlik nuqtaning vaziyati, ekliptikaning ekvatorga og‘ishi, tropik yilning davomiyligi o‘lchandi. Boshqa asboblar yordamida o‘z ichiga 1000 dan ortiq yulduzlarni olgan yangi yulduz katalog tuzildi, bunda u davr uchun juda katta aniqlik (15‘) bilan 700 yulduzlarning vaziyati qayta topildi. Bu natijalar Ko‘rag‘on jadvallari.ga (Ziji Jadidi Ko‘rag‘oniy, 1437, hukmdor-astronom Ulug‘bek Ko‘rag‘oniy nomi bilan atalgan) kiritildi.
Ptolemey nazariyasiga kelsak, arab, undan so‘ng O‘rta Osiyolik astronomlar undagi olamning geotsentrik tizimi tamoyili va tuzilishiga rozi bo‘lgan holda asosan uning matematik apparatini taqomillashtirib bordilar. Al Battoniy hindlardan keyin sinuslarni kiritib sferik trigonometriyani takommillashtirdi. Keyinchalik, Beruniy, Nosiriddin Tusiy va boshqalarning asarlarida trigonometriya alohida fan sifatida rivojlantirildi. O‘rta asr davridagi Yaqin va O‘rta Sharq astronomlarning asosiy ilmiy merosi – yuzdan ziyod Zij.lar bo‘ldi, ular keyingi asrlarda yulduzlar olamini o‘rganishda juda katta ahamiyatni kasb etdi.
U davrdagi arablarning kosmologik tasvirida bir nechta tasavvurlar mavjudligini ko‘rish mumkin, ulardan asosiysi yassi. Yer haqidagi ta’limotdir. Unga ko‘ra, Yer yassi disk shakliga ega, u buqalarning shohlarida joylashgan, buqalar esa, o‘z navbatida, cheksiz dengizda suzib yuruvchi ulkan nahang (kit) belida turibdi. Mol charchab Yerni u shohidan bu shohiga olayotganda yer silkinishlari (zilzilalar) sodir bo‘larmish.
Ana shunday afsonaviy ta’limot bilan bir qatorda Yer sharsimonligi, Quyoshning markaziy vaziyati va xokazo haqida gap yuritilgan boshqa materialistik ta’limotlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin musulmonlarning muqaddas kitoblari Quron, Sunna hamda shariat Ollohning irodasiga so‘zsiz itoat etishga (so‘zma-so‘z islom - itoat etish deb tarjima qilinadi) undaydi, shu bilan boshqacha ixtiyoriy fikr yuritish bostiriladi.
Astronomiya tarixida musulmon davlatlarining olimlari ahamiyati shundan iboratki, ular antik astronomiya erishgan yutuqlarini saqlab qolaoldilar va mingyillikning ikkinchi yarmisida astronomiyani Yevropada rivojlantirishini ta’minlay oladigan kuzatuvlarning asosini yarataoldilar.
Xitoy, V – XVII asrlar. Yangi erada xitoy astronomiyasi rivojlanishida uchta tarixiy davrni ajratishadi: III asrga qadar, III asrdan X asrgacha, X-XVII asrlar, undan so‘ng zamonaviy davr boshlanadi. Shunday qilib, yevropaliklarning o‘rta asrlariga xitoy astronomiyasining ikkita davri to‘g‘ri keladi.
III asrdan VI asrgacha bo‘lgan davrda Xitoyda yagona davlat parchalanishi tufayli umumiy ilmiy faoliyat so‘nadi. VI-X asrlar orasidagi davr esa, qayta birlashgan qudratli Xitoy davlatida fan va madaniyat rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Bu davr ichida Hindiston bilan, VIII asrdan boshlab esa, arab dunyosi va O‘rta Osiyo davlatlari (Buxoro, Xorazm, Samarqand) bilan ilmiy aloqalar rivojlanadi. Astronomiya sohasidagi yangiliklaridan, ta’sis etilgan olimlar Palatasi.dan tashqari, Xitoyda fanni davlat asosida tashkillashtirilishi bo‘ldi. IX asrga kelib maxsus davlat muassasasi sifatida dunyoda birinchi astronomiya instituti tashkil etildi, uning xodimlari astronomik kuzatuvlar olib borishar, tutilishlarni bashorat qilishar, taqvimlarni tuzishar edi. XI-XIII asrlarda Xitoyda dunyoda birinchi astronomik va meteorologik kuzatuvlarni muvofiqlashtiruvchi markaz mavjud edi. Astronomiyaning kuzatuv va hisoblash bo‘limlarida yirik kashfiyotlar qilindi. IV asrda Yuy Si mustaqil ravishda pretsessiyani kashf etdi, VII asrda esa Lu Chjo uning natijalarini qayta aniqladi. V asrda Szu Chun-chni juda katta aniqlikda drakonik oy davomiyligini hisobladi va Yupiterning siderik aylanish davrining ancha aniq qiymatini topdi. Shuningdek, u tutilishlar nazariyasi va taqvimni takomillashtirdi. Galleydan ming yil avval astronom I Sin yulduzlarning xususiy harakatini kashf qildi. VIII asrda arablardan 100 yil oldin Xitoyda meridian yoyini gradusli o‘lchash ishlari olib borildi. Shen Ko Quyoshning ekliptika bo‘ylab harakatini kuzatib geotsentrik orbita elliptik shaklda ekanligini ko‘rsatdi. 983 yili Xitoyda 1000 jilddan iborat fanlar ensiklopediyasi bosilib chiqdi, XIII asrda esa 24 ko‘pjildli bo‘limlaridan iborat va bu bo‘limlardan bittasi faqat astronomiyaga bag‘ishlangan yangi ulkan ensiklopediya tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |