Ijtimoiy o‘yinlar – bu o‘yinlarda bolalar «o‘qituvchi», «vrach», «quruvchi» o‘yinlari orqali kasb - hunar haqidagi tasavvurlari va tafakkurlari shakllanib boradi.
1-2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlariga: «Barmoqqa-barmoq», «¢oz-g‘oz», «¢oz tursin», «Bo‘p-bo‘p», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» bo‘lib bu o‘yinlar, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan «Ot o‘yin», «Kesak qo‘ydi», «Ko‘z boylagich», «CHoriy chambar», «Avvalakam», «Tayoq irg‘itish», «quloq cho‘zish», «CHitti gul», «Xollam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi» o‘yinlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |