Аниқлаган ва


Immobillangan fermentlarning ishlatilishi



Download 4,29 Mb.
bet11/15
Sana22.07.2022
Hajmi4,29 Mb.
#838686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ENZIM YN

Immobillangan fermentlarning ishlatilishi.
Immobilizatsiya qilingan fermentlar turli xil sanoat amaliyotlarida qo'llaniladi:

Bioyoqilg'i - fermentlar uglevodlarni parchalanishida etanol asosidagi yoqilg'ini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi


Tibbiyot - fermentlar bir qator holatlarni, shu jumladan ayrim kasalliklar va homiladorlikni aniqlash uchun ishlatiladi. Immobilizatsiya qilingan fermentlar tug'ma buzilish kabi ko'plab kasalliklarni aniqlash va davolash uchun ham keng qo'llaniladi


Biotexnologiya - Fermentlar bir qator jarayonlarda, shu jumladan genlarni biriktirishda ishtirok etadi


Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish - fermentlar pivo va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda va ularni tozalashda ishlatiladi. Muvofiq tashuvchilarda immobilizatsiya qilingan pektinazalar va sellyulozalar kabi fermentlar meva va sabzavotlardan murabbo, jele va sirop ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda.


To'qimachilik - fermentlar tolalarni qayta ishlashda ishlatiladi (masalan, polishing mato). Tozalash, biologik jilolash va matolarni dezinfektsiya qilishda ham ishlatiladi.


Qog'oz - Fermentlar qog'oz ishlab chiqarish uchun yog'ochni maydalashda yordam beradi.


Shuning bilan birga immobillangan fermentlar o‘simlik moylaridan biyodizel ishlab chiqarish. Chiqindi suvlarni boshqarish: Kanalizatsiya va sanoat chiqindi suvlarini tozalash. Nopoklarni matolardan samarali tozalash uchun lipaz fermentini immobilizatsiya qilish kabi sanoatning bir qancha sohalarida ishlatiladi.


32-ferment immobillaganda ishlatiladigan tashuvchilar
Fermentlarni immobilizatsiyalashda organik va anorganik tashuvchilar 
ishlatiladi. Tashuvchilarga quyidagi talablar qo'yiladi (Dj.Porat, 1974):

● kimyoviy va biologik mustahkamlik;
● ferment va substrat oson kira oishi;
● g'ovak strukturaga ega bo'lishi;
● solishtirma sirt yuzasining kattaligi;
● tehnologik jihatdan qulay shaklga ega bo'lishi (granula, membrana va h.k.);
oson faollana olishi;
● yuqori gidrofillik;
● narhining arzonligi.
Fermentlarni immobilizatsiyalashda ishlatiladigan tashuvchilar klassifikatsiyasi.
Organik polimer tashuvchilar sintetik va tabiiy  bo'ladi. Tabiiy organik 
tashuvchilar 3 guruhga bo'linadi: 
polisaharidlar;
 ✅oqsillar;
 ✅lipidlar
Sintetik polimer tashuvchilar ham kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir necha 
guruhga bo'linadi:
 ✅polimetilen;
 ✅poliamid;
 ✅poliefir
Fermentlar immobilizatsiyasida asosan tabiiy polisaharidlar va polimetil tipidagi sintetik tashuvchilar ishlatiladi. Boshqa tashuvchilar nisbatan kamroq ishlatiladi.
Tabiiy polimer tashuvchilarda reaktsiyaga kirishuvchan funktsional guruhlar ko'p, ularning gidrofilligi yuqori. Shuning uchun bunday tashuvchilardan 
boshqalariga nisbatan ko'proq foydalaniladi. tashqari, ular qimmatbaho va noyob 
moddalar emas. Tabiiy polimer tashuvchilarning o'ziga yarasha kamchiliklari ham 
bor; ularning narhi qimmat, mikroorganizmlar ta'siriga chidamsiz.
Immobilizatsiyada tabiiy polimer tashuvchilardan sellyuloza, dekstran, 
agaroza va uning hosilalari keng qo'llaniladi. Sellyuloza gidrofil modda bo'lib, uning 
gidroksil guruhlari juda ko'p. Shu boisdan uning molekulasini modifikatsiyalash 
oson. Mehanik mustahkamligini oshirish uchun uni qisman gidrolizlab, granula 
shakliga keltiriladi. Granula shakliga keltirilgan sellyulozani DEAE (dietilaminoetil)-
sellyuloza, KMS (karboksimetilsellyuloza) kabi moddalarga aylantirish mumkin.
Dekstran asosidagi tashuvchilardan ham keng foydalaniladi. Ular «sefadeks» 
savdo nomi bilan ishlab chiqariladi. Sefadekslar quruq kukun shaklida ishlab 
chiqariladi. Suvli eritmalarda juda yahshi bo'kish hususiyatiga ega. Sefadeks 
g'ovaklarining o'lchami uning molekulararo «tikilganlik» darajasiga bog'liq. Krahmal 
ham dekstranlar guruhiga kiradi. Krahmal molekulasini sefadeks kabi funktsional 
agentlar bilan «tikib» modifikatsiyalash mumkin. «Tikuvchi» agent sifatida 
formal'degiddan foydalanish mumkin. «Tikilgan» krahmalning g'ovaklari ko'p 
bo'ladi. Bundan tashqari, fermentlar ta'siriga chidamli bo'ladi va uncha-munchaga
parchalanib ketavermaydi. Dekstran asosidagi suvda eruvchan polimerlar tibbiyotda 
dori vositalarining tashuvchilari sifatida ishlatiladi.
Agar ham yahshi tashuvchi hisoblanadi. Diepoksid birikmalar yordamida 
«tikib» uning hususiyatlarini yanada yahshilash mumkin. Molekulasi kimyoviy 
moddalar bilan «tikilgan» agarning mustahkamligi ortadi. Qizdirilganda parchalanib ketaver-maydi (albatta o‘ta yuqori temperaturalar bundan mustasno). Tashuvchilar orasida oqsillar ham o'z o'rniga ega. 

Ularning bir qator afzalliklari bor:


sig'imi katta; biologik jihatdan utilizatsiyalash (biodegradatsiya) engil, bu esa o'z navbatida 
ekologiyani buzmaydi juda yupqa, masalan, 80mkm qalinlikdagi membrana ko'rinishida 
ishlatish mumkin.
Fermentlarni oqsillarga immobilizatsiyalaganda, oqsillarni kimyoviy reagentlar yordamida
«tikib» yoki «tikmasdan» ham ishlatsa bo'ladi.
Oqsillardan ko'proq tibbiyotda va biologik tadqiqotlarda foydalaniladi. Tashuvchi sifatida 
keratin, fibrin, kollagen, miozin, al'bumin kabi oqsillar ko'p ishlatiladi.
Oqsillarning kamchiligi – ularning yuqori
immunogenligi. Faqat kollagen va fibrin oqsillari bunday kamchilikdan holi.
Sintetik polimer tashuvchilar fermentlarni kovalent va sorbtsion
immobilizatsiyasida, gel' va mikrokapsula olishda qo'llaniladi. Stirol asosidagi 
polimerlar sorbtsion immobilizatsiyada ishlatiladi. Stirol asosidagi polimerlar turli hil 
strukturaga ega; yirik g'ovakli, getero g'ovakli va h.k.
Polimer gidrofil tashuvchilarni tayyorlashda akrilamiddan foydalaniladi. 
Akrilamid – akril kislotasining hosilasi.
Poliakrilamid geliga hujayralar va fermentlarni immobilizatsiyalash keng 
tarqalgan usullardan biridir. Poliakrilamid geli strukturasi - qattiq, g'alvirsimon, 
fazoviy. Poliakrilamid geli kimyoviy moddalar ta'siriga chidamli.
Poliamid tashuvchilar ham sintetik polimer bo'lib, ularning molekulasida amid
guruhi -C(O)-NH- takrorlanib keladi. Ushbu tashuvchidagi amid guruhi kimyoviy 
moddalar orqali faollantirilsa, unga kovalent bog' bilan fermentlarni ulash mumkin. 
Fermentlar asosida ta'siri uzaytrilgan dori vositalarini tayyorlashda
N-vinilpirrolidon tashuvchisi qo'llaniladi. Sintetik polimer tashuvchilar kamchiliklardan 
holi emas. Aksariyat polimer tashuvchilar organizmda to'planib qoladi 
(kumulyatsiya). Shuning uchun tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan fermentlar 
ko'pincha tabiiy polimerlarga (asosan dekstranlar) immobilizatsiyalanadi. Sintetik 
polimerlardan esa ko'proq N-vinilpirrolidon asosidagi tashuvchilar tanlanadi.
Hozirgi kunda parchalanganida zaharli moddalar hosil qilmaydigan yangi 
sintetik polimerlar olish ustida tadqiqotlat olib borilyapti.


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish