Aniq fanlar



Download 3,94 Mb.
bet18/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

9 - Ma’ruza. Qadimgi dunyo astranomiyasi.


Ma’ruza rejasi.

  1. Qadimgi Osiyo va yaqin sharq mamlakatlarida tabiatshunoslik fanlarining rivojlanish tarixi haqida malumot.

Bobil. Mesopotamiyada, Yevfrat qirg‘oqlari bo‘ylab eramizdan avvalgi 5-4 mingyilliklarda shumerlarning shaharlari-davlatlari, eramizdan avval 2 mingyillikdan VI asrgacha esa umumlashgan shumer-akkadlar davlati Bobil mavjud edi. Shumerlar eramizdan avvalgi 3 mingyillikdayoq yozuvni va 60- lik sanoq tizimini ixtiro qilishgan. Osmonni muntazam kuzatishlar eramizdan avvalgi 3 mingyillikning ikkinchi yarmisidan boshlangan, unda osmon hodisalarini va yoritkichlarni qayd etish va astronomik belgilarni aniqlash kabi ishlar bajarilgan. Eramizdan avvalgi VII asrdanbobilliklarning matematik astronomiyasi, ya’ni yoritkichlarning, ayniqsa Oyning, harakatini tasvirlash va miqdoriy jixatdan o‘rganish boshlanadi. Eramizdan avvalgi 1 mingyillikga kelib bobilliklar beshta sayyorani bilishgan.


Bobilda saroy qoshida munajjim (astronom) rasmiy lavozimi mavjud bo‘lgan. Unga osmondagi eng muhim o‘zgarishlar va hodisalarni muntazam ravishda yozib borish vazifasi yuklatilgan. Eramizdan avvalgi VII asr boshlaridayoq bobilliklar osmonda Oy, Quyosh hamda sayyoralar harakatlanayotgan va kengligi taxminan 30 gradus bo‘lgan aylana xududni (ekliptika) belgilab olishgan, bu aylanada deyarli barchasi xayvonlar nomi bilan atalgan 15 yulduz turkum ajratilgan. VII-VI asrlarda bobilliklar ushbu xududni taxminan 10 gradusdan bo‘lgan 36 bo‘lakga ajratishgan (ulardan avval misrliklar ham xuddi shunday qilishgan, keyinchalik bu bo‘laklarni yunonlar dekanlar. deb atashgan). Eramizdan avvalgi IV asrga kelib bu mayda bo‘laklar uchtadan umumlashtirildi va butun xudud har biri 30dan iborat 12 bo‘lakga - yulduz turkumlarga taqsimlangan bo‘ldi, buni keyinchalik yunonlar o‘zlashtirib olishgan va zodiak (xayvonlar aylanasi) deb atashgan. Astronomiyada osmon aylanasini 360ga taqsimlanishida shumerlarning 60-lik sanoq tizimi o‘z aksini topgan.
Taqvim ehtiyojlari, tutilishlarni bashorat qilish – bular barchasi astronomiyada matematik usullar rivojlanishini taqozo etgan. Bobilliklar matematikada ancha yuqori natijalarga erishgan. Ular stereometriyani bilishgan, yunonlardan 100 yil oldin Pifagor teoremasi. atalmish teoremani kashf etishgan. Oyning notekis harakatini ifodalash uchun g‘aroyib arifmetik usul – chiziqiy zigzagsimon funksiya.dan foydalanishgan. Oyning yulduz turkumlar aro yo‘li teng bo‘laklarga taqsimlangan, ular ichida Oy tezligi o‘zgarmas deb olingan, lekin bo‘laklar orasidagi tezligi sakrab o‘zgarib turgan.
Bobilliklarning olam haqida kosmologik tasavvuri xali afsonaviy xarakterga ega bo‘lib, Ajdaho yulduz turkumi, Xudo Marduk, mahluq Tiamat bilan bog‘liq bo‘lgan (u vaqtlarda Ajdaho  yulduzi olamning shimoliy qutbi bo‘lgan).
Qadim yunon astronomiyaning ellinistik davrda (eramizdan avvlgi III asrdan eramizgacha) rivojlanishida bobilliklarning kuzatuvlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi, rim imperiyasida esa, aksincha, xaldeylarning bilimi. astrologiya ko‘proq ma’qul kelgan.
Zamonaviy fanda bobilliklardan qolgan meros aylanani 360 ga (va minut, sekundlarga) taqsimlanishi, 12 yulduz turkumlardan iborat Zodiak (Burj)ning ixtiro etilishi, ularning nomlari yunon nomlari bilan yetib kelgan, shuningdek, astronomik koordinatalarning ixtirosidir.
Qadimgi Misr. Dehqonlarning o‘tror hayotga o‘tishi va misr xalqining shakllanishi eramizdan avvalgi 4 mingyillikga borib taqaladi. Osmonni 36 yulduz turkumga taqsimlash O‘rta Saltanatlik davridayoq (2050-1700) mavjud bo‘lgan. Osmon hodisalarni kuzatishga birinchi rag‘batlantiruvchi omillardan Nil daryosining toshqinlaridan vaqtida unumli foydalana bilishga bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi ehtiyojni aytish mumkin. Ushbu toshqinlar qat’iy davriylikga ega bo‘lmasada, uning faslga, Quyoshning peshindagi balandligiga bog‘liqligi shubha uyg‘otmas, natijada Quyoshni bosh Xudo Ra o‘rnida ilohiylashtirilishiga olib kelindi.
Mingyilliklarga mustaxkamlangan fir’avnlar hukmronligi Misrdagi astronomiyani nafaqat xo‘jalik, balki ijtimoiy-siyosiy amaliy maqsadlarga bo‘ysindirilgan saroy qoshidagi davlat xizmatiga aylantirildi. Astronomiya bilan astronomik hodisalarni yozib boruvchi maxsus arboblar va kohinlar shug‘ullanishgan.
Misrda noyob sotik. taqvimdan foydalanilgan (Sotis-Sirius). Undagi Quyosh yili tropik emas, balki siderik yil bo‘lib, Siriusning ikkita qo‘shni geliakik chiqishlari orasidagi vaqtni tashkil qilgan.
Kundalik hayotda butun sonli grajdan. taqvimidan foydalanilgan, u 365 kundan iborat bo‘lgan va 12 ta 30-kunlik oylardan tashkil topgan, oxirida 5 ta asosiy xudolarning tug‘ilgan kunlari qo‘shilgan. Oy 3 dekadaga taqsimlangan. Sotik va grajdan taqvimlarni moslashtirishga qaratilgan urinishlar ijobiy natija bermadi, va u tarixiy hodisalarni qayd etish uchun uzluksiz kunlarga ega qulay vosita bo‘lib qoldi. Undan tashqari, Oy taqvimi ham qo‘llanilgan, uni grajdan taqvim bilan moslashtirish uchun meton sikliga o‘xshash sikl kiritib turilgan.
Misrliklar bobilliklardan ancha avval sutkani 24 soatga taqsimlashgan. Bu Misrda Hindistondan ancha oldin o‘nlik sanoq tizimi ishlab chiqilgani bilan bog‘liq. Dastavval, sutkaning yorug‘ qismi 10 ga taqsimlangan, so‘ngra bir soatdan tonggi va kechki shafaklarga qo‘shilgan. Keyinchalik sutkaning tungi qismi ham 12 ga taqsimlandi.
O‘sha davrlardayoq osmonni eskicha 10 dan iborat 36 bo‘lakga taqsimlanishi o‘rniga bobilliklarning Zodiaki. qabul qilindi va u ekliptikaga yaqinlashtirildi.
Quyosh va suv soatlar, yulduzlarni kulminatsiyada kuzatish uchun burchak o‘lchov astronomik asboblari qadim misr astronomiyasida ham ishlatilgan. Lekin bu yerda suv soatlar bobilliklardan 2 asr keyin paydo bo‘lgan. Misrliklarning astronomiya sohasidagi bilimlari nisbatan past bo‘lgan deb e’tirof etiladi, chunki astronomiyada qo‘llanilgan matematik apparat ancha primitiv hisoblanadi. Misrliklar trigonometriyani bilmagan va kasr sonlar amallarini zo‘rg‘a bajarganlar. Faqat ellinistik davrga kelib matematik sferik astronomiyada ko‘tarilish sezildi va uning uchun zarur bo‘lgan geometrik usullar rrivojlana bordi.
XIX asrda exromlarning shakli va proporsiyalarida, ichidagi koridorlarining qiyaligi va yo‘nalishlarida, yaqqol ko‘zga tashlanadigan dunyo tomonlariga oriyentirlanishlarida aniq matematik va astronomik munosabatlar (pi. soni, Qutb yulduziga yo‘nalishi) yashiringanligi haqida tasavvurlar xozirgi kunga kelib tanqidga uchramoqda.
Atrof olam haqidagi tasavvurlarida qadimgi xalqlar o‘zlarining xissiyotlaridan kelib chiqardi: Yer yassi, osmon esa, Yer uzra yoyilgan ulkan gumbaz bo‘lib ko‘rinadi. Masalan, misrliklar uchun Misr Yer markazida joylashgan, osmon yoritkichlari to‘rtta ulkan tog‘ga tayangan gumbazga mahkamlangan
Qadim misrliklardan meros bo‘lib qolganlardan eng avvalo 365 kunlik taqvimni aytish kerak. Uzluksiz kunlarni hisoblash uchun qulay vosita sifatida yevropalik astronomlar tomonidan XVI asrgacha ishlatilib kelindi (uni 1583 yili Skaliger tomonidan kiritilgan kunlarni uzluksiz hisoblovchi yulian davr. bilan adashtirmaslik kerak). Undan tashqari, hayotimizga misrlik 24 soatlik sutkalar, 3 dekadaga bo‘linuvchi 30-kunlik oylarni ham aytish mumkin. Har kuni sayyoralar nomi bilan atalgan yetti kunlik xafta ham Yevropaga Yunoniston orqali Misrdan kelgan bo‘lishi mumkin, lekin bu narsa o‘zining tabiiy Oy-sayyoraviy asosi bilan Qadim Dunyoning boshqa regionlariga ham xos edi.
Qadimgi Xitoy. Xitoyda astronomik mavzudagi eng qadimdan ma’lum matnlar eramizdan avvalgi XV asrga mansubdir. Qisman astronomik mavzuga ega eng qadimgi va mashhur xitoy kitoblardan Shutszin. (rivoyatlar kitobi) va Shitszin. (qo‘shiqlar kitobi) bo‘lib, bu ikkala asar eramizdan avvalgi birinchi mingyillikning o‘rtalarida Konfutsiy (Kunszi, e.a. 551-479 yy.) muxarrirligi ostida chiqqan. Ularda usha davrlardayoq hukmronning saroyida ikkita rasmiy munajjim-amaldor (astronom) lavozimlari mavjudligi bayon etiladi.
Eramizdan avvalgi 2-1 mingyilliklar chegaralarida xitoy astronomlari Quyosh, Oy, sayyoralar harakatlanadigan osmon qismini 28 yulduz turkumlariga taqsimlaganlar, undan tashqari, har birida 3 ta yulduz turkumidan iborat 4 ta bo‘lakga ajratilgan (Zodiak yoki Burj analogi). Eramizdan avvalgi VI asrga kelib xitoyliklar Somon Yo‘lni noma’lum tabiatga ega bo‘lgan hodisa sifatida ajratishgan.
Eng qadimgi o‘z ichiga 800 yulduzni olgan va ularning 120 ga ekliptik koordinatalari ko‘rsatilgan ro‘yxat eramizdan avvalgi 355 yilda tuzilgan.
Fasllar tushunchasi, hamma yerdagi kabi, Xitoyda qishloq xo‘jaligi amaliyotidan kelib chiqqan. Har bir fasl Quyosh botish momentida u yoki bu yorqin yulduz yoki yulduz turkumlari osmonda paydo bo‘lishi bilan mos tushishi sezilgan, bu yerda Katta Ayiq yulduz turkumi ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu holda turli fasllarda turlicha yo‘nalgan cho‘mich. dastasining kechki osmondagi vaziyati nazarda tutiladi. Ushbu yulduz turkum u vaqtlarda shimoliy qutbga (Ajdaho si) yaqin joylashganligi uchun dasta qutb atrofida aylangandek tuyulgan. Quyosh botish momentida yulduz turkumning yo‘nalishiga diqqat bilan kuzatilsa, eng qadimgi belgi-
abadiylik ramzini.ning (sanskritda svastika) astronomik manbasini ko‘rish mumkin. Uni Quyosh nurlari ramzi, osmon aylanish ramzi deb izohlashadi.
Eng qadimgi vaqtlarga - afsonaviy imperator Yao (eramizdan avvalgi 3 mingyillik) davriga fasllarning va tropik yilning davomiyliklarining aniqlanishi borib taqaladi. Dastavval yilning davomiyligi 365 kun deb chamalangan. Eramizdan avvalgi V-III asrlarga kelib uni 365,25 kungacha aniqlik kiritilgan.
Eramizdan avvalgi III asrdan boshlab Xitoyda Quyosh hamda suv soatlardan foydalanilgan. Suv soatlar I-II asrlardan globuslarni harakatga keltirishda ham ishlatishgan. Umuman olganda, astronomik asbobni harakatga keltiruvchi birinchi mexanizm deb tan olinadi. Eramizdan avvalgi III asrda Xitoyda kompas ixtiro qilinadi.
Eramizdan avvalgi I-II asrlarda Xitoyda armillyar sferalar rusm bo‘lgan. Ulardagi aylana 3651/4 gradusga taqsimlangan. Xitoydagi gradus sutka davomida Quyosh tomonidan o‘tiladigan aylananing qismi deb yuritilgan va yevropacha gradusning 0,98546 ni tashkil etgan yoki 59’11,266. ga teng bo‘lgan hamda 100 bo‘lakga taqsimlangan.
Eramizdan avvalgi XII asrdayoq Xitoyda astronomik kuzatuvlar maxsus maydonchalaridan-rasadxonalardan olib borilgan.
Xitoyda Oy va Quyosh taqvimlarining turli tizimlaridan taxminan eramizdan avvalgi XV asrlardan foydalana boshlashgan. Eramizdan avvalgi VII asrga kelib Oy va Quyosh taqvimlar bir-biriga moslashtirilishi ancha yaxshilandi, unda 19-yillik Oy-Quyosh sikli kashf etildi (bobilliklardan oldin va Metondan 150 yil ilgari). Yil boshi etib qishki Quyosh turish kuni, oy boshi-yangioy, sutka boshi-yarim tun etib tayinlandi. Sutka 12 ta
qo‘shaloq soatga. taqsimlangan, undan tashqari, o‘nlik sanoq tizimi bo‘yicha 100 qismga bo‘laklangan. Kun va tun bo‘laklarining davomiyligi fasldan faslga o‘zgarib turgan.
Qadimgi Xitoyda tarixiy yillar hisob boshi qilib maxsus hisoblab olingan sana olingan, unga binoan qishqi Quyosh turish kunida sutka boshi (yarim tun) Oy boshi (yangioy) ga to‘g‘ri kelishi hamda beshta sayyora osmonning bir tomonida joylashishi shart bo‘lgan (ayrim ma’lumotlarga qaraganda, eramizdan avvalgi uchinchi mingyillikda). Aynan o‘shanda yillarni siklik hisoblash tizimi kiritilgan. Har bir yilga 12 ta xayvondan birining nomi berilib turgan (Zodiak yoki Burj bilan taqqoslang), shu bilan birga ularning nomlariga material Yer sharidagi elementlardan beshta asosiy unsur (suv, olov, metall, yog‘och, yer) qo‘shilgan. Natijada 60-yillik takrorlanuvchi sikl hosil bo‘ldi, bu sikl Xitoyda 1911 yildagi qo‘zg‘olonga qadar ishlatilib kelindi, lekin tarixdagi yillarni hisoblash har safar yangi hukmron tahtga o‘tirgan yildan qayta boshlanardi.
Astrologiya va osmonni kuzatuv xizmati Xitoyda Shan-In davridan paydo bo‘ldi, unga sayyoralarning harakatini kuzatish va osmondagi barcha hodisalarni qayd etish kabi vazifasi yuklatilgan edi. Xitoyliklar birinchi bo‘lib Quyoshdagi dog‘larni (eramizdan avvalgi 301 yil), protuberanetslarni (eramizning XIV asri) qayd etganlar. Xitoyda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan osmonni muntazam uzluksiz kuzatuv va barcha hodisalarni qayd etish xizmati keyingi davrlardagi, ayniqsa, zamonaviy astronomlarga bebaho xizmat ko‘rsatdi.
Eramizdan avvalgi III asrda xitoyliklar tutilishlarning turini va sanasini bashorat etaolganlar. Bu vaqtga kelib beshta asosiy sayyoralarning sinodik va siderik harakat davrlarini bilganlar, eramizdan avvalgi I asrda esa ularni Mars, Yupiter va Saturn uchun katta aniqlikda o‘lchaganlar.
Eramizdan avvalgi XII asridayoq xitoyliklar Pifagor teoremasini. bilganlar.
Umuman olganda, xitoy astronomiyasi fenomenologik xarakterga ega bo‘lib, hodisalarning sabablarini axtarmaganlar.
Xitoyliklarda Koinot haqida umumiy tasavvurlar eramizdan avvalgi uchinchi mingyillikda shakllandi. Boshqa qadimiy xalqlardagi kabi, dastavval bu tushunchalar mifologik (afsonaviy) xarakterga ega edi. Olam markazi deb nafaqat Yerning o‘zi emas, balki xitoy imperiya (Osmon tagi. yoki O‘rtadagi, markazdagi imperiya.) hisoblanardi.
Koinotning qadimgi xitoy modelida (e.a. IV asr) Yer yassi, to‘rtburchak, qo‘zg‘olmas, osmon esa Yer ustida shimol nuqta atrofida aylanadigan yumaloq gumbaz shaklida tasavvur etilgan. Gnomon yordamida go‘yoki Osmon balandligi (80 ming li, 1 li 576 metrga teng), Yer kvadratining. tomoni (810 ming li) aniqlangan.
Koinotning umuman boshqacha tuzilishi va o‘lchamlari haqida Ptolemey zamondoshi Chjan Xen o‘zining Xuntyan. (cheksiz osmon) nazariyasida bayon etadi. U Koinotni fazoda va vaqtda cheksiz deb tasavvur etgan. Osmon tuxumsimon shaklda bo‘lib, Yer uning sarig‘i o‘rnida, ya’ni sferik shaklga ega bo‘lgan. Uning sirtida va ichida suv mavjud deb fikr yuritilgan. Chjan Xen Quyosh va yulduzli osmonni ko‘rinma harakatlarining aniq modelini ishlab chiqqan. Osmon shimoliy va janubiy nuqtalaridan o‘tuvchi o‘q atrofida aylanadi. Barcha yoritkichlar sharsimondir. Quyosh yulduz turkumlar orasida harakatlanadi va uning yo‘li osmon ekvatoriga nisbatan 24 xitoy gradusga qiya joylashgan.
Fizik-kosmogonik tasavvurlarning tarixi VIII-VII asrlarda paydo bo‘ldi va qadim yunon ta’limotidan biroz farqlanuvchi Yerning beshta birlamchi elementlari (suv, olov, metall, yog‘och, yer) haqidagi falsafiy ta’limot shaklini oldi. Ularning soni dunyoning besh tomoni bilan bog‘liq, shu son yana beshta harakatlanuvchan yulduz - sayyoralar bilan ham bog‘langan. Ramziy ma’noda bu quyidagi munosabatlarda ko‘rinadi: suv-Merkuriy- shimol, olov-Mars-janub, metall-Venera-g‘arb, yog‘och-Yupiter-sharq, yer- Saturn-markaz. Oltinchi unsur si. (havo) ham mavjud edi. Usha davrlarda tabiatdagi o‘zgarishlari va Koinot paydo bo‘lishi ikki asosiy qarama- qarshiliklar kurashi (musbat, yorqin, faol yan va manfiy, zulmat, passiv in) natijasidir degan g‘oya ilgari suriladi.
Eramizdan avvalgi VI asrda xitoy tabiiyotchi - faylasuf Lao Szi o‘zining barcha narsalarning osmon irodasi.dan mustasno, tabiiy qonuniyatlarga bo‘ysungan holda rivojlanishi, bunda asosiy qonuniyatlar qarama-qarshiliklar (yan va in) kurashi hamda hodisalarni yo‘naltiruvchi tamoyil Dao. (yo‘l) haqida ta’limotini yaratdi. Bu termin ostida barcha hodisalarning tabiiy yo‘nalishi, buyumlar olamidagi qonuniyat nzarda tutilgan edi. Shu bilan birga Dao. butun borliqning birlamchi asosi deb hisoblanardi.
Eramizdan avvalgi IV asrda Shi Mo ta’limotida qarama- qarshiliklarning uyg‘unligi barcha narsa va sifatlarning juftliklarida namoyon bo‘lishi: chap va o‘ng, issiq va sovuq, nam va quruq va xokazo tomonlarning mavjudligi g‘oyasi ilgari surildi.
Eramizdan avvalgi IV-III asrlarda xitoy tabiiy faylasuflar (Kuey Shi va Gunsun Lun) olam yagonaligi, uning fazo va vaqtda cheksizligi haqida ta’limotni rivojlantirdilar. To‘rt asrdan so‘ng astronom Chjan Xen bu g‘oyalarni qayta jonlantirdi. Konfutsian faylasuf Sun Szi konfutsian ta’limotida materialistik yo‘nalishni asoslab berdi, unga binoan osmon hech qanday ilohiy kuchga ega emas, osmon, Yer va boshqa barcha yoritkich va hodisalar uning tabiiy qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi tabiatning bir bo‘lagi va jarayonlaridir.
Bizning zamonamizda faylasuf Lyu An (eramizdan avvalgi II asr) ta’limoti qiziq tuyulishi mumkin, unda Koinot, Yer va osmon bo‘shliq.dan paydo bo‘lgan, butun borliqning negizida birlamchi hayotiy efir. mavjuddir. Efirning yengil tashkil etuvchisidan osmon jismlar hamda osmon, og‘iridan esa Yer paydo bo‘lib shakllandi. Lekin butun borliq narsalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qarama-qarshiliklarning (yan va in) kurashi ahamiyatlidir.
Lekin xitoy sivilizatsiyaning asrlar osha berkligi va atrof davlatlar bilan aloqasi tutm asligi xitoy fanini yevropa fanlari o‘zaro g‘oyalar almashuvidan maxrum etdi. Shu bilan birga, kosmologo-kosmogonik konseptsiyalarining asoslari bilan yo‘g‘rilgan tabiiy-falsafiy g‘oyalar bizning zamonamizda yuqori baholanadigan tutilishlar ro‘yxati yoki yangi yulduz yoki kometa paydo bo‘lishidek kamyob noregulyar astronomik hodisalar kabi qadim xitoy donishmandlarining bebaho merosidir.
Qadimgi Hindiston. Qadimgi Hindiston xududida astronomik tasavvurlar haqidagi eng qadimiy dokumental manbalar afsonaviy (mifik) va kosmologik-kosmogonik tasvirli muhrlardir. Ulardagi qisqa izohlarning sirlari xanuz ochilmay qolib ketmoqda. Bu xujjatlar eramizdan avvalgi uchinchi mingyillikda Ind daryosi bo‘ylarida, xozirgi Hindiston xududida (Pandjob va Pokiston g‘arbiy qismi, Multon viloyati) yashagan ind sivilizatsiyasiga mansubdir.
Ind madaniyati davridagi astronomik bilimlar haqida ma’lumotlar juda oz. Eramizdan avvalgi XVII-XVI asrlarga kelib ind madaniyati rivojlangan markazlari tabiiy ofatlar, ichki nizo hamda ekologik yetishmovchiliklar va urushlar tufayli holsizlanib, ariylar (hind-eron qabilalari) yurishi tufayli batamom tanazzulga uchragan va Hindistonning hozirgi zamonaviy hind-yevropa aholisiga asos solingan.
Bizga qadimgi hind astronomiyaning yozuvli tarixi ariylar sivilizatsiyasi barpo etilgandan davrdan keyingilari yetib kelgan. Qadimgi hindlarning astronomik bilimlari qadimiy diniy qo‘shiqlar to‘plami
Rigveda.da (eramizdan avvalgi II-I asrlar) qisman o‘z aksini topgan. Bu qo‘shiqlarning bo‘laklaridan ularning Koinot haqida umumiy tushunchasi, binobarin, olamning astronomik tasavvurlari namoyon bo‘ladi.
Qadimgi hindlar uchun osmondagi birinchi kuzatuv ob’ektlari bo‘lib Oy va Quyosh xizmat qilgan. Qadimgi Dunyoning boshqa xududlaridagi kabi, bu muntazam kuzatuvlar bilan kohinlar shug‘ullanishgan, astronomiya bilimlarining birinchi amaliy tadbiqi esa taqvimlar tuzilishi bo‘lgan. Oy harakatlanish yo‘lidagi uchraydigan yulduz turkumlari ayniqsa katta qiziqish uyg‘otgan. Osmonning bu sohasi 28 (ayrim holda 27) Oy to‘xtash joylari.ga – nakshatrlarga taqsimlangan. Rigveda.ga binoan, har bir nakshatra biror-bir yorqin yulduz yoki yulduzlar guruhiga mos kelgan.
Sayyoralarni muntazam kuzatishlari haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Lekin, qadimiy tasvirni diqqat bilan kuzatsak, kamida uchta sayyora osmonning doimiy elementi sifatida tasvirlanganining guvohi bo‘lamiz. Ular Quyoshdan ancha olisda tasvirlangani uchun kuzatilgan ob’ektlar Mars, Yupiter va Saturn ekanligiga amin bo‘lamiz. Undan tashqari, boshqa astronomik hodisalardan Rigveda.da qo‘shaloq hodisa
Raxu. va Ketu. tilga olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha bu kometalar, uchar yulduzlar, yoki tutilishlarning kuzatuvidir. Lekin bu Raxu va Ketu qo‘shaloqligi Veneraning tonggi va kechki ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin, unda u ikki xil turli ob’ekt bo‘lib ko‘rinsada, har qalay Quyosh bilan bog‘liq qandaydir qo‘shaloq ob’ekt sifatida tan olingandir.
Qadimgi hindlarning matematika sohadagi yutuqlaridan biri ular tomonidan sonlarni pozitsion yozuvli o‘nlik sanoq tizimini ixtiro qilinishidir. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib ularga butun va kasr sonlar ustida amallar, noaniq va kvadrat tenglamalari, irratsional kattaliklarning taqribiy qiymatlarini topishdek amallar ma’lum edi. Yunonlardan bir necha yuz yil oldin ularga keyinchalik Pifagor nomi bilan atalgan teorema ma’lum bo‘lgan (ayrim ma’lumotlarga binoan, Pifagor ma’lum muddat Hindistonda bo‘lgan). Biror-bir astronomik asboblar, shu bilan birga, kuzatuv maydonchalarning qoldiqlari xanuzgacha topilmagan.
Har qalay, qadimgi hindlar Quyosh va Oyni kuzatishgan, bunga
Rigveda. davrida (eramizdan avvalgi VI asrlardayoq) bir necha taqvim tizimlar mavjudligi dalildir. Ularning negizida 354 kunlik Oy yili ham, shuningdek, tropik Quyosh yiliga yaqin taqvim (360 kun va qo‘shimcha qurbonliklar uchun 5 kun), hamda 27 kunlik siderik oy (yil 12 yoki 13 ta shunday oylardan iborat bo‘lgan).
Rigveda.da sayyoralar to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan, lekin xudolar ichida 7 aditiy. (7 Quyosh) ko‘rsatilgan, ular 7 yoritkich (5 sayyora, Oy va Quyosh) deb izohlanadi.
Eramizdan avvalgi VI asrlardagi hind taqvimlarida yetti kunlik hafta nomlarida misrliklar singari yettita harakatlanuvchan yoritkich nomlari ishlatila boshlagan: 1 – Oy, 2 – Mars, 3 – Merkuriy, 4 – Yupiter, 5
– Venera, 6 – Saturn, 7 – Quyosh.
Misrliklar foydalanilgan taqvimga o‘xshashlikni oyni ikki yarim (yorug‘-to‘linoygacha, qorong‘u-ikkinchi yarmi) qismlarga ajratishda ham kuzatish mumkin.
Koinot haqidagi fikrlarga falsafiy yondoshishda, olamni kosmofizik tasavvur etishda qadim hind tabiiy faylasuflar qadim yunon donishmandlaridan ancha ilgarilab ketdilar.
Rigveda. zamonidagi qadimgi hindlar Koinotni 3 sferaga ajratganlar: Yer, osmon va ularni ajratib (yoki qo‘shib) turuvchi havo sathi. Qadimgi kosmologiya uchun sezish mumkin bo‘lgan olamning (bu yerda havo sathining) masshtablarini va ahamiyatini oshirish xos bo‘lgan. Bu sath Koinotning muhim qismi bo‘lib, Yerdan yoritkichlar joylashgan osmonga qadar yoyilgan, deb tasavvur etilgan. Bu oraliq sathda shamol xudosi (Vayu), bo‘ron va to‘fon xudosi (Rudra), chaqmoq va momaqaldiroq va umuman ofat xudosi (Indra) harakatlanishgan. So‘nggisi xudolar ichida podsho hisoblangan va qora kuchlarni kosmik chaqmoq. (vajra) yordamida qiyratgan (yunon va yevropaliklarda Zevs kabi). Shu bilan birga hindlarda Indra haqida boshqacha, original tasavvur (zenitdagi Quyosh-o‘zgarmas jazirama kuch) ham mavjud edi. Uni tungi osmonda egizak ukasi xudo Agni almashtirib turgan. Surya Quyosh harakatda. degan ma’noni anglatgan va sharqdan g‘arbga harakatlanadi, bunda tun va kun almashishi Quyosh harakatidan emas, balki Quyoshning o‘zi bu almashinuvga bog‘liq va tun kelishi bilan Quyosh yashirinishga majbur deb hisoblaganlar.
Qadim hind kosmologiyasi uchun Koinotni mifologik shakllanishidan paydo bo‘lishdek kabi azaldan u yoki bu kuchlarni izohlashda abstrakt tabiiy falsafiy g‘oyalarga o‘tish xosdir.
Vedalarda bayon etilgan tabiiyot falsafasida barcha narsaning birlamchi asosi nomaterial bo‘lgan qandaydir ilohiy narsa nazarda tutilgan: yo‘qlik., tartibning ma’naviy tamoyili Rita., ilohiyotning hukmroni., bilim, donishmandlik.
Kohinlarning bunday g‘oyalariga qarama-qarshi eramizdan avvalgi II asridayoq birinchi materialistik falsafiy ta’limotlar sankxya. va
lokayata. lar vujudga keldi.
Bulardan dialektik va materialistik dunyo qarashga eng yakin falsafiy ta’limot sankxyadir. Bu ta’limotga binoan Koinot materiyadan iborat va undagi barcha narsa o‘zi rivojlanadigan materiyadan paydo bo‘lgandir. Bunda dastavval materiya ko‘rinmas shaklda bo‘lgan. Uchta sifat (qorongulik, ehtiyoj, borliq) mavjudligi tufayli u ko‘rinma shaklga-Koinotga aylangan.
Lokayata ta’limoti butun tirik borliqning birdan-bir narsa tanadir, yimon esa aldamchidir deb uqtiradi. Bu ta’limotda ariylardan avvalgi sivilizatsiyaga borib taqalgan g‘oyalar qayta jonlanishi aks etgandir. Lokayata ta’limoti bilan yo‘g‘rilgan asarlar qat’iyat bilan yo‘q qilib kelindi, ularning g‘oyalari esa ushbu g‘oyalarni tanqid qilishgina orqali bizga yetib kelgan.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish