Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


Bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda iqtisodiy tarbiyaning o‘rni



Download 12,39 Mb.
bet279/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   569
Bog'liq
boy ota

Bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda iqtisodiy tarbiyaning o‘rni.

Tayanch so`z va iboralar: iqtisodiyot, tarbiya, tejamkorlik, hisob-kitob, mehnat, mehnatsevarlik, faoliyat, iqtisodiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, tejamkorlik saboqlari.

1.Iqtisodiy tarbiya va uning vazifalari. Maktabgacha ta`lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya. O`zbekiston o`z mustaqilligiga erishgach iqtisodiy madaniyatni yuksaltirish davlatning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan asosiy o`zgarishlar amalga oshirildi.

1996-yil 17-avgustda ‘’O`zbekiston respublikasida uzluksiz iqtisodiy ta`lim-tarbiya konsepsiyasi’’ qabul qilindi. Mazkur konsepsiyani amalga oshirishda esa quyidagi 8 bosqichga asoslanildi:

1-bosqich. Oila. Maktabdan tashqari ta`lim. (Har bir bosqich uchun tayyorlangan ishlanmalar).

2-bosqich. Maktabgacha ta`lim-tarbiya. (Iqtisodga yo`naltirilgan o`yin mashg`ulot).

3-bosqich. Boshlang`ich ta`lim.(Tarmoq iqtisodiyoti).

4-bosqich. Umumiy ta`lim. (Iqtisodiy tushunchalar).

5-bosqich. O`rta maxsus kasb hunar ta`limi. (iqtisodiy bilim va kasb iqtisodiyoti asoslari).

6-bosqich. Oliy ta`lim. (Tarmoq iqtisodiyoti).

7-bosqich. Tarmoq bo`yicha malaka oshirish tizimi.(amaliy iqtisod).

8-bosqich. O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, tarmoq akademiyalari, ilmiy markazlar (Iqtisodiy ta`lim bo`yicha ilmiy izlanishlar).

Maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan iqtisodiy tarbiyaning maqsadi bolalarni iqtisodiy bilim,ko`nikma va malakalarni egallashga tayyorlashdir. Mazkur maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish lozim:

Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning fikrlashdoirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish;

Iqtisodiy tushunchalar bilan bog`liq vaziyatlarni hal etishni amalga oshirish uchun zarur pedagogic shart-sharoitlarni aratish;

Iqtisodiy bilimlarni egallashga zamin bo`luvchi, mantiqiy-matematik tasavvurlarni rvojlantiruvchi o`yinlar majmuini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish o`rta guruhdan boshlanib, ‘’Ilk iqtisodiy talim-tarbiya dasturi’’ga ko`ra mazkur yosh guruhida bolalarni olti xil iqtisodiy tushuncha bilan tanishtirirish ko`zda tutiladi. 1)iqtisod;

2)mehnat;

3)boylik;

4)mulkiy munosabatlar;

5)bozor;

6)pui.


Katta yosh guruhi bolalariga esa o`rta guruhda o`rgatilishi mo`ljallangan tushunchalarni kengroqva to`laroq yoritish bilan birga quyidagi sakkiz turdagi iqtisodiy bilimlar haqidagi tushunch tarib toptiriladi.

1)iqtisod;

2)mehnat;

3)boylik;

4)mulkiy munosabatlar

5)tadbirkorlik;

6)bozor;

7)pul;


8)mahsulot.

Maktabga tayyorlov guruhida esa o`n bir xil iqtisodiy tushuncha mazmunu yoritib beriladi.

1)iqtisod;

2)mehnat;

3)oila;

4)jamiyat;

5)aloqa;

6)ma`naviyat;

7)qoida vatrtibni saqlash;

8)boshqaruv;

9)savdo;

10)pul;


11)mahsulot.

2.Maktabgacha yoshdagi bolalarga tejamkorlik tarbiyasini berishda amalga oshiriladigan ishlar mazmuni. Ilk iqtisodiy ta`lim tarbiya mazmuni maktabgacha ta`lim muassasalarining atrof olam to`g`risida bilimga ega bo`lish va uni anglash hamda elementar matematik bilim va ko`nikmalarini kamol topshirishga shg`ulotlar negizida amalga oshiriladi.

Kattalar uchun bolalarga tejamkorlikni o`rgatish tarbiyaning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalarda tejamkorlikning ilk tushunchalarini shakllantirish orqali ularga atrof muhitga ehtiyotkorono munosabatda bo`lish, yerusti va yerosti boyliklari, suv hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boyligimiz ekanligi, ulardan oqilona foydalanish zarurligini anglash kabi ijobiy hislatlar tarbiyalanadi.

Har bir bola suv, gaz elektr toki va boshqa tabiiy boyliklarimizni o`z me`yorida ishlata bilishni va ulardan oqilona foydalanish zarurligini go`dakligidano`rganishi lozim. 2015-2016-o`quv yilidan boshlab barcha maktabgacha ta`lim muassasalarida ‘’Tejamkorlik saboqlari’’ dasturi asosida ta`lim-tarbiya olib boorish ishlari yo`lga qo`yilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga tejamkorlik tarbiyasini berishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Tejamkorlik qoidalarini bayon qilib berishda o`yin usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Tejamkorlik saboqlari bolalarda umumiy axloq me`yorlari talablariga javob beradigan, ularning shaxs sifatida kamol topishiga asos bo`la oladigan iqtisodiy bilim ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Dastur vazifalari esa quyidagilar:

-bolalarda hayotdagi ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan sezgirlikni shakllantirish;

-umumiy axloq ko`nikmalarini rivojlantirish, jamoat joylarida o`zini tutishni, yer osti boyliklari suv, gaz, elektr tokini isrof qilmaslik, ularni qadrlashni tarbiyalab borishdan iborat. Mazkur sohadagi ishlarning oilada olib borilishi yoki oilada davom ettirilishi ko`zlangan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bola o`zi tug`ilgan oila muhitida, sharoitida, urf-odatlari ta`sirida ulg`ayadi. Har bir oilaning moddiy farovonligi ko`p jihatdan oiladagi iqtisodiy barqarorlikka va o`z navbatida tejamkorlikka bog`liq. Oila byudjeti daromadini tahlil qilish, uni maqsadli sarflash va tejamkorlikni tashkil etish-oilaning moddiy farovonligi hisoblanadi.

N.Novikovning qayd etishicha, ‘’Bolalarning murg`ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta`sir etmaydi va barchabarcha ibratlar ichida ota-ona ibratidan ko`ra chuqurroq va mustahkamroq o`rin oladigan ibrat yo`q’’. Oilada kattalar tomonidan tejamkorlikka qatiy amal qilish bolalr uchun ibrat vazifasini o`taydi. Boladagi ilk tejamkorlik tushunchalari quyidagilarda etadi:

-Kiyim boshlarini ehtiyot qilib kiyish va toza saqlash;

-o`yinchoqlarini avaylab o`ynash; o`ynab bo`kganidan so`ng o`z joyiga yig`ishtirib qo`yish;

-yuz qo`llarini yuvganda suvni isrof qilmaslikka harakat qilish;

-televizor, boshqa texnik vositalarda multfilmni ko`rib bo`lgach, unio`chirib qo`yishni kattalardan o`z vaqtida so`rash kabilar.

Oilada bolani tejamkorlikka o`rgatishda ota onalar quyidagilarni e`tiborga olishlari zarur:

-uy ro`zg`or ishlarini bajarishda tejamkorlikni farzandingizda shakllantirib borish;

-bobo-buvi, ota-onalartomonidan oila davrasida tejamkorlik MODULsidasuhbatlartashkiletish;

-suv, elektr energiyasi va gazdan foydalanish va foydalanilgan bu ne`matlar uchun oila byudjetidan o`z vaqtida pul to`lab boorish zarurligi, ortiqchasarf qilinsa ortiqcha sarf harajat bo`lishini ham tushuntirib boorish kerak. Ayrim holatlarda uyda chiroq o`chib qolishi sabablarini bolalarga uqtirish kerakligi, barcha odamlar elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalansalar bunday holatlarga ehtiyoj qolmasligi to`g`risida tushunchalarning berib borilishi maqsadga muvofiq.

Bolalarda tejamkorlik sifatlarini shakllantirishda hikmatlar, o`gitlar va maqollardan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan: ‘’Tejog`lik uy- bejog`lik uy’’, ‘’ Birni kessang-o`nni ek’’, ‘’Nimani qilsang xor-unga bo`lasan zor’’.

Shunu ta`kidlash joizki, tejamkorlikni bola ongiga yaxshi amal bilan singdirib boorish yaxshi samara beradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi va oila hamkorligida olib borilgan ishlar ko`zlangan maqsadga erishish garovidir.

3.Bolalarda tejamkorlik, iqtisodiy hisob-kitob, mehnatsevarlik haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishning ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tejamkorlik, iqtisodiy hisob-kitob, mehnatsevarlik kabi tushunchalar haqida fikrlash qobiliyatini kamol toptirish maktabgacha talim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bolalarga mehnat tarbiyasini berish jarayonida ularda mehnatsevarlik tushunchasi va faoliyati shakllanib boradi mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab olishning mustahkam vositasi bo`lib unga nazariy bilimlarni qo`llash imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlarbilan boyitadi. Ta`lim muassasalarida mehnat ta`limi va tarbiyasini olib boorish maxsus dastur asosida amalga oshiriladi.

Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo`nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi:

Mehnat o`yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi ;

Mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o`zlashtirishga erishiladi;

Mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.

Maktabgacha ta`lm yoshidagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish jarayonidagina ularning mehnatsevarlik xususiyatlarini shakllantirish mumkin. O`rta va katta maktab yoshidagi bolalarni mehnatsevarlikka o`rgatishda avvalo ularni o`z o`ziga xizmat qilishga o`rgatish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni ham iqtisodiy, ham mehnat tarbiyasini shakllantirib borishda ularga tejamkorlik qonun-qoidalari, hisob – kitob, mehnatsevarlik haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, mehnatga nisbatan intilishlari asta rivojlanadi. Mashg`ulotlar jarayonida mehnatsevarlik, mehnat tushunchalarini shakllantirishda turli maqol va hikmatlardan foydalanish muhim hisoblanadi.

Maktabgacha talim muassasasi yosh avlodni har tomonlama, aqlan, jismonan, ruhan komillikka yetishishi, vatan uchun sidqidildan mehnat qilib jamiyatga kerakli inson bo`lib kamol topishida mustahkam poydevor bo`lib xizmat qilishi darkor


Nazorat uchun savollar:

1.Iqtisodiy tarbiya nima?

2.Iqtisodiy tarbiya haqida olimlarning qanday fikrlarini bilasiz?

3.Iqtisodiy tarbiya shaxsni shakllantirishda qanday rol o`ynaydi?

4.Barkamol avlodni mehnat va iqtisodiy tarbiyalashda qanday muammolar mavjud?

5.Maktabgacha ta`lim muassasalarida tejamkorlik saboqlari qanday beriladi?

6.Tejamkorlik haqida qanday maqollarni bilasiz?

7.Mehnatsevarlik tushunchasi bolalar ongiga qanday singdiriladi?

8.Iqtisodiy hisob-kitob deganda nimani tushunasiz?

9.Bolalarda tejamkorlik, mehnatsevarlik tushunchalari haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirish qanday shaklda amalga oshiriladi?

10.Mehnat tarbiyasi nima?
Test topshiriqlari

1.’’O`zbekiston Respublikasida uzluksiz iqtisodiy ta`lim-tarbiya konsepsiyasi’’ qachon qabul qilingan?

A) 1996-yil 17-avgust; B) 1998-yil 2-iyun; C) 1996-yil 7-avgust; D) 1997-yil 29-avgust.

2. ‘’Ilk iqtisodiy ta`lim tarbiya dasturi’’ ga ko`ra kichik yosh guruhida bolalarni qaysi iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish maqsadga muvofiq?

A) iqtisod,mehnat,boylik,mulkiy munosabatlar,bozor,pul; B) tadbirkorlik, bozor,pul; C)bozor, pul, mehnat, boylik; D) iqtisod, mehnat, boylik, pul, tadbirkorlik.

3.’’Ilk iqtisodiy ta`lim-tarbiya dasturi’’ga ko`ra o`rta yosh guruhida bolalarni necha xil iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtiriladi?

A) 8 xil; B) 6 xil; C) 11 xil; D) 12 xil.

4.’’Ilk iqtisodiy ta`lim –tarbiya dasturi’’ga kora tayyorlov guruhida bolalarni necha xil iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtiriladi?

A) 11 xil; B) 12 xil;C) 6 xil; D) 8 xil.

5.’’Bolalarning murg`ak qalbiga hech bir narsa ibratdek ta`sir qilmaydi…’’ ushbu fikrlar kimga tegishli?

A)N.Novikon; B) Komenskiy; C) Ushinskiy; D) M.Mirziyayev.

6. ‘’Iqtisod deb, pul va mol kabi ne`matlarning qadrini bilmakka aytilur’’. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) A.Avloniy; B) Fitrat; C) Cho`ipon; D) Forobiy.

7.’’Tejamkorlik saboqlari’’ dasturi asosida maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya ishlari qachondan yo`lga qo`yildi?

A) 2015-2016 o`quv yilidan B) 2016-2017 o`quv yilidan; C) 2017-2018 o`quv yilidan; D) 2018-2019o`quv yilidan.

8.Bolalarda ilk tejamkorlik tuhunchalari nimalarda aks etadi?

A) kiyim-boshlarni toza saqlash, o`yinchoqlarini asrash va h.k; B) suv, elektr toki gazni isrof qilmaslik; C) tabiiy resurslarni avaylash; D) tabiatni asrash.

9.’’Mol-mulksiz kishi uchun bilim-bitmas tuganmas mulkdir…’’ Ushbu fikrlar qaysi asarda keltirilgan?

A)’’Hibbatul haqoyiq; B) ‘’Hikmatlar’’; C) ‘’Turkiy guliston’’ D) ‘’Baxt-saodatga erishuv haqida’’

10. Bolaning tevarak –atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab olishning mustahkam vositasi bu…

A)mehnat faoliyati; B) iqtisodiy faoliyat; C) aqliy faoliyat; D) jismoniy faoliyat.

Adabiyotlar ro‘yhati

1.Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

2.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y

3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y

4.Tojieva M. Yangi kasb egalarini tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2008. 3-son. 2-3 b.

5.Bolalar entsiklopediyasi. 2-nashr. –T. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.

6.Kutsakova L.V., Merzlyakova S.I. Vospitanie rebyonka-doshkolnika. Programm. Metodich. Posobie. –M. Gumanitarno`y izdatelskiy sentr. Vlados. Rosinka. 2004. -386 st.

7.Kozlova S.A,Kulikova T.A. Doshkolnaya pedagogika. M., «Prosveщenie». 2000.
Qo‘shimcha adabiyotlar

8. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.

9.Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonni

10.Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni

13.O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi  “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

14.“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.

15.F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2013

Internet saytlari

1. www. tdpu. uz

2.www. pedagog. uz

3.www. Ziyonet.uz

Tayanch so‘zlar: metod, amaliy, ko‘rgazma, og‘izaki, pul, bozor, mehnat, tejamkorlik, suhbat, hikoya, kuzatish.


1. Taʼlimning ogʻizaki uslublari va usullari qisqa vaqt ichida bolalarga axborotni uzatish, ularning oldiga oʻquv vazifalarini qoʻyish, ularni hal etish yoʻllarini koʻrsatib berishga imkon beradi. Ogʻizaki usullar va uslublar qoidaga muvofiq koʻrgazmali, oʻyin, amaliy uslublar bilan uygʻunlikda qoʻllaniladi. Maktabgacha yoshda sof ogʻizaki metoddan foydalanish cheklangan. Chunki maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar bilan ishlashda, atrof-olam haqidagi dastlabki tasavvurlarni shakllantirishda faqat oʻqib berish, hikoya qilib berishningoʻzi yetarli emas. Shu bilan birga narsa-buyumlarning oʻzini koʻrsatish, namoyish etish ehtiyoji yuqori.

Hikoya oʻquv materiallarini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi ogʻzaki uslublardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli tarzda taqdim etiladi.

Bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda hikoya metodi yaxwi samara beradi. Hikoya qilish uchun material sifatida iqtisodiyotga oid badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalarning kundalik hayotiga oid voqea-hodisalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kichik guruhlarda hikoya qilish bilan bir qatorda hikoyaga oid rasmlar (bozor, pul) ni namoyish qilish bilan birga qoʻshib olib boriladi. Biroq, katta guruhlarda rasmli koʻrgazmalardan keragidan ortiq foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni soʻz yordamida iqtisodiy munosabatlarga oʻrgatish,ularda iqtisodiy tasavvurlarni rivojlantirish lozim.

Suhbat taʼlimning dialogik shakli boʻlib, savol-javob oʻtkazish, oʻz nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar toʻgʻrisida ayrim bilim va tajribalarga ega boʻlgan holatda oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator koʻnikma va malakalarni paydo qiladi: bir-birini tinglash, aytilganlarni toʻldirish, ularni takrorlamslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yoʻnalganligini, diqqatni va oʻz xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga oʻrgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuygʻularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.

Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Masalan, "Biz kiyim sotib olgani qayerga boramiz?" kabi savollar berish bolalarda iqtisodiyot toʻgʻrisidagi tasavvurlarini yanada kengaytiradi.

2. Mashgʻulotlardagi bilishga doir va amaliy faoliyat narsa-hodisalarga muvofiq keluvchi koʻrgazmalilik asosida tashkil etilishi mumkin. Taʼlimning koʻrgazmali metodlariga kuzatish, koʻrgazmali qoʻllanmalarni (narsa-buyumlar, rasmlar, diafilmlar, slaydlar, videoyozuvlar, kompyuter dasturlarini) namoyish etish kiradi.

Kuzatish atrof-olamdagi hodisalarni diqqat bilan koʻrish, ulardan muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga keladigan oʻzgarishlarni belgilash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish. Bolani ilk yoshdan boshlab kuzatishga oʻrgatish, unda kuzatuvchanlik, kuzatilayotgan hodisaga diqqatni yoʻnaltira olish, koʻrganlari asosida fikr yuritish, fikrini soʻz bilan ifodalay olisni rivojlantirish zarur.

Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni oʻqitishda kuzatish ikki yoʻnalishda rivojlanadi. Eng avvalo, kuzatilayotgan obyektlar doirasi izchil tarzda kengaytirib boriladi: guruh xonasini, keyin maktabgacha taʼlim muassasasidagi boshqa binolarni, yer maydonchasini kuzatish. Ikkinchi yoʻnalishda konsentrlangan kuzatishga amal qilinadi. Dastlab bolalar biror obyektning oʻziga xos belgilarini aniqlashsa, takror kuzatishda esa oʻsha obyektni boshqalari bilan qiyosiy oʻrganadilar.

Rasm, diafilm, slayd, videorolik va boshqa koʻrgazmali vositalarni namoyish etish qator didaktik vazifalarni hal etishga imkon beruvchi maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni oʻqitishning muhim uslubi. Koʻrgazmali vosita tanish va notaish narsa-buyumlarni obrazli koʻrish imkonini beradi. Rasm, chizma, jadval yordamida bolalarda harakatsiz koʻrgazmali timsollar shaklllantiriladi, taʼlimning texnik vositalaridan joʼshqin koʼrgazmali timsollarni yarstishda foydalaniladi.

3. Taʼlimning amaliy uslubi tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amliy faoliyatlarini tashkil etish, yangi bilim, koʻnikma va malakalarniegallab olishiga yordam beradi. Taʼlimning amaliy uslublari orqali bolalar narsa-buyumlarning oʻziga tanish boʻlmagan xususiyatlarini bilib oladilar. Amaliy uslublar ona tili va chet tili, rasm chizish, raqsga tushish, konstruksiyalash, qoʻl mehnati, matematika va iqtisodiy bilim berishda foydalaniladi. Masalan, bolada iqtisodiy tasavvurlar pul, bozor, mulk, savdo, tejamkorlik, mahsulot kabi tushunchalarni amaliy faoliyatini tashkil etish asosida shakllanadi. Asosiy amaliy metodlarga mashq, tajriba, modellashtirish kiradi.

Mashq bolaning belgilangan mazmundagi aqliy yoki amaliy harakatlarni koʻp marta takrorlashdir. Mashqni bajarish tufayli bolalar turli aqliy faoliyat usullarini egallaydi, ularda xilma-xil oʻquv va amaliy koʻnikmalar shakllanadi.

Tajriba maktabgacha taʼlimda bolaga maʼlum bir narsa haqida yangi bilimlani egallashga yordam berishga yoʻnaltirilgan amaliy uslubdir. Tajriba jarayonida bola uning xususiyatlari, aloqadorliklarini anglash maqsadida obyektga taʼsir koʻrsatadi. Tajribalar bolalarga atrof-muhitda sodir boʻladigan hodislarni chuqurroq anglashga, ular orasida aloqadorlikni anglashga yordam beradi. Tajribalar oʻtkazish orqali bolalarda kuzatuvchanlik, qiyoslash, taqqoslash, taxmin qilish, xulosalar chiqarish kabi qobiliyatlar rivojlanadi.

Modellashtirish taʼlimning koʻrgazmali-amaliy uslubi. Modellashtirish uslubi asosida oʻrin almashish tamoyili yotadi: bola real narsa-buyumlarning oʻrnini oʻsha predmetning tasviri, qandaydir shartli belgi bilan almashtiradi. Masalan, katta idishga ulangan joʻmrakdan tomchilab suv oqizib qoʻyiladi. Maʼlum vaqt oʻtgach, idishdagi toza suv tugaydi. Bundan joʻmrakdan tomchi tomib tursa, toza suv isrofgarchiligiga olib keladi, degan fikr kelib chiqadi. Shu orqali bolalarga tejamkorlik tushunchasini tusuntirishimiz mumkin.

4. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda yuqoridagi metodlarning hammasidan unumli foydalanish ularning bilimlarini yanada oshiradi. Metodlarning faqat bittasidan foydalanish u darajada yaxwi natija bermasligi mumkin, chunki bolalar bir xillikdan tez zerikadilar va diqqati chalgʻiydi, oʻzlashtirishi pasayadi. Barcha metodlar bir-biri bilan oʻzaro aloqador boʻlib, bir-birini toʻldiradi. Masalan, hikoya metodini koʻrgazma metodi bilan qoʻllash yuqori samara beradi.

Taʼlim uslublarini tanlab olish aniq shart-sharoitlarni talab etadi. Taʼlim uslublarini tanlab olishning umumiy shartlariga quyidagilar kiradi: 1. Taʼlimning umumiy maqsadlari. 2.Oʻrganilayotgan MODULning mazmuni va oʻziga xosligi. 4.Mateialni oʻrganishga ajratilgan vaqt. 5.Oʻquv mashgʻulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni. 6.Taʼlim oluvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari. 7.Taʼlim oluvchilarning tayyorgarlik darajasi. 8.Taʼlim muassasasining moddiy taʼminlanganligi. 9.Pedagogning nazariy, amaliy, va uslubik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.

1.Iqtisodiy tarbiya (tejamkorlik). Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir sharoitda va keying rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhumdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amhorlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.

Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob kitob qilish qobilyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan.

2.Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson xayotida asosiy o‘rin tutishini aloxida takidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Bu so‘zlardan ko‘rinib turibdiki Al-Xorazmiy ham xar taraflama yetuk barkamol avlodni shakllantirishda hisob kitob ilmi asnosida xar bir narsadan tejab tergap foydalanish ya’ni iqtisod qilish hamda o‘z ishiga har taraflama puxta bo‘lishni nazarda tutadi.

O‘rta asrlar davrida ilg‘or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutaffakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini taxlil qilgan “Ikkinchi muallim “ Abu Nasr Farobiy (870- 950) hisoblanadi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. “Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‘zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muxtoj bo‘ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron- birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan huddi shunday holatda bo‘ladi”. Jamiat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha o‘sha davrdagi ilg‘or fikrlardan biri hisoblanadi. Abu Nasr Farobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni baboshlikka yetaklaydi”. Farobiy bilimidon ma'rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: “Har kimki ilm hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘—salomatligi yaxshi bo‘lsin barcha qonun qoidalarni bilsin bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va axli ilmdan mol dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin “. Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan aqliy, axloqiy, iqtisodiy tarbiyaga aloxida etibor berganligi ko‘rinib turibdi. Uning e’tiqodicha bilim, ma’rifat,albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog‘I lozim, aks xolda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo,lib yetishmaydi.

Abdulla Avloniyning “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur “ yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur “ kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib yigirma qadoq bug‘ doy olurlar. Yevropaliklar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar.Ammo biz Osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz; qaymoq berib, non o‘rniga kesak tishlaymiz, so‘zning qisqasi, xozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’I, bitmas g‘ayrat lozumdur”.

O‘rta Osiyolik yana bir buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980- 1037) 280 dan ko‘p asarlar yozgan bo‘lib, ular tibbiyot, matematika, astranomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‘ishlangan.

Ibn Sino inson ehtiyojlari to‘g‘risidagi mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi ro‘li to‘g‘risidagi, fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha “ hayvon tabiat nematlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o‘zlashtiradi, insonga esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim- kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladi, odamlar esa yakka xolda o‘zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar”. Bundan tashqari Ibn Sino “Odamning o‘z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji deb yozadi Ibn Sino, hammani hunar o‘rganishga undaydi”. Bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda tejamkorlikdan avval ularga moddiy mablag‘ manbaini yaxshilab o‘rgatish lozim.

Axmad Yugnakiy “Hibbat-ul haqoyiq “ da : “Mol –mulksiz kishi uchun bilim – bitmas –tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob-- xotosiz hisobdir “. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi o‘z xayotini oqilona tashkil qiladi.

III. Qadimgi G‘arb olimlari ham bolalarga iqtisodiy tarbiya berish to‘g‘risida ko‘pgina qimmatli fikrlar qoldirgan. Bunga misol qilib Qadimgi Gretsiyaning atoqli olimlari Ksenofond, Platon, Aristotel asarlarida ilgari surilgan asarlarni aytishimiz mumkin.

Ksenafond iqtisodiyotga oid bir necha asarlar muallifi hisoblanadi. Uning “Daromadlar to‘g‘risida “, “Ekonomikos” (Xojalik to‘g‘risidagi ta’lim) va boshqa asarlarni keltirishimiz mumkin.

Ksenofond qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligining eng asosiy tarmog‘I deb hisoblagan shuning uchun bolalarga yoshligidan boshlab qishloq xo‘jaligi sir asrorlarini mukammal o‘rgatish zarurligini takidlagan. “Qishloq xo‘jaligi rivojlansa --- deb yozadi u, --boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa u holda uning bilan birga suv va qurg‘oqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‘ladi.”

Ksenofond iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo‘lib mexnat taqsimotini taxlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‘zining “Kriopediya” asarida shunday yozadi: “Kichkina shaxarlarda bitta ustaning o‘zi yotoq joy, eshik,stol yasaydi, ko‘pincha o‘sha odamning o‘zi uy ham quradi… Albatta, bunday har xil hunar bilan shug‘ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha yirik shaharlarda har bir buyumga ko‘pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o‘zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‘p joylarda o‘sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq kiyimini tikadi, boshqasi esa –ayollarnikini. Bazida esa odam faqat boshmoq uchun yarim maxsulot tayyorlab, bosqasi—charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‘rtinchisi esa ularning hammasini birlashtirib tikib xayot kechirish uchun xaq topadi. O‘z –o‘zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug‘ullansa o‘sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir.” Shuning uchun ham bolalarga yoshligidan boshlab ma’lum kasb yoki xunarga o‘rgatish kerak ekanligi va shu orqali keltirilgan mablag‘ni to‘g‘ri taqsimlab sariflash kerakligi haqidagi ko‘pgina fikrlarni bildiradi. Xar qanday tovarning ikki yoqlama xarakterini, yani uning foydalligini va almashinuv qobilyatini birinchilardan bo‘lib tushungan ham Ksenafont hisoblanadi. Bundan tashqari, natural xo‘jalik kontsepsiyasi tarafdori va shunga ko‘ra sudxo‘rlikka qarshi bo‘lganiga qaramay, pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo‘lgan muomala vositasiva jamg‘arish vositasi funksiyalarini ko‘rsatib bergan.

Buyuk grek mutaffakkiri Platon ( mil. Avv. 427-347y) dastlabki iqtisodiyotga oid fikrlar muallifidir. Uning iqtisodiyotga oid bir nechta asarlari mashxur jumladan, “Davlat “ va “Qonunlar”. Ushbu asarlarida Platon ideal ijtimoiy tuzum nazaryasini yaratib, iqtisodiy talimotlar tarixiga katta hissa qo‘shdi. Platon ham har ikkala asarida xuddi ksenofontga o‘xshab, dexqonchilikni iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq deb hisobladi. Hunarmandchilik va savdoni jamiyatda uncha etiborli bo‘lmagan mashg‘ulotlar turiga kiritdi. Shuning uchun bolalarga yoshligidan boshlab mexnat qildirishga asosiy e’tibor qaratish lozimligini takidladi.

Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyondalaridan biri Aristotel (mil. avv. 384-322 y) hisoblanadi.

Ekonomika, Aristotel tushunchasi bo‘yicha – bu eng avvalo dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo‘lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir uning maqsadi – insonning eng muxum ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi va shuning uchun unga davlat g‘amho‘rlik qilishi kerak.

Aristotelning fikri bo‘yicha “haqiqatdan ham narsalar shu qadar turli tumanki ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi “. Shunga ko‘ra xulosa qilinadi : “ 5 qo‘ndoq –1 uyga”, chunki ularni taqqoslash faqat go‘yoki pul tufayli amalga oshirilishi “Kundalik hayotdagi “ ancha qulay Tovar sifatidagi pulning o‘zi esa olimning fikricha, stixiyali ravishda emas balki odamlar o‘rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) “Istemolga yaroqsiz “ qilib qo‘yish “bizning qo‘limizda”. Bu fikrlar orqali olim yoshlarni, nafaqat yoshlarni butun jamiyatni faqatgina pulga bino qo‘yishini qoralaydi. Bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda Aristotel dehqonchilik, hunarmandchilik, mayda savdogarlik orqali rizq topib undan tejab foydalanish haqida fikrlarni ilgari suradi.

IV. Bolalarni har taraflama komil inson qilib tarbiyalashda axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy, mehnat va shu qatorda aynisa iqtisodiy tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Bolalarga yoshligidan boshlab iqtisodiy tarbiya berishning eng kichik ko‘rinishlaridan biri qilib tejamkorlik hislatini shakllantirishni misol qilib keltirishimiz mumkin. Buni bolalar bog‘chasida elementar narsalardan boshlab tushuntiramiz. Kerak bo‘lmagan paytda chiroqni o‘chirib qo‘yish kerak ekanligini, suvni orticha ishlatmaslikni, gazni keraksiz mahalda yoqmaslikni va shu kabi elementar narsalarni tarbiyachi bolalar ko‘z o‘ngida namuna sifatida bajarib keyin esa bu narsalar bir kun kelib tugashini ulardan tejab- tergab foydalanish hamma uchun fodali ekanligini tushuntirib beradi. Shuningdek har bir narsani borligida qadrlashni o‘rgatadi. Komil insonni asosiy belgilaridan biri ham har bir narsani boride qadrlashni bilishi va tejab ishlatishidir.

Nazorat uchun savollar.

Iqtisodiy tarbiya deganda nimani tushunasiz?

Al-Xorazmiyning matematika haqida bildirgan fikrini ayting?

Ikkinchi muallim deb kimga tarif berilgan?

Farobiyning iqtisodiyotga oid qaysi asarlarini bilasiz?

Qaysi olim o‘z asarida qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi deb fikr yuritadi?

Ibn Sino odamning o‘z quvvatini saqlash va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji uni nimaga undaydi deb yozadi?

Iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shgan qaysi olimlarni bilasiz?

Abdulla Avloniyning iqtisod haqidagi tarifini ayting?

Komil inson deganda qanday insonni tushunasiz?

Aristotel nimani iste’molga yaroqsiz qilib qoyish bizning qo‘limizda deb aytgan
Test topshiriqlari

Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda qanday qobilyatlarni shakllantiradi?

*Tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob.

Tejamkorlik, tabiatni asrash, qadrlash.

Ishbilarmonlik, komillik, isrof qilmaslik.

Iqtisodiy hisob kitob, komillik, qadrlashi

2. “Tabiatan har biro dam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi”. Ushbu fikrlar muallifi kim?

*Abu Nasr Farobiy.

Abu Ali ibn Sino.

Ahmad Yugnakiy.

Abdulla Avloniy.

3. Abdulla Avloniy fikrlari keltirilgan qatorni toping?

*“Iqtisodiyot deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozumdur”.

“odamning o‘z quvvatini saqlashga vaoziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji hammani hunar o‘rganishga undaydi”.

“Haqiqatdan ham narsalar shunchalik turli tumanki ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi.

“ Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi”.

4.“Odamning o‘z quvvatini saqlashiga va oziq- ovqatga bolgan ehtiyoji hammani hunar o‘rganishga undaydi”. Ushbu fikrlar muallifi kim?

*Abu Ali ibn Sino.

Abu Nasr Farobiy.

Abdulla Avloniy.

Aristotel

Ahmad Yugnakiy asarlari keltirilgan qatorni toping.

*Hibbat ul-haqoyiq.

Davlat


Qonunlar

Daromadlar to‘g‘risida

Qadimgi Grek mutafakkiri Ksenafond asarlari keltirilgan qatorni toping.

*“Daromadlar to‘g‘risida”,” Ekonomika”.

“Davlat” va” Qonunlar”.

“Hibbat ul-xaqoyiq”.

“Ekonomika”, “Davlat”.

Iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo‘lib mexnat taqsimotini taxlil qilgan olim nomini ayting.

*Ksenafond.

Aristotel.

Platon.

Geradod.


Iqtisodiy tarbiya berishning eng kichik ko‘rinishlaridan biri?

*Tejamkorlik.

B) Isrofgarchilik.

C) Qadrlash.

D) Komillik.

9. “Haqiqatdan ham narsalar shunchalik turli tumanki ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi”. Ushbu fikr muallifi kim?

A)* Aristotel.

B) Abu Nasr Farobiy.

C) Ksenafond.

D) Abu Ali ibn Sino.

10. Buyuk Grek mutaffakkiri Platon asarlari keltirilgan qatorni toping.

A)* “Davlat “, “Qonunlar”.

B) “Daromadlar to‘g‘risida”.

C) “ Ekonomika”

D) “ Hibbat ul haqoyiq”.

Adabiyotlar ro‘yhati

1.Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

2.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y

3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y

4.Tojieva M. Yangi kasb egalarini tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2008. 3-son. 2-3 b.

5.Bolalar entsiklopediyasi. 2-nashr. –T. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.

6.Kutsakova L.V., Merzlyakova S.I. Vospitanie rebyonka-doshkolnika. Programm. Metodich. Posobie. –M. Gumanitarno`y izdatelskiy sentr. Vlados. Rosinka. 2004. -386 st.

7.Kozlova S.A,Kulikova T.A. Doshkolnaya pedagogika. M., «Prosveщenie». 2000.
Qo‘shimcha adabiyotlar

8. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.

9.Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonni

10.Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni

13.O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi  “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

14.“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma. T:, 2001.

15.F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2013

Internet saytlarii

1. www. tdpu. uz

2.www. pedagog. uz

3.www. Ziyonet.uz


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish