Жойлашуви
|
Узунлама
|
Кенглама
|
Равшанлик
|
Кичик Айиқ юлдуз туркуми
|
|
Думи учидаги юлдуз
|
Эгизаклар 0 1/6o
|
N 66o
|
3
|
Думи учидаги кейинги юлдуз
|
Эгизаклар 2 1/2o
|
N 70o
|
4
|
Кейинги, дум бошидаги юлдуз
|
Эгизаклар 16o
|
N 74 1/3o
|
4
|
Тўғрибурчакнинг ғарб
томонидаги жанубий юлдуз
|
Эгизаклар 29 2/3o
|
N 75 2/3o
|
4
|
Худди шу томонидаги шимолий
юлдуз
|
Саратон 3 2/3o
|
N 77 2/3o
|
4
|
Шарқ томонидаги жанубий
юлдуз
|
Саратон 17 1/2o
|
N 72 5/6o
|
2
|
Худди шу томондаги шимолий
юлдуз
|
Саратон 26 1/6o
|
N 74 5/6o
|
2
|
Жами 7 юлдуз, улардан иккитаси
– 2-чи, биттаси – 3-чи ва тўрттаси – 4-чи юлдузий
катталикда
|
|
юлдуз туркуми шаклидан ташқарида, унинг ёнида, шарқ томондаги юлдузлар билан бир чизиқда, биринчи юлдузий катталикдаги юлдуздан
жануброқда жойлашган юлдуз
|
Саратон 13o
|
N 71 1/6o
|
4
|
Катта Айиқ юлдуз туркуми
|
|
Тумшуғи учидаги юлдуз
|
Эгизак 25 1/3o
|
N 39 5/6o
|
4
|
Кўзларидаги иккита юлдуздан
ғарбдагиси
|
Эгизак 25 5/6o
|
N 43o
|
5
|
Уларнинг шарқдагиси
|
Эгизак 26 1/3o
|
N 43o
|
5
|
Пешонасидаги иккита юлдуздан
ғарбдагиси
|
Эгизак 26 1/6o
|
N 47 1/6o
|
5
|
Уларнинг шарқдагиси
|
Эгизак 26 2/3o
|
N 47o
|
5
|
Ғарб қулоғининг учидаги юлдуз
|
Эгизак 28 1/6o
|
N 50 1/2o
|
5
|
Бўйнидаги иккита юлдуздан
ғарбдагиси
|
Саратон 1/2o
|
N 43 5/6o
|
4
|
Уларнинг шарқдагиси
|
Саратон 2 1/2o
|
N 44 1/3o
|
4
|
Кўкрагидаги иккита юлдуздан
|
Саратон 9o
|
N 42o
|
4
|
шимолийси
|
|
|
|
Уларнинг жанубийси
|
Саратон 11o
|
N 44o
|
4 -
|
Чап тиззасидаги юлдуз
|
Саратон 10 2/3o
|
N 35o
|
3
|
Олдинги чап оyoғи учидаги
шимолий юлдуз
|
Саратон 5 1/2o
|
N 29 1/3o
|
3
|
Ундаги жанубий юлдузи
|
Саратон 6 1/3o
|
N 28 1/3o
|
3
|
Ўнг тиззасидан юқорироқдаги
юлдуз
|
Саратон 5 2/3o
|
N 36o
|
4
|
Ўнг тиззасидан пастроқдаги
юлдуз
|
Саратон 5 5/6o
|
N 33o
|
4
|
Тўртбурчакликдан, белидаги
юлдуз
|
Саратон 17 2/3o
|
N 49o
|
2
|
Худди шу ерда, биқинидаги
юлдуз
|
Саратон 22 1/6o
|
N 44 1/2o
|
2
|
Дум бошидаги юлдуз
|
Арслон 3 1/6o
|
N 51o
|
3
|
Чап сонидаги қолган юлдуз
|
Арслон 3o
|
N 46 1/2o
|
2
|
Орқа чап оyoғи учидаги ғарбий
юлдуз
|
Саратон 22 2/3o
|
N 29 1/3o
|
3
|
Уларнинг шарқдагиси
|
Саратон 24 1/6o
|
N 28 1/4o
|
3
|
Чап сондаги юлдуз
|
Арслон 1 2/3o
|
N 35 1/4o
|
4 +
|
Ўнг орқа оyoғининг учидаги
шимолий юлдуз
|
Арслон 9 5/6o
|
N 25 5/6o
|
3
|
Уларнинг жанубийси
|
Арслон 10 1/3o
|
N 25o
|
3
|
Думи бошланишидаги учта
юлдуздан биринчиси
|
Арслон 12 1/6o
|
N 53 1/2o
|
2
|
Уларнинг ўртадагиси
|
Арслон 18o
|
N 55 2/3o
|
2
|
Дум учидаги учинчи юлдуз
|
Арслон 29 5/6o
|
N 25o
|
3
|
Жами 27 юлдуз, улардан олтитаси – 2-чи, саккизтадан –
3 ва 4-чи, ва бештаси – 5-чи юлдузий катталикда
|
|
Bayerdan ikki yarim asr o‘tgan davr ichida qurollanmagan ko‘z bilan kuzatishi mumkin bo‘lgan yulduzlarga doir yetarlicha ko‘p atlaslar chiqdi. Ularning barchasi yulduz turkumlarining g‘aroyib tasvirlariga ega. Ularning eng mashhurlarini olib ko‘raylik.
Bayerdan keyingi xuddi shu XVII asrda qilingan yirik uranografik ish – Dansig (Gdansk) shahrida yashagan mashhur polyak astronom Yan Geveliy qalamiga mansubdir. U Firmamentum Sobiescianum. atlasini yaratadi. Geveliy Renessans davrining ma’rifatli va madaniyatli kishisi bo‘lgan. U ko‘pgina kasb-hunarlarni egallagandi: pivo pishiruvchi ham, shahar hokimi ham bo‘lgandi, mohir o‘ymakor-naqqosh, va albatta, o‘z davrining yetakchi astronomlaridan biri edi. Aslida u tuzgan atlas ikki qismdan iborat bo‘lgan. Faqat uning ikkinchi qismi – qurollanmagan ko‘z bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan 1564 ta yulduzni o‘z ichiga qamrab olgan katalog, u Prodromus Astronomiae. deb nomlanadi (sobiq Ittifoqda buning atigi uchta nusxasi mavjud bo‘lib, shulardan bittasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti kutubxonasida saqlanadi. O‘zbekistonda yagona bu nusxani Astronomiya institutiga uzoq vaqt davomida rahbarlik qilgan akademik Sheglov sa’iy harakati bilan keltirilgan), Geveliy vafotidan so‘ng uning ayoli Elizabet Gevelius tomonidan 1690 yilda bosib chiqarilgan. Bu o‘ta qobiliyatli ayol uning doimiy ilmiy sherigi bo‘lgan va xatto astronomik kuzatuvlarida unga yordam berib kelgan. Tixo Bragening tayyor kuzatuv ma’lumotlaridan foydalangan Bayerdan farqli ravishda, Geveliy o‘zi kuzatuvlar olib borgan, o‘zi yulduzlar vaziyatlarini o‘lchagan, ular keyinchalik uning katalogi va atlasidan joy olgan.
Bayer va Geveliy ishlari orasida ma’lum o‘xshashlik bor. Gap shundaki, Dansiglik astronom kuzatuvlarini o‘zining shahsiy
Stellaburgum. (Stellaburgum.) rasadxonasidan olib borgan, u bir asr avval qurilgan Tixo Bragening Uraniborg. (Uraniborg.) idan deyarli farq qilmagan. Garchi Geveliy davrida teleskop ixtiro qilib bo‘lingan va sekin- astalik bilan astrometrik asbob sifatida foydalana boshlangan bo‘lsada, ikkalovi ham kuzatuvlarni hech qanday optik priborlardan foydalanmagan holda, qurollanmagan ko‘z bilan olib borishgan. Ular kuzatuvlarini qurollanmagan ko‘z bilan eski o‘lchov asboblar yordamida olib borishgan. Geveliy pozitsion o‘lchashlarda qat’iyan teleskopdan foydalanishni istamagan. Bu g‘alati tuyulsada, ammo fan tarixida bunday narsalar tez-tez uchrab turadi. Masalan, astrofotografiya XIX asrda keng tarqalgan bo‘lsada, u mutaxassis astronomlar ichida juda sekin-astalik bilan tan olinib kelingan. Geveliy, o‘lchov instrumenti sifatida teleskopga nisbatan qurollanmagan ko‘z geometrik jihatidan sofroq. deb hisoblagan, chunki teleskopdagi linzalar o‘ziga xos xatoliklarni kiritadi deb o‘ylagan. Qanday bo‘lganda ham, u o‘lchashlarning eskicha an’analariga rioya qilib kelgan. Keyinchalik astrometrik ishlarda teleskoplardan foydalanish ommalashib ketdi.
Geveliyning mashhurligi yana shundan iboratki, u faqat qurollanmagan ko‘zdan foydalangan holda yulduzlar vaziyatlarini bir burchak minutidan ham kichik xatoliklar bilan o‘lchayolgan. Natijada u tuzgan atlasining aniqligi hozirda foydalaniladigan atlas va xaritalarga tenglashib qolgan. (Garchi hozirda yulduzning vaziyatini yoy sekundining kichik ulushlarigacha aniqlik bilan topish mumkin bo‘lsada, bunday kichik burchak masofani oddiy xaritalarida akslantirib bo‘lmaydi, ularning aniqligi atigi 1 burchak minutni tashkil etadi. Shuning uchun ham Geveliy erishgan aniqlik xatto zamonaviy xaritalarga ham yetarli deb hisoblanadi).
Bayer va Geveliy atlaslarining orasida yana bir o‘xshashlik bor – bizning dansiglik astronom ham kartografik proyeksiya qoidalarini nazar- pisand qilmagan. U tuzgan xaritalarining ko‘pgina qismi to‘g‘ri burchakli
trapetsiyasimon. proyeksiyasiga amal qilingan. U ham qutbiy xaritaga olam qutbilaridan va ekliptik qutblaridan o‘tkazilgan ikkita simmetrik radial to‘rni joylashtirib, Bayerning xatosini takrorlaydi.
Geveliy nafaqat eskirib borayotgan kuzatuvlar o‘tkazish usullarining tarafdori bo‘lgan, u shuningdek osmonni tasvirlashning eskicha an’analariga ham qat’iy amal qilib kelgan. Geveliy ko‘zguli-o‘girilgan yulduzli xartalarni afzal ko‘rgan, unda yulduzlar qanday bo‘lsa, shunday tasvirlanmasdan, balki osmon sferasidan tashqarisidan. kuzatilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlari tasvirlangan. Bunday qilib yulduz turkumlari osmon globuslarida tasvirlangan, osmon globusining geometriyasi shuni taqozo etgan. Globuslarga nisbatan yassi xaritalarining asosiy afzalligi shundan iboratki, ular yulduzli osmonning real tasvirini beradilar. Unda nima uchun Geveliy osmonni noqulay, o‘girilgan holda tasvirlagan? Balki, bunga sabab – u shu yo‘l bilan o‘sha davrda keng tarqalgan osmon globuslar bilan uyg‘unligiga erishmoqchi bo‘lgandir. Geveliy atlasi o‘zining badiiy bezagi bilan ajralib turadi. Har bir tasvirni Geveliy o‘zi ishlab chiqqan nuqsonsiz usulida o‘yib ishlagan. Bayerdan farqli ravishda u yulduz turkumlarining yondosh tasvirlarini ham beradi. Barcha tasvirlar noyob tipografik bosma texnikasi yordamida bajarilgan. Geveliy hozirga qadar nomlari saqlanib qolgan bir qator yangi yulduz turkumlarini kiritadi, bular Tozi Itlar (Canes Venatici), kaltakesak (Lacerta), Kichik Arslon (Leo Minor), Silovsin (Lynx), Sekstant (Sextants), Qalqon (Scutum), Tulkicha (Vulpecula). Aslida ularning ayrimlari uzunroq nomlarga ega edilar, masalan, Tulkicha aslida g‘ozli Tulkicha (Vulpecum Ancer), Qalqon – Sobeska Qalqoni (Scutum Sobieski) deb nomlangan. Geveliy tomonidan kiritilgan ayrim yulduz turkumlar hozirda yo‘q.
Yarim asrdan ham kam vaqt o‘tgandan keyin yana bitta uranografik ish chiqadi. Birinchi ingliz qirol astronomi Jon Flemstid (1646 – 1719) Atlas Coelestis. ni yaratadi. Bu yerda osmon kartografiyasi sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tariladi. Yulduzlarni ko‘rsatish aniqligi ham zamonaviy talablarga javob beradi, chunki yulduzlarning vaziyatlarini o‘lchashlari optik asboblar yordamida amalga oshirilgandi. Flemstid tomonidan o‘lchalgan yulduzlarning barchasi uning Britanik katalogi. ga (Britannic Catalogue.) kiritildi. Atlas Coelestis. batafsilroq koordinat to‘riga ega: og‘ishlar har bir gradus oralab belgilangan. Undan tashqari, ushbu atlasda amalda qulayroq ekvatorial koordinat sistemasidan foydalanilgandi, u osmon sferasi aylanishi hamda ekvatorial o‘rnatmadagi teleskop siljitilishi bilan moslashaoladi. Ammo Flemstidning xaritalarida ekliptik koordinat sistemasi ham saqlanib qolgandi. Flemstiddan qo‘shaloq koordinat to‘rga ega xaritalarning davri boshlanadi.
Ajablanarli joyi shundaki, sinusoidal proyeksiya trapetsiidal. ga nisbatan sferaga bir qadar yaqinlashuvini bildirsada, u yulduzli osmon va Yerdagi kontinentlari tasvirlarining buzilishlarini bartaraf etmaydi. Flemstid, ushbu proyeksiya orqali osmonni eng kam buzilishlar bilan ifodalamoqchi bo‘lganini ta’kidlaydi, ammo mashhur Katta Cho‘mich. asterizmiga nazar soladigan bo‘lsak, bu unchalik to‘g‘ri emasligiga ishonch hosil qilamiz. Ushbu asterizm pressdan o‘tganidek shunchalik cho‘zilgan va buralgan bo‘lib tuyuladi. Buni bartaraf etish mumkinmi? Xatto o‘sha davrlarda ma’lum bo‘lgan boshqa proyeksiyalar, ayniqsa kosinusoidal proyeksiya, bunday nuqsonlarni bartaraf etish mumkin edi. Ammo sinusoidal proyeksiya XVIII asrda juda ommalashib ketgandi, undan xatto Yerdagi xaritalarida ham foydalanishgan.
Butun yuz yil davomida Flemstid atlasi eng ommabop nashrga aylandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U ko‘p marta qayta-qayta nashrdan chiqarildi, nemis, fransuz tillarga o‘girildi, unga taqlid qilindi.
Atlasning asosiy xatosi shundan iborat ediki, Flemstid Flemstid soni. deb nomlangan belgilanishni, ya’ni, muayyan yulduz turkumida ko‘z bilan kuzatiluvchi yulduzlarni ularning og‘ishlari ortishi tartibida joylashtirishni o‘zi kiritgan bo‘lsada, unga unchalik amal qilmagan. Fransuz astronom Jozef Jerom Laland (1732 – 1807) bu tartibdagi yulduzlarni Flemstid katalogining fransuzcha nashriga (1780 yilda nashr qilingan) tayyorlayotganda shunga duch keldi. Undan tashqari, Flemstid atlasidagi yulduzlar Bayerning yunoncha harflari bilan belgilangan.
XIX asrning boshi, ayniqsa uning birinchi yili (1801 y.) yulduz turkumlarining rasmlari berilgan atlaslarning eng gullagan davri bo‘ldi deb aytish mumkin. Xuddi shu yili mashhur nemis astronom Iogann Elert Bode (1747 – 1826) o‘zining buyuk monumental ishini – Uranografiya. atlasini nashrdan chiqardi, u o‘sha davrdagi ilmiy va kartografik namunasiga aylandi. Uning xaritalari qurollanmagan ko‘z bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha yulduzlarni hamda bir qanchadir 8 yulduz kattalikdagi yulduzlarni o‘z ichiga qamrab olgandi.
Bode atlasi osmon yulduz turkumlarining ulkan miqdori bilan to‘lib- toshib ketgan davrda yaratilagndi, Bode o‘zi o‘ylab topgan yulduz turkumlarini jamlaganda ularning soni yuztaga yaqinlashib qolgandi. Bode topgan yangiliklarida g‘aroyib, hozirda bekor qilingan, masalan Tipografiya dastgohi (Officina Typographia), Havo shari (Globus Aerostaticus), Elektr mashina (Machina Electra) yulduz turkumlar bor edi. U keyingi davrgacha yashamaganiga afsus, bo‘lmasa Temir Ot. yoki Lokomotiv (Ferroequus) kabi nomlar ham paydo bo‘larmidi! Bode yaratgan yulduz turkumlari.dan biri, ya’ni, Myural Kvadranti (Quadrans Muralis) hozirda Kvadrantida (Quadrantid) meteor oqimi radianti bilan aynanlashtirilgan. Ushbu oqimning radianti Ho‘kizboqar (Bootes) yulduz turkumining shimoliy qismida joylashgan.
Bode birinchilar qatori o‘zining xaritalarida yulduz turkumlarining chegaralarini tasvirlab berdi, natijada hr bir yulduz aniq biror yulduz turkumga mansub bo‘lib qoldi. Hozirda bu narsa tabiiydek tuyuladi, ammo u davrlari, va ayniqsa, antik davrlarda yulduz turkumlari orasida
bo‘shliqlar. mavjud edi va bu sohalardagi yulduzlar egasiz., ya’ni, hech qaysi turkumga kirmagan bo‘lib qolardi. Yulduz turkumlari ustma-ust tushardi, yulduzlar umumiy bo‘lib qolardi. Bunga misol qilib Bayer atlasi turidagi xaritalarida yaqqol ko‘rinadi. Bayer xatto ayrim yulduzlarni qo‘shaloq yunon harflar bilan belgilagan, ularni biri biriga chegaradosh yulduz turkumlarining qismlariga qo‘shib yuborgan; masalan, Alferas yulduzini u Andromedaning alfa yulduzi va Pegasning beta yulduzi, Elnafni Savrning betta va Aravakashning gamma yulduzi deb nomlagan. Hozirda ushbu yulduzlar faqat Andromedaning alfasi va Savrning betta yulduzlari deb qabul qilingan. Garchi Bode yulduz turkumlari orasidan chegaralarini o‘tkazgan bo‘lsada, ular orasidagi yulduzlar taqsimlanmay qolgandi. Chegaralar beo‘xshov egri chiziqlar ko‘rinishida tasvirlangan va keyingi yillarda ularga qat’iy amal qilinmagan, bitta atlas ikkinchisiga zid kelardi. Bu narsa 1930 yilgacha davom etildi, unda Xalqaro Astronomik Kengash rasmiy ravishda yulduz turkumlarining ro‘yxatini va ular orasidagi chegaralarini tasdiqladi. Bu chegaralar 1875 yil epoxasiga taalluqli bo‘lib, AQSHning g‘arbiy qismidagi kontinental shtatlari oralaridagi chegaralari kabi, qat’iy ravishda shimol – janub va g‘arb – sharq yo‘nalishlarda o‘tadi.
Bode Uranografiya.sining yutuqlaridan yana biri shundan iborat ediki, u ajoyib, o‘sha davr uchun ilg‘or bo‘lgan konik proyeksiyasi yordamida bajarilgan edi. Shuning uchun yulduz turkumlarining tasvirlari minimal buzilishlar bilan tasvirlangandi. Shunday qilib, navbatdagi yana bitta to‘siq yengib o‘tildi. Bode avval, 1782 yilda Laland ishtirokidagi uning dastlabki sodda atlasi yaratilganda unda sinusoidal proyeksiyasidan foydalangandi, endi esa u bundan voz kechdi.
12- Ma’ruza. Geliosentrik sistema va uning taraqiyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |