10- Ma’ruza. O’rta asirlarda astranomiya fani rivojlanishi.
Mavzu rejasi
O’rta asirlarda fizka va astranomiya fanlaring rivojlanish tarixi.
Sharqda fan va madaniyat rivojlanish omilari.
O‘rta asrlar (IX-XV) nafaqat astronomiya yoki falsafa uchun emas, balki barcha fanlar tarixi qora zulmat ichida qoldi deb hisoblanadi, chunki ma’naviy hayot batamom yangi rivojlanib kelayotgan markazlashgan din shakllariga tobe qilingan edi. Yevropada bu nasroniylar dini hukmronligi edi. Diniy fanlarda aqidaparastlik va an’anaviylik hukm surardi, bu esa atrof tabiatni mustaqil o‘rganishga imkon qoldirmasdi. Tabiatni o‘rganish o‘rniga Bibliyani (nasroniylarning muqaddas kitobi) hamda cherkov amaldorlari tomonidan buzib o‘girilgan Aristotel va Ptolemey ta’limotlarini yodlatish yo‘lga qo‘yilgandi. Shunga o‘xshash, Sharqda VII asrida paydo bo‘lib arab davlatlarda rasmiy tan olingan va keyinchalik Hindistonga ham o‘ta boshlagan yangi islom dini ham Qo‘rondan tashqari boshqa haqiqatni tan oldirmasdi. Boshqa paydo bo‘lgan dunyoviy. dinlar, masalan, Hindistonda paydo bo‘lgan va o‘rta asrlarda Xitoyga tarqala boshlagan buddizm (budparastlik) ham so‘zsiz itoat etishni talab etardi.
Bu davrda barcha Sharq va G‘arb regionlarida qiyinchilik bilan qadimgi yunon ilmiy merosni yo‘qotish hamda o‘rganish murakkab jarayoni kechib o‘tdi. Eski tabiiy falsafiy ta’limotlar bilan yangi diniy aqidalarning qorishib ketish davrida fazo, vaqt, Koinot o‘lchami va shakli haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar paydo bo‘la boshlaydi. Qadimgi yunonlarning sferik davriy olamini, soz va uyg‘un mukammal shakllar va harakatlar dunyosini yassi Yerning sodda tasviri sitib chiqaradi. Bu tasavvurlar bilan yonma-yon Koinot haqidagi bir jinsli, yassi. cheksiz fazo degan tasavvur ham paydo bo‘la boshlaydi. Vaqt endi osmondagi davriy harakatlar bilan bog‘lanmay, balki to‘g‘ri chiziqli. - o‘tmishdan kelajakga qarab oquvchi hodisalar oqimi sifatida gavdalanadi.
IV asr oxiriga kelib Rim imperiyasi ikkita mustaqil davlatga taqsimlandi: G‘arbiy Rim imperiyasi (poytaxti Rim) va sharqiy (poytaxti Konstantinopol, Vizantiya). 476-chi yildan G‘arbiy Rim imperiyasi batamom tugatildi. Shundan so‘ng qadimgi yunon madaniyati merosining taqdiri Vizantiya bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Bir tomondan, IV asrga kelib kuchayib ketgan nasroniylik (xristianlik) demokratik yunon va hatto yunon-rim madaniyatining rivojlanishiga ta’ziyiq ko‘rsatadi. Ikkinchidan, Vizantiya qadimgi yunon ilmiy tabiiy falsafiy merosining saqlovchisi bo‘lib qoldi. Nafaqat Vizantiyada, balki butun Yevropada dunyoviy ilm butkul bostirilgan bir paytda monastirlar ilm olish maskanlariga aylanadi. Ilmli rohiblar tomonidan mumtoz yunon merosi o‘rganilishi antik va ellinistik fan va falsafaning boyligini ochib berdi. Qadimgilarning ilmi namunaga, bilimning yagona manbasiga aylantirilib borildi (sxolastika). Aristotelning asarlari izohlanish va o‘rganishning asosiy ob’ektlari bo‘lib qoldi. Rim inqirozga yuz tutgandan so‘ng pastroq darajadagi rivojlanish pog‘onasida turgan xalqlar qurshovida qolgan Vizantiya o‘sha yunon merosi ta’siri ostida Sharqda yangi madaniy markazlar shakllangunga qadar bir necha asrlar davomida bamisoli madaniyat oroli bo‘lib qoldi.
Vizantiyada tabiiy falsafa rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri nasroniylik o‘zining ta’sis etilishining birinchi asrlarida (III-V asrlar) hali obro‘si baland bo‘lgan antik va ellinistik klassiklar bilan mavqeni bo‘lishib olishga majbur edi. Anchadan keyin, XIII asrga kelib cherkov eng tartibli, Aristotelning qadim geotsentrizm an’analariga va antropotsentrizmga tayangan ta’limotni o‘zining mafkurasiga batamom bo‘ysundirdi. Vizantiya falsafa va kosmogoniyasi uchun Platonning antik konseptsiyalari, Plotin neoplatonizmi va Koinot boshida turib barcha material Koinotni hech narsadan. bor qilgan nasroniylarning Yagona Xudo tasavvuri xos edi. Bunday vaziyatda antik davrdan meros bo‘lib qolgan va o‘rta asrlargacha vizantiyalik kosmologiyada qabul qilinib kelayotgan ayrim to‘g‘ri g‘oyalar va Kosmos haqidagi tabiiy ilmiy ma’lumotlar (masalan, Yer sharsimonligi) sekin-asta yo‘qolabordi. Koinot haqida yangi yaxlit ta’limotlarni yaratishga urinishlar birozgina kuzatuv ma’lumotlarning va diniy aqidalarning aralashmasidan iborat edi (masalan, Xudo tomonidan olam yaratilishi - Olti kunlik. - Shestodnev.,
Bilimlar manbasi. ensiklopedik asardagi antik va ellinistik olimlarga mansub kosmologik ta’limotlarning o‘girmasi). VII asrda Iskandariya ilmiy markazi arablar tomonidan tor-mor etilganidan so‘ng qadimgi yunonlarning madaniy merosi Sharqda tarqalib, arablar tomonidan o‘rganila boshlandi. Vizantiyadan arablar orqali qadimgi yunonlarning merosi keyinchalik G‘arbiy Yevropaga o‘tib keldi.
Aytib o‘tish joizki, antik fanning yutuqlari arablardan ham oldin kavkaz orti mamlakatlarida ma’lum bo‘lgan. Armaniston va Gurjiston IV asrdayoq Vizantiya bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar bog‘lagan edi. Bu mamlakatlarga nasroniylik ancha ilgari kirib ulgurgandi. 301 yildayoq Armanistonda nasroniylik davlat dini deb qabul qilingan, bu din ertangi feodalizmning tayanchiga aylangan edi. V – VII asrlarda Aristotel, Platon va nasroniy dinshunoslarining ishlari arman tiliga tarjima qilingan.
VII asr boshlaridagi mashhur arman olimi Ananiya Shirakatsi matematika va falsafani o‘rganish maqsadida Vizantiyaga sayohat qilgan va vataniga qaytgandan so‘ng maktab tashkil etgan, u yerda matematika, astronomiya, geografiyadan mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Shirakatsi tomonidan arman tilida arifmetika darsligi tuzilgan, kosmografiyadan risola chiqarilgan. Bu risola Shirakatsi yunon olimi Aristotelning ishlaridan xabardor ekanligini bildiradi. O‘zining risolasida Shirakatsi Quyoshgacha va Oygacha bo‘lgan masofani chamalash, taqvimlarni tuzish kabi sof astronomik masalalarni ham ko‘rib chiqqan, bu esa, Quyosh va Oyning harakati hamda bu masalalarga doir qadimgi olimlarning ishlaridan habardor ekanligidan dalolat beradi.
Har tomonlama yetuk olim bo‘lgan Shirakatsi yosh arman fanini antik davr ilmiy merosi bilan bog‘lay olgan. Afsuski, tabiiy fanlarning rivoji va antik merosning o‘zlashtirishida kavkaz orti olimlarining ahamiyati hali yetarli darajada o‘rganilmagan.
G‘arbiy Yevropa ertangi o‘rta asr davrida butkul tushkun manzarani tashkil etar edi. Onda-sonda uchraydigan qishloqchalar va undan ham kam uchraydigan pomeshiklar tomorqalari bir-biri bilan deyarli bog‘lanmagan alohida-alohida olamchalardan iborat. Feodal o‘z ehtiyojiga zarur bo‘lgan barcha narsalarni, ya’ni, yegulik zahiralarini, kiyim-kechak, qurol-yarog‘ni qo‘li ostidagi krepostnoylardan olar. Qadimgi Rim, Afina, Iskandariya kabi shaharlar, gavjum portlar, shovqinli bozorlar, teatrlar, sirklar yo‘q. O‘rta asrdagi kishining dunyosi uning tor qishlog‘i va xovlisi bilan chegaralangan edi. Shunday bo‘lgandan so‘ng bu insonning dunyoqarashi ham ajablanarli darajada tor, va bilimdon afinalik yoki iskandariyalik fuqaroning dunyoqarashiga tubdan teskari edi. O‘rta asrdagi barcha ma’naviy hayot, ya’ni, maorif, san’at, fan butkul cherkovga bo‘ysundirilgandi.
O‘rta asrdagi Sharq boyroq va madaniyatliroq edi. Arab xalifaligining poytaxti Bog‘dod xalifa va vazirlarining hashamatli saroylari bilan bezalgan, shovqinli bozorlar turli tillarda gaplashuvchi rang-barang to‘dalar bilan to‘lgan. Arab savdogarlari karvon va dengiz kemalarni hozirlar, shaharlarda boy kimxob matolar to‘qilar, ajoyib qurol-yarog‘ yasalar, oltin va kumush taqinchoqlar ishlanardi. Sharq qandolat va shirinliklar, xushbo‘y moddalar bilan mashhur edi. Bu umuman boshqacha, qul va krepostnoylar mehnati evaziga barpo etilgan o‘zgacha olam edi. Ana shu olamda nasroniy cherkov tomonidan quvg‘inga uchragan qadimgilar fani boshpana topishi va yangi bilimlarga turtki bo‘lishi mumkin edi.
Keng quloch yoygan savdo ishlari matematik masalalarga boy mavzu berar, uzoq va olis safarlar astronomik va geografik bilimlarning rivojlanishiga omil bo‘lar, hunarmandchilikning rivojlanishi esa tajriba san’atining rivojlanishiga olib kelardi. Shuning uchun ham, hisoblash masalalarning yechishiga qulay bo‘lgan yangi matematika asoslari aynan Sharqda o‘z rivojini topdi. Bilimdon xalfa al Ma’mun davrida ishlagan xorazmlik Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (780 – 850) arifmetika va algebraga doir risolaning muallifi bo‘lgan. Sonlarning hind pozitsion tizimi va nul ishlatilishi, arab sonlar, butun va kasr sonlar ustida amallar bajarishni Yevropa ana shu arifmetik risola orqali tanib oladi. Xorazmiyning algebraik risolasi matematikaning yangi bo‘limi – algebraga (al-jabrga) asos soldi. Xorazmiyning risolasida chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish usullari ko‘rsatilgan.
Xorazmiydan keyingi olimlar o‘z navbatida hind matematiklaridan olingan yangi g‘oyalarni qayta rivojlantirdilar, va nihoyat, XII asrda Yevropada Xorazmiy hamda boshqa sharq mualliflari qalamiga mansub risolalarning tarjimalari paydo bo‘la boshlaydi. Kopernik – Galiley ilmiy inqilobi boshlanishiga yangicha sanoq yozuvi, algebra va trigonometriya yevropalik olimlar tomonidan o‘zlashtirilgan va biroz rivojlantirilgan.
Aristotel va Ptolemey ishlari ham o‘rta asr universitetlari kafedralariga arab tarjimalarida yetib kelgan.
Hindiston. Yangi eraning birinchi asrlaridayoq astronomiya tabiiy falsafadan ajralib chiqadi. Bu paytlarda matematika va astronomiya mazmuniga ega asarlar-siddxantalar-o‘ziga xos nazariy astronomiya kurslari paydo bo‘la boshlaydi. Siddxantalar hindistonliklarining asl asarlari emas edi. Hindistondagi kuzatuv va nazariy astronomiyaning rivojlanish davridagi eng muhim hodisalaridan Almagestning. hindcha varianti bo‘lmish beshinchi siddxantaning chiqishi bo‘ldi. Hind matematigi
Ariabxataning (476-550) Ariabxatiya. asari saqlanib qolgan, bu asar VIII asrda arab tilga Zij al Arjabxat. nomi ostida tarjima qilindi va faqat XIX asrda yevropa tillarga o‘girila boshladi. Bu asar IV-V asrlardagi nomsiz Surai-siddxanta. risola asosida yozilgan bo‘lib, unga Ariabxata o‘zining taqrizini (izohini) qo‘shgan edi. Risolada (so‘z bilan) sferik va amaliy astronomiyadagi asosiy tushunchalari va kattaliklarni hisoblash qoidalari, masalan, yoritkichlarning koordinatalari, Yerdagi joylari, Yer va Oy soyalarining diametrlari, Oy va Quyosh tutilishlarining sanasini va turini aniqlashdek kabi narsalar bayon etilgan edi.
Ariabxata risolasining astronomik qismi Hindistonda astronomiya bo‘yicha birinchi ma’lumotnoma bo‘lib xizmat qildi. Matematik astronomiyaga kelsak, Ariabxata birinchilar qatorida hisoblarga sinus funksiyasini kiritdi va astronomiyada qo‘lladi, Oy orbitasida Yer soyasining burchak diametrini aniqlash qoidalarini, tutilish davomiyligini va turini aniqlash usullarini bayon etdi. Hindistonda
Ariabxatiyaga. taqrizlar VI asrdan XVI asrgacha yozilib turdi.
Braxmagupta (598-?) ikkita (Braxmaspxuta-siddxanta. va
Kxandakxadyaka.) mashhur matematik-astronomik asarlarning muallifi edi. Asarlarning matematik qismi manfiy sonlar tushunchasi kiritilishi bilan qiziqarli edi. Shuningdek u Hindistonda birinchi bo‘lib tortishish g‘oyasini ishlab chiqdi.
Braxmaspxuta-siddxanta. va Ariabxatiya. risolalarining tarjimalari orqali VIII asr oxirida arablar ilk bor Ptolemey nazariyasi bilan tanishdilar. Ptolemey asarining o‘zi esa yunonchadan arab tilga faqat IX asrdagina tarjima qilindi. Hindlarning ishlarida astronomiyaning matematik apparati-trigonometriya rivoj topdi. Aniq fanlar rivojlanishida qo‘pol va noqulay harfli yunon yozuv o‘rniga sonlarni yozishning samarali va qulay hind pozitsion tizimi kiritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta asr davridagi Hindiston tabiiy falsafasida diniy gimnlarning davomchisi bo‘lmish idealistik Upanishad. ta’limoti bilan yonma-yon lokayata va sankxya kabi birinchi materialistik ta’limotlar mavjud edi. VIII asrga kelib Hindistonda lokayata ta’limoti agnostitsizm shakliga kira boshladi. Lekin o‘rta asrdagi Hindistonda idealistik ta’limot vedanta asosiy o‘rinni to‘tgan edi. Hatto boshida materialistik g‘oyalarga ega sankxya ta’limoti o‘rta asrlar oxiriga kelib xudoni tan olish darajasigacha tushib ketdi. Bu yerda kuchayib borayotgan davlat dini – buddizmning ta’ziyiqi ko‘zga tashlanadi.
O‘rta va Yaqin Sharq. Arab madaniyati deb nomlangan yangi jahon madaniyati VII-X asrlarda Arab xalifligi xududida (sharqdan xozirgi Eron, Iroq va O‘rta Osiyodan, g‘arbdagi Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha) shakllandi. Makka shahrining fuqarosi savdogar Muhammad (570 – 632) o‘zini Olohning elchisi deb e’lon qiladi. Shahrining tub aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan Muhammad 622 yilda Madina shahriga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi (Makkadan Madinaga xijratlari). 630 yilga kelib arablarning ko‘pchiligi tomonidan bu yangi islom dini qabul qilinadi, Kaaba toshi. joylashgan Makka esa, musulmonlarning muqaddas shahriga aylanadi. Islom dini bir qator nasroniy, yahudiy, shuningdek, qadimgi arablarning bir qancha sig‘inish elementlarini o‘z ichiga olgan. Araviya yarimorolida va boshqa qo‘shni davlatlari xalqlarida bu dinning tezlik bilan tarqalishiga sabablaridan biri shundaki, u shu xalqlarning an’ana va odatlariga, ularning ma’naviy ehtiyojlariga to‘liq javob bergan. Islom dinida o‘ziga xos rasm-rusumlari (masalan, besh vaqt nomoz o‘qilishi, ramazon oyida ro‘za tutishlik va boshqalar) katta ahamiyatga ega.
Islom dinining muhim xususiyatlari shundaki, nomoz o‘qish paytida Makkaga yuz o‘girilgan holda o‘qish talabi va ramazon oyida ro‘za tutishdir, yangi oy esa, odatda hiloloy osmonning g‘arb tomonida birinchi ko‘ringan kunidan boshlanadi. Buning uchun azimutlar (shimol – janub yo‘nalishlarni) bilishni, Oy chiqishi momentini aniq bashorat etaolishlikni, shuningdek, Quyoshning ham chiqish va botish momentlarini bashorat etishni taqozo etadi. Bunday masalalar yechilishida osmonning ekliptik koordinatalaridan gorizontal koordinatalarga o‘tishni amalga oshirish lozimdir. Sferik uchburchaklarga doir bunday masalalarni yechish uchun IX – X asrlarda musulmon matematik va astronomlari tomonidan matematik apparat – sferik trigonometriya va koordinatalar o‘zgartirishini modellashtiruvchi asbob – astrolyabiya yaratildi.
Diniy bayrog‘i ostida arablarning harbiy jihatdan bitta kuchli davlatga birlashishi boshqa xududlarni egallashiga, natijada u xududlarda dinning tarqalishiga olib keldi. Bosib olingan Vizantiya xududlarida qadim yunon ilmiy boyliklari arablar qo‘liga o‘tadi. Ammo, garchi arablar qo‘liga antik va ellinistik fan va madaniyatining durdonalari VII asrdayoq tushgan bo‘lsada, ular bilan bir asrdan keyin, Hindiston orqali tanishila boshlandi. Bog‘dod xalifasi Al Mansur farmoniga binoan VIII asr oxirlarida Braxmagupta va Ariabxataning hind sinddxantalari arab tilga o‘girildi. O‘sha asrdayoq Ptolemey Almagestini. tarjima qilish bobidagi birinchi urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Almagest.ning birinchi to‘liq tarjimasi IX asrda arab olimi Sobit ibn Qurra (836-901) tomonidan amalga oshirildi.
Musulmon olamida astronomiya taraqqiy etishiga hind fanining yutuqlari o‘zlashtirilishi hush keldi, sonlarni pozitsion yozish tizimi va arabcha sonlar qo‘llanilishi hisob-kitoblarni ancha osonlashtirardi. 830 yilda Al Xorazmiy tomonidan dastlabki matematik risolalaridan biri bitildi, ushbu risolaning arabcha al-jabr. nomidan keyinchalik algebra. nomi kelib chiqdi.
Ptolemeyning hindcha o‘girmasi va xususan Almagest.ning o‘zi bilan tanishuvi arab kuzatuv astronomiyasining rivojlanishiga, ilk bor yirik asboblar qurilishiga hamda xos matematik apparatning va umuman matematikaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Masalan, Al Battoniy Bog‘dodda kuzatuvlar olib bordi va ekliptikani ekvatorga og‘ishini qayta aniqladi. Abu al Vafo (940-998) Oy harakatidagi notekisliklarni (variatsiyalar) topdi.
X asrdan so‘ng turli davrlarda arab madaniyatining ilmiy markazlari sifatida Bilimlar uyi. hamda mashhur Ibn Yunus (950-1009) ishlagan rasadxona barpo etilgan Kohira; rasadxonasida shoir va alloma Umar Hayyom (1048-1122) ishlagan Isfaxon; keyinchalik xozirgi Ozarbayjonning eroniy qismi xududida joylashgan Marog‘a; va nihoyat, Samarqand bo‘ldi. Ana shunday markazlarning biri, zamonaviy Afg‘onistonning janubiy- sharqidagi G‘aznida uzoq muddat horazmlik Beruniy (973-1048) yashab ijod qilgan. Abu Rayhon Beruniy arab dunyosining birinchi ensiklopediyachi olimi deb tan olingan. Uning asarlari (150 dan ziyod) garchi ular hali fan ko‘rinishiga shakllanmagan bo‘lsada astronomiya, geografiya, fizika, matematika, geologiya, mineralogiya, kimyo, botanika fanlarini qamrab olgan. U dunyoda birinchi bo‘lib yoyining radiusi 7,5 metr bo‘lgan qo‘zg‘almas devoriy kvadrant qurdi, unda Quyosh va sayyoralarning vaziyatlarini 2’ aniqlikda qayd etish mumkin edi. Snelliusdan (1617) 600 yil avval Beruniy triangulyatsiyaga o‘xshash usulni ixtiro qildi. Uzining tadqiqot va natijalarini Beruniy Astronomiya asoslari haqida kitob., Qonuni Ma’sudi. (astronomik jadvallar va yulduz katalogi) va .Hindiston. fundamental asarlarida bayon etdi. Ulardan birinchi ikkita risolasi asrlar osha arab dunyosida va umuman Sharqda astronomiya bo‘yicha asosiy darsliklar vazifasini o‘tagan.
O‘rtaosiyolik astronomlar ichida mashhur shoir, matematik Umar Xayyom (1048 – 1122) ni ham ko‘rsatish mumkin. U, xususan, taqvimni isloh qilish komissiyasini boshqargan, va uning yuritgan hisob-kitobi bo‘yicha davomiyligi 33 yil bo‘lgan sikl qabul qilingan (ularning ichida 8 tasi kabisa yillardir). Shunday qilib, yilning o‘rtacha davomiyligi davomiyligi 365,24242 sutkani tashkil etgan, unga binoan bir kunlik xato 4500 yilda yig‘iladi. Algebra. risolasining muallifligini ham Umar Xayyomga yo‘yishadi.
Yunonlarning asarlari orqali astronomik asboblar yasashni o‘rganib olgan va asosan burchak o‘lchov asboblar (sekstant, kvadrant)ning o‘lchamini oshirish hamda uzoq muddatli muntazam kuzatishlar orqali ularning aniqligini oshirgan arab astronomlar Ptolemey jadvallarining noaniqliklarini topadilar. Shuning uchun ularning asosiy kuchlari yangi yulduz kataloglar (zijlar) tuzilishiga qaratiladi. Arab astronomiyasining bu kuzatuv yo‘nalishi O‘rta Osiyodagi ilmiy markazlar yo‘nalishlarida ham qoldi.
Bu yo‘nalishda O‘rta Osiyolik kuzatuvchi astronomlar Nosiriddin Tusiy (1201-1274) va buyuk Amir Temirning nabirasi, Samarqand hukmdori, Samarqand yonida u davr uchun juda noyob va ulkan bo‘lgan rasadxonani qurdirgan Ulug‘bek (1394-1449) katta shon-shuhratga sazovordirlar.
Nosiriddin Tusiy Marog‘a rasadxonasi va ilmiy maktabiga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida 1271 yili o‘z ichiga yangi yulduz katalogini va Quyosh, Oy va sayyoralar jadvallarini olgan Elxon jadvallari. (Ziji Elxoniy) tuzildi.
Ulug‘bek rasadxonasining astronomlari 30 yil mobaynida yoyining o‘lchami 40 metrdan ziyod bo‘lgan noyob va ulkan kvadrantida muntazam Quyoshni kuzatdilar. Natijada u davr uchun juda katta aniqlik (1.) bilan bahorgi tengkunlik nuqtaning vaziyati, ekliptikaning ekvatorga og‘ishi, tropik yilning davomiyligi o‘lchandi. Boshqa asboblar yordamida o‘z ichiga 1000 dan ortiq yulduzlarni olgan yangi yulduz katalog tuzildi, bunda u davr uchun juda katta aniqlik (15‘) bilan 700 yulduzlarning vaziyati qayta topildi. Bu natijalar Ko‘rag‘on jadvallari.ga (Ziji Jadidi Ko‘rag‘oniy, 1437, hukmdor-astronom Ulug‘bek Ko‘rag‘oniy nomi bilan atalgan) kiritildi.
Ptolemey nazariyasiga kelsak, arab, undan so‘ng O‘rta Osiyolik astronomlar undagi olamning geotsentrik tizimi tamoyili va tuzilishiga rozi bo‘lgan holda asosan uning matematik apparatini taqomillashtirib bordilar. Al Battoniy hindlardan keyin sinuslarni kiritib sferik trigonometriyani takommillashtirdi. Keyinchalik, Beruniy, Nosiriddin Tusiy va boshqalarning asarlarida trigonometriya alohida fan sifatida rivojlantirildi. O‘rta asr davridagi Yaqin va O‘rta Sharq astronomlarning asosiy ilmiy merosi – yuzdan ziyod Zij.lar bo‘ldi, ular keyingi asrlarda yulduzlar olamini o‘rganishda juda katta ahamiyatni kasb etdi.
U davrdagi arablarning kosmologik tasvirida bir nechta tasavvurlar mavjudligini ko‘rish mumkin, ulardan asosiysi yassi. Yer haqidagi ta’limotdir. Unga ko‘ra, Yer yassi disk shakliga ega, u buqalarning shohlarida joylashgan, buqalar esa, o‘z navbatida, cheksiz dengizda suzib yuruvchi ulkan nahang (kit) belida turibdi. Mol charchab Yerni u shohidan bu shohiga olayotganda yer silkinishlari (zilzilalar) sodir bo‘larmish.
Ana shunday afsonaviy ta’limot bilan bir qatorda Yer sharsimonligi, Quyoshning markaziy vaziyati va xokazo haqida gap yuritilgan boshqa materialistik ta’limotlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin musulmonlarning muqaddas kitoblari Quron, Sunna hamda shariat Ollohning irodasiga so‘zsiz itoat etishga (so‘zma-so‘z islom - itoat etish deb tarjima qilinadi) undaydi, shu bilan boshqacha ixtiyoriy fikr yuritish bostiriladi.
Astronomiya tarixida musulmon davlatlarining olimlari ahamiyati shundan iboratki, ular antik astronomiya erishgan yutuqlarini saqlab qolaoldilar va mingyillikning ikkinchi yarmisida astronomiyani Yevropada rivojlantirishini ta’minlay oladigan kuzatuvlarning asosini yarataoldilar.
Xitoy, V – XVII asrlar. Yangi erada xitoy astronomiyasi rivojlanishida uchta tarixiy davrni ajratishadi: III asrga qadar, III asrdan X asrgacha, X-XVII asrlar, undan so‘ng zamonaviy davr boshlanadi. Shunday qilib, yevropaliklarning o‘rta asrlariga xitoy astronomiyasining ikkita davri to‘g‘ri keladi.
III asrdan VI asrgacha bo‘lgan davrda Xitoyda yagona davlat parchalanishi tufayli umumiy ilmiy faoliyat so‘nadi. VI-X asrlar orasidagi davr esa, qayta birlashgan qudratli
Do'stlaringiz bilan baham: |