Aniq fanlar



Download 3,94 Mb.
bet24/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

Ma’ruza rejasi.

  1. Mumtoz Niyuton fizikasi asosida astranomik olam tuzilishi tasavurining rivojlanishi.

  2. XIX-XX asrlardagi mumtoz fizika asosida olamni astranomik tasvirining rivojlanishi.

XVI asr boshida Yevropada o‘zining ishlari bilan tabiatshunoslikda birinchi ulug‘ ilmiy inqilobni boshlab berishga miyassar bo‘lgan donishmand paydo bo‘ldi. Bu polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543) edi. XV asrning 90 yillaridayoq Kopernik Ptolemeyning olam nazariyasi bilan kuzatuvlar orasida jiddiy farqlanishlar mavjudligiga ishonch hosil qildi. Boshqa g‘oyalarni axtarish maqsadida u qadim yunon matematik va tabiiy faylasuflarning asarlari va ta’limotlarini o‘rganib chiqdi. Ularning ichida Yer harakatchanligini ta’qidlab o‘tgan pifagoriylar va ularning davomchilarining ta’limotlari ham bo‘ldi. XIV-XV asrlarda, ya’ni Kopernikdan oldin ham, yevropalik olimlar orasida Ptolemey ta’limotiga tanqidiy nazar bilan qarovchilar uchrab turardi. Osmon jismlar, va eng avvalo Quyosh bilan Oy harakatlarining yangi, yanada aniqroq jadvallari zarur edi. IV asrdagi 21 martga keluvchi bahorgi tengkunlikning taqvimiy sanasi XVI asrga kelib haqiqiy sanadan 10 kunga kechikib qoldi. 1512-1517 yillarda Rimda yig‘ilgan Lyuteran cherkov kengashi taqvim muammosining o‘ta zaruratligini qayd etdi va yirik astronomlar, shu jumladan Kopernikga ham bu muammoni hal etishni taklif kiritdi. Kopernikdan avvalgilari va uning zamondoshlari Ptolemey tizimining ayrim joylarini o‘zgartirish bilan cheklanib qolardilar, ayrimlari esa, hatto undan qadimroq bo‘lgan tuzilmalar-gomotsentrik sferalarga qaytardilar. Lekin ularning xech qaysinisi geotsentrik tamoyilidan voz kecha olmadi. Faqat Kopernik qadimgilarning obrulari oldidagi itoatgo‘ylikni va aqidalar oldidagi qo‘rquvni yenga oldi. Natijada, Kopernikning oltita kitobdan iborat Osmon sferalarining aylanishi haqida. asari 1530 yilga kelib nihoyalangan, lekin faqat 1543 yilda to‘liq bosib chiqarildi. Tuzilishi jixatidan bu asar deyarli Almagest.ni takrorlardi, faqat kitoblar soni kamroq (Ptolemeyda-13) bo‘lgani uchun ayrim mavzular birlashtirib yuborilgan edi. Almagest.dagi kabi oltita kitobning mazmuni butun astronomiya bo‘ldi. Kopernik Quyosh, Oy, beshta sayyora va yulduzlar sferasining murakkab harakatlarining matematik nazariyasini hamda ularga mos keluvchi matematik jadval va yulduzlar katalogini ilova sifatida keltirib bayon etdi. Lekin tushuntirishlar asosida u geliotsentrizm tamoyilini tanladi. Olam markaziga Kopernik Quyoshni joylashtirdi, uning atrofida esa sayyoralar, shu jumladan,
harakatlanuvchan yulduz. darajasida qayta tiklangan Yer o‘zining real yagona yo‘ldoshi Oy bilan harakatlanar edi. Sayyoralar tizimidan juda ulkan masofada o‘zgarmas yulduzlar. sferasi joy olgandi. Bu sferaning dahshatli uzoqligi haqidagi hulosa endi geliotsentrik tamoyiliga binoan o‘zidan-o‘zi kelib chiqar edi.
Nikolay Kopernik 1473 yilda Visladagi polyak Torun shahrida tug‘ildi. U avval Krakov universitetida, undan so‘ng Bolonya va Paduyada taxsil oldi, u yerda huquq va tibbiyotni o‘rgandi. Bir vaqtning o‘zida Kopernik katta qiziqish bilan matematika, astronomiya bilan ham shug‘ullandi, astronomik kuzatuvlar olib bordi. Italiyada bo‘lgan o‘n yil ichida doktorlik darajani olgan Kopernik vataniga har tomonlama bilimdon olim sifatida, matematika, astronomiya, huquqshunoslik, tibbiyot, yunon va boshqa yangi tillardagi keng bilimlari bilan qaytib keldi. 1512 yildan boshlab, Varmiyaning bosh shahri Fromborkda kanonik ruhoniy lavozimini egallaydi va o‘zining yeparxiyasida nafaqat diniy, balki xo‘jalik, diplomatik va harbiy ishlariga ham rahbarlik qiladi. Tevton ordeni bilan urush davrida u Olshtin mudofaasiga rahbarlik qildi, pul tizimining loyihasini ishlab chiqdi, Fromborkdagi vodoprovodni qayta ta’mirlatdi, betoblarni davoladi, qozilik qildi va h.k. Shunday sharoitlarda ham u ilmiy mashg‘ulotlarini tashlamadi va matonat bilan o‘z ishining ustida ishladi.
Frombork soborining minoralaridan birida Kopernik astronomik kuzatuvlarni olib borgan. Bu kuzatuvlarining ayrim natijalari, masalan, 1514 yilda Saturn orbitasini aniqlash, saqlanib qolgan bo‘lsada, Kopernik astronomiya bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot kam. 1520 va 1530 yillar orasida Kopernikning Osmon harakatlariga doir gipotezalar haqidagi kichik izoh. risolasi (qisqacha Kichik Kommentariy.) paydo bo‘ldi. Hozirda ushbu qo‘lyozmaning ikkita nusxasi ma’lum, ular Vena va Stokgolm rasadxonalarida saqlanadi.
1530 yilda u o‘zining nazariyasidagi asosiy shartlarini Kichik Kommentariy. qo‘lyozma asarida bayon etdi. Yangi ta’limot haqidagi ma’lumot papa doiralariga ham yetib bordi va 1536 yili kardinal Shonberg sayyoralarning vaziyatini hisoblash uchun jadvallar va nazariyaning batafsil bayonini yuborishini iltimos qilib Kopernikga murojaat qiladi. Biroq, yangi ta’limotning birinchi adepti Vittenberg universitetining professori Georg Ioxann Retik bo‘ldi. Vittenberg protestant shahar edi, Retikning o‘zi Syurixda taxsil olgan, shunday qilib, katolik tomonidan yaratilgan yangi ta’limotning tarqalishida protestantlarning ahamiyati katta bo‘ldi. 1539 yilda Gdanskda Retik tomonidan ishlangan Kopernik tizimining batafsil bayoni bosib chiqarildi. Retik Kopernikga o‘z ishini nashrdan chiqarishga qayta-qayta murojaat qiladi, va nihoyat, qo‘lyozmani bosmadan chiqarish uchun ruhsat oladi. U ishni katta bosmaxonasi mavjud bo‘lgan Nyurnbergda bosishga qaror qiladi. 1542 yil bahorida shahsan o‘zi ish qanday ketayotganini kuzatib turish uchun Nyurnbergga keladi. Ishning tugashini kutaolmasligi tufayli u ishni oxirigacha yetkazishni nyurnberglik matematik va lyuteranlik dindor Osianderga yuklaydi. Kitob Kopernikga u og‘ir betobligida, o‘limidan bir necha kun oldin ko‘rsatiladi.
Vaqt o‘tishi bilan har bir ta’limotning ikir-chikirlari insoniyat xotirasidan o‘chib, o‘zgarib boradi. U, yoki chuqurlashib boradi (Aristotel va Ptolemey ta’limotlari kabi), yoki fan rivojlangani sari takomillashib borib, ushbu ta’limotning yangi qirralari boshlang‘ich nazariyaga yo‘yiladi. Natijada Kopernik o‘ziga ham uning yangi ta’limoti xususiyati faqat geotsentrizmni geliotsentrizmga almashtirish edi degan xato fikr paydo bo‘lgan.
Matematik nuqtai nazaridan Kopernik tizimi Ptolemey tizimiga nisbatan bir muncha soddaroq edi, bundan darhol amaliy maqsadlarda foydalana boshladilar. Uning asosida Prussiyalik jadvallar. tuzildi (Reyngold, 1551), tropik yilning davomiyligi qayta aniqlandi, va 1582 yili anchadan beri pishib yetilgan taqvim reformasi o‘tkazildi. Natijada yangi yoki grigorian sana (stil) joriy etildi.
Qadim yunon tabiiy faylasuflarning ko‘pchiligi singari Kopernik Koinotni qo‘zg‘almas, har biri o‘z joyida qotgan yulduzlar sferasi bilan chegaralangan yopik fazo deb tasavvur qilardi. Ular kabi osmon jismlarining haqiqiy harakatlari tekis va aylana shakliga ega bo‘lishi kerak deb hisoblardi. Eng avvalo Platon tomonidan aytilgan va Aristotel tomonidan tasdiqlangan osmon jismlar harakatlarining ana shu asosiy tamoyiliga, ya’ni, Ptolemey tizimida ekvant kiritilishi bilan buzilgan tekis doiraviy aylanma xarakteriga ega harakatni qayta tiklashga intilgan Kopernik uchun osmon jismlarining boshqacha harakat turlarini axtarishga va izohlashga turtki bo‘ldi. Kopernik uchun yana bitta ilhomlantiruvchi omillardan biri sayyoralar nazariyasining yo‘qolgan tartibligini va mantiqiy soddaligini qayta tiklash bo‘ldi. Bu davrda geotsentrik tamoyiliga tayangan osmon jismlar harakatining bir qancha modellari yonma- yon turardi. Bu tizimlarda sayyoralarning harakati bir nechta teng huquqli turli matematik modellar yordamida tasavvur etilardi. Muayyan sayyoraning sirtmoqsimon harakatini izohlash uchun different bo‘ylab harakatidan tashqari o‘ziga xos episikllar bo‘ylab harakati ham qo‘shilardi, bunda bu harakatlar boshqa sayyoraning episikl va differenti bilan xech qanday bog‘lanishi yo‘q edi. Ptolemey nazariyasining kamchiligini Kopernik ana shu joyidan ko‘rdi. Unda sayyoralar harakati asosiy qonuniyatlarini tushuntirib beraoladigan yagona tamoyil yo‘q edi. Ptolemey nazariyasi osmon yoritkichlarining ko‘rinma burchak siljishlarinigina izohlab beraolardi. Kopernik bu tizimlari xususiyatining shartliyligini va tor amaliy maqsadlar bilan chegaralanishini qayd etdi. Bu nazariyalar haqiqiy uzoqligini va fazodagi vaziyatini ochmasdan faqat yoritkich tomon yo‘nalishlarinigina hisoblay olardi. Sayyoralarning ko‘rinma harakatini nogeotsentrik usul bilan sharhlab beruvchi asosiy g‘oyani Kopernik qadim yunon faylasuflardan topdi. Bu g‘oya-olam markazida va fazoda qo‘zg‘almas real bir jins atrofida Yerning aylanma harakatlanishi g‘oyasi edi. Kopernik uchun qo‘zg‘almas real jism Quyosh bo‘ldi. Geliotsentrizmni qabul qilishda Kopernikga u tomondan o‘rganib chiqilgan va rivojlantirilgan harakatning nisbiy xarakterga ega ekanligi yordam berdi. Bir qator donishmandlar fikrlarida bosh g‘oya-asosiy astronomik hodisalar bo‘lmish kun va tun almashinuvi hamda yulduz sferasining harakatini Yer harakati, ya’ni aylanishi bilan izohlash mumkinligi nish urib chiqqan edi. Sayyoralarning notekis sirtmoqsimon harakati, Quyoshning notekis harakatini Kopernik Ptolemey singari ko‘rinma effekt deb hisoblardi. Lekin bu effektni u shartli yordamchi aylanalar bo‘ylab harakat jamlanmasi natijasi emas, balki ilk bor hodisaning real fizik sababini, ya’ni kuzatuvchining o‘zi harakatda ekanligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, u kuzatuv harakatlanayotgan Yer yuzidan olib borilayotganini taxmin qildi. Ana shu Yerning harakatlanishi extimolligi Kopernik tizimining asosiy yangiligi bo‘ldi. Kiritilgan yangilikdan yana bittasi bu tizimda Quyoshning markaziy vaziyati g‘oyasini qabul qilinishidir. XVI asrda Yerni markaziy vaziyatidan mahrum qilish va uni harakatlanishini qabul etish ko‘pchilikning aqliga sig‘maydigan narsa ediki, Kopernik o‘zining yangiligini biroz yumshatishga urinib ko‘rdi. U yulduzlar sferasining o‘lchamlari va sayyoralar tizimigacha bo‘lgan masofalar juda ulkan ekanligini, binobarin, bu sayyoralar tizimi, shu jumladan harakatlanayotgan Yer ham amalda Koinotning markazida bo‘lib qolishini alohida ta’qidladi. O‘z vaqtida Ptolemey osmon yoritkichlarning notekis ko‘rinma harakatlarini aniqroq tasvirlash maqsadida ekssentriklar kiritgan va, shu bilan birga, yagona Yer barcha aylanishlar markazidir degan nomidan maxrum qilgan edi. Bu aylanish markazlari ko‘psonliyligi fikridan Kopernik ham qutulaolmadi. Lekin u osmon harakatlari tekisligi tamoyilini tiklash maqsadida ekvant g‘oyasidan voz kechdi. Shuningdek u harakat doirasimonligi g‘oyasini ham saqlab qoldi. Kopernik tekis aylanma harakat tamoyiliga amal qilish uchun geliotsentrik tizimda ham sayyoralar harakatini aniqroq tushuntirishda bir necha o‘nta episikllarni saqlab qolishga majbur bo‘ldi, natijada Kopernik nazariyasi hisoblash mushkulligi borasida Ptolemeynikidan qolishmas va amalda undan aniqroq ham emas edi. Prussiyalik jadvallar.ning bir muncha yuqoriroq darajadagi aniqligi geliotsentrik tizim tamoyili bilan emas, balki matematik hisoblash apparatining rivojlanganligi bilan izohlanar edi. Bu jadvallar ham vaqt o‘tishi bilan kuzatuv natijalariga mos kelmay qoldi. Kopernik tizimini umumlashtirib astronomik olam tasavvuriga kelsak, u hali qadim ptolemeycha kosmologiyaning ko‘rinishida edi, sayyoralar dunyosini va butun Koinotni aks ettirar, faqat olam markazini endi Quyosh egallagan edi. Yana qirq yillardan so‘ng Bruno bu mutlaq geliotsentrizmni rad etdi va yulduzlar bilan Quyoshni aynan birliklarini bildirdi hamda cheksiz Koinotda Quyosh tizimlar.ning ko‘psonliyligi g‘oyasini ilgari surdi. Kopernik tizimi Bruno chizib bergan tasviridagi bir kichik elementi bo‘lib qoldi. Yerning asosiy haqiqiy harakatlari yordamida, ya’ni sutkalik va yillik harakatlari orqali Kopernik nazariyasi yulduzli osmonning sutkalik harakati sababini, sayyoralarning kuzatilayotgan asosiy murakkab notekis harakat xususiyatlarini ochib berdi. Ilk bor yil davomida fasllarning o‘zgarish sabablari, ilgari sirli bo‘lib ko‘ringan sayyoralar episikllarining ketma-ketligi tushuntirib berildi. Bu Kopernikga birinchi bor Quyosh tizimida sayyoralarning vaziyati haqida asoslangan hulosa chiqarishga va Quyoshdan sayyoralargacha aniq nisbiy masofalarni, ya’ni Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa-astronomik birliklarda chamalashga imkon berdi. Kopernik tomonidan Yer harakati va sayyoralar tizimida Quyoshning markaziy o‘rni tamoyili nafaqat Quyosh tizimi haqiqiy tuzilishini tushuntirib berdi, balki bu tizimi ortidagi olamni o‘rganishga qudratli kaliti ham bo‘ldi. Sayyoralarning murakkab ko‘rinma ikkilanma harakatidagi sabablarini ochish, ularni sayyoraning real xususiy harakatlari va kuzatuvchi, ya’ni Yer harakatining aksi bo‘lmish ko‘rinma harakatlariga ajratish osmon jismlarning haqiqiy harakatlarini axtarishga, shuningdek harakat qonunlarini chuqurroq o‘rganishga undadi. Kopernik nazariyasi rivojlanishing bu ikkita yo‘li osmon va umumiy mexanikalar paydo bo‘lishiga, keyinchalik ular birlashgandan so‘ng yangi, gravitatsion fizik olam tasavvuriga olib keldi. Yarim asrdan so‘ng Aristotelcha olamni tasavvur etilishidagi geliotsentrik tizimda ehtiloflar chiqaboshladi: osmon jismlari Yer kabi og‘irlik markazlari, har qalay, boshqa jismlarning aylanish markazlariga aylandilar, shuningdek, sayyoralarning haqiqiy harakatlari nodoiraviy shaklda va notekis ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, sayyoralar harakati nazariyasidagi kopernikcha inqilob fizik fundamental, va bu ma’noda universal inqilobiy xususiyatlarini namoyon etdi, ya’ni olamning fizik tasviri butkul o‘zgarishiga olib keldi.
Bir necha o‘n yillikdan so‘ng Kopernik ta’limoti o‘z tasdig‘ini topdi, va bunda Djordano Bruno (1548-1600) ning ahamiyati katta. Kopernik sistemasi uchun kurash mushkulligi tufayli yangi ta’limot fanga birdaniga kirib kelaolmadi va ilmiy dasturning amalga oshirilishi anchaga cho‘zilib ketdi. Tarixda ilm yo‘lida qurbon bo‘lgan Jordano Bruno nomi abadiy saqlanib qoldi. Yozuvchi, shoir, olim, qobiliyatli suxandon va ma’ruzachi bo‘lgan bu ajoiyb inson shunday notinch g‘alayonlangan davrda tug‘ilgan daholardan biri edi.
XVI asrning oltmishinchi yillarida Bruno Kopernikning geliotsentrik nazariyasi bilan tanishdi. Bu rasmiy bo‘lgan Ptolemey ta’limotini tanqidiy nuktai nazar bilan ko‘rib chiqishga va Koinotning cheksizligi haqidagi atomistlarning materialistik ta’limotini diqqat bilan o‘rganishiga undadi. Unda dunyoqarashining shakllanishiga N.Kuzanskiyning Koinot uzluksiz va cheksizligi, shuning uchun undagi ixtiyoriy jism Koinot markazi bo‘laolmasligi haqidagi tabiiy falsafiy konseptsiyasi bilan tanishuvi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Quyosh tizimi uchun geliotsentrik tamoyilini qabul qilib va bu tamoyilni boshqa yulduz- Quyoshlarga tadbiq etgan Bruno birinchilar qatori Kopernik nazariyasi asosan to‘g‘ri, lekin chala deb baholadi. O‘rta asr tabiiy faylasuf va donishmandlarining kosmologik g‘oyalaridan ilhomlangan va Kopernik nazariyasining asosiy hulosalariga tayangan Bruno o‘zining cheksiz ko‘psonli alohida-alohida bo‘lgan geliotsentrik sayyoraviy tizimlardan iborat cheksiz Koinot konseptsiyasini yaratadi. Konseptsiya 1584 yilda bosilib chiqqan ikkita Sabab, asos va yagona haqida. hamda Cheksizlik, Koinot va olamlar. deb nomlangan risolalarda bayon etildi. Bu yangi ta’limot allomaning keyingi fojeali taqdirini hal etdi. Brunoning ko‘pgina g‘oyalari barvaqt, zamondoshlar uchun tushunarsiz edi. Lekin ulardan bittasi tezda aql- idroqlarni egalladi. Bu g‘oya – mavjudotli olamlarning ko‘psonliyligi g‘oyasi bo‘ldi. U Kopernik ta’limotining dunyoqarashni shakllantiruvchi birinchi hulosalaridan biri bo‘lib, astronomik olam haqidagi tasavvurini sezilarli darajada o‘zgartirib yubordi.
Djordano Bruno 1548 yilda Neapol yaqinidagi Nola deb nomlanuvchi kichik italyan shaharchada tug‘ilgan va unga Filippe deb nom qo‘yishgan. Birlamchi ma’lumotni Neapolda olgan va 16 yoshida Jordano nomi ostida rohiblikga qabul qilingan, tarixga ham ana shu nom ostida kirib qolgan.
Yosh rohib jon-jaxdi bilan ilmiy va adabiy mashg‘ulotlarga sho‘ng‘idi, u yunon fan va falsafani, arab olim va faylasuflarning ishlarini, Foma Akvinskiy va Nikolay Kuzanskiy asarlarini o‘rganardi. U o‘zining rohiblikka zid dunyoqarashini
namoyon etuvchi Yoritkich. satirik komediyani, Nuh kemasi. satirik dialogini yozadi.
Yigirma to‘rt yoshida Bruno Kampanyaga ruhoniy etib tayinlanadi. Bu yerda u gumanistlarning asarlari va Kopernik kitobi bilan tanishadi. Uning fikrlash yo‘nalishi u sohib bo‘lgan dominikanliklarning rohiblik ordeni a’zolarida shubha uyg‘otadi. Uning ustidan Rimga qoralovchi xat yuboriladi, va Bruno unga qarshi aytilgan ayblovlardan himoyalangani Rimga boradi. Biroq Rimda u ketgandan so‘ng uning xonakohida yangi taqiqlangan materiallar topilganligini eshitib qoladi. Bruno Genuyaga qochadi. Uzoq davom etgan sargardonliklar boshlanadi.
Genuyadan Bruno Venetsiyaga o‘tadi, undan so‘ng Milanga, Turinga, Shamberiga, va nihoyat, Italiyani tark etib, Jenevaga boradi. Otashqalb polemist Bruno jenevalik protestant faylasuflardan biriga qarshi chiqadi, alamzada faylasuf Brunoning hibsga olinishiga erishadi. Qamoqdan chiqqan Bruno Shveysariyani tark etadi va umrbod axmoq pedantlarning sektasi.ga, ya’ni, kalvinistlarga qarshi bo‘lib qoladi.
Uzoq davom etgan sarguzashtlaridan so‘ngida u Tuluzaga borib qoladi, u yerda u Tuluza universitetining professori lavozimini egallaydi va ikki yil davomida o‘zi o‘qigan ma’ruzalarida keskin tarzda Aristotel ta’limotini tanqid qiladi. Bu narsa universitet professorlarining noroziliklariga sabab bo‘ladi va Bruno Tuluzani tark etib Parijga boradi.
Parijda Bruno ulkan bilimlarga va o‘ta kuchli xotiraga ega olim sifatida shuhrat qozonadi. Qirolning o‘zi u bilan qiziqib qoladi va Buyuk San’at. sirlaridan voqif etishni iltimos qiladi. Bu Buyuk San’at. XIII asrda Raymond Lulla tomonidan ixtiro qilingan mantiq mashinasi edi. Mashina bir necha harakatlanuvchi xalqalardan iborat bo‘lib, bu aylanalarda turli mantiqiy tushunchalarni belgilovchi harflar tushirilgandi. Xalqalarning turli tezliklar bilan harakatlanishi tushunchalarning turli tarzda jamlanishiga olib kelardi. Keyinchalik jiddiy narsa emas deb hisoblangan Lulla g‘oyasi bilan Bruno qiziqib qoladi. Biroq, Lulla mashinasini mantiq mashinalar asrida ularning qadimgi ajdodi deb hisoblashimiz mumkin. Bruno Lulla san’ati haqida qator asarlar yozadi va ularning birini qirol Genrix III ga bag‘ishlaydi. Bunga javoban qirol Brunoni Parij universitetining ekstraordinar professori lavozimiga ko‘taradi.
Biroq, olimning sarguzashtlari shu bilan tugagani yo‘q. Parijdan u Oksfordga, Oksforddan Londonga, Londondan yana Parijga, Parijdan Germaniyaga boradi. Deyarli butun Germaniyani kezib chiqadi va Syurixda bo‘lgandan so‘ng, 1591 yili venetsiyalik dvoryan Mochenigo taklifiga rozilik beradi va o‘z ajali tomon, ya’ni Venetsiyaga jo‘naydi.
Brunoning sargardon yillari kuchli, qaynoq faoliyati yillari bo‘ldi. U ma’ruzalar o‘qiydi, kitoblar yozadi, Oksford, Parij va boshqa universitetlarining sxolastik fanining yetuk namoyandalari qatnashgan munozaralarda ishtirok etadi. U olamlarning ko‘psonliligi haqidagi ta’limotni rivojlantiradi. Kopernik ta’limotini zavq bilan yoqlab chiqqan Bruno bu nazariyani yanada rivojlantirish lozim deb hisoblaydi.
1584 yilda u Kultepadagi bazm., Koinotning cheksizligi va o‘zga olamlar haqida. nomli dialoglarini yozadi, ularda bizning Quyosh sistemamiz kabi ko‘psonli olamlardan to‘plangan cheksiz Koinot ta’limoti haqida bayon qilingan. Bruno Kopernikni juda qadrlar va u Ptolemey, Gipparx va ularning boshqa barcha izdoshlaridan ancha yuqoridir. deb hisoblaydi.
Koinotning cheksizligida, harakat va osudalikning nisbiyligi borasida Bruno Kuzanskiyning fikrlarini ma’qullaydi va o‘zining
Dialog.larida uning nomini hurmat bilan qayta-qayta tilga oladi.
Brunoning Buyuk San’at. kitobini o‘qigan Mochenigo uni oltin topish sirlari va boshqa alkimyo bilimlarga ega deb o‘ylaydi va Brunoni uyiga taklif qiladi. U Brunodan alkimyo san’atidan saboq olish niyatida ekanligini bildiradi, evaziga unga boshpana va qaramoqlikni va’da beradi. Bruno bergan dars va saboqlari Mochenigoni qanoatlantirmaydi, uning erkinlik bilan yo‘g‘rilgan va keng dunyoqarashi esa farosatsiz va johil venetsianlikni cho‘chitib yuboradi. Bruno tezda o‘z xatosiga tushunib yetadi va Mochenigo bilan hayirlashib, Frankfurtga qaytib ketmoqchi bo‘ladi. Biroq Mochenigo undan chaqqonroq chiqib, inkvizitsiyaga Bruno ustidan yumaloq xat yozadi va 1592 yilning mash’um 23 may kunigacha, ya’ni, Bruno inkvizitsiya tomonidan hibsga olingunga qadar uni tutkunlikda tutib turadi. Bruno yetti yildan ortiq vaqtini avval venetsian, keyinchalik rim qamoqlarida qiynoqlarga chidash berdi. 1600 yilning 17 fevralida Bruno Rimdagi Gullar maydoni (Kampo del Fiore) da gulxanda yoqib yuboriladi. Hozirda u yerda Brunoga haykal o‘rnatilgan.
XVI asr o‘rtalarigacha Yevropada astronomiyaga matematikaning ilovasi, qo‘shimchasi sifatida qaralardi. U yoki bu nazariyaning maqsadi kuzatilayotgan hodisalarni tushuntirishdan iborat bo‘lsada, kuzatuvlarning o‘zi ancha noaniq va sharoitga qarab tasodifan o‘tkazilardi. Eng muhim astronomik kattaliklar hanuzgacha yangi kuzatuvlardan emas, balki qadim allomalar asarlaridan olinardi. Yevropada aniq kuzatuv astronomiyasi dahosi deb daniyalik astronom Tixo Brageni (1546-1601) aytish mumkin. U Yevropada ilk bor muntazam kuzatuvlarga maxsus ihtisoslashgan astronomik rasadxonani bunyod etdi va Yevropa uchun yirik va noyob bo‘lgan asboblar qurdi. Tixo Brage yoritkichlarning harakatlari va vaziyatlarini u davr uchun mislsiz aniqlikda topaolgan. Tixo Brage butun hayotini astronomik kuzatuvlarining aniqligini oshirish uchun sarfladi. Teleskop ixtiro qilingunga qadar kuzatuvlar qurollanmagan ko‘z bilan dioptr (tuynuk)li burchak o‘lchov asboblar yordamida olib borilardi. Bunday vizual kuzatuvlar aniqligini sezilarli oshirish faqat bir yo‘l, u ham
bo‘lsa, asboblarning (kvadrant, sekstant) o‘lchamlarini oshirish yo‘li bilan erishilardi. Bragedan bir yarim asr oldin shu yo‘ldan borgan Ulug‘bek ayniqsa katta muvaffaqiyatlarga erishdi. U haqida xech narsani bilmagan Tixo Brage ham shu yo‘ldan bordi. Yoritkichlar orasidagi burchak masofalarni o‘lchashda u zamondagi yevropaliklar uchun beqiyos aniqliklarga erishdi. Kuzatuvlar aniqligini oshirishda ko‘psonli texnik takomillashtirishlar va o‘zi tomonidan ilk bor
yaratilgan va foydalanilgan yangi kuzatuvlar uslubiyatining ahamiyati katta bo‘ldi. Kuzatuv uslubiyati zamonaviy amaliy astronomiyaga asos soldi. Tixo Bragening xizmatlaridan eng kattasi-yevropalik astronomiya tarixida ilk bor sistematik ko‘pyillik astronomik kuzatuvlarni tashkil etishi va o‘tkazishi bo‘ldi. Tixo Brage ilmiy uslubining ajoyib xususiyati shunda ediki, u kuzatuvlarni shunchaki ko‘r-ko‘rona o‘tkazish uchun emas, balki sayyoralar olami tuzilishiga oid yangi nazariya va gipotezalar yaratish uchun vosita deb qarardi. U butun hayoti davomida sayyoralar harakatining aniq nazariyasini yaratish orzusi bilan yashadi, chunki u davrda mavjud bo‘lgan barcha astronomik jadvallardagi eng katta xatoliklar aynan sayyoralar vaziyatlarini hisoblashlarida yo‘l qo‘yilar edi.
Tixo Brage Kopernikning geliotsentrik tizimini qabul qilmadi va 1588 yilda o‘zining kompromiss va g‘aroyib tizimini e’lon qildi, unda qo‘zg‘almas Yer Koinot markazida joylashar, uning atrofida Oy bilan Quyosh aylanar, va nihoyat, Quyosh atrofida qolgan beshta sayyora harakatlanar edi.
Tixo Brage o‘zining Mars kuzatuvlaridan olgan natijalari yordamida mana shu barcha sayyoralarga tatbiq etilgan tizimni yoqlab chiqmoqchi edi. Lekin vaqti yetishmasligi va yetarli darajada matematik bilimga ega bo‘lmaganligi sababli Tixo Brage o‘ziga yordamchi etib yosh nemis matematik va astronom Iogann Keplerni taklif qiladi. Bragening istagi va vasiyatiga qarshi, uning Marsni keng va aniq kuzatuvlari sayyoraviy tizimi tuzilishining geliotsentrik tamoyilining to‘g‘riligini isbotlab berdi va uning negizida osmonning haqiqiy mexanikasi poydevori qurildi.
Iogann Kepler 1571 yil 27 dekabrda Veyl shaharchaga yaqin joylardan birida dunyoga keldi. Uning otasi Genrix Kepler sinib qashshoqlashib ketgan dvoryanlardan bo‘lib, oddiy askarlikda xizmat qilardi. G.Kepler qishloqdagi yemakxona egasining qiziga uylangan edi. Turmushlari nosoz bo‘lgani uchun ota-ona tez-tez janjallashib turishar va bola bobosinikida tarbiya olardi, Iogann olti yoshga to‘lganda bobosi uni maktabga kiritib qo‘yadi. Bu vaqtda ota-ona qaytib kelishadi va ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun yemakxona ochishga qaror qilishadi hamda bolani mijozlarga xizmat ko‘rsatishi uchun yordamchi etib olishadi. Shunday qilib kelajakda buyuk olimning mashaqqatli hayot yo‘li boshlanadi.
Oxir oqibat oila yana to‘zib ketdi, ota askarlikga ketib qaytib kelmadi. Nimjon, qasalmand bola yaxshi yordamchi bo‘laolmadi va uni monastir qoshidagi maktabga berishga qaror qilindi, u maktabni ikki yilda muvaffaqiyatli tugatdi. U yerdan bola oliy tabaqadagi diniy maktabga o‘tkaziladi, uch yildan so‘ng qobiliyatli o‘quvchi sifatida Tyubingen seminariyaga o‘qishga qabul qilinadi, uni bitirgandan so‘ng, 1591 yil 11 avgustda keyinchalik universitetga aylantirilgan Tyubingen
akademiyasi stipendiati etib qoldiriladi. Kepler oldida diniy yo‘nalishdagi faoliyatiga yo‘l ochilgan edi. Protestant cherkov undan o‘zining bo‘lajak dinshunosini kutardi. Lekin ishlar boshqacharoq tus oldi. U davrda Tyubingenda astronomiya va matematikadan darslarni o‘z fanlarini yaxshi bilgan va Kopernik ta’limotini qabul qilgan buyuk pedagog M.Mestlin olib borardi. U Keplerda astronomiyaga qiziqishni uyg‘otdi, Kopernik kitobi bilan tanishtirdi, natijada Kepler yangi ta’limotining qaynoq tarafdori bo‘lib qoldi. Shundan boshlab Keplerning diniy faoliyati tamom bo‘ldi. Akademiyani 1593 yilda muvaffaqiyat bilan bitirgan Kepler uning kuchli qobiliyat va bilimlarini bildiruvchi attestat oldi, biroq diniy faoliyat yuritishga uquvsiz deb topilib, matematika va falsafa o‘qituvchisi sifatida Gratsdagi o‘quv yurtga yuborildi.
Gratsda Keplerga nafaqat o‘qituvchilik, balki taqvim va goroskoplar tuzish hamda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Shug‘ullanishga majbur bo‘lgan astrologiyaga u tirikchilik manbai sifatida qarardi. Uning aytishicha, astrologiya astronomiyaning qizidir, va garchi qonunsiz bo‘lsada, onasini boqib turishga majbur, aks holda u ochidan o‘lib qolishi mumkin..
Astronom Kepler astrologiya bilan majburan shug‘ullanardi, o‘zi tuzgan taqvimlariga astronomik va meteorologik bashoratlarni kiritib kun kechirardi. U davrga kelib Kepler uylangan va uning iqtisodiy holati anchagina ayanchli edi.
O‘sha yillardayok Keplerni sayyoralar orbitalari orasidagi sonli munosabat g‘oyasi qiziqtirar edi. U vaqtda ma’lum bo‘lgan sayyoralarning soni Yer bilan birga oltitasini tashkil etardi va ularning Quyoshgacha bo‘lgan masofalar orasidagi sonli nisbatlarni aniqlash masalasi osondek tuyulardi. Kepler pifagoriylarning son barcha narsalarning borlig‘idir. degan g‘oyasini tan olar va sayyoralar sferalarining sonli garmoniyasini. topishga urinardi. Turli yechimlarning kombinatsiyalarini taxminlagan Kepler nihoyat geometrik chizma usulini topadi, bunga binoan sayyoralardan Quyoshgacha bo‘lgan masofalar quyidagicha geometrik tuzilma orqali aniqlanadi: Quyoshga eng yaqin bo‘lgan Merkuriy sferasi atrofida sakkiz qirralik chiziladi, uning atrofiga ikkinchi, Venera sferasi joylashtiriladi. U sfera atrofida yigirma qirralik chiziladi, uning atrofiga uchinchi, Yer sferasi tortiladi. Yer sferasi atrofida o‘n ikki qirralik yasalib, uning atrofiga to‘rtinchi, Mars sferasi chiziladi; undan so‘ng tetraedr va uning atrofiga Yupiter sferasi; Yupiter sferasi atrofiga olti qirralik yasalib, Saturn sferasi chiziladi.
Bu narsaning ustida ishlash jarayonida men sayyoralarning masofalari va aylanish davrlarini yaxshilab yodlab oldim. deb yozadi Kepler. Kelajakda bular unga asqotadi. Kepler umrbod o‘zining farzandidek bo‘lib qolgan va 1596 yilda Kosmografik sir. nomi ostida bosib chiqarilgan birinchi asariga iliq munosabatini saqlab qoldi. U bu kitobini mashhur daniyalik astronom Tixo Bragega (1546 – 1601) hamda italiyan astronom Galileyga yuboradi. Mohir kuzatuvchi, o‘z ishining ustasi Tixo Brage Kopernik tizimini qabul qilmagan edi, shuning uchun Keplerning asosiy g‘oyasini sovuqqina qarshi oldi. Aytib o‘tish joizki, bu g‘oya haqiqatdan ham vaqt tekshiruviga dosh berolmadi, biroq, Keplerning yaxshi hisob-kitob olib borishi Bragega ma’qul tushadi va uni yoniga birga ishlashni taklif qiladi. Galileyda esa Kepler yangi dunyoqarash uchun kurashda o‘ziga maslakdosh topgandek bo‘ldi va ikkala buyuk olim o‘zaro yozishmalaridan bu mashaqqatli kurash uchun quvvat olar edilar.
Siyosiy hodisalar tufayli Keplerning moddiy ahvoli yomonlashdi. Gras joylashgan Shtiriyada katolik diniy reaksiya kuchayib ketganligi sababli Kepler Vengriyaga qochishga majbur bo‘ladi. Bir yildan so‘ng u Gratsga qaytadi va u davrga kelib Pragaga ko‘chib kelgan Tixo Bragening taklifini qabul qiladi. Tixo Brage butun kuch va mulkini astronomiyaga bag‘ishlagan buyuk astronom edi. Daniyada uning ixtiyorida orol bo‘lib, unda u Uraniyenburg deb nomlangan butun boshli astronomik shaharchani barpo etgandi. Yosh daniyalik qirolning ayonlari bilan kelisholmay qolgan Tixo Uraniyenburgni tashlab Pragaga ketadi, u yerga yaqin orada Kepler ham yetib keladi. Brage bilan uzoq vaqt ishlash Keplerga nasib etmaydi, chunki tez orada Tixo vafot etadi. Uning o‘ttiz besh yil davomida olib borilgan kuzatuvlarning natijalari yozilgan jurnallar Kepler qo‘liga o‘tadi va u astrologik bashoratlar tuzishni davom ettirgani holda bu ulkan materiallarning qayta ishlovini boshlab yuboradi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish