Anguage and literature til va adabiyot



Download 38,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/126
Sana29.08.2021
Hajmi38,34 Mb.
#158840
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
Bog'liq
3-son

Feruzaxon KARIMOVA

O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori

 instituti ilmiy xodimi

DIALOGIK NUTQNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 

saqlanib kelmoqda. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit 

turk” asaridagi “Qish va Yoz munozarasi”, Yusuf 

Amiriyning “Chog‘ir va bang” asari, Yaqiniyning “O‘q va 

Yoy munozarasi” kabilar shular jumlasidan. [2:  5]

A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi 

mashhur Farhod va Xisrav dialogidagi teran mazmun 

va zukko hozirjavoblik daho shoirning xalqimiz tabiati 

va badiiyatiga ko‘chirgan ulkan iste’dodidan darak 

beruvchi hamda o‘zbek tilining serjilo qirralarini 

namoyish eta olgan lison namunasidir:

Dedi: Qaydin sen, ey majnuni gumroh?

Dedi: Majnun vatandin qayda ogoh?

Dedi: Nedur senga olamda pesha?

Dedi: Ishq ichra majnunlik hamisha.

Dedikim, ishq o‘tidin de fasona?

Dedi: Kuymay kishi topmas nishona.

Dedikim, kuymakingni ayla ma’lum.

Dedi: Andin erur shoh ahli mahrum.



42

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



2020-yil 1-son

Kichik tadqiqot

Dedi: Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast,

Dedi: Ruh ermas erdi tanga payvast.

Zamonaviy tilshunoslikda dialogik nutq butun bir 

amaldagi nutqiy harakatlar birligi sifatida tadqiq etiladi 

va undagi ishtirokchilarning ruhiy holati hamda aqliy 

olami mushtarakligi, nutq so‘zlanayotgan vaziyat, 

ohang, imo-ishora kabi tildan tashqari holatlar ta’siri 

ham hisobga olingan holda tahlil etiladi. Shu bilan 

birga dialoglarni xarakterlovchi belgilardan biri shakliy 

va mazmuniy siqiqlik  bo‘lib, kuzatishlardan ma’lum 

bo‘ladiki, suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birlarini yaxshi 

bilishlari, olam haqidagi bilimlarining umumiy foni 

suhbatning verbal tomoni qisqarishiga olib keladi. 

Kinetik ifodalanishlar oldinga qarab siljiy boradi.

Misol:


– Sulton aka? – do‘rildoq tovush telefon trubkasini 

zirillatib yubordi.

“Abdulla! Qayerdan bildi? Obbo!”

– Salom, – dedi dovdirab.

– Sulton aka, o‘zingizmisiz? – Bu safar jiyanining 

ovozi hiyla ishonchli eshitildi.

– O‘zim, Abdullajon.

– E, yashang-e! Shunaqa bo‘ladimi! Ayting, bizning 

gunohimiz ne? (X.Sultonov, “Ajoyib kunlarning birida”)

Mazkur suhbat ishtirokchilarining qarindoshlik, 

qadrdonlik, hurmat kabi milliy belgilariga ko‘ra dialog 

qisqa ifodalanishga ega bo‘ldi. Keltirilgan belgilarsiz 

dialogning to‘liq verbal ifodasi quyidagicha bo‘lishi 

mumkin edi:



– Allo.

– Allo.

– Assalomu alaykum.

– Assalomu alaykum. Sulton aka kerak edi, sizmisiz?

– Menman. Siz kimsiz?

– Abdullaman.

– Qachon keldingiz?

– Kecha keldim.

– Nega xabar bermadingiz?

– O‘zim.

– Xafa bo‘ldim. Yashang-e, shunaqayam bo‘ladimi! 

Ayting, bizning gunohimiz ne? 

Misolda tog‘a-jiyan his-tuyg‘ulari muloqot 

jarayonining ixcham tus olishiga qanchalik sabab 

bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Qarindoshlik belgilarigina 

emas, ruhiy yaqinlik sabab ham ular nutqidagi shakliy 

ifodalanishlar qisqarib, mazmuniy jihatdan oldinga 

chiqmoqda. 

Yana bir misol:



Yuzi shishinqiragan, ko‘zlari ich-ichiga cho‘kkan, 

ko‘ylak-shimi g‘ijim bir kimsa, Ramazon!

– Ha?! – dedim hovliqib, tahlika bilan.

– Keldim.

– Qanday? Hali, hali... vaqt bor-ku?!

Birinchi suhbatdoshning (Ramazonning do‘sti) jum-

lasi “Ha?!” so‘roq-taajjub ma’nosidagi so‘z-gapdan 

iborat. Mazmunan (ishtirokchilarning oldingi umumiy 

bilimlariga ko‘ra) “Sen nima qilyapsan bu yerda?” yoki 

“Qamoqda eding-ku?!” gapiga hamohang, mazmunan 

shunga teng. Savol bu tarzda qo‘yilmay, yuqorida nutqiy 

vaziyat (suhbatdoshlarning umumiy ruhiy-ijtimoiy holati 

haqidagi belgilar) berilganligi uchun savol beruvchi ni-

yatini birgina “Ha” so‘z-gapi bilan ifodalayapti. Chunki 

ushbu nutqiy vaziyatda bu so‘z-gapning kommunikativ 

qimmati yetarli. Boshqacha aytganda, “Ha”ning ichida 

“Sen nima qilyapsan bu yerda? Qamoqda eding-ku?!” 

gaplari mavjud. Bunday yopiq holdagi mazmunni man-

tiqshunos va tilshunos G.P.Grays “imlikatura” termini 

bilan atagan edi [1: 219–220]. Implitsit (yashirin) tarz-

da ifodalanish eksplitsit (ochiq) tarzdagi ifodalanish-

ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Imlitsit ifodalanishlar dia-

log jumlalariga siqiqlik bilan birgalikda tafakkurdagi 

harakatlanishni jalb etadi, ma’noni chaqishga xohish 

va ishtiyoqni uyg‘otadi. Tinglovchini hushyor va e’tiborli 

qiladi. Bu dia logning jonliligi va hayotiyligini ta’minlaydi. 

Implikatura inglizcha “bog‘lanish”, “aloqa” ma’nolarini 

anglatadi. Bu jarayon muloqotda ishtirokchilar uchun 

oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlar orqali ke-

ladigan ma’noga ishorani anglatadi. Ko‘pincha bunday 

yashirin, ishoraviy suhbat jarayoni ma’lum bir guruhda-

gi, umumiy ish faoliyatidagi, bir-biriga o‘zaro majburiy-ix-

tiyoriy bog‘lanishi bor suhbatdoshlar orasida kechadi. 

Ularni umumiy “ssenariy”da mushtarak bog‘lab turuvchi 

maqsadlar birlashtiradi. Shu o‘rinda dia loglardagi bir-

galik, umumiy maqsad uchun harakat qiluvchi shaxs-

larning nutqiy qadamlari umumiy yo‘l orqali manzilga 

intilayotgan yo‘lovchilarni ko‘z oldimizga keltiradi. Har 

bir “yo‘lovchi”ning alohida va umumiy maqsadlari mav-

jud bo‘lib, ular muloqot jarayonida yanada oydinlashib 

boradi. Umumiylik tamoyiliga bo‘ysunish ishtirokchiga 

aylanish  sharti bo‘lib xizmat qiladi. Dono xalqimiz tili 

bilan aytganda: “Biz bir kemadamiz”, degan naqlni es-

latadi. Ishtirokchilarning aqliy va ruhiy yakdilligi “man-

zil”ni yaqinlashtiradi, yangi “manzillar”ga yo‘l ochadi. 

Aksincha holatlarda muvaffaqiyatsiz muloqot yuzaga 

keladi. Insonlar bir-biridan uzoqlashadi.


Download 38,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish