Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet281/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   569
Bog'liq
boy ota

30-Ma’ruza. O‘yinning bola faoliyati sifatidagi bmohiyati va o‘ziga xosligi.
Reja:
  1. Maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yinlarning o‘rni.

  2. O‘yin yetakchi faoliyat turi.

  3. O‘yinning mohiyati.




Tayanch iboralar: Maktabgacha ta’lim, jarayon, o‘yin, bolalar faoliyati, o‘yinning mohiyati.




Maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yinlarning o‘rni


Barkamol avlod tarbiyasi ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lib, bola dunyoga kelishi bilanoq unga odob-axloq, jismoniy va ma’naviy rivojlanish qonun-qoidalarini muttasil o‘rgatilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasidagi sifat o‘zgarishlari va samaradorlik ko’proq milliy pedagogika tarixining ildizlari hamda zamonaviy ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlarini uyg‘unlashtirish bilan mukammaldir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Ta’lim-tarbiyani turli o‘yinlardan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zero, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo‘lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bolalarda mashg‘ulotlar o‘yin shaklida o‘tkaziladi. Shu bois ham u tarbiyaning muhim vositasidir.
Qadim zamonlardan beri o‘yinlar pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Chunki ular jamiyat hayotida mehnatdan keyingi o‘rinda turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ilg‘or olim va pedagoglar o‘yinning ijtimoiy voqea ekanini, unda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini o‘zlarining kuzatish hamda ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan o‘rni juda katta. Undan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va bilim berishda keng foydalaniladi. O‘yinning natijasini ikki bola va tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim. Agar o‘yin natijasi bola nuqtayi nazaridan baholansa, unda bu o‘yindan bolalar qanday ma’naviy va axloqiy ozuqa olganini hisobga olish kerak. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma’lum darajada zo‘r berishni, ya’ni ularning aqliy faoliyatiga talabni kuchaytiradi. Bolalar fahm-farosati, topag‘onligi, diqqat va xotirani namoyish qiladi. Bularning hammasi bolalarning o‘ziga ishonchini oshiradi va qalbini xursandchilik hissi bilan to‘ldirib, ular bundan ma’naviy qoniqish hosil qiladi.

O‘yin bolalarning kelajakdagi o‘quv va mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O‘yin bolada bilish faoliyatini rivojlantiradi, bola qancha faol o‘ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o‘qiydi. Ma’lumki, ushbu faoliyat maktabgacha yosh davrida yetakchi hisoblanadi. O‘yinda yosh organizmga xos talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shunday ekan, har bir o‘yin-mashg‘ulotini to‘g‘ri rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
O‘yin mashg‘ulotlarini rejalashtirayotganda har doim maqsadni hamda mashg‘ulotdan kutilayotgan natijalarni aniqlab olish zarur.

Didaktik o‘yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiyachi quyidagilarga e’tibor berishi lozim: qo‘yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi yoki yo‘qmi?


Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya’ni bir tomondan, bolalarda qiziqish uyg‘ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intilsa, ikkinchi tomondan, qo‘yilgan maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o‘yin yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib, maktabgacha ta’lim muassasalarida kun davomida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalaniladigan o‘yin va o‘yinchoqlar, ularning bolalarini ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishdagi ahamiyati beqiyosligini ta’kidlash joiz.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini o‘stirishda mnemotexnika usulidagi mashg‘ulot, xotiraning hamma turlari, bolalarning so‘z boyligini, bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga qaratilgan.

Qayta hikoya qilish, topishmoqlar topish, hikoya tuzish, she’r yodlash kabi faoliyat turlari esa rasmlar asosida olib boriladi. Bu mashg‘ulot bolalarda xotira, tafakkur va diqqatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Musiqa mashg‘ulotlarida aqliy tarbiya didaktik o‘yinlar orqali multimedia texnologiyalaridan foydalanib, musiqiy-ritmik harakatlar orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kun davomidagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash farzandlarimizni aqlli, zukko, zehnli bo‘lib voyaga yetishlariga zamin yaratadi.



Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish