Nazorat uchun savollar:
1. Astronomiya va fizika fani paydo bo‘lishiga qanday extiyojlar sabab bo‘lgan?
2. Astronomiya va fizika fani rivojlanishiga qanday omillar rag‘batlantiruvchi kuchga ega bo‘lgan?
3. Arxeoastronomiya qanday fan?
4. Folklor astronomiya deganda nimani tushunasiz?
5. Megalitik qurilmalarga o‘xshash qurilmalar O‘zbekiston xududida ham bormi?
6. Astrologiya paydo bo‘lishiga nimalar sabab bo‘lgan?
7. Dastlabki qadimgi sivilizatsiya o‘choqlari qayerda paydo bo‘lgan?
8. Qadimgi sivilizatsiya o‘choqlarining paydo bo‘lishiga nimalar sabab bo‘lgan?
9. Taqvimlar yaratilishiga nimalar sabab bo‘lgan?
10. Insonning eng dastlabki astronomik ixtirolari nima bo‘lgan?
2-Ma’ruza. Antik davr fizikasi.
Ma’ruza rejasi.
1. Olamning moddiy asosi.
2. Qadimgi dunyo kosmologiyasi.
Hozirgi fanning paydo bo‘lishi Kadimgi Gretsiya bilan bog‘langan. Kadimgi Sharqning fanning rivojlanishida ulkan xizmatlariga qaramay hozirgi fanning asl vatani Gretsiya xisoblanadi, chunki Sharqda ilm o‘rganishda “Shunday bo‘ladi” degan tushuncha, “Shunday ekan” deb qabul qilinsa, greklarda uning isbotini talab qilishgan, nega shundayligi so‘ralgan.
Hozirgi zamon fizika fanining vatani Gretsiya ekanligi fizik terminlarning jaxon buyicha saqlanib qolingani buning dalilidir.
1. Fanlarning nomlari: matematika, mexanika, fizika, biologiya, geografiya va boshkalar.
2. Grek tilidan olingan ilmiy terminlar: massa, atom, elektron, izotop va boshkalar.
3. Formulalarning grek alfavitida ishlatilishi.
4. Grek olimlarining ilmiy adabiyotlarda kupincha uchrab turishi.
1) Fales (640 - 594), Demokrit (463-370), Pifagor;
2) Geraklit (530-470), Aristotel (384-322); 3) Platon ( 429- 348), Arximed (287-212), Geron (150-100), Ptolemey (87-165) va boshqalar eramizdan oldingi davrda yashab o‘tganlar.
5. Kadimgi gretsiyada inson ongi birinchi o‘z kuchini anglatadi, va fanni jamiyat tarakkiyoti rivojlanishiga qaratganlar.
Birinchi olimlar filosoflar ya’ni “donolik ishkibozlari” deb atalganlar. Donolikni o‘rganishga talab kuchaya bordi, bu esa olim va o‘qituvchi kasbini vujudga keltirdi. O‘sha paytdan ya’ni eramizdan oldingi davrda Platon akademiyasi, Aristotel litseyi tashkil etilgan edi. Bu tashkil etilgan o‘quv maskanlari, tor soxa kasb egalari, injenerlar, vrachlar, astronomlar, matematiklar, fiziklar, geograflar va boshka kasb soxa kishilarini shakllantirishda muxim omil bulib xizmat kiladi.
Eramizdan oldingi U-UI asrlardagi olimlar asosan natura -falsafiy qarashga ega edilar, ularning mushoxadasi fanni falsafiy tushuntirar edilar. Qadimgi grek olimlarining natura falsafiy qarashlaridan biri ular olamni yagona kartinasini tuzishga xarakat kilishdi, shu sababli xam birinchi materiya haqida tushuncha paydo buldi, materiya va xarakatning yo‘qolmasligi haqidagi ilk tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Demak, birinchi marta atom to‘g‘risida tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Masalan: Demokritning atom tuzilishi to‘g‘risidagi falsafiy dunyoqarashi quyidagilar edi:
1. Xech narsadan, xech narsa paydo bulmaydi, paydo bo‘ladigan narsalar parchalanish va birikishdan iboratdir.
2. Tasodifan biror narsa paydo bo‘lmaydi, paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
3. Sof bo‘shlik va atomdan boshqa narsa yo‘q.
4. Atom bepoyondir va turlicha shakldadir.
5. Moddalar bir- biridan atomlar soni bilan farq qiladi.
Aristotel eramizdan oldingi 384-322 yillari Gretsiyaning shimolidagi Stager shaxrida Makedoniya shoxi saroyining vrachi oilasida tug‘ilgan. 18 yoshida Afinaga kelib Platon akademiyasida o‘qigan. U Platon akademiyasining “aqli” degan nom olgan. 335 yili akademiya koshida likey (litsey) maktab ochgan. Aristotel akademiyada Ploton bilan yigirma yilcha birga ishladi, Ploton vafotidan so‘ng Aristotel 343 –339 yillar Makedoniya poytaxti Pelli shaxrida yashadi va Makedoniya shoxi Filippning o‘g‘li Aleksandr Makedonskiyga dars berdi. Aristotelni fanni tushuntirishda idialistik qarash tarafdori deb tushuniladi, aslida unday emas. Aristotel modda va maydonning mavjudligini tan oladi. U materiyaning tuzilishida murakkab bo‘lishiga qarab o‘rganishni tan oladi. Biz Aristotel fizikaida hozirgi zamon fizikasidek , matematik va fizik formulalarni ko‘rmasakda, lekin uning tabiat to‘g‘risidagi tushunchasi mantiqqa asoslanganligini ko‘ramiz. Aristotel fizikasini o‘rganish 4 narsaga asoslangan: 1 – materiya, 2- forma, 3- hosil bo‘lish, 4- xulosa. U 30 yil davomida akademiya va litseyda leksiya o‘qidi, uning leksiyalari asosan 4 ta yunalishda edi: 1. “Fizika”. 2. “Osmon haqida”. 3. Paydo bo‘lish va yo‘qolish haqida. 4. “Materiomantiq”.
Aristotel fazoviy jismlar qo‘zg‘almas Yer atrofida aylanma xarakat qiladi deb tushuntiradi. Yer ustidagi jismlarning xarakati ikki jism ta’sirida vujudga keladi deb tushuntiradi. Aristotel fikricha barcha jismlar bo‘shlikda bir xil tezlik bilan tushadi deb tushuntirgan. Bunga sabab jismlarning bo‘shlikdan qo‘rqishidir deb izoh bergan. Aristotel o‘zining tabiat qonunlariga qarashi bilan fizika fanining otasi deb tan olingan.
Arximed (287-212) eramizdan oldin Sitsiliya orolidagi Sirakuza shaxrida astronom Fidiya oilasida tug‘ilgan. U Aleksandriyada o‘qib Sitsiliyaga matematikani yaxshi o‘rgangan olim sifatida qaytadi. Uning asosiy ilmiy ishlari “Statika” elementlarini ifoda etadi. U faqatgina olim bo‘lmay, injenerlik soxasida xam ko‘p ixtirolar qilgan. Ekin sug‘oradigan uskunalar, vintlar ixtiro etgan. Jismlarning suzishi va nixoyat Arximed qonuni. U o‘zining Sitsiliya orolini rimliklardan mudofa etishda qatnashadi va tosh otar sopkonlar va richaglardan foydalanishni maslahat beradi. 212 yilda rim askarining qo‘li bilan o‘ldiriladi. Kuyosh atrofida Yerning aylanishini birinchi bo‘lib Arximed aytgan.
Uning fizika fanini rivojlantirishdagi xissasi quyidagilardir:
1. Tekis figuralarning muvozanatlik shartlari.
2. Kuch momenti, kuchning yelkaga nisbatan teskari proporsionalligi.
3. Og‘irlik va uzunlik to‘grisidagi tushuncha, yerning tortishish kuchini yenguvchi kuch haqida.
4. Suyuqlik tomchisining sharsimon bo‘lishiga sabab yerning tortish kuchi ekanligi haqida.
5. Gaz va suyuqliklar uchun Arximed qonuni, Arximed kuchi, jismlarning suyuqliklarda suzishi Arximed kuchiga asoslanganligi.
6. Optika va astronomiya bilan shug‘ullanib, quyosh nurining bir nuqtaga yiqqanligi va uning harbiy ishlarda foydalanganligi, turli muhitlardan o‘tgan yorug‘lik nurining sinishi va yo‘nalishini o‘zgarishi.
7. Olam tuzilishi to‘g‘risida fan tarixida Arximed ikki sistema, geomarkaz va geliomarkaz tushunchasini kiritdi.
XULOSA: Antik davr fanining xarakteri shundan iboratki, kadimgi grek olimlari birinchi marta moddalar atomlardan tuzilganligini aytishgan, barcha jismlar fazoviy jismlardan iboratligini isbot qilishgan. Tabiat qonunlarini o‘rganishda ularning o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini ochishga xarakat qilishgan. Dunyoning yagona fizik xaritasini yaratishga asos solishgan.
V – VII – asrda arablarning juda katta xududga chiqib, Eron, Iroqni bosib oldi va juda katta arab xalifaligini vujudga keltirib, o‘zi bosib olgan joylarda arab tili va dinini o‘tkaza boshladi. Arab xalifaligida abbosiylar sulolasi xokimiyatini qo‘lga olganlaridan so‘ng poytaxtni Kufadan Bog‘dodga ko‘chirishgan edi. Shu sulola davrida, ayniqsa Xorun al-Rashid (785-809 yillar) va uning o‘gli Ma’mun (813 - 833) xalifalik qilgan zamonlarda xalifalikda iqtisodiy va madaniy xayot ancha jonlandi. Bogdod sharqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi, ilm fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Arab xalifaligi davrida Bagdod, Samarqand, Xorazm, Buxoro kabi yirik shaxarlardg qatnagan savdogarlar ilmiy va madaniy aloqalarni o‘rgatishda xam muxim rol o‘ynadi.
Arab xalifasi va keyingi davrda O‘rta Osiyo allomalari xam tabiiy, astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashgul bo‘lganlar va bizlar uchun boy meros qoldirdilar. Bular jumlasiga Muxammad al-Xorazmiy, Axmad al-Fargoniy, Abu Nasr al Farobiy , Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Abu Maxmud, Xamid al Xo‘jandiy, Nasiriddin at – Tusiy, Mirzo Ulug‘bek, Fiyosiddin Koshiy kabi yuzlab O‘rta Osiyoning mashhur siymolari o‘z ijodlari va ilmiy meroslari bilan faqat O‘rta Osiyo xalqlarinigina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, ularning nomlari bugun jaxonning barcha xalqlari orasida hurmat bilan tilga olinadi.
Shu davrda Bag‘dodda taklif etilgan Al Xorazmiy, xalifalardan dastlab al- Ma’mun, so‘ngra al-Mu’tasim (833-842) va al – Vosiq (842 - 847) saroylarida yashab ijod etdi. Xorazmlik Abu Abdallo Muhammad ibn Musa al Xorazmiy (780 - 850) yillari ijod etdi, u arifmetikani otasi, algebrani rivojlantirishda muhim hissa qo‘shdi. Matematikani algebraik talqin qilish uning «Al-Jabr» xozirgi kunda algebra fanini asosi hisoblanadi. Xorazmiy astronomiya bilan shug‘ullanib, IX- asrning 20 – yillarida o‘zining mashhur astronomik jadvallari «Zij» ini yozdi. Unda keltirilgan ma’lumotnomalar hozirgi kunda ham o‘z mavqeini yo‘qotgani yo‘q.
O‘rta asr Sharq olimlari ichida Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi alohida o‘rin tutadi. Abu Rayxon ibn Axmad Beruniy 973 yilning 4 sentabrida Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyot hozirgi Beruniy shaxrida tug‘ilgan. Beruniy davrida Qiyot shaxri mamlakatning asosiy hunarmandchilik, ishlab chiqarish va savdo markazi sifatida tanilgan.
Beruniy olimning taxallusi bo‘lib Beruniy forscha «Berun» (tashqari) so‘zidan kelib chiqqan. Beruniy so‘zi shaxar tashqarisidan kelgan degan ma’noni bildiradi. Abu Rayxon uning laqabidir. Olimning otasini Ahmad o‘zini esa Muhammad deb atardilar.
Abu Rayxon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Farobiy o‘sha davrlarda mashhur bo‘lgan singari olimlarning asarlarini mustaqil o‘rgandi, uning birinchi ustozi Abu Nosir ibn Iroq nomli matematika olimi edi. Hozirgacha Beruniyning 152 asari ma’lum bo‘lib, bizga uning faqat 30 tasi saqlanib yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiyaga va geodeziyaga, 4 tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag‘ishlangandir. U 50 yoshidayoq qadimiy eron ilmiy adabiyot tili sanskrit tilini, bundan tashqari xorazm, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.
Beruniy o‘zining fizika sohasidagi ishlarini fizikaning mexanika, akustika, issiqlik, yorug‘lik, elektr va magnetizm masalalariga bag‘ishlangan edi. Materiya o‘lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchak tezlik, og‘irlik, solishtirma og‘irlik, tutash idishlar, favvora, artezian quduqlari, bo‘shliq, atmosfera bosimi, konveksiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortish kuchi, inersiya, ta’sir, jismlarning erkin tushishi, oddiy mexanizmlar singari tushunchalarga bag‘ishlangan uning bayonotlari mexanika fanining taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin tutdi, u yorug‘likning tabiati haqida fikr yuritar ekan, yorug‘lik nurini moddiy zarrachalar dastasi deb ta’kidlaydi, yorug‘lik tezligini tovush tezligi bilan taqqosladi, yorug‘likning sinishi, qaytishi, ranglarga bo‘linishi singari hodisalarni tushuntirishga urindi, u magnit qutblari, magnit xossasining tashqi kuch ta’sirida o‘zgarishini tushuntirishdagi fikrlarini olg‘a surib bayon etish bilan qanoatlanmay, minerallar haqidagi asarida: «elektron» terminini tushuntirish uchun «qahrabo» so‘ziga izoh beradi, «qahrabo» so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, qah – somon, rubo – o‘g‘irlagich demakdir, deb tushuntirda, bu ma’no ishqalanish tufayli, elektrlangan jismlar tomonidan somonga, sochga o‘xshash yengil narsalarni o‘ziga torta olish xossasini ifodalaydi.
U gidrostatik usul bilan 50 dan ortiq moddaning solishtirma og‘irliklarini o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi, bunga quyidagi bir necha misolni keltirish kifoya:
Beruniyning Abu Ali ibn Sino bilan qilgan savol-javoblari ularning fizika masalalariga qiziqishlarining dalilidir. Masalan, birinchi savol: oq, yumaloq, tiniq bir shisha idish tiniq suv bilan to‘ldirilsa, kuydirishda yumaloq tiniq tosh xizmatini bajaradi, agar u shisha suvdan bo‘shatilib, havo bilan to‘ldirilgan bo‘lsa kuydirmaydi va quyosh shu’lasini to‘plamaydi: nima uchun shunday bo‘ladi, ya’ni shishada kuydirish kuchi va Quyosh shu’lasini to‘plash qo‘vvati paydo bo‘ladi?
J a v o b: albatta suv qalin, vazmin, tiniq bir jism bo‘lib, uning zotida bir oz rang bor. Shunday sifatdagi har bir narsadan yorug‘lik akslanadi. Shuning uchun suv to‘ldirilgan shishada yorug‘lik akslanadi. Shu’laning to‘planishidan kuydirish quvvati hosil bo‘ladi. Ammo havodan shu’la kuchli akslanmaydi. Chunki havo haqiqatda nozik, yupqa va tiniqdir. Agar o‘sha yumaloq shisha havo bilan to‘ldirilsa, shishada kuchli akslanish hosil bo‘lmaydi.
I k k i n ch i s a v o l: Bizningcha olamning ichida va tashqarisida bo‘shliqning bo‘lmasligi muqarrar bo‘lgach, nima uchun shisha idishga suv ko‘tarilib kiradi ?
J a v o b : Suvning shisha idish ichiga bu xilda kirishi, shisha ichida bo‘shliq borligidan emas. Lekin bunga sabab idishdan havo so‘rganda shisha idish ichida bo‘shliq bo‘lmasligi uchun, undan havoning chiqishi mumkin bo‘lmaydi, havoni so‘rish shisha ichidagi havoda ketma-ket majburiy harakatlar paydo qiladi va ketma-ket ta’sir etgan turtki harakatlar shisha ichidagi havoni qizitadi. Qizish natijasida havo kengayadi va bu havo kengaygach kengroq joy talab qiladi. Chor-nochor idishda havo tiqilib, ortiqchasi undan chiqib ketadi. Qolgan bu issiq havoga suvning sovuqligi o‘tib, u havo torayib to‘planib ozroq joyni oladi. Bo‘shliqning bo‘lishi mumkin bo‘lmaganligi uchun kengaygan havoga sovuq jism tekkanda paydo bo‘lgan ixchamlashish barobarida shisha idishga suv ko‘tarilib kiradi. Ko‘rmaysanmi, agar idishdan havoni so‘rmay, balki so‘rishga zid bo‘lgan ishni qilsang, ya’ni ichiga ketma-ket puflasang ham bu puflash harakatlari shishaning havosini qizitadi, so‘ngra shisha og‘zini suvning ustiga qo‘ysang bunda ham ilgarigi hodisani ko‘rasan. Bu bo‘lsa, tajriba qilingandir. Shunga o‘xshash, agar shishani qizitib og‘iz tomonini suv ustiga qo‘ysang, shisha idish o‘sha amalni qiladi. Shu javob kifoyadir.
U ch i n ch i s a v o l: Agar jismlar issiqlikdan kengaysa va sovuqlikdan toraysa, butun qo‘zalarning va boshqa idishlarning sinishi, ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo‘lsa, nima uchun ichida suv yaxlab qolgan idish yoriladi va hokazo?
J a v o b: Jism qizib, kengayib kengroq joy talab qilib ko‘zani sindirsa bas. Shunga o‘xshash jism sovib kichikroq joy olgach, idishda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Natijada sovuqlik idishni sindirgandir. Bunga tabiatda har xil misollar bordir. Sodir bo‘ladigan ko‘p hodisalarga sabab o‘sha sabablardandir. Lekin biz zikr etgan so‘z masalaning javobi uchun kifoyadir.
T o‘ r t i n ch i s a v o l: nima uchun yax suv yuzida bo‘ladi: hol buki yax sovuqlik bilan qotish sababli Yer tabiatiga yaqinroq edi ?
J a v o b: Suv yaxlagan vaqtda suvda havo bo‘laklari qamalib qolib, yaxni suv tagiga cho‘kishdan saqlaydi. Bu so‘z sen so‘ragan savollarning hammasiga javobdir. Agar bu fasllarda birontasi senga mushkul bo‘lsa, qatadan izoh talab qilish bilan menga minnat va ehson qilishing vojib bo‘ladi. Shunda men bu masalalarni izoh qilib senga yuborishni tezlataman.
Beruniyning fizika sohasida olib borgan ishlari materiya, harakat, yerning tortishi, og‘irlik, solishtirma og‘irlik va zichlik, jismlarning xajmini o‘lchash, jismlarning erkin tushishi masalalari, tutash idishlar, favvoralarning otilish sabablari, oddiy mexanizmlar, konvetsiya, issiqlikdan kengayish, yorug‘likning tarqalish tezligi, sinishi, linzalar yasash va ularning fokuslarini aniqlashga doir mulohazalar, oy va quyosh tutilishi; quyosh nurlarining nurlarga ajralishi, qaxrabo terminini fanga kiritish singari masalalar bilan shug‘ullanibgina qolmay, yorug‘lik energiyasining issiqlik energiyasiga, magnit maydon energiyasining mexanik energiyaga mexanik energiyaning elektr energiyaiga va aksincha, elektr energiyasining mexanik energiyaga aylanishi haqida yuritilgan mulohazalari va o‘tkazgan tajribalari o‘z zamonasi fanining taraqqiyoti mazmuniga xos belgilardan ekanligi Beruniyning olim sifatida buyuk siymo ekanligiga dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |