33-javob. Saxaraza fermenti ilk bora Vilshtatter tomonidan kristall shaklda ajratib olingan.
• Saxarozani aniqlashda shakarqamish qandi inversiyasi yordamida polimetrik tahlil yoki trammer namunasidan foydalaniladi.
• Saxarozalarni parchalovchi fermentlarni mikrob manbalaridan oladilar. 1894-yilda Dyure xamirturush saxarozasi bilan ishlab bu fermentni topgan va uni 100 ͦC da qaynatadi, ferment o’zini spetsifikligini yo’qotadi. Bir qancha vaqtdan so’ng havoda o’z holatiga qaytadi. Lekin uning tajribasida 80 ͦ C da butunlay tiklanmaydi ammo 100 ͦ C dan keyin ochiq havoga chiqarilganda o’z xususiyatini saqlashi uning tajribasi savol bo’lib qolgan.
KF 3.2.1.26.)
Sinf: 3- Gidrolazalar sinfiga mansubligini bildiradi.
Kichik sinf: 2. – Glikozil birikmalarga ta’sir etadi.
Kenja sinf:.1. – Glikozidlar gidrolazalar
Tartib raqami: 26. – β – D – fruktofuranozid -fruktogidrolaza.
Saxaraza- glikozil- gidralazalarning yirik guruhi bo’lib, ular saxaroza molekulasini glukoza va fruktozaga parchalaydi.Ko’pincha keng subustrat spetsifikligiga ega. Saxaraza ferment oshqozon osti bezi va ingichka ichak shilliq qavatida sintezlanadi.
Reaksiya mexanizmi quyidagicha:
34-javob. Ureazaning ishlatilishi Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH4+ va CO2ga parchalanishiga asoslangan. Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda foydalaniladi. Hosil bo‘lgan NH4+ ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka aylanadi va u NH3 ni sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi. Shuningdek, fermentli membrana elektrodlardan ham foydalaniladi, ularda ureaza eritmasi dializ plyonkalari orasiga joylashtiriladi. Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham foydalaniladi (ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash spektrofotometrda NADH2 ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani fermentativ aniqlash uning kislorod bilan allontoin va H2O2 gacha urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. Teshikli shishaga immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi.
Oshqozon-ichak trakti va siydik yo'llarining ba'zi patogenlari ureazani ishlab chiqaradi, bu esa ularni aniqlash uchun va boshqa holatlarda yarim miqdoriy aniqlash uchun ureaz testidan (boshqa mezon bilan birgalikda) foydalanishga imkon beradi. Siydikdagi karbamid tarkibini aniqlash uchun ma'lum laboratoriya usullari, uning reaktsiyasi natijasida chiqarilgan ammiak miqdorini keyinchalik o'lchash bilan soya ureazasi ishtirokida uning gidroliziga asoslangan. Og'ir metallarni aniqlash uchun karbamid biosensorlardan og'ir metall ionlari bilan suvning umumiy ifloslanishini aniqlash uchun foydalanilgan. Tibbiyot va veterinariya tibbiyotida foydalanish (siydikdagi siydikchil laboratoriya tekshiruvlari (oqim reaktori), Helicobacter pylorini tezkor aniqlash qog'oz sinovlari uchun); biosensorlarning yangi avlodini yaratishda (immobilizatsiya qilingan shakl); Oziq-ovqat sanoatida qo'llaniladi (sut sifatini nazorat qilish biologik testlarning tarkibiy qismi sifatida) Уреаза медицинада қон ва сийдик таркибидаги мочевина миқдорини аниқлашда, турли буйрак ва жигар касалликларида қўлланилади. Fermentning bu molekulyar kompleksi shu bakteriyada fermentning stabilligini ta`minlaydi. Bu bakteriyada ferment ammiakni xlorid kislotani neytrallashtirib oshqozon sharbatiga aylantirish uchun parchalab beradi. Bu xususiyati bakteriyani diagnostikada ishlatilishi uchun zamin yaratadi.