Maktabgacha ta'limning maqsadi - bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va yetuk, maktabga o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish.
Mazkur ta'lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. U o’quvchilikka intilish hissi uyg’otadi va uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'limga oilada, bolalar bog’chasida, mulk shaklidan qat'iy nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |