2. M.A. Mahkamova. Innovatsion texnologiyalar boshqaruvi. Monografiya. – Toshkent: Aloqa, 2011.
3. Г.Б.Болоний, В.Ю.Лыскова. Кластерный подход и его использование в научно-педагогических исследованиях // Вестник
ТГУ, Т. 16 вып. 1. 2011.
4. Porter М. Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors, Cambridge, 1980. 454 pages.
5. Шамова Т.И. Кластерный подход к развитию образовательных систем // Взаимодействия образовательных учреждений
и институтов социума в обеспечении эффективности, доступности и качества образования региона: Материалы 10-го
Международного образовательного форума (Белгород, 24–26 окт. 2006 г.): в 2 ч. / БелГУ, МПГУ, МАНПО; отв. ред. Т.М.Давыденко,
Т.И. Шамова. Белгород: Издательство БелГУ, 2006. Ч. 1. – C. 24–29.
6. Шарай Н. Кластерный подход в интеграции. УГ Москва, №15 от 14 апреля 2015 года.
44
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2020-yil 1-son
Kichik tadqiqot
XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek dostonchiligida
nasr va nazm uyg‘unligida yozilgan dostonlar soni ortdi.
O‘ndan ortiq bunday dostonlar faqat barmoq vaznida
yozilgani, asosiy voqealar nasrda, asar qahramonla-
rining kechinmalari nazmda berilganligi jihatidan ajralib
turadi.
Ularda xalq dostonlariga xos an’anaviy motivlar,
obrazlar, baxshiyona ohang kuzatiladi. Eng muhimi,
xalq dostonlari singari omma madaniy-maishiy tur-
mushi, orzu-istaklari bilan bog‘liq voqeliklarni keng
ko‘lamda badiiy ifoda etish xususiyati davr dostonlarini
tark etmadi. Aksincha, uning mavzular qamrovi, obraz-
lar tizimi yanada kengaydi.
Davr dostonlarida tarixni xalqona tushunish va tu-
shuntirishga, uni jonlantirishga intilish istagi kuchaydi.
Shundan kelib chiqib, millatimiz boshidan kechgan va
kechayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarning, erk va ozod-
lik uchun olib borilgan kurashlarning tarixiy mohiyati ba-
diiy bayon etila boshlandi. Natijada dostonda haqiqiy
hayot manzaralari bilan shoir qalb kechinmalari, o‘tmish
xotirasi-yu bugungi voqeligi, kelajak xayoli-yu avlod
taqdiri, milliy qadriyatlarimiz, e’tiqodiy qarashlarimiz –
barcha-barchasi xuddi xalq eposidagi kabi qomusiy bir
tarzda yaxlit poetik tizimga tushirila boshlandi. Faqat
bu xalq dostonlarida omma fantaziyasi asosida umum-
lashtirilsa, davr dostonlarida lirik qahramon dunyoqa-
rashi va kechinmalari orqali bayon etildi.
Jumladan, To‘ra Sulaymonning “Qorasoch” dostoni-
da voqelik deyarli boshdan-oyoq nasr va nazm uyg‘un-
ligida saj’ vositasida aks ettirilgan. Adabiyotimizda ayol
sadoqati haqidagi asarlar alohida tizimni tashkil etadi.
“Qorasoch” dostonida ham shu g‘oya ifoda etilgan.
Dostonning bosh qahramoni ruhiy-ma’naviy jihatdan
S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat”, Mirtemirning
“Surat” asarlaridagi qahramonlarga yaqin. Faqat
T.Sulaymon uslubining ohorli jihati voqelikni xalq dos-
toni usulida bayon etganida namoyon bo‘lgan. Bu esa
shoirga urush yillarida xalqimizning front orqasida tu-
rib ko‘rsatgan mehnat qahramonliklarini xalq eposidagi
kabi ko‘lamdor, batafsil tasvirlashga yo‘l ochgan. Unda
xalq dostonlariga xos quyidagi jihatlar bo‘rtib turadi.
Qahramonning tug‘ilishidan boshlab to kamolga yet-
gungacha kechgan voqealar tizimi (Qorasochning tug‘i-
lishi, voyaga yetishi, o‘z muhabbatini topishi, farzandi
baxti uchun kurashishi) an’anaviy motivlarda beriladi.
Dostonning nasr qismida voqelik boshdan-oyoq saj’
usulida bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: