Maishiy o‘yinlar – bunda bola oila va boshqa joylarda bo‘layotgan voqelikni aks ettiradi. Bunda bolalar buva-buvi, ota-ona, aka-ukalalarining munosabatlarni aks ettiradilar. Kattalarning xatti-harakatlariga, so‘zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar, ota-ona rolini ijro etadilar.
Mehnat mavzusidagi o‘yinlar - bunda oiladagi kattalar mehnatida ishtirok etishlari o‘z o‘ziga xizmat (mustaqil kiyinib-yechinishlari, o‘yinchoqlarni joy-joyiga taxlab qo‘yishlari, uy yumushlariga yordam berishlari, uyni supurish, pol artish, hovliga suv sepish, gullarni tagini yumshatish, suv quyish, o‘z xonasi anjomlarini to‘g‘ri saranjomlash) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |