O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
“ANIQ FANLAR” KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
___________ E.M.Muxtorov
“_____”______________ 2021-yil
“FIZIKA VA ASTRANOMIYA TARIXI”
fanidan
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100 000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110 000 – Ta’lim
Ta’lim yo’nalishi: 60110700 – Fizika va astranomiya
Buxoro – 2021-2022 y
Fan/modul kodi
FAT1206
|
O‘quv yili 2021/2022
|
Semestr
2
|
ECTS – Kreditlar
6
|
Fan /modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
|
Fizika va astranomiya tarixi
|
54
|
66
|
120
|
|
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti kengashi 2021-yil ____sentyabrdagi_____- sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Fizika va astranomiya tarixi” fani o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
M.R.Nazarov – BuxDUPI “ Aniq fanlar” kafedrasi dotcenti, t.f.n.
U.A. Narzullayev- BuxDUPI “ Aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
T.D. Jurayev – BuxDU “Fizika ” kafedrasi dotcenti, t.f.n
M. I. Daminov -BuxDUPI “Anik fanlar” kafedrasi dotsenti p.f.n.
Fanning o’quv dasturi “Aniq fanlar” kafedrasining 2021-yil __ - dagi 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashi muhokamasiga tavsiya еtilgan.
Kafedra mudiri: dots. M.R. Nazarov
Fanning ishchi o’quv dasturi “Tabbiiy va gumaitar fanlar” fakulteti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021-yil __ sentabrdagi 1-sonli bayonnoma).
“ Tabiiy va gumanitar fanlar”
Fakulteti dekani N.I. G‘aybullayeva
Mundarija
І
|
O‘quv materiallari
|
Betlar
|
1.1
|
Ma`ruza matnlari
|
|
1.2
|
Amaliy mashg‘ulot materiallari
|
|
ІІ
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
ІІІ
|
Fan dasturi
|
|
ІV
|
Ilova
|
|
4.1
|
Glossariy
|
|
4.4
|
Adabiyotlar ro`yxati
|
|
Ma`ruza matnlari
Kirish
Fizika va astranomiya tarixi fanning asosiy maqsadi - fizika va astranomiya sohasida kashf etilgan qonuniyatlarni o‘rganish va shunungdek mazkur faning rivojlanish tarixi haqida talabalar ongida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Fan tarixining asosiy vazifasi fanning rivojlanishini boshqaruvchi qonuniyatlarini topishdan iborat. Fanning rivojlanishi jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun fanning rivojlanishin o‘rganish jamiyat qonunlarini o‘rganish bilan birga boradi. Fizika tarixi fani bu fan haqidagi fandir. Fizika tarixini bilishdan oldin talabalar fanni, undagi qonuniyatlarni yaxshi bilishlari talab etiladi. Shu bilan birgalikda fan talabalarni fikrlash doirasini rivojlantirish va g‘oyaviy tarbiyalash vazifalarni ham bajarish kerak.
1- Ma’ruza . Fizika va astronomiya tarixi faniga kirish
Ma’ruza rejasi
Fizika fani taraqqiyoti davrlari. 2. Qadimiy sharq davlatlari- Bobil, Mesopotamiya, Xitoy, Xindiston va Misrda fan va stivilizatsiyani paydo bo’lishi hamda rivojlanishi.
Fanning maqsad va vazifalari. Insoniyatga o’zi yashayotgan olam, borliq haqidagi ma’lumotlar, bilimlar tayyor holda berilmaydi, balki inson o’z hayoti davomida tajriba va kuzatish vositasida bilim ko’nikma malakaga erishadi. Demak, bilish jarayoni ma’lum bir tarixga egadir. Har qanday nazariyaning fannining, shakllanishi, rivojlanishi o’ziga xos xususiyatga ega. Masalan, maktab o’quvchisiga ma’lum bo’lgan Nyuton qonunlari minglab yillar davomida shakllanib bordi, qariyb ikki yuz yildan so’ng bu qonunlar faqat yorug’lik tezligidan ancha kichik tezliklar uchun o’rinli ekanligi ayon bo’ldi. Demak, bu nazariya nisbiylik nazariyasiga o’z o’rnini bo’shatib berdi. Bundan ko’rinadiki fan shakllanib rivojlanib ma’lum bir tarixiy davrni o’taydi, ya’ni o’zining rivojlanish tarixiga ega. Fizika tarixi fani fizika fanining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Har qanday fanning asosiy vazifasi o’zi amal qilayotgan sohaning qonunlarini kashf qilishdan iborat. Fan tarixining asosiy vazifasi fanning rivojlanishini boshqaruvchi qonuniyatlarini topishdan iborat. Fanning rivojlanishi jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bevosita bog’liq bo’lganligi uchun fanning rivojlanishin o’rganish jamiyat qonunlarini o’rganish bilan birga boradi. Fizika tarixi fani bu fan haqidagi fandir. Fizika tarixini bilishdan oldin talabalar fanni, undagi qonuniyatlarni yaxshi bilishlari talab etiladi. Shu bilan birgalikda fan talabalarni fikrlash doirasini rivojlantirish va g’oyaviy tarbiyalash vazifalarni ham bajarish kerak.
Yuqorida qayd qilinganligi kabi “Fizika tarixi” fan haqidagi fandir. Talabalar fan tarixini o’rganishlari uchun fizikaning asosiy qonunlarini fizik hodisa va jarayonlarni tavsifini, fanning uslubiy va tarbiyaviy jihatlarini bilishi lozim. Kurs davomida talabalar ko’hna davr fizikasidan tortib hozirgi davrgacha bo’lgan qarashlar, nazariyalarni tahlil qila olishlari, allomalarni hayoti haqidagi tarixiy lavhalarni bilishlari, O’zbekistonda fizika fanining taraqqiyot, ilmiy izlanishlar haqida tasavvurga ega bo’lishlari lozim . Fizika tarixining mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy ishlab chiqarish usullari, jamiyatning butun hayoti uchun, shu jumladan, fan uchun zarur zaminni yaratadi. Fizikaning rivojlanish qonuniyatlari tarixini o’rganish bilim nazariyasini boyitishda hamda hozirgi davrda Fan va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini bilishda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fanning rivojlanishida iqtisodiy va siyosiy omillardan tashqari mantiqiy, ya’ni fandagi mavjud ichki qarama-qarshiliklar ham muhim omil bo’lib hisoblanadi. Masalan: yorug’lik tabiati to’g’risidagi ikki xil nazariya (dualizm) zarracha va to’lqin nazariyasi o’rtasidagi qarama-qarshilik va h.k.
Hozirga qadar fizika tarixi to’g’risida turli tillarda juda ko’p darsliklar, asarlar yozilgan. Ammo ushbu asarlarning aksariyatida tabiiy fanlar, shu jumladan, fizika tarixi — bir yoqlama, ya’ni yYevropacha usulda yozilgan. O’rta asrlar (V — XV asr) da fizikaga ulkan hissa qo’shgan Sharq, ya’ni musulmon sharqi tamoman yoritilmay kelindi. Ushbu davrda fan va madaniyat "musulmon renessansi" (X - XII) deb yuritiladi va u eng qadimgi dunyo (ellinlar) fani va madaniyati bilan XVII — XVIII asr Ovrupo madaniyati o’rtasida bog’lovchi (ko’prik) vazifasini o’tagan.
O’zbekiston Respublikasi 1997 yilda milliy ta’lim konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu dasturda qayd etilishicha, ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish ko’zda tutilgan. Ushbu muammo darsliklarni, o’quv dasturlarini milliy mafkuraga mos holda tuzishni taqozo etadi. Fizika tarixi, ta’lim tarbiya jarayonining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan tarixiy adolatsizlikni tuzatish maqsadida o’rta asrda Sharq fani va madaniyatini o’quv dasturlariga kiritish tarixiy zarurat bo’lib hisoblanadi. Masalani ikkinchi tomoni Respublikamiz hayotida milliy mafkura shakllanayotgan hozirgi kunda yoshlarga sharq fani va madaniyatini o’rta asrlarda rivojini ochib berish orqali Ona zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar: Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, al- Xorazmiy, al-Farg’oniylar hayoti va ularning fan olamiga qo’shgan ulkan hissalarini yoshlarga yetkazish orqali ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi hissiyotlarni ham yuzaga keltirgan bo’lamiz. Milliy mafkuramizning maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, milliy qadriyatlarimizning asosi hisoblanmish buyuk allomalarimizning boy madaniy merosini yetarli darajada o’rganmasdan turib uni amalga oshirib bo’lmaydi. O’rta asrda sharqda fan va madaniyat markazlari bo’lib 1) Bog’dodda al-Ma’mun, 2) Xorazmda Ma’mun va 3) Samarqandda Ulug’bek akademiya maktablari hisoblanadi.
XIV-XVI asrlar O’rta Sharqda temuriylar renessansi deb atalmoqda. Ushbu davrda: Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Jomiy, Kamol Xo’jandiy, Behzod, Mirxond va Bobur singari avlod-ajdodlarimizning jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissalari yoritilmay kelinayapti.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi jahon miqyosiga chiqayotgan bir paytda uning milliy mafkurasini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizni, milliy g’ururni, vatanparvarlikni yoshlar ongiga singdirishda avlod-ajdodlarimizning fan va madaniyatga qo’shgan hissasini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, milliy merosimiz juda ham kam o’rganilgan, ularni o’rganishdan kutilmagan yangiliklar kelib chiqishi mumkin.
O’rta asrlarda yetishib chiqqan allomalar qomusiy olimlar bo’lishgan: Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Forg’oniy, Ulug’bek, Beruniy, Forobiylar tabiiy fanlar qatorida, musiqa, til, mantiq, tarix fanlari sohalarida ham zabardast asarlar yaratishgan.
Astronomiya va fizika fani juda qadim fan bo‘lib, bundagi bilimlar jamiyat ehtiyoji va talablaridan kelib chiqqan holda rivojlangan. Uning rivojiga bir qancha omillar sababchidir. Shu sabablarni tahlil qilar ekanmiz, astronomiya rivojlanishiga nafaqat turgan joylarini bilish, vaqt hisoblash va taqvim masalalarini emas, balki osmon yoritkichlarini kuzatuvlari orqali osmonda bo‘lib o‘tadigan turli hodisalarni avvaldan bashorat qilaolishni ham qo‘shishimiz mumkin. Bu bashoratlar qisman tasdiqlanib borilishi sohta fan, ya’ni, astrologiyaning kelib chiqishiga olib keldi. O‘z navbatida, astrologiyaga astronomiyani rivojlantiruvchi omillaridan biri deb qarashimiz mumkin. Bu ayniqsa, o‘rta asrdagi O‘rta Osiyo va Xitoy mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularda osmon yoritkichlarining vaziyatlariga qarab nafaqat omadli yoki omadsiz kunlarni belgilash, balki biror bir insonning taqdirini hal qilish ham mumkin deb hisoblangan.
Astronomiyaning rivojlanishiga yana bir omillaridan biri ayrim osmon yoritkichlarning o‘zaro vaziyatlari, shakllari inson va jonli olamga real biologik bog‘lanishi kuzatilishi bo‘ldi. O‘rta asrlarda bu ko‘rinish tabobat (shifokorlik) bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. O‘rta asrda astronomiya fanining keskin rivojlanishiga sabablaridan yana biri o‘sha davrdagi deyarli barcha olimlarning, o‘z ixtisosliklaridan qat’iy nazar, astronomiya bilan shug‘ullanishlari lozimligidir. Masalan, o‘sha davrdagi ihtiyoriy yirik olimni olib qaraydigan bo‘lsak, u albatta astronomiya bilan ham shug‘ullanib kelgan. Bunga sabab shundaki, astronomiya inson oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan bir qancha masalalarni qo‘yaolgan, shu bilan bir qatorda, boshqa sohalardagi masalalar yechimlarini osmon yoritkichlari kuzatuvlari orqali topishga yordam bergan. Bunga misol qilib, odatda, Yerda xali ma’lum bo‘lmagan geliy gazi ilk bor Quyoshda topilishi, XX asrga kelib yadro energiyasi masalasi o‘rtaga tashlanganda, unga misol qilib Quyoshda sodir etilayotgan termoyadroviy reaksiyasi ko‘rsatilishi bo‘ldi.
Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, astronomiya boshqa fan bo‘limlarining, masalan, optika, matematika, kimyo, biologiya va yana bir qancha fanlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi va ular orqali o‘zi ham beqiyos rivojlandi. Buni hozirgi ilmiy til bilan teskari bog‘lanish deyiladi. Inson atrof olam haqidagi bilimlarini bir paytda va tayyor holda qo‘lga kiritmagan. Bu bilimlar, xususan, astronomiya fandagi bilimlar ham insoniyatning minglab yillar rivojlanishi yo‘lida to‘planib kelingan. Insoniyat bilimsizlikdan bilishlikga uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan va bu yo‘lda o‘z bilimini uzluksiz, tinimsiz mukammallashtirib keldi. Bu bilimlar avloddan avlodga o‘tib keldi va hozirgi fanlar negizini tashkil etdi.
Hozirda astronomiya fani rivojlanishiga ulkan imkoniyatlar bor. Bu imkoniyatlar kosmik texnika, elektronika, kompyuter va optik asbobsozlik sohalarining rivojlanishidan kelib chiqqan. Inson bir vaqtlar o‘zga sayyoralarga yetishni orzu qilgan va hozirda bu orzular sekin astalik bilan amalga oshib kelmoqda. Bu orzularning ushalishida qisman eng qadimiy, shu bilan birga eng navqiron, boshqa fanlar qatori fanlarning ichida sarasi bo‘lgan astronomiyaning ham ulushi bor.
Inson o‘zi yashayotgan dunyo haqidagi bilimlarini bir paytda va tayyor, mukammal holda qo‘lga kiritmaydi. Insoniyat bilimsizlikdan bilishlikka juda uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi va bosib o‘tishni davom etmoqda hamda bu yo‘lda to‘liq bo‘lmagan va nomukammal bilimlarini tinimsiz to‘ldirib, takomillashtirib boradi. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, bilim tarixiydir, fan o‘z tarixiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham, fan tarixi paydo bo‘lgan zamondanoq bu tarixni o‘rganish ehtiyoji tug‘iladi.
Umuman olganda, har bir tadqiqotchi u o‘rganayotgan masalada undan oldin nima ishlar qilinganligi haqida xabardor bo‘lishi, ungacha bo‘lgan ajdodlar qo‘lga kiritgan natijalarga tanqidiy nazar bilan qaramog‘i lozim. Boshqacharoq aytadigan bo‘lsak, tadqiqotchi u yoki bu darajada tarixchining ishini bajarmog‘i kerak. Bo‘sh joyda bajariladigan ishlarning o‘zi bo‘lmaydi, har bir yangi avlod ishini undan oldingilari to‘xtatgan joyidan davom ettirib ketadi va bajargan qismini keyingi avlodga topshirib ketadi. Bilishlik rivojlanishining jarayonini o‘rganish maxsus fan – fan tarixi vazifasini tashkil etadi. Astronomiya tarixi astronomiya fanining rivojlanishini o‘rganuvchi fandir.Ixtiyoriy fanning asosiy vazifasi shu fan shug‘ullanadigan sohadagi amal qilinadigan qonunlarni ochishdir. Shunday qilib, fan tarixining asosiy vazifasi shu fanning rivojlanish jarayonlarini boshqaradigan qonunlarni topishdan iborat. Tashqaridan nazar tashlaganda fan tarixi ayrim daholarning boshqaruvsiz va nazoratsiz faoliyatidek tuyuladi. Shubhasizki, fan insonlarning faolligi natijasidir, natijasi bo‘lganda ham eng murakkab va eng nozik faollikning, ya’ni, bilishlik, ijodiy faolligining mevasidir. Biroq, fanning rivoji katta ahamiyatga ega ma’lum tarixiy sharoitlarda kechadi, bu sharoitlarni esa ilmiy tahlil qilish imkoni bor.
Fan tarixi muhim uslubiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayrim hollarda bilimlarni tarixiy ma’lumotlar orqali berish eng yaxshi samarali yo‘l bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, masalan, astronomiya o‘qituvchisiga astronomiya fanining tarixini bilish zarurdir, u o‘qituvchini ilmiy va uslubiy tomondan qurollantiradi. Fan tarixi fanga bo‘lgan muhabbat, mehr va hurmatni tarbiyalaydi, to‘g‘ri dunyoqarash, ma’naviy insoniy fazilatlarning shakllanishiga, fanni e’zozlashga yordam beradi.
Astronomik bilimlar juda qadimdan paydo bo‘lgan. Bu bilimlar jamiyat ehtiyoji va talablaridan kelib chiqqan holda to‘plangan. Odatda bu ehtiyojlarning ikkitasi ko‘rsatiladi, bular turli migratsiyalarda (ko‘chishlarda) oriyentirlanish ehtiyoji va qishloq xo‘jalik ishlarida reglamentatsiyasi, ya’ni, vaqt taqsimotidir. Astrologiyaning kelib chiqishi ham juda qadimga borib taqaladi va o‘rta asrlarga qadar u amaliy astronomiyaning ajralmas qismi deb hisoblanib kelingan. Ayrimlarning fikricha, astrologiya ba’zi ijtimoiy ehtiyojlar tufayli amaliy astronomiyadan ajralib chiqqan va keyinchalik paydo bo‘lgan. Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra real amaliy astronomik bilimlar avvaldan astrologik bilimlar doirasida to‘planib kelingan va astronomiya astrologiyadan osmonni yalpi ilohiylashtirish. jarayoni parchalanishi natijasida kelib chiqqan. Bu parchalanishning sabablari odatda izohlanmaydi va tushunarsiz bo‘lib qolib ketmoqda Barcha bu g‘oyalar va fikrlar jiddiy e’tirozlarga uchramagan. Lekin, qadimgi jamiyatda astronomik oriyentatsiya tizimlaridan farqli boshqacha oriyentatsiya usullari ham qo‘llanilgani ma’lum, unda astronomik bilimlar kelib chiqish omillari rivojlanmay qolishi mumkin edi. Shuningdek, astronomik kuzatuvlarga qiziqish ishlab chiqarishdan oldin paydo bo‘lgan, ya’ni, qishloq xo‘jalik ishlarining vaqt taqsimoti ham rivojlanishga turtki bo‘lmaganga o‘xshaydi. Miqdoriy empirik bilimlarni to‘plash yozuv rivojlanishisiz tasavvur etish qiyin, lekin qadimiy astronomik bilimlarni tadqiq etishda xuddi shunday jarayonni kuzatish mumkin. Astrologik bilimlarning kelib chiqish va rivojlanish sabablari noaniq bo‘lib qolmoqda. Amerika qit’asidagi avtonom rivojlanib kelayotgan sivilizatsiyalarda astrologiya juda muhim rol o‘ynab kelgan. Modomiki shunday ekan, astrologiyaning paydo bo‘lishi qadim jamiyat rivojlanishining ma’lum bir ijtimoiy pogonasi rivojining qonuniyatini anglatmasmikan? Bu qanday qonuniyatlar bo‘lishi mumkin?
Stounxendjning ko`rinishi
O‘zbekiston xududida megalit davriga mansub bunday turdagi inshootlar qoldiqlari topilmagan, ammo ancha kechgi davrga mansub topilma – bu eramizdan avvalgi IV – I asrlarda qurilgan qadimgi rasadxonalaridan biri bo‘lib, qadimgi Xorazmning poytaxti Hiva yaqinidagi Qo‘yqirilgan qal’adagi rasadxonadir. [19, 20] larda ma’lumot berilishicha, Qo‘yqirilgan qal’a To‘ron pasttekisligining markazida, To‘rtko‘l shahridan 22 km shimoliy sharqda eski Oqchadaryo irmoqlarining yuqori janubiy yalangliklarida joylashgan. Rasadxona umumiy yuzasining to‘rtdan bir qismini egallagan bo‘lib, sharq- g‘arb yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan 4 ta zinapoya va 8 ta xonadan iborat bo‘lgan. Yetti metr qalinlikdagi deraza-teshikli silindrsimon qal’a binosi osmonning kichik-kichik qismlarini kuzatish, binobarin, muayyan kunlarda, masalan, bahorgi tengkunlik vaqtida Quyosh yoki yulduz chiqishini katta aniqlikda etish imkonini bergan.Rasadxonaning I-VII xonalaridan 7 ta trapetsiyasimon tuynuqlar qo‘yilgan: shundan 3 tasi janubda – II, IV, VI xonalardagi yuqori yo‘nalish bo‘ylab ufqga nisbatan mos holda 6, 4, 3, ostida ochilgan tuynuklar, ikkitasi shimolga qaragan, mos holda 2, 3 – ostidagi III, VII xonalardagi va sharq-g‘arb yo‘nalishida I, V – xonalarda 4 ostida bittadan tuynuqlar mavjud. VIII- xonadan tuynuk topilmagan. I-VIII xonalarning joylashishi, qal’a o‘rni tanlangan kenglik va uzunlik nuqtalari tasodifiy bo‘lmagan, umuman qal’aning geometrik shakli bilan olam tomonlarining o‘zaro mosligi Qo‘yqirilgan qal’ada falakiyot fani markazlaridan biri joylashganligini ko‘rsatadi.
Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasini Qo‘yqirilgan qal’adagi 1938, 1950-1957 yillar davomidagi tekshiruvlari natijasida markaziy binodagi tuynuklardan o‘z zamonasidagi osmon yoritkichlarini o‘rganish uchun kuzatuvlar olib borilganligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |