ka erishdi.
maning ehtiyojiga qarab o‘sib borgan. Detektiv janrni
har tomonlama mukammal janr deb aytish qiyin. Unda
lar ham uchraydi [3: 458]. Asarni hammaga manzur
tushiradi. Detektiv janr ommalashuv uchun mo‘ljallan-
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
47
2020-yil 1-son
Kichik tadqiqot
gan. Shuning uchun u saviyasi o‘rtadan past kishilar in-
tellektual ehtiyojlarini qanoatlantirishga yetarli. Boshqa
tomondan qaralsa, ayrim tadqiqotchilar nuqtayi nazari-
ga ko‘ra, aynan ommaviyligi tufayli detektiv janrni yoq-
layotgan madaniyatning muayyan mazmunidan jami-
yatning eng quyi qatlamlari ham o‘zlariga keragini olish
imkoniga ega bo‘ldi. Bizningcha, keyingi masala hali
to‘liq va uzil-kesil yechimga ega bo‘lmagan murakkab
masalalar qatoriga kiradi.
Amerikadagi barcha turdagi detektiv asarlar kitob-
xonlarning kino sanoatiga qiziqishlaridan yuzaga kel-
gan. XIX asrning o‘rtalarida Amerika shaharlarida
istiqomat qiladigan aholi o‘zlarini jinoyat olamida ya-
shayotgandek sezardilar. Mahalliy gazetalarda so-
dir etilgan jinoyatlar soni kamaytirib yozilar, ularda
ko‘proq yengil detektiv asarlar chop etilardi: “Yiliga
eng mashhur nashrlarga 200000 dan qariyb 300000
ga yaqin mushtariy aynan shunday asarlar uchun a’zo
bo‘lardi” [4: 8]. Bir guruh huquqshunoslar tomonidan
Massachutes shtatida aholining quyi qatlamiga detektiv
asarlar sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilinadi. Garchi
ular bir muddat sodir etilayotgan jinoyatlar va politsiya
ko‘rsatmalarini matbuotda nashr etishning oldini olgan
bo‘lsalar-da, “yovuzlik hamda jinoyatni ildizi bilan yo‘qo-
ta olishmadi” [5: 8]. Qolaversa, ayrim politsiyachilar o‘z
kasbiy tajribalari asosida hikoyalar yarata boshladilar.
Shunday qilib, politsiya detektiv esdaliklari paydo bo‘ldi
hamda shu ruhdagi hikoyalar avvalgidan ko‘ra ko‘proq
nashr etildi. Ayniqsa, juda mashhur bo‘lib ketgan ma-
terial turi maxfiy va yashirin hujjatlar bo‘lib, uning janri
detektiv janrga juda yaqin edi.
XIX asrda detektiv janrga kitobxonlar qiziqishining
sababi Amerika shaharlarining tez suratlarda o‘sib,
o‘zgarib borganligi bilan bog‘liq. Shahar aholisi boyib
borishi bilan uylarini ijaraga berib, shaharning aksariyat
qismini savdo do‘konlari va yirik ishlab chiqarish korxo-
nalariga aylantirishga urinishdi. Shuningdek, aholi qan-
chalik boyib bormasin, avallo, o‘zlari himoya qiladigan
okrug va shaharlarni politsiya zimmasiga tashlay bosh-
ladi. Shunday qilib, politsiya mahkamalari, keyinchalik
shaxsiy izquvarlar (detektivlar) shahar hududlarini hi-
moya qilishda yetakchi kuchga aylandilar. Badiiy adabi-
yotga ham ularning obrazlari kirib keldi.
Amerika yuridik-detektiv janri hamda shu janrda
ijod qilgan va ijod qilayotgan adiblarning ijodiy faoliya-
ti haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘rganish natijasida
shunday xulosaga kelish mumkinki, ilk Amerika detektiv
janrining rivojlanishida yozuvchilar kitobxonlar istagan
narsa – asarning asosiy qahramonlari kishining rahmi-
ni keltiradigan sahnalarning oddiy ishtirokchilari emas,
balki izquvarlar bo‘lishi kerakligini tushunib yetgach,
ular asosiy diqqat-e’tiborlarini detektiv hikoyalar yozish-
ga qaratdilar hamda shu tarzda, jinoiy detektiv asarlar-
ning kitobxonlar orasida ommalashishiga erishdilar.
Yozuvchilar endi xayoliy qahramonlardan ko‘ra
haqiqiy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan personajlar
to‘g‘risida yoza boshladilar. Shunday qilib, hayotiy vo-
qealarga asoslangan detektiv asarlar hamda hayotda
uchrab turadigan voqealar ayni kitobxonlar qalbiga tez
kirib boradigan asarlarga aylandi.
Xorij adabiyotshunosligida detektiv janri bo‘yicha
bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Detektiv janri ning
o‘rganilishida katta hissa qo‘shgan tanqidchi Hovard
Heykraft hisoblanadi. Uning “Rohatlanish uchun qotil-
lik” (Murder for Pleasure, 1941) asari ayni shu janr ta rixi
haqidagi dastlabki manba hisoblanadi. Adib, bundan
tashqari, “Detektiv hikoya san’ati” (The Art of Mystery
Story, 1946) nomli birinchi adabiy-tanqidiy antologik
asarlar jurnalining muharriri bo‘lgan. Bu jurnal olimlari
tomonidan olib borilgan ishlar klassikaga aylandi. Ular
ko‘p sonli Amerika ommaviy madaniyati tadqiqotlari-
ning asosi hisoblanib, aynan shu tadqiqot natijalariga
dunyoning yetuk olimlari ham tayanishadi.
Мamlakatimiz adabiyotshunosligida detektiv qisman
o‘rganilgan, biroq uning badiiyati va nazariy sohalari
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yetarli emas. Ayniqsa,
detektiv janrida ijod qiladigan adiblarning ijodi yakka
tartibda tahlil etilmagan. Shu boisdan mavzusi adolat
va haqqoniylikni o‘rnatishga qaratilgan ushbu janrdagi
asarlar tadqiqi tadqiqotchilar oldidagi muhim vazifalar-
dan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: