Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet285/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   569
Bog'liq
boy ota

O‘yinning mohiyati
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyati rang-barang bo‘lib, ular ko‘proq o‘yinni yoqtiradilar. Chunki o‘yin bu yoshdagi kichkintoylar uchun asosiy va sevimli mashg‘ulot hisoblanadi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘yin elementlari va muammoli holatlarning kiritilishi mashg‘ulot va darslarni jonlantirishga xizmat qiladi.

Didaktik o‘yinlar bola bilimining mustahkamlanishi va kengayishiga, ularni umumlashtirishga, tizimga solishga yordam beradi. Ta’­lim va tarbiya jarayonida har xil didaktik o‘yin­lardan: og‘zaki, stol ustida harakatli, ijodiy, xayolan sayohat, o‘yin viktorinadan foydalanish, muammoli holatlar keltirib chiqarish va uning yechimini topish, bahslashish, natijaga erishish mashg‘ulot samaradorligini oshiradi.

Matematika, nutq o‘stirish, atrof-olam bilan tanishtirish, mehnat mashg‘ulotlarida “Sah­nalashtirilgan”, “O‘yin – musobaqa”, “Sayohat”, “Teatrlashtirilgan” va “Konsert” mashg‘ulotlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi.

Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining malaka oshirish kurslarida “Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim”, “O‘zing yasa” moduliga muvofiq darslar pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinmoqda. “O‘zing yasa” modulida tarbiyachilar mashg‘ulotlarda foydalanish uchun tabiiy materiallardan o‘zlari ko‘rgazma qurollarini tayyorlab o‘rganadilar.


Dars jarayonida tinglovchilar bilan “Bu o‘yinmi?” amaliy ishi o‘tkaziladi. Tinglovchilar to‘rtta stol atrofiga guruh bo‘lib o‘tiradilar. Bitta stol ustiga o‘yinchoqlar solingan quti qo‘yiladi. Ikkinchi stolga yana bir qancha o‘yinchoq qo‘yilib, ular orasiga siniq va buzuq o‘yinchoqlar ham qo‘shiladi. Uchinchi stolga o‘yinchoq qo‘yilmaydi. To‘rtinchi stolga tabiiy materiallar beriladi. Tinglovchilarga o‘yin­choqlardan o‘zlari yolg‘iz yoki boshqalar bilan birga foydalanishlari va turli o‘yinlar o‘ylab topishlari mumkinligi aytiladi. 10 daqiqadan so‘ng qatnashchilardan ularni ta’riflab berishlari so‘raladi. Shundan so‘ng tinglovchilar bilan birgalikda yasagan o‘yinchoqlarini muhokama qilinadi. (Taqdimot 10 daqiqa davom etadi)

  • Biz hozir qanday jarayonda bo‘ldik?

  • Guruhdagi hamma ishtirokchilar o‘yinda qatnashdimi?

  • Stolida o‘yinchoq bo‘lgan ishtirokchilar nimani his qilishdi va ushbu o‘yinchoqlardan qanday foydalanishdi?

  • O‘yinchoqlarni o‘ynay boshlaganingizda nimalarni his qildingiz?

  • O‘yin davomida xayolingizdan nimalar kechdi?

  • Keyingi stollardagi ishtirokchilar o‘zlarini qanday sezishdi va nimani bilib olishdi?

Biz tajriba orqali o‘ynab o‘rgandik. O‘yin ermak, quvonch manbayi bo‘libgina qolmay, diqqat, xotira, ijodiy tafakkur va tasavvurimizni o‘stirish vositasi ekanligini bilib oldik.
Tinglovchilar bilan “O‘yin orqali o‘rganish nima?” bahs-munozara (20 daqiqa).
O‘yin turlari. Slayd shou. (10 daqiqa)
Bola nima qilyapti? Savol-javob. (20 daqiqa)
Xulosa (10 daqiqa) qilib, ularga bolalarning o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlab, yo‘naltirib turi­shi, rejalashtirishda va doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi o‘yinlarni tash­killashtirishda faol ishtirok etishlari aytiladi.

O‘yin bola hayotida muhim o‘rin tutadi. O‘yin orqali bolalar tevarak-atrof, turli predmetlar haqida bilimga ega bo‘ladilar. Shu tufayli ta’lim jarayonini o‘yin shaklidan foydalangan holda tashkil etish ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini beradi.

O‘yin tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu jarayondagi o‘quvchilar o‘zaro munosabatga kirishadilar, natijada ularning xulq-atvori, muomila madaniyatida ijobiy sifatlar shakllanadi va tarkib topadi.

Bolaning quvnoq, xushchaqchaq yashashi va mazmunli hayot kechirishi uchun nima kerak? Qanday qilsa boladagi turli-tuman his-tuyg’ularni barvaqt uyg’otish, fikrining rivojlanishiga turtki berish, nutqini o‘stirish, savodxonligini oshirish, uning borligini yoqimli, jozibali va mazmunli qilish mumkin? Javob bitta: O‘YIN!

Xalq o‘yinlari xalq ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Har bir xalqning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalqning madaniyati, urf-odatlari, ijodi, mehnat faoliyati asosida vujudga keladi. Shuningdek, o‘zbek xalq milliy o‘yinlari xalqimizning buyuk merosi sifatida qadim zamondan bugungi kungacha saqlanib va sayqallanib kelmoqda.

Ma’lumki, qadimda o‘zbek xalq o‘yinlari katta sayillarda, ommaviy tamoillarda keng qo‘llanilgan. O‘zbek xalq milliy o‘yinlarining tuzilishi, mazmuni turlicha bo‘lib, ular xalqimizning moddiy, maishiy va ma’naviy tarixini o‘rgatishda muhim manbaalardan biri hisoblanadi.

milliy o‘yinlarimiz buyuk allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orqali bizga ham yetib keldi.

O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, qadim zamonlarda milliy sport, harakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Navro‘z, hosil bayramlari, Ramazon Hayiti, Qurbon Hayit va boshqa bayramlarda uloq chopish, kurash, ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil ochishlar o‘tkazilgan.

O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnaqiga katta ulush qo‘shgan iste’dodli murabbiy, shoir, zabardast olim va mohir tarjimon Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1870) «Ta’vizul-oshiqin» devonida o‘zbek milliy o‘yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida qilichbozlik, chavgon, yog’och ot, chillak, sopkon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, dorboz, poyga, varrak, yog’och xukka, masharabozlik, tosh ko‘tarish, pachok o‘yini, oshik o‘yini, to‘p o‘yini va boshqalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu o‘yinlarning qoidalarini birma-bir izohlaydi.

Ogahiy fikricha, kurash bilan shug’ullanish bolalarni qat’iy intizomga odatlantiradi, u kuchiga ishonch hosil qilish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy kamolotiga ijobiy ta’sir kiladi.

U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy tarbiya nuqtayi-nazaridan baho beradi. «Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo‘lgan kishilarni aqlining susayishidan, yurak hurujlaridan halos etadi va jismonan baquvvat qiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.

Kurash tushishning tafsiloti Zahiriddin Muhammad Boburning asarlarida berilgan.

So‘z va qo‘shiqli o‘yinlar esa bolalarning nutqini o‘stirish bilan birgalikda, ularni chechanlikka o‘rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini tushuntiradi.

Shunga qaramasdan, ularni nazoratdan o‘tkazish va o‘rganish o‘yinlarni shartli ravishda quyidagidek turlarga bo‘lib chiqish imkoniyatini beradi:



  1. turli yoshdagilar o‘yinlari (go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik va h.kazolar);

  2. turli jinsdagi odamlar o‘yinlari (o‘g’il bolalar, qiz bolalar, erkaklar va ayollar);

  3. mavsumiy o‘yinlar (bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki);

  4. turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘yinlar (so‘z, kuy, qo‘shiq, raqs, pantomima, syujetli, sahna, turli xususiyatli va hokazolar).

O‘yinlar bolalar uchun hayotga, kelajakdagi voqea-hodisalarga o‘ziga xos tayyorgarlik maktabi hisoblanadi. Ular bolalarni nafakat jisman, balki aqlan o’stirib, ongini boyitadi, bolalar hayolotini uygotadi, xotirasini charxlab, irodani mustahkamlaydi. O‘yinlar jarayonida bola deyarli bilimlarni egallaydi, shaxs kamolotidagi zarur malakani oshiradi.

O‘yinlar kelajakdagi katta hayot bo‘sagasidagi tayyorgarlik bo‘lib xizmat qilgan. «Agar bola o‘yinni vijdonan o‘ynasa, hayotda ham vijdonan yashaydi» deb bejiz aytishmaydi-da.

O‘yinlar inson hayotida shunday ahamiyat kasb etadiki, ularga qarab inson shaxsiyati, xarakteri manfaatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari haqida fikr yuritish mumkin. O‘zbeklar farzandlarida bolaligidanok bahodirlik, harbiylik, jangovarlik malakalarini shakllantirganlar.

o‘zbek xalq o‘yinlarini xalqning axloqiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan alokalarini o‘rganishning manbaalaridan biri sifatida karab chiqish lozim.

Xalq o‘zining polvonlari to‘grisida rivoyatlar to‘qigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Pahlavon Mahmud hind polvoni bilan bir necha kunga cho‘zilgan olishuvda g’olib chiqqan va buning evaziga uning asirlikdagi o‘n ming nafar yurtdoshlari ozod qilingan.

O‘zbek xalq o‘yinlarini mazmuniga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:


1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish