Termoelektr hodisalari. 1821 yilda Tomas Zeyebek (1770 — 1831) vismut va mis simlari kontakti qizdirilganda, uning yaqinida turgan magnit strelkasi burilishini kuzatadi.
Bu hodisa 1823 yilda Ersted va Furye tomonidan izohlanib termoelektr nomi bilan ataladi. 1834 yil Jan Sharl Peltye (1785- 1845) tokli o’tkazgichda temperaturaning taqsimlanishini o’rganayotib turli metallar kontaktlarning birida issiqlik ajralib chiqishi va ikkinchisida yutilishi, ya’ni sovushi ham mumkinligini kuzatadi. Bu hodisa hozirda Peltye effekti deb ataladi.
Termoelektr hodisalarining mohiyati metallar tuzilishining elektron nazariyasi yaratilgandan keyin ma’lum bo’ldi.
J oul qonuni. 1841 yilda Joul o’tkazgichdan tok o’tganda ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori Q~R, Q ~ J2 va Q~t ekanligini, ya’ni Q=k·J2 ·R·t ochadi. U o’z tajribasida kallorimetrdan foydalanadi. 1844 yil Peterburg shahrida Lens Joul tajribasini takrorlab, generator tashqi zanjirga maksimal issiqlik miqdori berishi mumkin, agar tashqi zanjir qarshiligi generatorning ichki qarshiligiga teng bo’lsa degan xulosaga keladi (R ⋲ r). Bu kashfiyotlar elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi zamonaviy elektr isitgich asbob-uskunalarni yaratishda asos bo’ldi.
1820 yilda Ersted tajribasidan keyin elektr va magnit hodisalari o’rtasida o’zaro bog’lanishni o’rganishga qiziqish ortadi. Elektr toki magnit maydonni hosil qilar ekan, o’z navbatida magnit maydoni elektr tokini yuzaga keltiradimi?, degan savol tug’iladi. Ushbu savolga javob izlab 1831 yilda M.Faradey o’zining buyuk kashfiyotini ochadi.
M.Faradey
(1797-1867)
U o’z tajribasida juda oddiy asbob-uskunalardan foydalangan edi. U temir xalqaga izolyasiyalangan simdan ikkita o’ram o’raydi, birinchi o’ram tok manbaiga, ikkinchisini esa galvanometrga ulaydi. Birinchi g’altak tok manbaiga ulangan paytda, 2- o’ramdagi galvanometr strelkasi keskin og’adi va 2 - konturda tok vujudga kelganligini qayd etadi. Bu hodisa magnit ta’sirida elektr toki vujudga kelganligini ko’rsatadi. Bu hodisani Faradey elektromagnit induksiya deb atadi. Faradeyning bu kashfiyoti o’zgaruvchi tok manbalari - elektr generatorlarini, zamonaviy texnika asbob va uskunalarining yasalishiga asos bo’ldi. Induksion tok yo’nalishini Emil Xristianovich Lens 1834 yilda aniqladi va u hozirda Lens qoidasi deb yuritiladi. Elektromagnit induksiyaning ochilishi zamonaviy fan va texnikani rivojiga ulkan hissa qo’shdi.
K G
Do'stlaringiz bilan baham: |