Aniq fanlar


- Ma’ruza. Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishi



Download 3,94 Mb.
bet5/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

5- Ma’ruza. Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishi.
Ma’ruza rejasi.

  1. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi ilmiy revolyutsiya.

  2. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni kashf qilinishi.

"Biz Yevropada fanlar tiklangach, tinmay rivojlanib borayotgan shunday zamonda yashayapmiz" deb yozgan edi 1746 yilda M.V.Lomonosov o`zining "Volfian fizikasi"ning so`zboshisida. "Fanlar tiklanishi"ning inqilobiy jarayonini tasniflagan Lomonosov o`rta asr davrida fanlar taraqqiyotini sekinlashtiruvchi asosiy sababini Aristotel obrusiga itoat qilish deb ko`rsatadi va o`zining tanqidiy tahlili bilan "erkin fikr yuritishga yo`l ochib, fanlarning amalda oshishiga" Karteziy (Dekart)ning ahamiyatini alohida ta`kidlab etadi. Lomonosov Galiley - Nyuton davridagi astronomiya, matematika va tabiatshunoslikning yutuqlarini yorqin va ifodali tasniflaydi va bu yutuqlar "xozirda ilmli kishilar, ayniqsa, tabiiy narsalarni tadqiq qiluvchilar bitta boshda tug`ilgan uydirma va safsatalarga kam ishonadilar, ko`proq haqiqiy san`at bilan tasdig`ini topadilar. Tabiiy fanlarning asosiy qismi bo`lmish fizika xozirda yagona ana shunisi bilan asosga egadir. Fikriy mulohazalar qayta va qayta takrorlangan ishonchli tajribalardan kelib chiqadi" deb qayd qilgan edi. Lomonosovning ajoyib so`zboshisi XVIII asrning o`rtasidagi ilg`or olim naqadar chuqur va aniq darajada Galiley, Kepler, Boyl, Gerike, Gyuygens, Nyuton va XVII asrning boshqa tabiatshunoslari tomonidan fanda buyuk burilishni boshlaganlariga aloqador ekanligini sezgan. U o`rta asr davridagi olimlarning sxolastik usullaridan "haqiqiy san`at" bo`lmish fandagi tajribaga o`tishning ahamiyatini yaxshi tushungan. Lomonosov o`zining so`zboshisida Galiley - Nyutonning ishini yakunlayotgan o`z zamondoshlarining fikri va kayfiyatlarini ifodalagan edi. Bu davrga kelib fizika va kimyoda tajribani qo`llash sohalari kengayib bordi. Tajriba issiqlik va elektr hodisalarni tadqiq qilishda, kimyoviy reaksiyalar tahlilida, biologiyada keng foydalana boshlandi. Matematikaning astronomiya va mexanikada qo`llanishi osmon mexanikasidagi ajoyib yutuqlarga olib keldi va Eyler - Lagranjning analitik mexanikasiga asos soldi. Mexanika Nyutonning qo`pol geometrik usullaridan halos bo`ldi hamda ixcham va nozik matematik fanga aylandi. Fizikadan ajralib chiqib, u fizikaviy nazariyaning namunasi sifatida taqdim etildi. Ilmiy taraqqiyot ijtimoyi taraqqiyot bilan uzviy bog`langan edi. Ilmiy inqilobning chuqur ijtimoyi sabablari mavjud edi. Ilmiy inqilob feodalizmdan kapitalizmga o`tishning tarixiy davrida bo`lib o`tdi. Bu tarixiy jarayon XVIII asrda tobora rivojlanib bordi. Angliya ketidan Fransiyaning navbati yetib keldi, u yerda yuzyillikning birinchi yarmi davomida "uchinchi tabaqali"larning dvoryanlar va diniy peshvolarga qarshi shiddatli kurashi bo`lib o`tdi. Uchinchi tabaqalilarning mafkurachilari, ya`ni, fransuz ma`rifatchilari va materialistlar qaynoq faoliyatni boshlab yubordilar, umuman olganda, bu narsa inqilobga mafkuraviy tayyorgarlik bo`lib chiqdi. Feodallikning mafkuraviy tayanchi bo`lmish katolik cherkov achchiq va ayovsiz tanqidga uchradi, insonlarning tabiiy tengligi g`oyalari, yangicha, "tabiiy" va "ongli ravishda" asoslarida jamiyatni qayta qurish g`oyalari targ`ib qilinardi. Yozuvchilar va faylasuflar, siyosiy arboblar feodal jamiyatning asoslarini tanqid qilardilar. Bomarshe komediyalari, Volterning romanlari va falsafiy asarlari, Russoning jamoa va pedagogik g`oyalari, Didro, Lametri, Gelvesiy, Golbax va boshqalarning falsafiy asarlari turli kuch, turli darajada va har tomonlama feodallikning ustunlarini yemirib bormoqda edi. Fransuz ma`rifatchilari va faylasuflarning faoliyatida fan aolxida ahamiyatga ega edi. Ularning nazariy konsepsiyalari negizida fanning qonunlari, aql-idrokning qonunlari mujassam edi. Volter o`zining "Falsafiy xatlar", "Nyuton falsafasining asoslari" kitoblarida fransuz kitobxonlarni Nyuton nazariyasi bilan tanishtirardi. Uning tashabbusi va bevosita ta`siri ostida ma`rifatli markiza Emiliya de Shatle Nyutonning "Asoslari"ni fransuz tilga o`girdi va ularni Emiliyaning o`zi yozgan "Olam tizimining qisqacha bayoni" va "Olam tizimiga doir eng muhim masalalarning analitik yechimi" deb nomlangan qo`shimchalar bilan to`ldirdi. Tarjimaga Volter "Tarixiy so`zboshi"ni yozdi. Tarjima 1759 yilda, Shatle vafotidan o`n yildan so`ng bosilib chiqdi. 1751 yildan Didro va Dalamber taxriri ostida mashhur "Ensiklopediya, yoki fanlar, san`at va hunarmandchilikning Izohli lo`g`ati" chiqa boshladi. "Ensiklopediya"ning birinchi tomlarida Volter va Russolar ham birga xizmat qilganlar. 1757 yilga qadar Didro "Ensiklopediya"ni matematik Dalamber bilan birga tahrir qilib turgan. 1757 yildan uning oxirgi tomi chiqqunga qadar, ya`ni, 1780 yilgacha nashrga Didro boshchilik qilib turgan. Fransuz inqilobi mafkurachilarining ta`siri Fransiya tevaragidan ancha chiqib ketgandi. Ular insoniyatning ma`naviy taraqqiyotiga ulkan xissa qo`shdilar. Fransiyalik materializm marksizmning manbalaridan biri edi. Jamoa g`oyaviyligining taraqqiyotida, ya`ni, falsafa va adabiyotning rivojlanishida XVIII asrdagi fransuz yozuvchi va faylasuflarning o`rni beqiyosdir. Fransuz ma`rifatchi va materialistlar aql-idrok va fanning ahamiyatini yuqori baholay bildilar, natijada fan va madaniyat tarixiga XVIII asr "aql-idrok asri" nomi bilan kirib kelishiga sababchi ham bo`ldilar. Bu nom, garchi shu, XVIII asrda fan yutuqlariga qarshi g`oyaviy reaksiya ham paydo bo`lib, kuchaygan bo`lsada, tarixda mustahkamlanib qoldi. Yepiskop Djordj Berklining (1684 - 1753) sub`ektiv idealizmi, David Yumning (1711 - 1776) skeptitsizmi, Immanuil Kantning (1724 - 1804) ta`limotlari ham ana shu XVIII asrda shakklanib paydo bo`ldilar. Bu yerdan tabiatshunoslikning falsafadan ajralishi kelib chiqadi, u ayniqsa Shelling, Gegel, Fixtelarning nemis mumtoz falsafasining hukmronlik davrida yaqqol ko`zga tashlanadi. XVIII asrning ijtimoyi tarixiga qaytaylik. Feodallikdan kapitalizmga o`tish davri uchta asosiy bosqich bilan belgilanadi. Bu, birinchidan, 1775 - 1783 yillardagi Amerikadagi inqilobdir, uning natijasida dunyoning siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat, ya`ni, Amerikaning qo`shma Shtatlari paydo bo`ldi. Marks "mustaqillik uchun XVIII asrdagi amerikalik urush yevropalik burjuaziya uchun ogohlantiruvchi bong bo`lib yangradi..." deb qayd etdi. Bu ogohlantiruvchi bongdan so`ng feodal dvoryanlar ustidan burjuaziyaning g`alabasini ta`minlagan Ulug` fransuz inqilobning (1789 - 1794) o`ti alanga oldi.
Kapitalizm taraqqiyoti bir tekisda sodir etilmay, balki har bir davlatda o`ziga xos rivojlanar edi. Masalan, yosh burjua AqSh respublikasida kapitalistik "erkinlik" va burjuacha demokratiya qullarga ega bo`lish va ularning savdosi bilan birgalikda kechar edi. Rossiyada Pyotr I tomonidan o`tkazilgan reformalar natijasida sanoat barpo etilar va krepostnoylik hamda pomeshchiklar xo`jaligi asosida ichki va tashqi savdo-sotiq rivojlanib bordi. Feodallarcha tartiblar parchalangan Germaniyada, Avstriya va Italiyada kuchli edi. Aynan shu davlatlarda fan taraqqiyoti Angliya va Fransiyanikiga nisbatan oqsoqlanishi xarakterli bo`lib, fransuz inqilobi g`alaba qozongandan so`ng esa Fransiyadagi aniq tabiatshunoslik sohasidagi fan yetakchi o`rinlarni egalladi. Pyotr I intensiv rivojlanayotgan davlat uchun fanning ahamiyatini yaxshi his etgan edi. O`zining chet ellardagi safarlarida u Londonda va Parijda fanni tashkillashtirish ishlari bilan tanishdi. U nemis fanining atoqli namoyondasi Leybnits bilan muloqotda bo`ldi, u bilan Rossiyada oliy ilmiy tashkilotni tashkil etish masalasi bo`yicha maslaxatlashdi. U davrga kelib, bunday tashkilotlarning asosiy ikki turi, ya`ni, Londondagi qirollik jamiyati va Parij Fanlar Akademiyasi mavjud edi. Garchi Londondagi jamiyat qirollik deb atalsada, aslida u xususiy jamoa uyushmasi bo`lib, a`zolari tajribalar qo`yishga, bosma materiallarni nashr etishga, yozishmalarga va hokazolarga bo`ladigan jamoaning harajatlariga a`zolik badallarni to`lab turishardi. Nyuton jamiyatga a`zo etib saylanayotgan paytida ahvoli nochor bo`lganligi uchun u o`zi bergan arizasiga ko`ra a`zolik badallarni to`lashdan ozod etilgan edi. Parij Akademiyasi tubdan farq qilardi. U qirol mablag`idan ta`minlanar, akademiklarga "pension" tayinlangan bo`lib, ular qirollikning xizmatkorlari deb hisoblanardilar. Pyotr I namuna sifatida parijcha variantni tanladi. Biroq, u akademiya milliy ilmiy kadrlarni tayyorlash masalasini yechishlarini ham istar edi. Uning farmoniga ko`ra akademiya qoshida gimnaziya va universitet ochilishi ham ko`zda tutilgan edi. Biroq akademiklar pedagogik majburiyatlarni bajarishga shoshilishmas va akademik o`quv muassasalarning ahvoli ancha ayanchli edi. Oxir oqibat o`qitish akademiya bilan bog`lanmagan maxsus o`rta va oliy o`quv muassasalarda bajarila boshlandi. Shunday qilib, Moskvada Lomonosov tashabbusi bilan hozirda uning nomi bilan yuritiladigan universitet tashkil etildi. Akademiya ta`sis etilgandan so`ng dastlabki yillarida milliy kadrlarni tayyorlash muammosini hal etish ayanchli ahvolda edi. M.V.Lomonosov bu masalani yaxshi tomonga burishi uchun ancha ter to`kishiga to`g`ri keldi. Akademiyada uzoq vaqt yetakchi o`rinlarini nemislar o`ynar edi va rus hamda "chet zabonli" olimlar orasidagi kurash butun Akademiya tarixini qamrab olgandi. Fanlar Akademiyasini ta`sis etish haqidagi farmon Pyotr I tomonidan 1724 yilning 28 yanvarida imzolangan edi. Rosa bir yildan so`ng Pyotr I vafot etadi va akademiya uning vorislari davrida ishlay boshlaydi. Bu davr akademiya rivojlanishi uchun ancha noxush edi. Saroydagi o`zgarishlar, vaqtinchalik hukumatning almashinuvlari tepada o`tirganlarning butun e`tiborini olib qo`ygan bo`lib, akademiya ishlari ularni unchalik qiziqtirmas edi. 1725 yilda Peterburgda to`plangan olimlardan kuchli ilmiy jamoa tashkil etildi, ularning ichida ayniqsa D.Bernulli (1700 - 1782) va L.Eyler (1707 - 1783) tanildilar. Daniil Bernulli va Leonard Eylerlar nafaqat yirik matematik, balki, mexanika va fizikada kuchli iz qoldirgan tabiatshunos ham edilar. Eylerning ilmiy qiziqishlarining kengligi xayratlanarlidir: u matematika, mexanika, astronomiya, fizika, texnika, va xatto qishloq xo`jaligi sohalari bilan ham shug`ullangan. Uni mantiq, falsafa, statistika masalalari qiziqtirgan. U yozgan asarlarining ro`yxati 900 ta nomni o`z ichiga olgan. Daniil Bernulli 1738 yilda bosilib chiqqan mashhur "Gidrodinamika" asarining muallifidir. Darsliklarga u yerdan tanish bo`lgan "Bernulli tenglamasi" kirib kelgan; u yerda gazning kinetik modeli asosida Boyl - Mariott qonuni asoslab berilgandi. O`z davrida fiziklar Bilfinger va Kraftlar tanilgan. So`nggisi akademiyada fizika xonasiga asos soldi va u yerda o`zi tajribalar o`tkaza boshladi. Unga issiq va sovuq suvlar aralashmasining haroratini aniqlashga doir ilk kalorimetrik formulalaridan biri taalluqlidir. 1728 yildan boshlab Fanlar Akademiyasi "Commentarii" deb nomlangan ilmiy jurnalni bosib chiqara boshladi, u ilmiy doiralarda keng tanilib qoldi. Taniqli chet el olimlari Peterburg Akademiyasining "Kommentariyalari"da bosilib chiqishni o`zlariga sharaf deb bilganlar. Peterburg Akademiyasi dunyoga kelganligining birinchi yillaridanoq ilmiy yo`nalishi aniqlandi: u birinchi darajali ilmiy muassasa bo`lib ishlay boshladi. Biroq noxush siyosiy sharoitlar yosh akademiyaning ishiga salbiy ta`sir eta boshladi. Akademiklar birin-ketin chet elga keta boshladilar, Bernulli va Eyler, German va Kraftlar ham ketishdi. Akademik ishlar bilan olchoq kutubxonachi Shumaxer boshchiligidagi akademik devonxona o`zboshimcha boshqara boshladi. Bo`lajak birinchi rus akademik Lomonosov akademiyaning ana shu holdagi ahvolini ko`rdi.



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish