Nazorat uchun savollar:
1. “Biror narsani isbotini topish men uchun Persid shoxligini ishg‘ol qilishdan xam muximdir”- degan epigrafni mazmuni nimadan iborat va uni kim aytgan?
2. Antik fanning xarakteri, Sharq fanining xarakteridan kaysi jixatlari bilan farq qilar edi?
3. “Matematikani bilmagan kishi bu binoga kirmasin” degan yozuv qachon va qayerda yozilgan edi?
4. “Mexanika” so‘zining mazmuni nimadan iborat?
3- Ma’ruza. O’rta asr sharq, arab mamlakatlarida fizikaning rivojlanishi. lmiy nujum rasadxonasi va u yerda bajarilgan ilmiy tadqiqotlar.
Ma’ruza rejasi.
Sharq allomalarining tabbiy fanlar rivojiga qo’shgan xissasi.
Ilmiy maktab va akademiyalarning tashkil topishi. Sharqning fan akademiyalari va dorulfununlari. Ilmiy markaz va maktablarning paydo bo’lishlari.
Ulug’bekning Samarqanddagi ilmiy maktabi va akademiyasi. O’rta asrda musulmon sharqida fizika-matematika fanlarining rivojlanishi. Katta ahamiyatga ega bo’lgan zijlarning paydo bo’lishi.
O‘rta asrlar (IX-XV) nafaqat astronomiya yoki falsafa uchun emas, balki barcha fanlar tarixi qora zulmat ichida qoldi deb hisoblanadi, chunki ma’naviy hayot batamom yangi rivojlanib kelayotgan markazlashgan din shakllariga tobe qilingan edi. Yevropada bu nasroniylar dini hukmronligi edi. Diniy fanlarda aqidaparastlik va an’anaviylik hukm surardi, bu esa atrof tabiatni mustaqil o‘rganishga imkon qoldirmasdi. Tabiatni o‘rganish o‘rniga Bibliyani (nasroniylarning muqaddas kitobi) hamda cherkov amaldorlari tomonidan buzib o‘girilgan Aristotel va Ptolemey ta’limotlarini yodlatish yo‘lga qo‘yilgandi. Shunga o‘xshash, Sharqda VII asrida paydo bo‘lib arab davlatlarda rasmiy tan olingan va keyinchalik Hindistonga ham o‘ta boshlagan yangi islom dini ham Qo‘rondan tashqari boshqa haqiqatni tan oldirmasdi. Boshqa paydo bo‘lgan dunyoviy. dinlar, masalan, Hindistonda paydo bo‘lgan va o‘rta asrlarda Xitoyga tarqala boshlagan buddizm (budparastlik) ham so‘zsiz itoat etishni talab etardi. Bu davrda barcha Sharq va G‘arb regionlarida qiyinchilik bilan qadimgi yunon ilmiy merosni yo‘qotish hamda o‘rganish murakkab jarayoni kechib o‘tdi. Eski tabiiy falsafiy ta’limotlar bilan yangi diniy aqidalarning qorishib ketish davrida fazo, vaqt, Koinot o‘lchami va shakli haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar paydo bo‘la boshlaydi. Qadimgi yunonlarning sferik davriy olamini, soz va uyg‘un mukammal shakllar va harakatlar dunyosini yassi Yerning sodda tasviri sitib chiqaradi. Bu tasavvurlar bilan yonma-yon Koinot haqidagi bir jinsli, yassi. cheksiz fazo degan tasavvur ham paydo bo‘la boshlaydi. Vaqt endi osmondagi davriy harakatlar bilan bog‘lanmay, balki to‘g‘ri chiziqli. - o‘tmishdan kelajakga qarab oquvchi hodisalar oqimi sifatida gavdalanadi.
IV asr oxiriga kelib Rim imperiyasi ikkita mustaqil davlatga taqsimlandi: G‘arbiy Rim imperiyasi (poytaxti Rim) va sharqiy (poytaxti Konstantinopol, Vizantiya). 476-chi yildan G‘arbiy Rim imperiyasi batamom tugatildi. Shundan so‘ng qadimgi yunon madaniyati merosining taqdiri Vizantiya bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Bir tomondan, IV asrga kelib kuchayib ketgan nasroniylik (xristianlik) demokratik yunon va hatto yunon-rim madaniyatining rivojlanishiga ta’ziyiq ko‘rsatadi. Ikkinchidan, Vizantiya qadimgi yunon ilmiy tabiiy falsafiy merosining saqlovchisi bo‘lib qoldi. Nafaqat Vizantiyada, balki butun Yevropada dunyoviy ilm butkul bostirilgan bir paytda monastirlar ilm olish maskanlariga aylanadi. Ilmli rohiblar tomonidan mumtoz yunon merosi o‘rganilishi antik va ellinistik fan va falsafaning boyligini ochib berdi. Qadimgilarning ilmi namunaga, bilimning yagona manbasiga aylantirilib borildi (sxolastika). Aristotelning asarlari izohlanish va o‘rganishning asosiy ob’ektlari bo‘lib qoldi. Rim inqirozga yuz tutgandan so‘ng pastroq darajadagi rivojlanish pog‘onasida turgan xalqlar qurshovida qolgan Vizantiya o‘sha yunon merosi ta’siri ostida Sharqda yangi madaniy markazlar shakllangunga qadar bir necha asrlar davomida bamisoli madaniyat oroli bo‘lib qoldi.
Vizantiyada tabiiy falsafa rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri nasroniylik o‘zining ta’sis etilishining birinchi asrlarida (III-V asrlar) hali obro‘si baland bo‘lgan antik va ellinistik klassiklar bilan mavqeni bo‘lishib olishga majbur edi. Anchadan keyin, XIII asrga kelib cherkov eng tartibli, Aristotelning qadim geotsentrizm an’analariga va antropotsentrizmga tayangan ta’limotni o‘zining mafkurasiga batamom bo‘ysundirdi. Vizantiya falsafa va kosmogoniyasi uchun Platonning antik konseptsiyalari, Plotin neoplatonizmi va Koinot boshida turib barcha material Koinotni hech narsadan. bor qilgan nasroniylarning Yagona Xudo tasavvuri xos edi. Bunday vaziyatda antik davrdan meros bo‘lib qolgan va o‘rta asrlargacha vizantiyalik kosmologiyada qabul qilinib kelayotgan ayrim to‘g‘ri g‘oyalar va Kosmos haqidagi tabiiy ilmiy ma’lumotlar (masalan, Yer sharsimonligi) sekin-asta yo‘qolabordi. Koinot haqida yangi yaxlit ta’limotlarni yaratishga urinishlar birozgina kuzatuv ma’lumotlarning va diniy aqidalarning aralashmasidan iborat edi (masalan, Xudo tomonidan olam yaratilishi - Olti kunlik. - Shestodnev.,
Bilimlar manbasi. ensiklopedik asardagi antik va ellinistik olimlarga mansub kosmologik ta’limotlarning o‘girmasi). VII asrda Iskandariya ilmiy markazi arablar tomonidan tor-mor etilganidan so‘ng qadimgi yunonlarning madaniy merosi Sharqda tarqalib, arablar tomonidan o‘rganila boshlandi. Vizantiyadan arablar orqali qadimgi yunonlarning merosi keyinchalik G‘arbiy Yevropaga o‘tib keldi.
Aytib o‘tish joizki, antik fanning yutuqlari arablardan ham oldin kavkaz orti mamlakatlarida ma’lum bo‘lgan. Armaniston va Gurjiston IV asrdayoq Vizantiya bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar bog‘lagan edi. Bu mamlakatlarga nasroniylik ancha ilgari kirib ulgurgandi. 301 yildayoq Armanistonda nasroniylik davlat dini deb qabul qilingan, bu din ertangi feodalizmning tayanchiga aylangan edi. V – VII asrlarda Aristotel, Platon va nasroniy dinshunoslarining ishlari arman tiliga tarjima qilingan.
VII asr boshlaridagi mashhur arman olimi Ananiya Shirakatsi matematika va falsafani o‘rganish maqsadida Vizantiyaga sayohat qilgan va vataniga qaytgandan so‘ng maktab tashkil etgan, u yerda matematika, astronomiya, geografiyadan mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Shirakatsi tomonidan arman tilida arifmetika darsligi tuzilgan, kosmografiyadan risola chiqarilgan. Bu risola Shirakatsi yunon olimi Aristotelning ishlaridan xabardor ekanligini bildiradi. O‘zining risolasida Shirakatsi Quyoshgacha va Oygacha bo‘lgan masofani chamalash, taqvimlarni tuzish kabi sof astronomik masalalarni ham ko‘rib chiqqan, bu esa, Quyosh va Oyning harakati hamda bu masalalarga doir qadimgi olimlarning ishlaridan habardor ekanligidan dalolat beradi.
Har tomonlama yetuk olim bo‘lgan Shirakatsi yosh arman fanini antik davr ilmiy merosi bilan bog‘lay olgan. Afsuski, tabiiy fanlarning rivoji va antik merosning o‘zlashtirishida kavkaz orti olimlarining ahamiyati hali yetarli darajada o‘rganilmagan.
G‘arbiy Yevropa ertangi o‘rta asr davrida butkul tushkun manzarani tashkil etar edi. Onda-sonda uchraydigan qishloqchalar va undan ham kam uchraydigan pomeshiklar tomorqalari bir-biri bilan deyarli bog‘lanmagan alohida-alohida olamchalardan iborat. Feodal o‘z ehtiyojiga zarur bo‘lgan barcha narsalarni, ya’ni, yegulik zahiralarini, kiyim-kechak, qurol-yarog‘ni qo‘li ostidagi krepostnoylardan olar. Qadimgi Rim, Afina, Iskandariya kabi shaharlar, gavjum portlar, shovqinli bozorlar, teatrlar, sirklar yo‘q. O‘rta asrdagi kishining dunyosi uning tor qishlog‘i va xovlisi bilan chegaralangan edi. Shunday bo‘lgandan so‘ng bu insonning dunyoqarashi ham ajablanarli darajada tor, va bilimdon afinalik yoki iskandariyalik fuqaroning dunyoqarashiga tubdan teskari edi. O‘rta asrdagi barcha ma’naviy hayot, ya’ni, maorif, san’at, fan butkul cherkovga bo‘ysundirilgandi.
O‘rta asrdagi Sharq boyroq va madaniyatliroq edi. Arab xalifaligining poytaxti Bog‘dod xalifa va vazirlarining hashamatli saroylari bilan bezalgan, shovqinli bozorlar turli tillarda gaplashuvchi rang-barang to‘dalar bilan to‘lgan. Arab savdogarlari karvon va dengiz kemalarni hozirlar, shaharlarda boy kimxob matolar to‘qilar, ajoyib qurol-yarog‘ yasalar, oltin va kumush taqinchoqlar ishlanardi. Sharq qandolat va shirinliklar, xushbo‘y moddalar bilan mashhur edi. Bu umuman boshqacha, qul va krepostnoylar mehnati evaziga barpo etilgan o‘zgacha olam edi. Ana shu olamda nasroniy cherkov tomonidan quvg‘inga uchragan qadimgilar fani boshpana topishi va yangi bilimlarga turtki bo‘lishi mumkin edi.
Keng quloch yoygan savdo ishlari matematik masalalarga boy mavzu berar, uzoq va olis safarlar astronomik va geografik bilimlarning rivojlanishiga omil bo‘lar, hunarmandchilikning rivojlanishi esa tajriba san’atining rivojlanishiga olib kelardi. Shuning uchun ham, hisoblash masalalarning yechishiga qulay bo‘lgan yangi matematika asoslari aynan Sharqda o‘z rivojini topdi. Bilimdon xalfa al Ma’mun davrida ishlagan xorazmlik Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (780 – 850) arifmetika va algebraga doir risolaning muallifi bo‘lgan. Sonlarning hind pozitsion tizimi va nul ishlatilishi, arab sonlar, butun va kasr sonlar ustida amallar bajarishni Yevropa ana shu arifmetik risola orqali tanib oladi. Xorazmiyning algebraik risolasi matematikaning yangi bo‘limi – algebraga (al-jabrga) asos soldi. Xorazmiyning risolasida chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish usullari ko‘rsatilgan.
Xorazmiydan keyingi olimlar o‘z navbatida hind matematiklaridan olingan yangi g‘oyalarni qayta rivojlantirdilar, va nihoyat, XII asrda Yevropada Xorazmiy hamda boshqa sharq mualliflari qalamiga mansub risolalarning tarjimalari paydo bo‘la boshlaydi. Kopernik – Galiley ilmiy inqilobi boshlanishiga yangicha sanoq yozuvi, algebra va trigonometriya yevropalik olimlar tomonidan o‘zlashtirilgan va biroz rivojlantirilgan.
Aristotel va Ptolemey ishlari ham o‘rta asr universitetlari kafedralariga arab tarjimalarida yetib kelgan. Hindiston. Yangi eraning birinchi asrlaridayoq astronomiya tabiiy falsafadan ajralib chiqadi. Bu paytlarda matematika va astronomiya mazmuniga ega asarlar-siddxantalar-o‘ziga xos nazariy astronomiya kurslari paydo bo‘la boshlaydi. Siddxantalar hindistonliklarining asl asarlari emas edi. Hindistondagi kuzatuv va nazariy astronomiyaning rivojlanish davridagi eng muhim hodisalaridan Almagestning. hindcha varianti bo‘lmish beshinchi siddxantaning chiqishi bo‘ldi. Hind matematigi Ariabxataning (476-550) Ariabxatiya. asari saqlanib qolgan, bu asar VIII asrda arab tilga Zij al Arjabxat. nomi ostida tarjima qilindi va faqat XIX asrda yevropa tillarga o‘girila boshladi. Bu asar IV-V asrlardagi nomsiz Surai-siddxanta. risola asosida yozilgan bo‘lib, unga Ariabxata o‘zining taqrizini (izohini) qo‘shgan edi. Risolada (so‘z bilan) sferik va amaliy astronomiyadagi asosiy tushunchalari va kattaliklarni hisoblash qoidalari, masalan, yoritkichlarning koordinatalari, Yerdagi joylari, Yer va Oy soyalarining diametrlari, Oy va Quyosh tutilishlarining sanasini va turini aniqlashdek kabi narsalar bayon etilgan edi.
Ariabxata risolasining astronomik qismi Hindistonda astronomiya bo‘yicha birinchi ma’lumotnoma bo‘lib xizmat qildi. Matematik astronomiyaga kelsak, Ariabxata birinchilar qatorida hisoblarga sinus funksiyasini kiritdi va astronomiyada qo‘lladi, Oy orbitasida Yer soyasining burchak diametrini aniqlash qoidalarini, tutilish davomiyligini va turini aniqlash usullarini bayon etdi. Hindistonda Ariabxatiyaga. taqrizlar VI asrdan XVI asrgacha yozilib turdi.
Braxmagupta (598) ikkita (Braxmaspxuta-siddxanta. va Kxandakxadyaka.) mashhur matematik-astronomik asarlarning muallifi edi. Asarlarning matematik qismi manfiy sonlar tushunchasi kiritilishi bilan qiziqarli edi. Shuningdek u Hindistonda birinchi bo‘lib tortishish g‘oyasini ishlab chiqdi.
Braxmaspxuta-siddxanta. va Ariabxatiya. risolalarining tarjimalari orqali VIII asr oxirida arablar ilk bor Ptolemey nazariyasi bilan tanishdilar. Ptolemey asarining o‘zi esa yunonchadan arab tilga faqat IX asrdagina tarjima qilindi. Hindlarning ishlarida astronomiyaning matematik apparati-trigonometriya rivoj topdi. Aniq fanlar rivojlanishida qo‘pol va noqulay harfli yunon yozuv o‘rniga sonlarni yozishning samarali va qulay hind pozitsion tizimi kiritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta asr davridagi Hindiston tabiiy falsafasida diniy gimnlarning davomchisi bo‘lmish idealistik Upanishad. ta’limoti bilan yonma-yon lokayata va sankxya kabi birinchi materialistik ta’limotlar mavjud edi. VIII asrga kelib Hindistonda lokayata ta’limoti agnostitsizm shakliga kira boshladi. Lekin o‘rta asrdagi Hindistonda idealistik ta’limot vedanta asosiy o‘rinni to‘tgan edi. Hatto boshida materialistik g‘oyalarga ega sankxya ta’limoti o‘rta asrlar oxiriga kelib xudoni tan olish darajasigacha tushib ketdi. Bu yerda kuchayib borayotgan davlat dini – buddizmning ta’ziyiqi ko‘zga tashlanadi.
O‘rta va Yaqin Sharq. Arab madaniyati deb nomlangan yangi jahon madaniyati VII-X asrlarda Arab xalifligi xududida (sharqdan xozirgi Eron, Iroq va O‘rta Osiyodan, g‘arbdagi Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha) shakllandi. Makka shahrining fuqarosi savdogar Muhammad (570 – 632) o‘zini Olohning elchisi deb e’lon qiladi. Shahrining tub aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan Muhammad 622 yilda Madina shahriga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi (Makkadan Madinaga xijratlari). 630 yilga kelib arablarning ko‘pchiligi tomonidan bu yangi islom dini qabul qilinadi, Kaaba toshi. joylashgan Makka esa, musulmonlarning muqaddas shahriga aylanadi. Islom dini bir qator nasroniy, yahudiy, shuningdek, qadimgi arablarning bir qancha sig‘inish elementlarini o‘z ichiga olgan. Araviya yarimorolida va boshqa qo‘shni davlatlari xalqlarida bu dinning tezlik bilan tarqalishiga sabablaridan biri shundaki, u shu xalqlarning an’ana va odatlariga, ularning ma’naviy ehtiyojlariga to‘liq javob bergan. Islom dinida o‘ziga xos rasm-rusumlari (masalan, besh vaqt nomoz o‘qilishi, ramazon oyida ro‘za tutishlik va boshqalar) katta ahamiyatga ega.
Islom dinining muhim xususiyatlari shundaki, nomoz o‘qish paytida Makkaga yuz o‘girilgan holda o‘qish talabi va ramazon oyida ro‘za tutishdir, yangi oy esa, odatda hiloloy osmonning g‘arb tomonida birinchi ko‘ringan kunidan boshlanadi. Buning uchun azimutlar (shimol – janub yo‘nalishlarni) bilishni, Oy chiqishi momentini aniq bashorat etaolishlikni, shuningdek, Quyoshning ham chiqish va botish momentlarini bashorat etishni taqozo etadi. Bunday masalalar yechilishida osmonning ekliptik koordinatalaridan gorizontal koordinatalarga o‘tishni amalga oshirish lozimdir. Sferik uchburchaklarga doir bunday masalalarni yechish uchun IX – X asrlarda musulmon matematik va astronomlari tomonidan matematik apparat – sferik trigonometriya va koordinatalar o‘zgartirishini modellashtiruvchi asbob – astrolyabiya yaratildi.
Diniy bayrog‘i ostida arablarning harbiy jihatdan bitta kuchli davlatga birlashishi boshqa xududlarni egallashiga, natijada u xududlarda dinning tarqalishiga olib keldi. Bosib olingan Vizantiya xududlarida qadim yunon ilmiy boyliklari arablar qo‘liga o‘tadi. Ammo, garchi arablar qo‘liga antik va ellinistik fan va madaniyatining durdonalari VII asrdayoq tushgan bo‘lsada, ular bilan bir asrdan keyin, Hindiston orqali tanishila boshlandi. Bog‘dod xalifasi Al Mansur farmoniga binoan VIII asr oxirlarida Braxmagupta va Ariabxataning hind sinddxantalari arab tilga o‘girildi. O‘sha asrdayoq Ptolemey Almagestini. tarjima qilish bobidagi birinchi urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Almagest.ning birinchi to‘liq tarjimasi IX asrda arab olimi Sobit ibn Qurra (836-901) tomonidan amalga oshirildi.
Musulmon olamida astronomiya taraqqiy etishiga hind fanining yutuqlari o‘zlashtirilishi hush keldi, sonlarni pozitsion yozish tizimi va arabcha sonlar qo‘llanilishi hisob-kitoblarni ancha osonlashtirardi. 830 yilda Al Xorazmiy tomonidan dastlabki matematik risolalaridan biri bitildi, ushbu risolaning arabcha al-jabr. nomidan keyinchalik algebra. nomi kelib chiqdi.
Ptolemeyning hindcha o‘girmasi va xususan Almagest.ning o‘zi bilan tanishuvi arab kuzatuv astronomiyasining rivojlanishiga, ilk bor yirik asboblar qurilishiga hamda xos matematik apparatning va umuman matematikaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, Al Battoniy Bog‘dodda kuzatuvlar olib bordi va ekliptikani ekvatorga og‘ishini qayta aniqladi. Abu al Vafo (940-998) Oy harakatidagi notekisliklarni (variatsiyalar) topdi.
X asrdan so‘ng turli davrlarda arab madaniyatining ilmiy markazlari sifatida Bilimlar uyi. hamda mashhur Ibn Yunus (950-1009) ishlagan rasadxona barpo etilgan Kohira; rasadxonasida shoir va alloma Umar Hayyom (1048-1122) ishlagan Isfaxon; keyinchalik xozirgi Ozarbayjonning eroniy qismi xududida joylashgan Marog‘a; va nihoyat, Samarqand bo‘ldi. Ana shunday markazlarning biri, zamonaviy Afg‘onistonning janubiy- sharqidagi G‘aznida uzoq muddat horazmlik Beruniy (973-1048) yashab ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy arab dunyosining birinchi ensiklopediyachi olimi deb tan olingan. Uning asarlari (150 dan ziyod) garchi ular hali fan ko‘rinishiga shakllanmagan bo‘lsada astronomiya, geografiya, fizika, matematika, geologiya, mineralogiya, kimyo, botanika fanlarini qamrab olgan. U dunyoda birinchi bo‘lib yoyining radiusi 7,5 metr bo‘lgan qo‘zg‘almas devoriy kvadrant qurdi, unda Quyosh va sayyoralarning vaziyatlarini 2’ aniqlikda qayd etish mumkin edi. Snelliusdan (1617) 600 yil avval Beruniy triangulyatsiyaga o‘xshash usulni ixtiro qildi. Uzining tadqiqot va natijalarini Beruniy Astronomiya asoslari haqida kitob., Qonuni Ma’sudi. (astronomik jadvallar va yulduz katalogi) va .Hindiston. fundamental asarlarida bayon etdi. Ulardan birinchi ikkita risolasi asrlar osha arab dunyosida va umuman Sharqda astronomiya bo‘yicha asosiy darsliklar vazifasini o‘tagan.
O‘rta osiyolik astronomlar ichida mashhur shoir, matematik Umar Xayyom (1048 – 1122) ni ham ko‘rsatish mumkin. U, xususan, taqvimni isloh qilish komissiyasini boshqargan, va uning yuritgan hisob-kitobi bo‘yicha davomiyligi 33 yil bo‘lgan sikl qabul qilingan (ularning ichida 8 tasi kabisa yillardir). Shunday qilib, yilning o‘rtacha davomiyligi davomiyligi 365,24242 sutkani tashkil etgan, unga binoan bir kunlik xato 4500 yilda yig‘iladi. Algebra. risolasining muallifligini ham Umar Xayyomga yo‘yishadi.
O‘rta asr davridagi Xitoy tarixida saqlanib qolgan Koinot haqidagi tasavvurlar dunyoqarashning ikki xil darajasi mavjudligini ko‘rsatadi. Bir tomondan, osmonga byurokratik xitoy davlatining tuzilish tamoyili ko‘chirilar edi. Imperator Osmonning o‘g‘loni, Oy-yirik amaldor., kometalar - elchilar., tutilishlarda davlat boshqaruvida nomuvofiqliklar haqidagi belgilarni ko‘rishar edi. Bu taassurotlar bilan gaytyan. nazariyasida bayon etilgan Koinot tuzilishi haqidagi sodda tushunchalar mos tushardi. Syuane. degan boshqa nazariya esa kutilmagan falsafiy chuqur ma’noga ega: osmon aniq bir shaklga ega bo‘lmay juda baland va olisda joylashgan, Oy, Quyosh va beshta sayyora sharsimon va cheksiz fazo bo‘shlig‘ida erkin suzib yuradi. Sayyoralarning harakat qonunlarini qo‘zg‘almas yulduzlar yordamida o‘rganish mumkin. Yana bitta kosmologik konseptsiya XIII asrda toshga tushirilgan yulduz xaritasida topilgan. Bu yerda ham yoritkichlar harakati, Oyning akslangan yog‘dusi kabi real ma’lumotlar bilan bir qatorda sodda uydirmalar yonma-yon tasvirlangandi.
O‘rta asr davridagi astronomiya rivojlanishi va Koinot bobidagi tasavvurlar haqidagi obzorni tugatishda quyidagilarni taqidlab o‘tish lozim. XVII-XVIII asrlardan butun dunyodagi fanda bilimni rivojlantirish uslubiyatida, konkret tadqiqot ishda, natijalarni qabul qilish, umumlashtirish va fikrlash doirasida, ya’ni olamning kosmologik tasavvurini yaratishda yagona yevropacha uslub qabul qilinib tasdiqlandi.
Al Ma’munning I akademiyasi. Arablar qo‘li ostidagi davlatlarida, u ko‘pincha diniy bo‘lsa ham, ilm-ma’rifatga katta ahamiyat berilgan. Madrasalar qoshidagi maktablaridan tashqari universitetlar ham tashkil etilgan, masalan, shunday universitetlar Kordovada (755 y.), Bog‘dodda (795 y.), Qohirada (972 y.) ochiladi. IX – X asrga kelib ularda dunyoviy fanlar, masalan, matematika, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlar ham o‘qitila boshlandi. Turli ko‘rinishdagi adabiyotlar yaratildi. VIII asrdayoq xalifatda yozuv uchun qog‘oz chiqarila boshlandi.
Xalfalaridan ko‘pchiligi madaniyatni rivojlantirishini rag‘batlantirishar va ilmlarga homiylik qilishardi. Maqsadli fanlardan, bularga tibbiyot va astronomiya ham kirar edi, qadimgida yaqindan astrologiya va kelajakni bashorat etish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga alohida e’tibor berilardi.
Shunday qilib, astronomiyaning Sharqda, va xususan O‘rta Osiyoda rivojlanishiga o‘rta asrlarda poydevor qo‘yildi. VIII asrdan Sharqda fan va madaniyat keskin rivojlandi. Xalfa Xorun ar-Rashid (786-809) tomonidan Bog‘dodda Olimlar Uyi ta’sis etiladi, keyinchalik Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Al Ma’munning jonbozligi tufayli Bayt ul Hikma. (bilimlar Uyi) darajasiga yetadi. Unda u davrdagi yirik olimlar Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783-850), Muhammad ibn Nosir al Farg‘oniy (IX-X asrlar), Xabash Xasib al Marvoziy (764-864) ijod qildilar. Akademiyaning ilmiy ishlarini (rasadxona, kutubxona) Al Xorazmiy boshqarar edi.
Akademiya xodimlari tomonidan yunon olimlarining ishlari arab tilga o‘girildi, shuningdek, ular astronomiya, matematika, geografiya va boshqa fanlar bo‘yicha ko‘pgina asarlar yaratishdi. Ko‘pgina tarjimalar Sharqda ilmiy taffakurning keskin rivojlanishiga olib keldi. Shunday asarlardan biri eramizdan avvalgi II asrda yashagan Klavdiy Ptolemeyning
Almagest. - Megale sintaksis. (Buyuk tuzilish.) mashhur asari bo‘ldi, bu asar taxminan 825 yilda arabchaga Sobit ibn Qurra tomonidan o‘girildi. 620 yilda mashhur hind astronomik asar katta siddxanta. (Sindxind.) tarjima qilinadi, taxminlarga qaraganda, u Almagest.ning hindchaga o‘girilgan nusxasi edi. Asar 773 yilda Muhammad ibn Ibrohim al Fazoriy tomonidan tarjima qilindi. Keyinchalik bu asar Al Horazmiyning astronomik ziji tuzilishida katta o‘rin tutdi. Undan tashqari, bu Bog‘dod akademiyasi qoshida qurilgan rasadxonada ko‘pgina kuzatuvlar olib borildi. Ushbu rasadxonada astrolyabiya, kvadrant, Quyosh soatlarning bir qancha takomillashtirilgan konstruksiyalaridan foydalanildi. IX asrda arab olimlarining birinchi asarlari, masalan, al Horazmiyning astronomik jadvallari (zijlar.) va Astronomiyaga kirish. (Madxal an nujum.) paydo bo‘la boshladi. Ma’mun davrida Bog‘dodda va Damashq yonida ikkita rasadxona qurildi. Ularning faoliyati asosan Almagest ma’lumotlarini tekshirishdan iborat edi.
Al Ma’mun taklifiga binoan, Ahmad Farg‘oniy boshchiligida meridian yoyini o‘lchash ishlari olib borildi. Umuman olganda, al Ma’munning I Akademiyasi O‘rta Osiyoda astronomiya rivojlanishiga poydevor soldi. Bu Akademiya 200 yil ishladi.
Ma’munning II–akademiyasi. Taxminan 1000 yilda Xorazm poytaxti Gurganchda Ali ibn Ma’mun tomonidan Bog‘dod akademiyasiga o‘xshash akademiya tashkil etiladi. Unda u davrning ko‘pgina mashhur olimlari Ali ibn Ma’mun tomonidan taklif etildi. Ayrimlarning nomlarini aytib o‘tish kifoya: Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nosir ibn Iroq, Abu Saxl Masihiy. Bahtga qarshi, bu akademiya uzoq vaqt ishlay olmadi. 1017 yili Huroson va Afg‘oniston hukmdori sulton Mahmud G‘aznaviy Xorazmni ishg‘ol etadi va akademiyaning ko‘pgina olimlarini asirga oladi.
Samarqand akademiyasi. Markaziy Osiyodagi ilmiy hayot faolligi deyarli yetti asr davom etdi. XV asrga kelib Samarqandda Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay ibn Shohrux, 1394-1449) o‘zining akademiyasini tashkil etadi. Tarixda u Ulug‘bekning Samarqand akademiyasi. yoki Ulug‘bekning Samarqand astronomiya maktabi. nomi bilan qolgan. Bu akademiya qoshida zamonasiga nisbatan yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va u davrning oliy o‘kuv muassasasi bo‘lmish madrasa ishlagan. Rasadxonada u davrning mashhur astronom va matematiklari – Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid al Qoshiy, Ali Qushchi ijod qilishgan. Keyinchalik u yerda Saloxitdin Muso Qozizoda Rumiyning o‘g‘li Xasan Chalabiy ibn Muso ibn Mahmud Qozi Rumiy, Muhitdin al Qoshiy va boshqalar ishlagan. O‘tkazilgan kuzatuvlar asosida mashhur asar – Ziji jadidi Ko‘ragoniy., ya’ni, ziji Ulug‘bek. yozildi. Undan tashqari, akademiya xodimlari tomonidan boshqa ko‘pgina astronomik asarlar ham yozildi. Ulardan ziji Hokoniy., ziji Elxoniyga sharxlar., Qoshiy ziji., Astronomiya fanining qisqacha bayoni. va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.
Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi
O‘rta asrdagi O‘rta Osiyolik astronomlar
Al Xorazmiy. Muhammad al Xorazmiy (783-850) hayotining davri Sharqda astronomiyaning tiklanishi boshiga to‘g‘ri keldi. Xorazmiy haqida biografik ma’lumotlar, baxtga qarshi, bizgacha yetib kelmagan. Uning tug‘ilgan yili allomaning asarlarida keltirilgan ayrim ma’lumotlar asosida taxminan belgilangan bo‘lib, shartli ravishda 783 yil deb ko‘rsatilgan. Olim faoliyatining izi 847 yildan so‘ng yo‘qoladi, shu sababli, uning vafot etgan yili taxminan 850 yil deb hisoblanib kelinadi. Arab xalifaligida Abbosiylar sulolasi hokimiyatni qo‘liga olgandan so‘ng, eslatilgandek, poytaxtni Damashqdan Bog‘dodga ko‘chirishgan edi. Shu sulola davrida, ayniqsa, Xorun-ar-Rashid (786-809 yy.) va uning o‘g‘li Ma’mun (813- 833) xalifalik qilgan zamonlarda xalifalikda iqtisodiy va madaniy hayot ancha jonlandi.
Bog‘dod Sharqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi, ilm- fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Shu davrda Bog‘dodga taklif etilgan al-Xorazmiy xalifalikdan dastlab al-Ma’mun, so‘ngra al-Mu’tasim (833-842 yy.) va al- Vosiq (842-847 yy.) saroylarida yashab ijod etdi. Bunday qizg‘in muhitda Xorazmiyning ilmiy faoliyati yanada ravnaq topdi. Bog‘dodda ochilgan va keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Bayt ul xikma» (Donishmandlar uyi) o‘nlab olimlar, tarjimonlar va xattotlarning boshini bir joyga qovushtirgan edi. «Ma’mun akademiyasi» ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlaridan bir qancha asarlari arab tilga tarjima qilindi, shuningdek, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlar bo‘yicha qator asarlar ham yaratildi. Ko‘plab bu tarjima asarlari Sharq ilmiy tafakkurining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shunday asarlaridan biri, II asrda yashab o‘tgan Klavdiy Ptolemeyning «Almajistiy» («Almagest») – «Megale sintaksis» («Buyuk tuzilish») asari bo‘lib, u taxminan 825 yilda arab tilga mashhur arab astronomi al-Xajjoj ibn Yusuf al-Matar tomonidan tarjima qilingandi.
«Bayt ul-hikma»ning tarjimonlari, shuningdek, hindlar erishgan fan va madaniyat yutuqlarini o‘zida aks ettirgan adabiyotlarni ham arab tiliga tarjima qilib, arab dunyosini bu bilimlar bilan tanishtirishdi.
«Ma’mun akademiyasi» huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlar bo‘yicha nodir adabiyotlar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga «Ma’mun akademiyasi»ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Xorazmiy boshchilik qildi. «Bayt ul-hikma»ning kutubxonasidan tashqari ikki rasadxonasi ham bo‘lib, ulardan biri – Bog‘dodning Shammosiya mahallasida, ikkinchi – Damashq yaqinidagi Kassiyun tog‘ida barpo qilingan edi.
«Donishmandlar uyi»da Xorazmiy, asosan, astronomiya bilan shug‘ullanib, IX asrning 20 yillarida o‘zining mashhur astronomik jadvallari – «Zij»ini yozdi. Unda keltirilgan ma’lumotlardan, Xorazmiy vafotidan keyin ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalar foydalanib keldi. Avval arab tilida yozilgan, lotin tiliga 1126 yilda o‘girilgan.
Xorazmiy «Ziji» 37 bob va 116 jadvaldan iborat mukammal astronomik asardir. Uning 1-5 boblari o‘sha zamonda keng tarqalgan kalendarga bag‘ishlangan bo‘lib, Muhammad payg‘ambar tomonidan asoslangan musulmonlarning hijriy erasi hamda ispan va Iskandar Zulqarnayn eralari haqida ma’lumot beradi. Bu eraning biridan ikkinchisiga o‘tish usuli unda to‘la hisob-kitobi va jadvallari berilgan.
Asarning 7-12 boblari Quyosh, Oy va o‘sha davrda oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan beshta sayyoraning harakatini Ptolemeyning geotsentrik sistemasi asosida tushuntirishga bag‘ishlangan. Asarning sakkizinchi bobida Quyoshning ekliptikadagi o‘rnini, to‘qqizinchi bobda Oyning haqiqiy o‘rnini topish masalalari ko‘rib chiqilgan. Keyingi ikki bob sayyoralar o‘rnini aniqlashga bag‘ishlangan. «Zij»ning 12-bobida keltirilgan ikki jadvalda Oy chiqish tugunining (Oy orbitasi va ekliptikaning kesishgan nuqtalari tugunlar deyilib, biri – chiqish, ikkinchisi esa tushish deb atalardi). Ekliptika bo‘ylab o‘rtacha siljish harakati ma’lumotlari jamlangandi. Bunda Xorazmiy Oy orbitasining ekliptikaga qiyaligini hind astronomiyasida bo‘lgani kabi 4,5 daraja deb qabul qiladi.
O‘n uchinchi bobda muallif sayyoralarning turishi, qaytma va ilgarilama harakatlarini Ptolemeyning «Almajistiy»sida bayon qilgan geotsentrik ta’limoti asosida tasvirlab, sayyoralarning episikl nazariyasiga tayanadi. Quyoshning og‘ishini belgilash va Oyning ekliptikadagi kenglamasini aniqlash kabi murakkab hisoblashlarni talab etadigan masalalarga «Zij»ning 15-17 boblari bag‘ishlangan. «Zij»ning 24-27 boblari joyning geografik kenglamasini aniqlash bilan bog‘liq amaliy astronomiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Quyoshning kulminatsiya (tush paytida tikkaga kelgan) holatlaridagi balandligi asosida, kuzatuvchi turgan joyning kenglamasini topish mufassal bayon qilinadi. Xususan, Quyosh, Hamal va Mezon yulduz turkumlarida yotuvchi zodiak belgilarida (bu belgilar ekliptika bilan osmon ekvatorining kesishgan nuqtalarida mos keladi) bo‘lganda, uning sutkalik harakati osmon ekvatori bo‘ylab kuzatilishi ma’lum qiladi va tush paytida Quyosh markazining ufqdan balandligini o‘lchash usullarini ko‘rsatadi.Shuningdek, Xorazmiy barcha fasllarda Quyoshning og‘ishi ma’lum bo‘lganda tush paytidagi balandligiga ko‘ra, joyning geografik kenglamasini topish ham shu boblarda aytiladi.
Xorazmiyning «Zij»dan tashqari, astronomiyaga bag‘ishlangan yana bir yirik asari bo‘lib, u «Astrolyabiya bilan ishlash haqida kitob» («Kitob ul- amal bilasturlabat») deb ataladi. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda astrolyabiyani yasash to‘g‘risida, ikkinchi qismida u yordamida Quyoshning sutkalik yo‘lining kunduzgi va tungi yoy bo‘laklarini aniqlash, ekvator va boshqa kenglamalardagi kuzatuvchi uchun zodiak belgilarining chiqish vaqtini belgilash hamda joyning kenglamasini topish masalalari ko‘rib chiqilgan. Quyosh balandligining tangensi va kotangensini topish uchun astrolyabiyaning orqa tomoniga ishlangan soyalar kvadratlari.ning (ba’zan
tangenslar kvadratlari. ham deyiladi) tuzilishi va ishlatilishi bayon qilingan.
Xorazmiyning shu asarida astronomiyada keyinchalik ham keng qo‘llanilgan asbob – sinus-kvadrantining tuzilishi va ishlatilishi bayon qilingan.
Bu ko‘rsatmalar asardagi Sinusni, og‘ishini va kunning o‘tgan qismini aniqlash uchun kvadrat yasash. degan sarlavha bilan berilgan.
Abul – Abbos Ahmad al Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning to‘la ismi- sharifi Axmad ibn Muxammad ibn Kasir al-Farg‘oniy. Tug‘ilgan yili aniq bo‘lmay, ma’lum yillarda topilgan yoshiga daxldor ba’zi ma’lumotlar asosida uning tug‘ilgan yili qilib 798 yil olingan. Farg‘oniy haqida tarixda qolgan oxirgi ma’lumot, uning 861 yili Qoxira yaqinida Raud oroliga o‘rnatilgan Nilometrni ta’mirlashda ishtiroq qilganligi e’tiborga olib, u 860 yillarning o‘rtalarida vafot etgan deb taxmin qilinadi.
Abu Rayxon Beruniy «Geodeziya» asarida, xalif Ma’mun davrida, Sinjar saxrosida Yer meridiani gradusining uzunligini o‘lchashda Farg‘oniy va boshqa yuqorida eslatilgan olimlar olgan ma’lumotlarga tayanganini ma’lum qiladi.
Ko‘p manbalarning ham bergan ma’lumotlariga ko‘ra, al-Farg‘oniy Ma’munning xaliflik davri (813-833) va undan keyin al-Mu’tasimning xaliflik davrlarida (833-842) yashab ijod etgan. Nilometrni ta’mirida ishtiroq etganligi haqidagi ma’lumot esa, u Misrga ham sayoxat qilganidan darak beradi.
Tarixiy manba’lar, Al-Farg‘oniy tomonidan quyidagi 6 ta asar yozilganligini bizga ma’lum qiladi.
1. Yulduzlar haqidagi fan elementlari to‘g‘risidagi kitob;
2. Asturlob yasash haqidagi kitob («Kitob fi san’a al-asturlab»);
3. Asturlobni qo‘llash haqidagi kitob («Kitob amal al-asturlab»);
4. Al-Farg‘oniy jadvallari («Jadval al-Farg‘oniy»)
5. Oy Yer ustida va ostida bo‘lgan damlarida vaqtni aniqlash haqida risola («Risola fi ma’rifa al-avkat allati yakun al-kamar fixa faun al-ardau taxta»);
6. Yetti iqlim hisobi («Hisob al-akalim assab’a»).
Bulardan «Yulduzlar haqidagi fan elementlari» kitobi, yuqorida eslatilganidek, arab tilida bitilgan birinchi astronomik asarlardan bo‘lib, uning turli nomlarida atalgan qo‘l yozmalari Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida, Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida (Bodlya kutubxonasida), Parijda «Milliy kutubxona»da, Qohirada «Milliy kutubxona»da, Prinston (AQSH universiteti kutubxonasida va Marokkoda (Saviya Sidi Xamza kutubxonasida) saqlanadi. Mazkur asarda 836 yilda xalif Mu’tasim tomonidan bayon etilgan «Surra man ra’a» shahri haqida ham gap borganligiga qaraganda, u 836 yildan keyin yozilganligi ma’lum bo‘ladi. Asarning Oksforddagi arabcha qo‘lyozmasi lotincha tarjimasi va keng qamrovli sharhi bilan gollandiyalik sharqshunos olimi Yakub Gool tomonidan 1669 yilda nashr etilgan. Asarning lotincha tarjimasi Ioann Sevilskiy tomonidan 1145 yilda bajarilgan bo‘lib, nashri ancha keyin, 1493 yili amalga oshirildi. VII asrda asarning lotin tiliga o‘girilgan boshqa yana bir tarjimasi G.Kramovskiy tomonidan bajarilib, u XVI asrda nashr etildi. Kitob yaxudiy tiliga Ya.Anatoliy tomonidan tarjima qilingan. Asarning yaxudiycha tarjimasidan lotin tiliga keyinroq L.Xristman o‘girdi va 1590 yilda nashr ettirdi. Lotin tarjimalarida al-Farg‘oniy
«Alfraganus» deb ifoda etildi va keyinchalik olim butun dunyoga shu nom bilan mashhur bo‘ldi. Al-Farg‘oniyning «Yulduzlar haqida fan elementlari» asari kuzatishlarga asoslangan astronomiya, xronologiya va geografiya bo‘yicha ma’lumotlarning qisqacha bayonini o‘z ichiga olib, o‘quvchini olam tuzulishi, yoritkichlarning harakati, kalendarlar va geografiya asoslari bilan tanishtiradi. Mazmunan darslik ko‘rinishida yozilgan bu qo‘llanma fan bilan qiziqqan keng ommaga mo‘ljallanganligi uchun ham o‘rta asrning eng ommabop asarlaridan sanaladi. Kitob o‘ttiz bo‘limdan tashkil topgan. Asarning dastlabki bo‘limlarida olim o‘sha davrda sharqqa keng tarqalgan musulmonlar, yunonlar, kont va forslilarning taqvimlari ustida, olam tuzilishining geotsentrik sistemasi haqida, osmonning aylanishi, tun-kunning almashinishi sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Yerning inson tomonidan o‘zlashtirilgan qismlari haqida gapirib, al-Farg‘oniy bu geografik uzunlama bo‘yicha taxminan 180 ni tashkil qiladi deb o‘qtiradi. Asarning bo‘limlaridan biri «Yerning o‘lchamlari va uning yetti iqlimga bo‘linishi» deb atalib, unda al-Farg‘oniy Yer meridianining aylanasining uzunligini Ptolemeyga nisbatan ancha aniq belgilab, 20 ming to‘rt yuz arab miliga teng deb chiqaradi. Bu taxminan 40 ming sakkiz yuz kilometrga to‘g‘ri keladi. Meridian uzunligining haqiqiy qiymati esa 40007,98 km. Bundan ko‘rinadiki, Farg‘oniyning erishgan qiymati IX asr uchun juda katta aniqlikga ega edi. «Iqlim» atamasi aslida yunoncha «Klima» – «og‘ish» so‘zidan olingan bo‘lib, Ptolemeyning «Al- Majistiy»sida Yer sharining parallellari orasidagi qismlari shunday nom bilan atalgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |